47
Tok qalamchalaridan ko‘paytirilganda bo‘lg‘usi organlar qutblik asosida,
qalamchaning yuqori qutbidan novdalar, pastki qutbidan esa ildiz hosil qiladi.
Regenerasiya usuli yaxshi pishgan bir yillik novdaning o‘rta qismidan
olingan qalamchalarda yaxshi kechadi. Tokni parxishlab ko‘paytirishda uning zang,
madang, yashil va yarim yashil qismlari qo‘llaniladi.
Parxishlashning tik, yotiq, yer usti kabi usullari mavjud. Tok tupini
payvandlab o‘stirish azaldan ma’lum bo‘lib, Xitoyda bundan 3
ming yil avval
qo‘llanilgan.
Uzumchilikda payvandlash usullarida payvand tag va payvand ust atamalari
mavjud. Payvandlash nav sifatini yaxshilashda, ayniqsa, tokning sovuqqa chidamli
navlarini hamda vegetativ duragaylash yo‘li bilan yangi navlarini yetishtirishda
qo‘llaniladi. Amaliyotda, asosan, iskana (yorma) payvandlash ko‘pincha erta
bahorda o‘simlik tanasida shira harakati boshlanmasdan oldin qilinadi.
Shuningdek, o‘simlikning yashil qismi bilan payvandlash kabi usullaridan
ham foydalaniladi.
Buxoro viloyati tuproq - iqlim sharoitida tok ko‘chatlarini tutishi va
rivojlanishi, ularning mevaga kirishi, bo‘lajak hosil va uning sifati yosh tokzorlarni
resurs tejamkor texnologiya omillari asosida parvarishlashga bog‘liqdir.
Yosh tokzorlarning qator oralarida qatqaloq paydo bo‘lishiga,
begona
o‘tlarning rivojlanshiga yo‘l qo‘ymasdan tuproqqa ishlov berilishi zarurdir. Bir
yillik tok ko‘chatlarini yosh tokzorlarga o‘tkazilgandan so‘ng, birinchi parvarishlash
yilida ildiz tizmini talab darajasida rivojlanmasligini hisobga olib, tuproqqa ishlov
berish zarurdir. Shu sababli tokzorlarni qariyb har oyda sug‘orib turish tavsiya
etiladi. Bunda tuproq namligi kamida bir metr chuqurlikkacha namlanishiga erishish
va suv sarfi miqdori kamroq bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘chatlar o‘tqazilgandan so‘ng, birinchi sug‘orish o‘tkaziladi. Keyingilari
tuproqning namlik darajasiga, havo haroratining issiqligiga va o‘simlikning suvga
bo‘lgan talabini inobatga olib, aprel, may, iyun, iyul, avgust oylarida kamida bir
martadan sug‘oriladi. Agar ushbu oylarda havo harorati
haddan ortiq isib ketib,
48
transpiratsion koyeffitsiyent oshib ketgan vaqtlarda qo‘shimcha sug‘orishlar
o‘tkaziladi. Shuningdek, yer osti sizob suvlari eng pastga tushgan paytda (bu (qavs
ob) noyabr oyining 2 o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi) noyabr-mart oyigacha tuproqning
sho‘ri yuvilib, yaxob suvi beriladi. Sug‘orish me’yori tuproqning sho‘rlanish
darajasiga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab, 800-1000 m
3
/ga hisobida beriladi.
Viloyat
sharoitida
hosilga kirgan yosh uzumzorlarga noyabr-mart oylari oralig‘ida 1-2 marta zaxira
suvi beriladi. Sizob suvlari yaqin joylashgan yosh tokzorlarda ko‘pi bilan 3-4 marta,
shag‘alli yerlarda boshqa yerlarga nisbatan 1-2 marta qo‘shimcha sug‘orish talab
qilinadi. Har sug‘orishdan keyin 2-3 kun o‘tgach qator oralig‘i kultivitatsiya
qilinadi.
Yerdan va suvdan unumli va maqsadli foydalanish maqsadida tok
ko‘chatzorlari orasiga dastlabki 2 yilda
sabzavot, poliz ekinlari va ertaki kartoshka
va boshqa past bo‘yli ekinlar ekiladi. Bu ekinlarni tok ko‘chatidan kamida 50 sm
uzoqlikda ekish tavsiya etiladi.
Shuningdek, viloyat sharoitida yosh tokzorlarni parvarishlashning asosiy
ko‘rsatgichlardan biri - bu nav tanlash, ko‘chat o‘tkazish tartibi, resurstejamkor
texnologiya asosida tokzorlarni bunyod etib parvarishlash natijasida, aholiga yuqori
va sifatli taru-toza uzum va mayiz mahsulotlarini etishitirish asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Ko‘chatlar o‘tqazilgan yili vegetasiya (avgust-sentyabr) oxirida (xazonrezlik) tok
barglarining rangini o‘zgarishi va to‘kilishidan oldin navlar aralashmalaridan
tozalanishi, agar boshqa navlar aralashgan bo‘lsa, unga belgi qo‘yilib, kovlab olinadi
va o‘rniga oktyabr oyida yoki erta bahorda asosiy uzum navi ko‘chati o‘tqaziladi.
Tutmagan ko‘chatlar o‘rni ham xuddi shu tartibda to‘ldiriladi.
Birinchi yili
o‘tqazilgan tok ko‘chatlari kesilmasdan, yer ostiga ko‘miladi. Erta bahorda, hali
kurtaklari uyg‘onmasdan, tok ko‘chatlari ochilib, birinchi yilgi ko‘chatlarni bahorda
kesiladi. Ikki yillik ko‘chatlar bir yillik ko‘chatlar kabi parvarishlanadi. 3 yillik
hosilga kirgan ko‘chatlar esa hosilga kirgan ko‘p yillik tok tuplari kabi
49
parvarishlanadi. Agar 1-2 yillik ko‘chatlar ayrim sabablarga ko‘ra
qurib qolgan
bo‘lsa, o‘rniga aynan shu tok navining ko‘chatlari qayta o‘tqaziladi va ularga katta
e’tibor berib qaraladi, qaysiki, ular boshqa tok ko‘chatlariga o‘sish va rivojlanishi
bo‘yicha etib olishliklari uchun qo‘shimcha qarovga muhtoj bo‘ladilar.
3-yildan boshlab, 2 yillik nobud bo‘lgan ko‘chatlar o‘rniga asosan parxish
yo‘li bilan ularning o‘rni to‘ldiriladi. Bunda ona tupdagi sog‘lom, yaxshi pishib
etilgan hosilli novda olinib, ekish chizig‘i qatori bo‘yicha 50-60 sm chuqurlikda
kovlangan o‘rachaga novda yotqiziladi va kerakli joyga ko‘miladi.
Tuproq betiga
chiqqan novdadan 2-3 ta kurtaklarini qoldirib, qolganlari qirqiladi va qoziqchaga
bog‘lab qo‘yiladi. 2-3 yildan keyin parxish onalik tupdan ajratiladi. Parxish qilish
muddati Buxoro sharoitida iyul va sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Iyul oyida
parxish qilishda yaxshi rivojlangan o‘simlikdan, yetarli miqdordagi uzunlikka ega
bo‘lgan ko‘k novdalar tanlanadi. Ularning barglari uzib tashlanib, ushbu ko‘k
novdalar xuddi pishgan novdalar kabi kerakli joyga yotqizilib ko‘miladi va
parvarishlanadi.