Reja: Transport vositalarini texnik holati va ishlash qobilyati ularni Ekspluatatsiya jarayonida ozgarishi




Download 154,21 Kb.
Sana15.05.2024
Hajmi154,21 Kb.
#236241
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: AVTOMOBILLARNING TEXNIK XOLATINI EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA O'RGANISHI
Reja:
1.Transport vositalarini texnik holati va ishlash qobilyati ularni Ekspluatatsiya jarayonida ozgarishi.
2. Transport vositalari texnik holatini tasnifi.
3. Transport vositalarini ishlash qobilyatini Ekspluatatsiya jarayonida ozgarish sabablari.
4. Transport vositalarini texnik holatiga tasir etuvchi omillar.
5. Konstruktiv, texnologik va Ekspluatatsion omillar.
6. Texnik holatga tasir etuvchi omillarni transport vositalarini samaradorligiga tasiri.

Transport vositalarini texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida ozgarishi


Ekspluatatsiya jarayonida tashqi muhitni bir qator omillari (yuklama, tebranish, namlik, havo oqimi avtomobilga tushgan chang va iflosliklar, harorat va boshqa tasirlar) avtomobillarga tasir koprsatadi va uning texnik holatini yomonlashishiga olib keladi. Bunda detallar yeyiladi va shikastlanadi hamda ular bir qator xususiyatlari (bikrligi, plastikligi va boshqalar) ozgaradi.

Avtomobillarni texnik holatini ozgarishi uning tarmoq va mexanizmlarini ishlash sharoiti tashqi muhit tasiri va avtomobillarni saqlashga hamda tasodifiy omillarga bogliq. Tasodifiy omillarga avtomobil detallarini yashirin nuqsonlari konstruktsiyani toliqishi va boshqalar taalluqlidir.


Ekspluatatsiya sharoitida avtomobillarni texnik holatini ozgarishiga asosiy sabablardan yeyilish, plastik deformatsiya, charchashdan shikastlanish, korroziya (zanglash) hamda detal materialini fizik-kimyoviy ozgarishidir (eskirishi).
Eyilish-bu detallni shikastlanishi va uning sirtidan materialni ajralishi va (yoki) ularni ishqalanishida qoldiq deformatsiyani toplanishidir, bular ozaro tasirlagi detallarni shaklini va va olchovini doimo ozgartirishi bilan namoyon boladi.
Eyilganlik-bu detal sirti olchovini, shaklini va holatini ozgarishi koprinishida paydo boluvchi yeyilish natijasidir. yeyilganlik mkm/km, mkm/moto-soatlarda olchanadi.
Ishqalanishni uch turi mavjud: quruq, suyuqlik va aralash muhitda. quruq ishqalanishda ishqalanayotgan sirtlar bir-biri bilan tasirda boladi (misol, tormoz kolodkalarini tormoz barabanlariga ishqalanishi ilashish muftasi yetaklovchi diskini maxovika ishqalanishi va hokazo). Bu turdagi ishqalanish ishqalanayotgan detal sirtlarini jadal yeyilishi bilan kuzatiladi. Suyuqlik (gidrodinamik) ishqalanishida ishqalanayotgan detal sirtlari orasida moy qatlami hosil qilinadi, bu moy qatlami ishqalanayotgan detal sirtlari mikronotekisliklaridan katta bolib, detal sirtlarini kontaktda bolishiga yol qoymaydi (misol, tirsakli val podshipniklari), bu detallar sirtini yeyilishini kamaytiradi. Amalda avtomobil mexanizmlari ishlash jarayonida bu ikkita ishqalanish turi almashib turadi va bir-biriga otib aralash ishqalanish turini hosil qiladi.
A brazivli, okisidlanishdan, charchashdan, eroziyadan yeyilish hamda qotib qolishdan, freting va freting korroziyadan yeyilish turlari mavjud.
Abrazivli yeyilish-bu ishqalanish sirtidagi qattiq zarrachalarni kesishi yoki tirnashi natijasidir. Bunday zarrachalar tashqaridan detallarni ishqalanuvchi sirtlari orasiga chang va qum koprinishida (misol, tormoz kolodkasi ustqoymasi va barabani orasiga) yoki ochiq ishqalanuvchi tarmoqlardagi (shkvorenli birikmalar (https://kompy.info/1-payvand-kavshar-va-yelimli-birikmalar-parchin-mixli-birikmal.html), ressor sharnirlari) moylash materiallari tarkibiga tushib ularni yeyilishini oshiradi. Abrazivli yeyilish boshqa yeyilish turi bilan birgalikda avtomobillarni deyarli hamma ishqalanuvchi detallarida uchraydi.

