Plagiarism Scan Report




Download 192,73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2024
Hajmi192,73 Kb.
#266980
TuriReport
Bog'liq
plagiarism-report (2)



Share
Print
Plagiarism Scan Report
Report Generated on: Jul 04,2024
7%
Exact Plagiarized
7%
Partial Plagiarized
Unique Content
Total Words: 
913
Total Characters: 
7731
Plagiarized Sentences: 
5.88
Unique Sentences: 
36.12 (86%)
Content Checked for Plagiarism
O'qituvchi har doim mustaqil ishlarni boshqarishi, uni tashkil etishda o'zboshimchaliklarga yo'l
qo'ymasligi, belgilangan nazorat tizimini amalga oshirishi va talabalarga o'qishning barcha
bosqichlarida xolisona yordam berishi kerak.
Ta’lim jarayonida talaba o‘quv adabiyotlarini o‘rganish jarayonida nazariy materialni o‘zlashtirish, bilim
berish faoliyatini rivojlantirish, amaliy ko‘nikma va tajribalarni shakllantirish orqali bilimlar tizimini
shakllantiradi. Bunda o‘quv adabiyotlari asosiy bilim manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Darslik bilan
mustaqil ishlash jarayonida talaba turli krlash faoliyatini amalga oshiradi, eng muhim ma’lumotlarni
izlaydi, taqqoslaydi, tasni aydi va hokazo . Shunday qilib, juda muhim xususiyat - o'quv faoliyatida
mustaqillik shakllanadi.
Talabalarga o'quv jarayonining amaliy, labarator va seminar mashg'ulotlarida turli murakkab ishlar
yechimi, o‘quv-texnologik vazifalarni yuklanishi, muammoli materiallarni yechimini topish orqali uslubiy
yangiliklar kiritilgan kichik mustaqil ishlarni belgilash bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Ta’lim
berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil ta’lim olishning ham mavzuviy,
ham uslubiy yondashuvini talabalarga erkin yoritish imkonini berish samaraliroq hisoblanadi.
Mustaqil ishlar konkret belgilangan standartlardan xoli bo’lishi, ularning mazmunan va usluban
qolipga solinishi mustaqil ishlarni plagiat asosida amalga oshishiga olib keladi.
Talaba mustaqil ish bajarishi uchun eng avvalo tanlov asosida o’z mavzusidan kelib chiqqan holda
yangi pedagogik texnalogiyalarni o’zi tanlashi, albatta o’qituvchi tomonidan ishning borishi yuzasidan
tavsiya va maslahatlar olishi lozim.
Mustaqil ish hajmi mavzuning oddiy va murakkabligidan kelib chiqishi, unga turli ilovalami majburiy
tarzda kiritilmasligi, yoritilish erkinligi, (talaba xohlasa ilmiy rasm sifatida chizib bersin) muayyan
labaratoriya, tajriba natijasiga tayanilishi lozim.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish,
ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy krlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi
talab qilinmoqda. Yuksak malakali mutaxassislar iste’molchilar talablariga qarab tayyorlanishi,
talabalarni tanlagan ixtisosliklari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil
ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o'rgatilishi ta’minlanishi kerak[7].
2.1.Tahlil va natijalari.
“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishi 2-kurs talabalariga “Pedagogik mahorat” fanidan
90 soat mustaqil ta’limni tepada sanagan qoidalarga asoslangan holda tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Bunda har bir talabaga qura tanlash yo’li bilan 5 tadan turli xil muammolarni jamlagan mavzu beriladi.
So’ngra mavzular bo’yicha ma’lumotlar topish mumkin bo’lgan 4ta kitob nomlarini aytiladi. Topshiriq
qilib, olgan 5ta mavzusini o’quvchilarga aniq yetkazib bera olish maqsadida, har bir mavzuga hech
joyda qo’llanilmagan yangi metod, usul, didaktik o’yinlar yaratib kelishini tayinlaniladi. O’sha semestr
14%
Plagiarized Content
86%
Page 1 of 3


