Agroklasterlarni innovatsion rivojlantirishda buxgalteriya boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish muammolari




Download 120.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2023
Hajmi120.33 Kb.
#95501
Bog'liq
AGROKLASTERLARNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA BUXGALTERIYA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH VA YURITISH MUAMMOLARI
Mavzu, реферат, Разработка открытого урока по теме мужичок, Jumayev Shaxboz2


AGROKLASTERLARNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA BUXGALTERIYA 
BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH VA YURITISH MUAMMOLARI
Eshmurodov Otabek Toshmurodovich
TDAU Samarqand filiali magistranti
Toshpulatov Jalil Baxodirovich,
SamDVCHBU 1-bosqich magistranti
Toshmurodov Dilmurod Bektosh o‘g‘li
TDAU Samarqand filiali talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada agroklasterlarni tashkil etish va ularni innovatsion 
rivojlantirish yo‘nalishlari bayon qilingan. Shu bilan birga agroklasterlarda buxgalteriya 
boshqaruv hisobini tashkil etilishi va yuritilishidagi muammolarini hal etish hamda ularni 
agroklasterlarni innovatsion rivojlantirishga ta’siri asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: Klaster, agroklasterlarda innovatsiya, innovatsion rivojlanish, buxgalteriya 
hisobi, buxgalteriya boshqaruv hisobi, kalkulyatsion hisob, ishlab chiqarish hisobi, transfert baho, 
segmentar hisobot.
Аннотация. В статье рассматрывается организации агрокластеров и их направлении 
инновационном развитии. При этом обоснованы решения проблем в организации и ведении 
бухгалтерского учета в агрокластерах а также, их влияние на инновационное развитие 
агрокластеров.
Ключевые слова: Кластер, агрокластер, инновация, инновационные развытие, 
бухгалтерский учет, бухгалтерский управленческий учет, калькуляционный учет, 
призводственный учет, трансфертная цена, сегментарная отчетность.
Abstract. The article describes the organization of agricultural clusters and their innovative 
development. At the same time, the directions of solving some problems in the organization and 
maintenance of accounting in agricultural clusters and their influence on the innovative 
development of agricultural clusters are substantiated.
Key words: Cluster, agrocluster, innovation, innovative development, accounting, 
management accounting, cost accounting, production accounting, transfer price, segmental 
reporting.
Kirish. Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish qishloq xo‘jadalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va 
sifatini yaxshilash bilan birga, aholi bandligini ta’minlashda, qayta ishlovchi sanoatni xom ashyo 
bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi bilan bevosita 
bog‘liq tarmoqlarda agroklasterlarni tashkil etish va ularda innovasion texnologiyalar joriy etish 
asosida rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
“Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga bozor mexanizmlari, jumladan, agroklaster tizimining joriy 
etilgani qisqa fursatda o‘zining ijobiy samarasini berayotganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. 
Shuning uchun biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizasiya va 
diversifikasiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperasiyalarni 
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham ko‘proq ahamiyat bermoqdamiz. 
Xususan, bu yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 5 ta qonuni, Prezidentning 12 ta 
farmoni va 30 dan ortiq qarori hamda hukumatning ko‘plab qarorlari ayni shu yo‘nalishga 
qaratilgandir”
1
.
1
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ходимларига байрам табриги. https://review.uz / 
oz/post/shavkat-mirziyoyev-ozbekiston-qishloq-xojaligi-xodimlariga-tabrik-yolladi


