Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlar
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
a) qishloq xo‘jaligida tabiiy omillaming ta'siri kuchli. Tarmoqda islilab chiqarish jarayoniga harorat, yog'ingarchilik, shamol va boshqa tabiiy omillar o‘z ta'sirini o‘tkazadi;
b) qishloq xo'jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ sepiladi va yerda mahsulot yetishtiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni inkor etish yoki yetarlicha e'tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi;
d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum talablami keltirib chiqaradi;
e) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari maTum vegetatsion davming o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati o'rtasidagi farqning katta boTishiga olib keladi. Masalan, paxta yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga yetadi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning mavsumiyligi tarmoqda mayjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash uchun tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi;
f) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat qilayotgan mutaxassislar o'simlik va hayvonlaming biologik hamda zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ulami hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogTiq;
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi tarmoqning o‘zida urugTik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda ishlatiladi;
h) qishloq xo'jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me'yorda ishlashini, ma’lum davrda katta quvvatlarning boiishini talab qiladi. Yilning qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi. Qishloq xo'jaligi tarmogida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi va ular ehtiyojlami qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlatning ko‘magida qishloq xo'jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda. Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning turli shakllariga keng y o i ochib berish va ularni rivojlantirish yoiidan borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va mehnatjdan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalami keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi
O‘zbekiston iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu sohaning YIMdagi ulushi yuqoriligi bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida 18-o‘rinni egallaydi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda. Dunyo reytingida O‘zbekiston o‘rik yetishtirishda Turkiyadan, ipak bo‘yicha Xitoy, Hindistondan, Vyetnam va Tailanddan, sabzi va sholg‘om yetishtirishda Xitoydan keyingi o‘rinlarda turadi.
Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan yuqori ahamiyati hisobga olinsa, bu sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, korxonalarni modernizatsiya qilish, pirovardida, ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston hududlari orasida aholi jon boshiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi bo‘yicha Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlari yetakchilik qiladi.
2019 yilda Qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur Strategiya 2030 yilgacha 1,0 million gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish, 535,0 ming gektardan ortiq lalmi, yaylov va boshqa yerlardan samarali foydalanishni ta’minlash; tarmoqda band bo‘lgan har bir kishiga o‘rtacha mehnat unumdorligining 1,7 barobar yoki yiliga 6,5 ming dollargacha o‘sishini ta’minlash; qayta ishlangan tayyor mahsulotlar hajmini 30 foizgacha oshirish; mahsulot eksportini 20 milliard dollargacha oshirishni nazarda tutadi.
2017–2021 yillarda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 6,8 foizga o‘sdi. Ushbu davrda ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati taxminan 1,7 foizni tashkil etdi. 2017-2021 yillarda qishloq xo‘jaligining har bir band kishiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymati 7,0 foizga oshib, 2019 yildagi o‘rtacha jahon ko‘rsatkichidan 60 foizga oshdi.
2020-2021 yillarda kvotalar va narxlarni nazorat qilishning bekor qilinishi ekinlarni diversifikatsiya qilish, boshqa ekinlar, meva va sabzavotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich o‘tishga yordam bermoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti respublika tashqi daromadining 10 foizdan ortig‘ini tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda 2019 yil 15 oktyabrdan boshlab un narxini davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. 2020 yil hosilidan boshlab davlatning g‘allaga buyurtmasi 25 foizga qisqartirildi, 2021 yil hosilidan esa davlat tomonidan g‘alla xarid narxlarini belgilash amaliyoti butunlay bekor qilindi. 2020 yil hosilidan paxta xomashyosining xarid narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilindi va paxtani erkin joylashtirish huquqi berildi.
Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish hisobiga meva-sabzavot, kartoshka, dukkakli va yog‘li o‘simliklar ishlab chiqarish hajmi yiliga 6-8 foizga, go‘sht 16 foizga, sut 13 foizga, tuxum 27 foizga, baliq yetishtirish hajmi 2 marotabaga, asal 30 foizga ortadi. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 15 foizga, go‘sht 9 foizdan 15 foizga, sut 14 foizdan 18 foizga yetkaziladi.
Bunday tartibning o‘rnatilishi yer unumdorligi va yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga, jumladan, almashlab ekishni ta’minlashga qaratilgan samarali usul va texnologiyalardan foydalanishga xizmat qilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholi zichligi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda – 1 kv.km.ga 51,4 kishi to‘g‘ri keladi. Har gektar sug‘oriladigan yerga respublika aholisining 8 nafari to‘g‘ri keladi. Aholining o‘sish sur’ati sug‘oriladigan yerlar maydonining o‘sish sur’atlaridan ancha yuqori. Shuning uchun so‘nggi 30 yil ichida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yerlar maydoni, ya’ni aholining o‘sishi hisobiga 0,23 gektardan 0,16 gektargacha, qariyb 25 foizga kamaydi. Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, keyingi 30 yil ichida sug‘oriladigan maydonlar yana 20-25 foizga qisqaradi.
Respublika agrosanoat majmuining bugungi holatini tahlil qilganlar “ekin maydonlarining 70 foizdan ortig‘ini paxta va g‘alla uchun ajratish mutlaq davom etmoqda. Boshqacha aytganda, majburiy davlat buyurtmasi instituti amalda saqlanib qoldi va bu soha samarasizligi va bundan keyin islohotlarni amalga oshirish mumkin emasligining asosiy sababidir” derkanlar, maqola mualliflari oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligini boshqarish va uning yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis emasga o‘xshaydi. Bir misol: 2021 yilda 3148,3 ming gektar ekin maydonlarining 2070,7 ming gektari (65 foizi) texnik ekinlar – boshoqli don va paxta uchun ajratilgan. O‘tgan 2020 yilda 2967,5 ming gektar ekin maydonlarining 71 foizi yoki 2096,8 gektari shu texnik ekinlarga ajratilgan edi. Birgina 2018 yilning o‘zida 99 ming 371 gektar past hosildor paxta maydonlariga sabzavot, kartoshka, soya, sabzavot, yem-xashak ekinlari, uzumzorlar va boshqalar ekildi.
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, texnik ekinlar maydonlari yildan yilga kamayib bormoqda, meva-sabzavot ekinlari maydonlari mahsulotlarni diversifikatsiya qilish bilan bir vaqtda ko‘paymoqda. Bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda davlat siyosatini majburiy saqlashni anglatmaydi.
Yana bir misol. Barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ekinlarni joylashtirish davlat ahamiyatiga ega siyosat hisoblanadi. Masalan, deyarli butun Yevropani oziq-ovqat bilan ta’minlovchi Niderlandiyada ekinlarni joylashtirish manzilli dehqonchilik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy afzalliklaridan biri bilimlar, texnologiyalarni joriy etish bo‘lib, fermerlar, sanoat kompaniyalari, ilmiy muassasalar va davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqdaki, uning natijalari sohaning barqaror o‘sishini ta’minlash, resurslar samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Kelgusida bu respublika qishloq xo‘jaligi salohiyatini kengaytirishga yordam beradi va rejalashtirilganidek, O‘zbekistonni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahon yetakchilari bilan yaqinlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko’ra:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
|