davomida har bir talaba qilgan ishlarini ko’rsatib turlicha maslahatlar so’rab turishdi va ularga
o’qituvchi tomonidan tushunishmagan ba’zi narsalari o’rgatib yuboriladi. Semestr oxiriga
yetavergandan keyin darsdan tashqari holatlarda 6soat davomida har bir talabaning ixtiro qilgan
yangiliklari amaliyotda sinab ko’rgan holatda ularning ishlari ko’riladi va standart baholash mezonida
ular baholanadi. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, talabalar o’zlashtirish ko’rsatkichi 60
foizdan 80 foizga oshdi. Ishoniladiki, bu mustaqil ta’lim barcha talabalar uchun to’g’ri tashkil qilinadi va
natijali bo’ladi. Bu tajriba orqali talabalar bilimi oshadi, doskada erkin nutq bayon qilish ko’nikmasi hosil
bo’ladi, amaliyot bilan nazriyani bir biriga bog’lashni o’rgandi, ijodiy faoliyatga qiziqishi o’sadi,
yaratuvchanlik qobilyati shakllanadi, mustaqil tarzda xulosalar chiqarishni o’rganadi. Undan tashqari
talabalar o’zlari ixtiro qilgan yangi metod, o’yin, usullarini amaliyotga tatbiq qilish jarayonida bir biri
bilan almashishadi va natijada har bir talaba kamida 20 ta yangi pedagogik texnalogiya bazasiga ega
bo’ladi. Bu foydali baza kelajakda ularning maktabda ishlayotganida, o’z o’quvchilariga mavzuni onson,
tushunarli qilib yetqazishi uchun albatta yordam beradi.
2.1.1. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, har tomonlama bilimli, malakali, yetuk, erkin, mazmunli krlay
oladigan, yuksak malakali mutaxassislar yetkazishda mustaqil ta’limning o’rni beqiyosdir. Barkamol
shaxsni tarbiyalash jarayonida mustaqil ta’lim asos vazifasini bajaradi. Ayni vaqtda, ta’lim jarayonida
mustaqil ta’limni tashkil etishda ba’zi muammolar borligi sababli, bu tadqiqotda ularni to’g’ri tashkil
etish uchun bir nechta innovatsion usul va vositalar ko’rsatib o’tildi. Bundan tashqari ularning to’g’ri
yoki noto’g’ri usullar ekanligini bilish maqsadida amliyotda bu usul sinab ko’riladi. Bu innovatsion
usullardan foydalanish tajribasiga asoslanib, ularning ba'zi afzalliklarini ajratib ko'rsatish mumkin:
-o’quvchilarga yangi bilimlarni o’zlashtirishning faol usullarini o’rgatishda yordam beradilar; shaxsiy
ijtimoiy faollikning yuqori darajasini egallash imkoniyatini ta'minlash;
- o‘quv jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtira olishi qiyin ma’lumotlarni onson yetqazish sharoitlarni yaratdi;
-o'quvchilarning ijodiy faolligini rag'batlantirish;
-ta’limni kundalik hayot amaliyotiga yaqinlashtirishga, fan bo‘yicha nafaqat bilim, ko‘nikma va
malakalarni, balki faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga yordam berish.
Foydalanilgan adabiyotlar/Spisok literaturы / References
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi PF-5847 -T.,
2019 yil 8 oktyabr.
2. . Talabalar mustaqil ishlarini boshqarish: metod, nafaqa / umumiy bo‘yicha, I.P. Cho‘lpon, T.G.
Argunova. – M.: “O‘zR DPI” jurnali kutubxonasi, 2010 y.
3. O.Y Mahmudova “Innovative organization of independent education of students and tools” maqolan
NOVATEUR PUBLICATIONS JournaINX - ko'p tarmoqli tengdoshlar tomonidan ko'rib chiqilgan jurnal
ISSN №: 2581 -4230 9-JIM, SON, mart -2023.
4. Isroilova, G., & Abdurahimov, S. (2021 yil, dekabr). O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyati.
Ko'p tarmoqli tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalar bo'yicha xalqaro konferentsiyada (2-jild, 231-
235-betlar).
5. Yoldoshev J.G. Modem darsi. Malaka oshirish; muammolar, tadqiqotlar, yechimlar. XTXQTMOM.-T.
A.Avloniy nomidagi; 2017 yil.
6. Kurbanova B.N “Modern forms of organizing students independent work as a pedagogical problem”
International scienti c journal volume 2 issue 2 february 2023 uif-2022; 8.2| issn: 2181-3337|
scientists.uz.
7. Zakirov D. “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim olishini tashkil etishning yangi
usullarini yaratish” Academic research in educational sciences Journal 2022.
8. Rashidova O. “The use of innovative methods and tools in the organization of independent education
in higher educational institutions as a pedagogical problem” Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social science, volume 3, issue 10, 2023, 261-270
9. Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ma’ruza matni.
http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/views/openlesson/download.php/?id=22462
10. Qurbanova B.N “Oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil
etishning didaktik imkoniyatlari” Ijtimoiy boshqaruv jurnali. 2023-yil.
11. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.
fan. dok. diss. – T., 2007. – 315 b.
12. Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. – T: “Fan”, 2009.
– 168.
Page 2 of 3


Ta’lim berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil
ta’lim olishning ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuvini talabalarga erkin
yoritish imkonini berish samaraliroq hisoblanadi.
https://ares.uz/storage/app/uploads/public/629/bd3/728/629bd37280f25835789079.pdf
92%
Mustaqil ishlar konkret belgilangan standartlardan xoli bo’lishi, ularning
mazmunan va usluban qolipga solinishi mustaqil ishlarni plagiat asosida
amalga oshishiga olib keladi.
https://cyberleninka.ru/article/n/oliy-ta-lim-muassasalarida-talabalarning-mustaqil-ta-lim-olishini-
tashkil-etishning-yangi-usullarini-yaratish
66%
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni
rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy krlash
qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda.
https://azkurs.org/interfaol-talim-shaxsga-yonaltirilgan-talim-texnologiyalarinin.html
76%
– M.: “O‘zR DPI” jurnali kutubxonasi, 2010 y.
http://erus.uz/index.php/er/article/view/2295
37%
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim olishini tashkil
etishning yangi usullarini yaratish” Academic research in educational sciences
Journal 2022.
https://ares.uz/uz/maqola-sahifasi/oliy-talim-muassasalarida-talabalarning-mustaqil-talim-olishini-
tashkil-etishning-yangi-usullarini-yaratish
46%
Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari:
Ped.
https://sciencetechnology.uz/index.php/s/article/view/295
62%
Page 3 of 3

Download 192,73 Kb.




Download 192,73 Kb.
Pdf ko'rish