Oksidlanishli yeyilish mexanik yeyilish muhitni agressiv tasiri natijasida paydo boladi, bularni tasirida ishqalanuvchi detal sirtida mustahkam bolmagan oksid pardasi hosil boladi. Bu oksid parda mexanikaviy ishqalanishda yulib olinadi va yalangoch bolgan sirtda yana oksidlanadi. Bunday yeyilishlar tsilindr porshen guruhlari, gidrokuchaytirgich, gidrouzatmali tormoz tizimi detallarida va boshqalarda uchraydi.


CHarchashdan yeyilish ishqalanish va qaytariluvchi yuklama natijasida materialni sirtidagi qatlami mortlashadi va yemiriladi buning natijasida undan pastda yotgan yumshoqroq va mortroq qatlam yalangochlanib qoladi. Bunday turdagi yeyilish podshipniklarni yugurish yolkalarida va shesternya tishlarida uchrashi mumkin.
Eroziyali yeyilish detal sirtiga juda katta tezlikda harakatlanayotgan, tarkibida abraziv zarrachalari hamda elektr razryadi bolgan suyuqlik va (yoki) gaz oqimi tasiri natijasida paydo boladi. Eroziya jarayonini xarakteriga ko’ra gazli, kavitatsion, elektr va abrazivli eroziya turlari mavjud.
Gazli eroziya gaz molekulasini mexanik va issiqlik tasirida detal materialini shikastlanishida sodir boladi. Gazli eroziya klapanlarda porshen halqalarida va tsilindrlarni oynasimon devorlarida hamda chiqindii gazlar chiqarish tizimi detallarida kuzatiladi.
Kavitatsion eroziya suyuqlik oqimini bir tekisligini buzilishi sodir boladi, bunda suyuqlikda havo pufakchalari paydo bolib, detal sirti oldida yoriladi va suyuqlikni metall sirtida ko’p sonli gidravlik zarbalariga olib keladi va metall sirtini shikastlaydi. Bunday shikastlanishlar sovutish suyuqligi bilan kontaktda bolgan dvigatel detallarida, yani blok tsilindrlardagi sovutish tizimi kopylaklarida (https://kompy.info/11-mavzu-sovutish-qurilmalari.html), tsilindrlar gilzasi tashqi sirti, sovutish tizimi patrubkalarida uchraydi.
Elektr eroziyali yeyilish elektr toki otganda razryadlar tasiri natijasida detal sirtlari eroziyali yeyilishida paydo boladi. Misol, yondirish shami elektrodlari hamda taqsimlagich kontaktlari orasida.
Abrazivli eroziya suyuqlik (gidroabrazivli eroziya) yoki gaz (gazabrazivli eroziya) oqimi tarkibidagi abraziv zarrachalarni detal sirtlariga mexanik tasiri natijasida paydo boladi. Avtomobil kuzovini tashqarii qismida uchraydi.
Qotib qolishdan yeyilish detal materialini chuqur uzib olib bitta sirtdan boshqa sirtga kopchirishi natijasida detallarni ishchi sirtlarida uyiqlar (zadirlar) paydo bolishiga, qotib qolishiga va shikastlanishiga olib keladi. Misol, dvigatel moylash tizimi ishini buzilishi natijasida tirsakli valni qotib qolishi va vkladishlarni aylanib ketishi.
Freting yeyilish-bu birikma detallarini tebranma harakatida mikrosiljishlari natijasida mexanik yeyilishidir. Agar bunda muhit agressiv tasir qilsa, freting korrozion yeyilish sodir boladi. Bunday yeyilish tirsakli val boyni vkladishini ularni yostigi bilan tegib turgan joylarida podshipniklar qo’qogida sodir boladi.
plastik deformatsiya va shikastlanish avtomobil detallari materialini oquvchanlik (polat materiallarda) yoki mustahkamlik (choyan materiallarda) chegarasiga yetishishiga yoki oshib ketishiga bogliq. Bu shikastlanish avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish natijasidir (ortiqcha yuklama, notogri boshqarish hamda yol-transport hodisasi). Bazan detallarni plastik deformatsiyalanishiga ularni yeyilishi natijasida geometrik olchamlarini ozgarishi va mustahkamlik zaxirsaini pasayishi sabab boladi.
Detallarni charchashdan shikastlanishi detal materiali chidamliligi chegarasidan yuqori tsiklik yuklamada sodir boladi. Bunda detallarni shikastlanishga olib keluvchi malum tsikllar sonida doimiy shakllanuvchi va osuvchi charchashdan darzl paydo boladi. CHarchashdan shikastlanishni ekstremal sharoitlarda avtomobillarni Ekspluatatsiyasida ressoralar va yarim o`qlarda kuzatish mumkin.

