Mavzu: Algebra elementlari yuzasidan konsentr bo’yicha interfaol metodlar
Darsning maqsadi:
a) talimiy: o’quvchilarga konsentrga oid masalalar yechish, yechilishini hamma amallar bilan misollar yechish, qoldiqli bolishni bajarishga orgatish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2 o’rganilgan matematik tushunchalarni, qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni kichik guruhlarda o’z o’zini boshqarish hamjihatlikka o’rgatish. TK: atrofdagilar bilan o’z aro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish. FK2: o’rganilga matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarida qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
-Bolajonlar, matematika fani nimani o’rgatadi?
- Sanashni, hisoblashni,
Fikrlashni, o’ylashni keyin masalalar yechishni, nomalumni topishni ,
Og’irlik, uzunlikni,
Vaqt, masofa, tezlikni,
Ko’paytirish ,bo’lishni,
Perimetr, yuzani,
Topishni, taqqoslashni,
Burchak, tomon, shkilni,
O’rgatar, matematika
Bel bog’lab doim tikkka
Dars shiori: “Har bir daqiqani besamar o`tkazma!”
“Quvnoq parovoz” o`yini.
Darsda quvnoq parovozni harakatga keltirib, manzilga yetkazish uchun dars davomida hamkorlikda tezkorlik bilan harakatlanish talab etiladi. Doska yoniga quvnoq parovoz rasmi ilib qo`yiladi. Uning vagonlarida dars bosqichlari yozilgan bo`ladi. Har bir bosqichda bittadan vagon ilgarilaydi.
Sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`linadi.
I guruh :”Zukkolar”
II guruh:”Topqirlar”
III guruh:”Bilimdonlar”
II O`tilgan mavzularni mustahkamlash.”Mohir hisobchi”o`yini orqali uy vazifasi tekshiriladi. Tenglamani birinchi bo`lib bajargan o`quvchiga mohir hisobchi deb rag`bat beriladi.
184-x=125 x-184=125
x=184-125 x=125+184
x=59 x=309
184-59=125 309-184=125
125=125 125=125
“Davom ettir” o`yini vositasida mavzu mustahkamlanadi. Guruhlarga 360, 180,210 sonlarini ko`rsatiladi, ular esa uning tashkil qiluvchilarini aytadi. Masalan:210 soni 3 bilan 70 ning ko`paytmasi, 10 bilan 200 ning yig`indisi va hakazo. Bu o`yin orqali o`quvchilarda sonning tarkibi va og`zaki qo`shish va ayirish mustahkamlanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni.
268-masala.
8 ta qo`g`irchoq uchun 4000 so`m to`landi. 3 ta shunday qo`g`irchoq qancha turadi?
Yechish: 4000:8=500 500х3=1500
Javob: 1500 so`m
269-masala.
1)5 ta palto va 4 ta plashga baravardan 54 ta tugma qadaldi. Har bir kiyimga nechtadan tugma qadaldi?
Yechish: 5+4=9 54:9=6
Javob: 6 tadan
2) 5 ta palto va 4 ta plashga baravardan 54 ta tugma qadaldi. Hamma palto va plashlarga nechtadan tugma qadaldi?
Yechish:
270. Xatolikni toping va to`g`ri yechimni yozing.
Quvnoq daqiqa. Guruhlarga mantiqiy topishmoq, masalalar aytiladi.
1.Bir daraxtda o`n ikkitata butoq,
Uch yuz oltmish besh yaproq,
Yaproqlarning bir yog`I qora, bir yog`I oq.
(Yil, oy,kun, kecha va kunduz)
2.Suv ichida qorasi,
Oppoq tovuq don cho`qir,
Nechta tovuq bo`ladi
Qo`shilganda olasi?
(Uchta)
3.Izlab borar edi buloq,
Ikki echki hamda uloq.
Ularda bor qancha quloq?
Qancha tuyoq hamda oyoq?
(6 ta quloq,12 ta oyoq, 24 ta tuyoq)
271-misol
Boshqotirma.
Nargizaning 64 ta olmasi bor edi. Ukasi undan olmalarning to`rtdan birining to`rtdan bir qismini berishini so`radi. Nargiza esa ukasiga olmalar yarmining yarmisini berishiga ko`ndi . Ukasi nechta olma so`radi-yu, Nargiza unga nechta olma bermoqchi boldi ?
IV.O`tilgan mavzularni mustahkamlash.
Test savollari.
3X4 o`yini. Bu o`yinda har bir guruhga bittadan mavzu beriladi.
1-guruhga :“Ko`pyoqlar”
2-guruhga :“Parallelepiped”
3-guruhga : “Kub”
O`quvchilar yuqoridagi mavzular bo`ycha bir-birlarini fikrlarini davom ettirgan holda mavzuni ochib beradilar.
V.O`quvchilarni baholash va darsga yakun yasash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi va rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Uyga 272 -topshiriq va 273 -misol beriladi, topshiriq sharti tushintiriladi.
|