|
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
|
bet | 1/8 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 113,5 Kb. | | #270977 |
Bog'liq Fan DASTURI Issiqxonalarda SABZAVOT KO\'CH (2)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR
VA TADQIQOTLAR INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
Samarqand agroinnovatsiyalar va
tadqiqotlar instituti rektori, i.f.d.,
professor___________Sh.T.Hasanov
2024-yil “___” ___________
ISSIQXONALARDA SABZAVOT KOʻCHATCHILIGI
FANINING OʻQUV DASTURI
Bilim sohasi: 800 000 — Qishloq, oʻrmon, baliq xoʻjaligi va veterinariya
Taʼlim sohasi: 810 000 — Qishloq xoʻjaligi
Taʼlim yoʻnalishi: 60811900 – Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
60812000 – Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish
SAMARQAND -2024
Fan/modul kodi
ISBKM4408
|
Oʻquv yili
2024-2025
|
Semestr
7-8
|
Kreditlar
8 (4+4)
|
Fan/modul turi
Majburiy fan
|
Taʼlim turi
Oʻzbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Issiqxonalarda sabzavot koʻchatchiligi
|
108
|
132
|
240
|
2.
|
I. Fanning mazmuni.
Davlat taʼlim standartiga koʻra, “Qishloq, oʻrmon, baliq xoʻjaligi va veterinariya” taʼlim sohalarida oʻqitiladigan “Issiqxonalarda sabzavot koʻchatchiligi” fani dasturi: Sabzavot koʻchatchiligining ahamiyati, holati, himoyalangan yer inshootlari, issiqxonalarda sabzavot koʻchatlarini yetishtirish sharoitlari hamda issiqxonalarda sabzavot koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasini oʻrgatish; sohaning rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisidagi bilimlarni, tushunchalarini oʻz ichiga olgan boʻlimlardan tashkil topgan.
Issiqxonalarda sabzavot koʻchatchiligi faniga issiqxonalarda sabzavot koʻchatchiligining umumiy masalalari, sabzavot koʻchatlarini yetishtirish sharoitlari, sabzavot koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasi boʻlimlari kiritilgan.
Fanni oʻqitishdan maqsad – Respublikamizda mavsumdan tashqari muddatlarda sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, sohada raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi –Sabzavot koʻchatlari yetishtirishning umumiy usullarini oʻrganish;
-Fan va texnika yutuqlarini;
-Xorijiy ilgʻor texnologiyalari bilan bogʻlash, mahalliy sharoitda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalar hosil qilishdir.
“Issiqxonalarda sabzavot koʻchatchiligi” fani boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikmalarni hosil qilish.
II.Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari).
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Sabzavot koʻchatchiligining tarixi, ahamiyati hozirgi holati va rivojlanishi istiqbollari. Respublikamizda himoyalangan yer sabzavotchiligi va koʻchatchiligi tarixi, holati va rivojlanish masalalari. Sabzavot koʻchatchiligi uslubi va uning ahamiyati. Sabzavot koʻchatchiligida himoyalangan yerning ahamiyati.
|
|
| |