Respublikamizda 97 ta paxta-to‘qimachilik, 149 ta meva-sabzavotchilik, 65 ta g‘allachilik, 
35 ta sholichilik va 7 ta dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan klasterlar va 11 ta paxta-
to‘qimachilik kooperasiyalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, bevosita qishloq xo‘jaligining 
qoramolchilik yo‘nalishida 34 ta, parrandachilik bo‘yicha 10 ta, baliqchilik tarmog‘ida 36 ta, 
asalarichilik yo‘nalishida 15 ta fermer xo‘jaligida agroklaster usulida mahsulot yetishtirish yo‘lga 
qo‘yilgan. Shu bilan birga, 2019-2020 yillarda respublikada pillachilik sohasida 62 ta klaster ishga 
tushirilib, ular tomonidan 600 milliard so‘mga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgan.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida, meva-
sabzavotchilik, g‘allachilik va chorvachilikda 500 ga yaqin klaster va kooperasiyalar faoliyati 
yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida, 2020 yilda pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramasdan, 1 
milliard dollarlik meva-sabzavot 70 dan ortiq davlatga eksport qilindi, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlashga yo‘naltirilgan 677 milliard so‘mlik 80 ga yaqin loyiha, 1 trillion 
240 milliard so‘mlik investisiya mablag‘lari asosida 12 ta agrologistika markazi ishga tushirilib, 
qariyb uch yarim ming yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, paxtachilik klasterlari, chorvachilik, 
parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik tarmoqlarida hamda zamonaviy issiqxonalarning barpo 
etilishi natijasida 14 mingga yaqin aholi ish bilan ta’minlandi.
Hozirgi kunda, ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda zamonaviy innovasion 
texnologiyalarni tezkor joriy etish agroklasterlarni innovasion rivojlantirishning muhim sharti 
hisoblanadi. Shu bilan birga, agroklasterlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini 
pasaytirish, mahsulotlar nobudgarchiligini oldini olish, ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyatini 
muvofiqlashtirishda transfert baholardan foydalanish va segmentar hisobotlarni yo‘lga qo‘yish 
agroklasterlarni innovasion rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu vazifalarni bajarishda agroklasterlarda buxgalteriya boshqaruv hisobini tashkil etish 
va yuritish muammolari hal etish yo‘llari hamda to‘g‘ri va optimal tashkil etilgan va yuritilayotgan 
buxgalteriya boshqaruv hisobini agroklasterlarni innovasion rivojlantirishga ta’siri tadqiq 
qilingan.
Materiallar va metodlar
Mavzuga oid respublikamizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, soha iqtisodchi 
olimlarining ilmiy ishlari, agroklasterlarda yalpi hosilni aks ettiruvchi statistik ma’lumotlar hamda 
ilmiy tadqiqot natijalarining materiallaridan foydalanildi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda 
qo‘llaniladigan kuzatish, guruhlash, tahlil qilish va boshqa usullardan foydalanildi.
Natijalar va ularning tahlili
Respublikamiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, unda bozor mexanizmlarini 
kengroq joriy etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan aholini to‘la ta’minlash, eksport 
salohiyatini oshirish O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish 
va jadal rivojlantirish” bo‘limida belgilab berilgan “tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziqovqat xavfsizligini yanada 
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning 
eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish”
2
vazifasini bajarilishida muhim rol o‘ynaydi. 
Respublikamiz bo‘yicha 2020 yilda olti yarim million tonnaga yaqin g‘alla, 3 million tonnadan 
ziyod paxta, 21 ming tonna pilla, 22 million tonna meva-sabzavot, ikki yarim million tonna go‘sht 
va 11 million tonnadan ziyod sut mahsulotlari yetishtirildi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, qayta 
ishlovchi, transportirovka qiluvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zida 
birlashtirgan agroklasterlar tashkil etildi va yana bir qanchasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bular 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish turlariga qarab, “paxta - to‘qimachilik”, “meva-
sabzavotchilik”, “uzumchilik-vinochilik” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan va 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш 
бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ПФ-4947-сонли Фармони.


tashkil etilishi rejalashtirilgan agroklasterlardir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida mevasabzavotchilikni jadal 
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388sonli Farmoni 
Respublikamiz qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lgan meva- 
sabzavotchilikni jadal va samarali rivojlantirishni ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi. 
Jumladan, “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jaligi yumushlarini tashkil qilish 
uchun ekish materiali, avans to‘lovlarini taqdim etuvchi va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotni 
kelishilgan narxlarda sotib oluvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, tayyorlovchi 
korxonalar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar o‘rtasida kafolatlangan shartnomalar asosida 
“urug‘-ko‘chat-mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlashtransportirovka qilish-
bozorga yetkazish” tamoyili bo‘yicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi meva-
sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usulini keng joriy etish”
3
vazifasi 
qo‘yildi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini turlariga qarab tashkil etilgan klasterlar singari, 
mevasabzavotchilik klasterlarini tashkil etish va rivojlantirishning maqsadi klaster ishtirokchilari 
o‘rtasida integrasiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish asosida meva-sabzavot ishlab chiqarishni 
ko‘paytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit 
yaratish hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi klasterlarda “urug‘ko‘chat-
mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga yetkazish” 
tamoyili bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, faqat mahsulot yetishtirish emas, 
balki urug‘ va ko‘chat hamda mahsulot yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, 
transportirovka qilish va bozorga chiqarish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar guruhi 
birlashadi.
Tashkil etilayotgan klasterlarda buxgalteriya hisobini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
asosida tashkil etish va yuritish O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisob to‘g‘risida 
(yangi tahrirda)” qonuni, “Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”, Buxgalteriya hisobining 
milliy standartlari, “Moliyaviy hisobot shakllari va uni to‘lg‘azish bo‘yicha yo‘riqnoma”, 
korxonaning “Hisob siyosati” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Olib borilayotgan tadqiqotlar natijasi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida 
klasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda quyidagi muammolar mavjudligini 
ko‘rsatmoqda:
klasterlarda boshqaruv hisobining tamoyillari va usullarini o‘z ichiga olgan “Hisob 
siyosatini” ishlab chiqilmaganligi;
transfert bahoni shakllantirish uslubiyotinining ishlab chiqilmaganligi;
segmentar hisobotning shakllari va uni taqdim etish tartiblari mavjud emasligi;
klasterning har bir ishtirokchisining moliyaviy natijalarini iqtisodiy asoslangan 
holda aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
klaster ishtirokchilarining olingan jami foydadagi ulushini aniqlash va ularning 
qo‘shgan hissalariga qarab rag‘batlantirish mexanizmining ishlab chiqilmaganligi va hakozolar.
Klasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda “Hisob siyosati” muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, hisob siyosati o‘zida buxgalteriya hisobini qo‘llanilayotgan hisob 
tamoyillari va usullarini belgilab beradi.
Klasterlarda “Hisob siyosatini” tuzishda moliyaviy hisobning tamoyillari va usullari o‘z 
aksini topib, boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash hamda 
umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining aks ettirilmay qolishi, mahsulot 
tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlanishida ma’lum muammolarni yuzaga keltiradi. 
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 мартдаги “Ўзбекистон Республикасида мевасабзавотчиликни 
жадал ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ-5388-сонли Фармони