Zanglash (korroziya) detal materialini agressiv atrof-muhit bilan ozaro tasirida kimyoviy va elektromexanik tasir natijasida detal sirtida oksidlanish (zanglash) paydo boladi, bu detalni mustahkamligini kamayishiga va tashqi koprinishini yomonlashishiga olib keladi. Avtomobil detallarini zanglashiga ko’proq qishki mavsumda yollarga se’iladigan tuz hamda ishlatilgan gazlar tasir koprsatadi. Metallar sirtida saqlanib qolgan namlik zanglashni keltirib chiqaradi, bunday zanglash avtomobilni yashirin bo`shliq va taglariga xosdir.


Avtomobillarga TXK va tamirlash sifati. Avtomobillarga TXK ni sifati avtomobillarni texnik holatiga sezilarli darajada tasir koprsatadi. TXK jarayonida uzgich-taqsimlagich kontaktini notogri sozlanishi yonilgi sarfini 9-11 foizga, yondirishni ilgarilatish burchagini notogri ornatish yonilgi sarfini 10-15 foizga oshishiga olib keladi. YOndirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni ortib ketishi sovuq dvigatelni ishga tushirish (yondirish) qiyinlashishiga va kondensatorni uzilib-uzilib ishlashiga sabab boladi. Oldingi gildiraklarni ogish burchaklarini notogri ornatilishi yoki buzilishi shinani yol bilan urinadigan nuqtalarini sir’anib ishlashiga majbur qiladi. Buning natijasida shinaning yeyilishi va yonilgi sarfi ko’payadi. SHinadagi havo bosimi meyordagisidan ko’p yoki kam bolishi, uning xizmat muddatini 10-20 foizga qisqartiradi va yonilgi sarfini oshiradi. Tormoz kolodkasi ustqoymasi baraban orasidagi tirqishni 0,5 mm ga oshishi avtomobil tormoz yolini 20 foizga oshishiga sabab boladi. YUqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, TXK sifati bilan avtomobilni texnik holati orsida uzviy boglanish bolib, TXK sifati qancha yuqori bolsa, avtomobillarni ishonchliligi shuncha yuqori boladi. Sifatsiz tamirlangan avtomobillar nosozlik va buzilishlarni kelib chiqishiga sabab boladi.


