Reja: Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. Qishloq xo'jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlari. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar




Download 191,86 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi191,86 Kb.
#101666
  1   2   3   4   5
Bog'liq
t i


Reja:

1.Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati.


2.Qishloq xo'jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
4.O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi

Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog'ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo'jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.

Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari hamda ular o'rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalami ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko'paytirish yoMlarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvoftqdir. Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ulami ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zarur.





Download 191,86 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 191,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. Qishloq xo'jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlari. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Download 191,86 Kb.