Talaba: Rimboyeva Nafosat




Download 9,84 Mb.
Sana23.05.2024
Hajmi9,84 Mb.
#251486
Bog'liq
Innovatsion marketing va elektron tijorat


Innovatsion marketing va elektron tijorat
Talaba: Rimboyeva Nafosat
Qabul qildi: Xo‘janova Gulshoda
Iqtisodiyot tarmoqlarida marketing innovatsiyasi bu mahsulot larning dizayn va qadoqlanishida jiddiy о‘zgarishlar, mahsulotlarni sotish va taqdimot qilish, ularni bozorlarga tanitish va olg‘a siljitish bо‘yicha yangi usublardan foydalanish, yangi narx strategiyalarini shakllantirishdan iborat. Istiqlol yillarida mamlakatimizning jahon bozoriga integratsiya lashuvi keng sura’tlar bilan amalga osha boshladi. Xorijdan eng zamonaviy asbob- uskunalar olib kelindi. Poytaxtimiz Toshkent va boshqa shaharlarimizda yirik xalqaro yarmarkalar tashkil etildi. Jumladan, mebelsozlik, qog‘oz ishlab chiqarish, poligrafiya sanoati yarmarkalari tezda о‘z samarasini berdi. Ayniqsa , har yili о‘tkazilayotgan paxta yarmarkalari kо‘pchilik da katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ilgari o’zbek paxtasini xaridorlari Liverpul birjasiga borishga majbur edi. Hatto yon qo’shnilarimiz ham о‘sha yerga borib biz bilan shartnoma tuzardi, endi esa Toshkentning о‘zida bu imkoniyat yaratildi. Eng asosiysi о‘rtada dallol yo’q. Masalaning yana bir tomoni, ushbu yarmarkalar tufayli dehqonlarimiz, ishlab chiqaruvchilarimiz, о‘zlariga kerakli texnika va texnologiyalarni sotib olish uchun mamlakatimizning о‘zida shartnomalar tuzish imkoniga ega bo’ldi. Natijada yurtimiz yildan yilga xom-ashyo bazasidan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan mamlakatga aylanib bormoqda.
Innovatsion marketingda samarali rahbarlikning usullari,
yondashishlari va yо‘llari vaziyatga muvofiq о‘zgaradi.
Innovatsiyalar yashash davrining har bir bosqichida marketingning har xil usullari va yondashishlari, har xil stratgeiyasi va taktikasi talab qilinadi.
Yangi tovarni sotish kanallarini joylashishini shakllantirishni о‘z ichiga oluvchi yangilikni bozorga kirib borishi strategiyasi va taktikasi marketing tadbirlarining muhim yо‘nalishi bо‘ladi.
Joylashtirish-yangilikni bozorda mavjud bо‘lgan tovarlar qatoridagi joyini belgilash tizimini bildiradi.
Innovatsion marketing uchun marketingning barcha tadbirlari, ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning navlari, о‘zaro bir birlarini о‘ldiradigan va о‘zaro bog‘liq bо‘lishini bildiruvchi sinergizm tamoyili muhim bо‘ladi. Marketing tizimining yakunlovchi bosqichi-operativ marketing, bu bosqichda strategik innovatsion marketing konsepsiyalarini amalga oshirishning aniq shakllari ishlab chiqiladi. Operativ marketing bozordagi yangilik yashash davrlarining bosqichlari bilan mahkam bog‘langan. Yangilik yashash davrining boshlang‘ich nuqtasini belgilash ayniqsa muhim.
Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish,kengaytirish va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir.
Innovatsion marketing texnologiyalarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ularjismoniy jihatdan mavjud bo’lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlabchiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an‘anaviy marketingdan farqliravishda, marketing tadqiqotlari o’tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon‘yunkturasini o'rganish,innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortibinnovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo'lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsion marketing obyekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi.
1-rasm. Innovatsiyalarning yangiligini ko‘rib chiqish darajalari
Innovatsion marketing iste‘molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o'tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi: funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o'tirmasdan xarid qilinadi (kerak bo'lib qoldi — ko'rib qoldi — xarid qildi); innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so'nggi so'zini ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo'ladi Yangi mahsulot iste‘molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o'zgartirishni ko'zda tutadi. Biroq yangilik darajasi turlicha bo'lishi va bir necha pog'onada ko'rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo'ladi. Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va innovatsiyalar potensial iste‘molchisiga ta‘sir ko'rsatish, shuningdek, raqobat muhiti va iste‘molchilar istaklaridagi o'zgarishlarga o'z vaqtida javob qaytarish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar yig'indisini ifodalaydi.
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va global Internet rivojlanishining sezilarli o‘sishi inson hayotining turli sohalarida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron tijorat xozirgi vaqtda Internet jamiyatning kundalik hayotiga yuqori tezlik bilan kirib keldi va uning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Elektron tijorat termini juda keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘pgina ta’riflar berilgan. Keltirilgan ta’riflarni aksariyatida internet orqali amalga oshirilgan har qanday savdoga yoki tranzaksiyaga elektron tijorat deb aytiladi.
Elektron tijorat deganda kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalari va bunday operatsiyalar bilan bog‘liq biznes jarayonlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham elektron tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan «Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir».
Elektron tijorat sohasida O‘zbekiston Respublikasida quyidagi xuquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan:
  • O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 aprelda qabul qilingan «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi 613-II-sonli qonuni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2015 yildagi 353-son “2016-2018 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2016 yildagi 185-son “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3724 qarori.