Iqlim sharoiti-havo harorati, bosimi va namlik bilan ifodalanadi. Havoning past harorati avtomobilni texnikaviy holatiga katta tasir koprsatadi. Bunday sharoitda agregat va mexanizmlarni sovib ketishiga va buning natijasida sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi sovutish suyuqligi muzlaydi, akkumulyatorlar batareyasi elektroliti ota soviydi. past haroratlarda sovuq dvigatelni qiyin ot oldirilishiga asosiy sabab, benzinni buglanuvchanligini pastligi, moyning qovushoqligini ortishi, akkumulyatorlar batareyasi sigimini va qutblaridagi kuchlanishni kamayishidir.
Avtomobillarni texnik holatini ozgarishini ifodalovchi quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Soz holati-avtomobilning meyoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlaridagi barcha talablarga mos keladigan vaqtdagi holati.
Nosozlik-avtomobilning meyoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarida belgilangan talablarning hatto birortasiga ham mos kelmaydigan holati.
Ishga yaroqlilik-bu berilgan parametrlar qiymatini meyoriy hujjatlarda belgilangan darajada saqlagan holda belgilangan vazifalarni bajara olishidagi avtomobilning holati yani avtomobil ishga yaroqli, agar u harakat xavfsizligiga xavf solmagan holda passajirlar va yuk tashib olsa. Ishga yaroqli avtomobil nosoz bolishi mumkin, misol, dvigatelni moylash tizimida moy bosimi meyoriydan past bolsa, tomobilni tashqi koprinishi yomonlashgan va boshqalar.
Ishga yaroqsizlik-avtomobilning belgilangan vazifalarni bajarish xususiyatini xarakterlovchi kamida bitta parametr qiymati meyoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarda belgilangan talablariga mos kelmaydigan vaqtdagi holati.
Buzilish-avtomobilning ishlay olish xususiyatini buzilish jarayonidir. Buzilishlar tasnifi ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash, ogohlantirish va bartaraf qilish boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerak. Buzulishlarni bir nechta tasnifiy belgilari mavjud bolib, ulardan asosiylarini koprib chiqamiz.
Obektni ishlash qobilyatiga tasir qilishi boyicha uning elementlarini buzilishi va butun obektni nosozligi va buzilishini keltirib chiqaradigan buzilish. Misol, chiroq lampasini kuyishi, faqat lampani elementini buzilishiga olib keladi, tormoz tizimini yoki rul boshqarmasini buzilishi elementni ham, avtomobilni ham buzilishiga olib keladi, chunki bunda avtomobilni harakatlantirish mumkin emas.
Kelib chiqish manbai boyicha konstruktsion, ishlab chiqarish (texnologik) va Ekspluatatsion buzilishlarga bolinadi. Konstruktsiyani mukammall emasligi konstruktsion buzilishni keltirib chiqaradi. Buyumni tayyorlash va tamirlashda texnologik jarayonni mukammal emasligi sababli yoki buzilishi natijasida ishlab chiqarish buziqliklari kelib chiqadi.
Mavjud qoidalarga (avtomobillarni qoshimcha yuklama bilan ishlatish, texnik tavsifnomasida koprsatilmagan yonilgi-moylash materiallaridan foydalanish, TXK ishlarini oz vaqtida otkazmaslik va hokazolar) rioya qilmaslik natijasida Ekspluatatsion buzilishlar kelib chiqadi.
Boshqa elementlarni buzilishiga bogliqligi boyicha bogliq bolgan va bogliq bolmagan buzilishlar mavjud. Boshqa elementlarni buziqligi va nosozligi tufayli bogliq bolgan buzilishlar kelib chiqadi. Bogliq bolmagan buzilish boshqa elementlarni buziqligiga bogliq bolmaydi. Misol, dvigatel tsilindrlar bloki gilzasi devorini yeyilishi porshen xalqasini sinishi natijasida sodir boladi, bu bogliq bolgan buzilish, yolda avtomobil shinasini teshilishi esa bogliq bolmagan buzilishdir.
Paydo bolish va oldindan ko’ra bilish boyicha asta-sekin va birdaniga buzilishlarga turlanadi. Asta-sekin buzilish obektini texnik holati koprsatkichlarini Ekspluatatsiya jarayonida bir tekis ozgarishida, ko’proq yeyilishi natijasida paydo boladi. Asta-sekin buzilishlar uchun buyumni boshlangich soz holatidan buzilish holatigacha oraliq holatlari orqali asta-sekin otishi xarakterlidir.
Asta-sekin buzilishlarni oziga xos xususiyati shundan iboratki birinchidan TXK ishlarini bajarib ularni bartaraf qilish mumkin, ikkinchidan texnik holat bir maromda ozgaradi, bu esa uni oldindan ko’ra bilishga zamin yaratiladi. Asta-sekin buzilishlarga 40 foizdan 70 foizgacha buzilishlar togri keladi.
Bardaniga buzilishlarga texnik holat koprsatkichlarini sakrashsimon ozgarishi xarakterlidir. Misol, rusat etilgan yuklamani birdaniga oshirish natijasida buyum har qanday lahzada shikastlanishi mumkin. Avtomobillar eskirishi bilan birdaniga buzilishlarni solishtirma ulushi ko’payadi.
Avtomobillarda oz-ozini bartaraf qiluvchi buzilishlar ham bolishi mumkin. Ular ko’p marta paydo boladi va oz-ozini bartaraf qiladi. Bunga misol, elektr kontakti qotirmasini boshab ketishi.
paydo bolish chastotasi (ishlash davri) boyicha zamonaviy avtomobillar uchun kam (3-4 ming km), ortacha (12-16 ming km gacha) va ko’p (12-16 ming km dan ko’p) ishlash davrlariga bolinadi. SHuni nazarda tutish lozimki, Ekspluatatsiya boshidan buyon bosib otgan yoli ko’payishi bilan ishlash davri qisqaradi.
Buzilishlari bartaraf qilish mehnat sigimi boyicha kam (2 odam-soatgacha), ortacha (2-4 odam-soat) va ko’p (4 odam-soatdan ko’p) avtomobillarni tiklash mehnat sigimiga bolinadi. Zamonaviy avtomobillarni yuk koptarish qobilyatiga va konstruktsiyasiga qarab bitta buzilishni bartaraf qilish mehnat sigimi 1,5-2 odam-soatni tashkil qiladi. Misol, MAZ avtomobilidagi 87 foiz buziqliklar kam ortacha mehnat sigimiga ega. qolgan 13 foiz buzilishga 78 foiz tamirlashni umumiy mehnat sigimi va 82 foiz tamirlashga turib qolish davomiyligi togri keladi.
A vtomobilni ish vaqtini yoqolishiga tasiri boyicha buzilishlar ishchi vaqtini yoqotmasdan, yani TXK yoki smena oraligida bartaraf qilish va ishchi vaqtini yoqotish bilan buzilishni bartaraf qilish.
Transport jarayonini buzilishiga olib keluvchi ishdagi buzilishlarga alohida ahamiyat berish lozim. Misol, orta klassdagi avtobusni Ekspluatatsiyani birinchi yilida buzilishi 24 km yol bosib otgandan keyin sodir bolsa, 5-7 yillarida 5 km da sodir boladi.
TXK va tamirlash ishlarini tashkil qilishda va ishchi kuchiga va xizmat koprsatish vositalariga bolgan talabni aniqlashda avtomobillarni agregat, mexanizm va tarmoqlari boyicha nosozliklarni bolinishini bilish lozim. Taminotni tashkil qilish va mos meyorlarni aniqlash uchun detallarni buzilish xarakterini, kelib chiqish sabablarini shikastlanish xarakteri va detal yoki buyumni tiklash imkoniyatini bilish lozim. SHundan kelib chiqib tiklanadigan va tiklanmaydigan, tamirlanadigan va tamirlanmaydigan buyumlarga turlanadi.