Klasterlar “urug‘ - ko‘chat - mahsulot yetishtirish – tayyorlash – saqlash – qayta ishlash – 
transportirovka qilish – bozorga yetkazish” bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘z ichiga olib, 
bularda xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash hamda umumishlab chiqarish 
xarajatlarini taqsimlash usullari klasterga birlashgan subyektlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. 
Klaterlarning “Hisob siyosati”dagi yuqoridagi muammolarni hal etilishi, klasterga birlashgan har 
bir subyektda mahsulot (ish, xizmat) tannarxini iqtisodiy asoslangan holda hisoblanishiga, har 
subyektning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini to‘g‘ri aniqlanishi va baholanishiga olib keladi.
Transfert baho bu – subyektning ichki bahosi bo‘lib, subyekt ichidagi bir bo‘linmaning o‘z 
mahsulot(ish, xizmat)ini ikkinchi bo‘linmaga sotish (yetkazib berish) jarayonida qo‘llaniladigan 
bahodir. Klasterga birlashgan subyektlar o‘z mahsuloti (ish, xizmati)ni klasterdagi boshqa 
subyektga sotadi (yetkazib beradi), bunda transfert baho muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Klasterga birlashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar yoki bajariladigan ishlar bir guruhdan ikkinchi guruhga sotish 
(yetkazib berish) jarayonida reja tannarxida aks ettirilib, yil oxirida haqiqiy tannarxi aniqlanib, 
keyin buxgalteriya hisobida reja tannarxini haqiqiy tannarxga yetkazish bo‘yicha tegishli yozuvlar 
amalga oshiriladi. Bunday holat har bir subyektni klasterning umumiy moliyaviy natijasiga 
qo‘shgan hissasini aniqlash imkonini bermaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun, har bir 
subyektning ikkinchi bir subyektga sotadigan (yetkazib berayotgan) mahsuloti (ish, xizmati) 
uchun transfert bahoni qo‘llash natijasida hal etish mumkin. Klasterning har bir subyektining 
sotadigan (yetkazib berayotgan) mahsuloti uchun transfert bahoni shakllantirilishi har bir 
subyektni klasterning umumiy moliyaviy natijasiga qo‘shgan hissasini aniqlash imkonini berib, 
klasterga birlashgan har bir subyekt faoliyatini iqtisodiy asoslangan holda baholash va to‘g‘ri 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishga olib keladi.
Agroklasterlar birlashgan, bir necha “urug‘ – ko‘chat - mahsulot yetishtirish – tayyorlash – 
saqlash – qayta ishlash – transportirovka qilish – bozorga yetkazish” bilan shug‘ullanuvchi 
subyektlardan iborat bo‘lib, ushbu subyektlar faoliyatida xarajatlar, mahsulot (ish, xizmat) 
chiqishi va daromadlarni nazorat qilish, umuman ular faoliyatini baholash va nazorat qilish hamda 
tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda segmentar hisobot axborotlari manba bo‘lib 
hisoblanadi. Boshqaruv hisobini tashkil etish tamoyillaridan kelib chiqqan holda, segmentar 
hisobot shakllari va ularni tayyorlash va taqdim etish muddatlari xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan belgilanib, uning hisob siyosatida o‘z aksini topishi lozim.
Klasterga birlashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar turli xil faoliyat bilan shug‘ullanadilar, 
biri ishlab chiqarish, boshqasi saqlash va qayta ishlash, yana boshqasi transportirovka qilish, 
sotish bilan shug‘ullanib, bularda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishdagi xususiyatlar 
hisobga olingan holda, har bir guruhdagi ho‘jalik yurituvchi subyekt uchun segmentar hisobot 
shakllari ishlab chiqilishi lozim. Segmentar hisobot shakllarini ishlab chiqilishi va joriy etilishi, 
klaster tomonidan klasterga birlashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholash, nazorat 
qilish bilan birga har bir subyektning klaster faoliyatiga qo‘shayotgan ulushini aniqlash va 
klasterning olgan faydasini ular o‘rtasida har birining qo‘shgan ulushiga qarab taqsimlash 
imkonini yaratadi. Bu klasterga birlashgan subyektlar moddiy manfaatdorligini ta’minlab, klaster 
faoliyatini barqaror rivojlanishiga olib keladi.
Agroklasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha “Hisob siyosatida” 
boshqaruv hisobiga tegishli bo‘lgan xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash, 
umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullari, transfert bahoni shakllantirish tamoyillari 
va segmentar hisobotlar shakllari, ularni tayorlash va taqdim etish tartiblarini aks ettirilishi, 
agroklasterlardagi har bir ishtirokchi subyektning moliyaviy natijalarini iqtisodiy asoslangan 
holda aniqlash va klaster olgan jami foydadagi ulushini aniqlash va ularning qo‘shgan hissalariga 
qarab rag‘batlantirish mexanizmining ishlab chiqishga imkor yaratadi.
Xulosalar
Agroklasterlarni innovasion rivojlanishiga buxgalteriya boshqaruv hisobini tashkil etish va 
yuritilishining ta’sirini atroflicha tahlili quyidagi takliflarni shakllantirish imkonini berdi:


agroklasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha “Hisob 
siyosati”da boshqaruv hisobiga tegishli bo‘lgan xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash, 
transfert bahoni shakllantirish tamoyillari va segmentar hisobotlar shakllari, ularni tayyorlash va 
taqdim etish tartiblarini aks ettirish;
har bir subyektning ikkinchi bir subyektga sotadigan (yetkazib berayotgan) 
mahsuloti
(ish, xizmati) uchun transfert bahoni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash;
segmentar hisobot shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
agroklasterning har bir ishtirokchisining moliyaviy natijalarini iqtisodiy 
asoslangan holda aniqlash imkoniyatini yaratish;
agroklaster ishtiroqchilarining olingan jami foydadagi ulushini aniqlash va 
ularning qo‘shgan hissalariga qarab rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Yuqoridagi takliflarimiz, agroklasterlarda buxgalteriya boshqaruv hisobini tashkil etish va 
yuritishni takomillashtirish bilan birga, agroklasterning har bir ishtirokchisining moliyaviy 
natijalarini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash, agroklaster ishtiroqchilarining olingan jami 
foydadagi ulushini aniqlash va ularning qo‘shgan hissalariga qarab bozor tamoyillari asosida 
rag‘batlantirish mexanizmining ishlab chiqilishiga olib keladi, agroklasterning har bir 
ishtirokchisida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan manfaatdorligi ta’minlab, barqaror 
rivojlanishni ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947sonli 
Farmoni. www//lex.uz
2. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston 
Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PF-5388-sonli Farmoni. www//lex.uz
3. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga bayram 
tabrigi. https://review.uz
4. 
Хорнгрен Ч.Т., Фостер Дж. Бухгалтерский учет: управленческий аспект. Пер. 
с англ./Под ред.Я.С.Соколова.- М: “Финансы и статистика”. 2001.-416 с.
5. 
Экономика предприятии. Учебник для вузов. 5-е издание./Под ред. акад. 
В.М.Соколова. СПб.: Питер, 2010. – 416с. – (Серия “Учебник для вузов”). ISSN 978-591180-
462-6
6. 
Xasanov B., Xoshimov A. Boshqaruv hisobi. T: «IQTISOD-MOLIYA», 2012 - 
328b.
7. 
Gadoyev E.F. va boshqalar. Buxgalter uchun amaliy qo‘llanma. Ikki jildlik. -T.:
“Norma” 2010 yil, 2-jild, 424 bet.

Download 120.33 Kb.




Download 120.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Agroklasterlarni innovatsion rivojlantirishda buxgalteriya boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish muammolari

Download 120.33 Kb.
Pdf ko'rish