• 5. Ampermetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak
  • QARSHILIKLARNI PARALEL ULASH
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy




    Download 1,02 Mb.
    bet3/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,02 Mb.
    #232452
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-MUSTAQIL ISH

    RI =R1I + R2I + R3I + … + RnI.
    Oxirgi munosabatni I ga qisqartirib:
    R = R1 + R2 + R3 + … + Rn.
    formulani hosil qilamiz, ya’ni ketma-ket ulanganda zanjirning qarshiligi unga ulangan iste’molchilar qarshiliklarining yig’indisiga teng.
    4. Ketma-ket ulashga oid misollar. Ketma-ket ulash texnikada keng qo’llaniladi. Masalan, elektr qo’ng’iroq bilan tugma ketma-ket ulanadi. Shuning uchun qo’ng’iroq zanjir ulangandagina chalinadi. Elektr uzgich (viklyuchatel) o’zi ulashi va uzishi kerak bo’lgan asbob bilan ketma-ket ulanadi. Archa bezagidagi (girlyanda) lampachalar ham ketma-ket ulanadi.
    Asboblarning ketma-ket ulanishiga oid misollarni juda ko’p keltirish mumkin.
    5. Ampermetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Ampermetr zanjirdagi tok kuchini o’lchash uchun mo’ljallangan va shuning uchun zanjirga tok kuchi o’lchanishi kerak bo’lgan qism bilan ketma-ket ulanadi. Ampermetrning ulanishi zanjirdagi tok kuchini o’zgartirmasligi kerakligi mutlaqo ravshan. Bu hol ampermetrning qarshiligi juda kichik bo’lgandagina amalga oshadi.


    QARSHILIKLARNI PARALEL ULASH
    Elektr zanjirga ulanadigan asboblarni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ulash va uzish zarur bo’lgan hollarda ketma-ket ulash yaramaydi. Masalan, ketma-ket ulash uydagi xonalarni yoritish uchun yaroqsizdir. Chunki bir vaqtda hamma xonalardagi lampalarni yoqish shart emas. Biz bittasini o’chirganimizda ketma-ket ulangan boshqalarini ham o’chirib qo’yamiz. Ketma-ket ulash rozetkalarni va boshqa asboblarni ulash uchun ham yaroqsizdir. Elektr asboblarni zanjirga alohida ulash va uzish kerak bo’lgan hamma hollarda parallel ulashdan foydalaniladi. 57- a rasmda lampa, changyutkich va isitkichning parallel ulanishi, 57- b rasmda esa shunday ulashning sxemasi ko’rsatilgan. Unda 1-isitgich, 2-lampa va 3-changyutgich.

    Parallel ulashda tok bir nechta tarmoqqa ajralib ketadi va o’rtasida bir necha orolcha bo’lgan daryoni eslatadi. Parallel ulash haqida gapirilganda, odatda, quyidagi ikki atamadan: “parallel tarmoqlanish” va “parallel tarmoqlanish tuguni” atamalaridan foydalaniladi.



    Download 1,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,02 Mb.