Elektron tijorat elektron to‘lovlarni amalga oshirish, mijozlar va yetkazib beruvchilarni qidirish, reklama tarqatish, internet ilovalari orqali tovarlarni sotib olish va sotish kabi ko‘plab biznes operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Elektron tijoratning ushbu turi o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘lganiga qaramay, so‘nggi o‘n yil ichida global o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Global axborotlashtirish va arzon raqamli gadjetlarning paydo bo‘lishi aholi sonining ortib borayotganiga elektron tijoratning tezkor imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Elektron tijoratning afzalliklari haqida quyidagilarni aytish mumkin: Vaqt va tirik mehnat xarajatlari bilan bog‘liq tranzaksiya xarajatlarining kamayishi; Xaridlarga, to‘lovlarga tezkor kirish, istalgan joydan va istalgan qulay vaqtda kirish imkoniyati; Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; Kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; Hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati; Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Elektron tijorat o‘z navbatida foydalanuvchilar uchun bir qator kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, bu me’yoriy-huquqiy bazaning yo‘qligi, buning natijasida elektron tijorat doirasida sotiladigan mahsulot yoki xizmatga nisbatan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish muammosi mavjud.
2-rasm. Respublikada elektron tijorat daromadlari statistikasi.
Elektron tijoratning afzalliklari ko‘p: uydan chiqmasdan xarid qilish, qisqa vaqt ichida bir qator tematik saytlarda taklif etilayotgan tovarlarning keng ro‘yhati bilan tanishish va boshqalar. Elektron tijoratni qiyosiy jihatdan o‘rganib chiqish mamlakat elektron tijoratining holati, shuningdek, uning o‘ziga xos muammolari va xususiyatlarini tahlil qilish, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ishlab chiqishga imkon berdi va shuning natijasida quyidagilar taklif qilinmoqda: – tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning elektron shakllarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi aloqa va telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish; – elektron tijorat sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, qonun loyihalari barcha manfaatdor shaxslar uchun ochiqligini, ko‘rib chiqish va mulohazalarni ta’minlash; – biznes uchun elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlovchi onlayn ilovalarni ishlab chiqish, shuningdek, mobil qurilmalar foydalanuvchilariga yo‘naltirilgan qidiruv tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish; – tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy internet va axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan tashkilotlarning elektron auksionlarda ishtirok etishi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish; – mamlakat fuqarolari o‘rtasida elektron tijorat bo‘yicha savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini doimiy o‘tkazish; – mamlakat fuqarolari orasida naqdsiz to‘lov usullaridan foydalanishning afzalliklari haqida targ‘ibot ishlarini olib borish orqali elektron pul bozorini rivojlantirish va elektron hamyonlarni ommalashtirishga ko‘maklashish. Shunday qilib, elektron tijoratning O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri yaqin kelajakda doimiy ravishda oshib boradi, shuningdek, elektron tijorat davlat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Download 9,84 Mb.




Download 9,84 Mb.