Konstruktorlik- texnologik sabablari boyicha yoki avtokorxonalarni tamirlash bolimlari aybi bilan vaqtdan oldin avtomobillar buzilsa, u yoki bu agregatlarni buzilishga bolgan moddiy zararni qoplash uchun ornatilgan tartibda reklamatsiya beriladi.


Tamirlararo resurs- obektni ikkita ketma-ket tamirlari oraligidagi ishlash vaqti. U avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish tadqiqotlari kom’leksi va tajribalarni umumlashtirish asosida tarmoq vazirligi tomonidan ornatiladi.
Ruyxatdan chiqarishgacha resurs- bu obektni ishlash vaqti yigindisi bolib bunga erishganda avtomobilni Ekspluatatsiya qilish tola toxtatiladi.
Birinchi mukammal tamirgacha resurs - bu obektni ishlash vaqti bolib, bunga erishganda buyum mukammal tamirga yuboriladi.
Xizmat muddati - bu obektni boshlangich xolatidan uni chetki xolatiga kelguncha taqvimiy (kalendarli) Ekspluatatsiya qilish davridir. Kafolatli tamiralararo, birinichi mukammal tamirgacha va ruyxatdan chiqarguncha xizmat muddatlari boladi. Xizmat muddati avtomobillar ishlash jarayonida va tabiat kuchlari tasirid fizik eskiradi hamda texnik rivojlanish natijasida manaviy eskiradi. Fizik eskirishni asosiy sababi avtomobil transportini doimiy Ekspluaiatsiya qilish jadalligini oshirib borishdir.
Avtomobillarni foydalanish samaradorligi ko’pgina hollarda qabul qilingan Ekspluatatsiya qilish davomiyligiga bogliq.. Avtomobillarni tez-tez va murakkab tamirlashlar natijasida xizmat muddatini oshirish transport mahsulotini tannarxini oshishiga va uni rentabelligini pasayishiga olib keladi. Amortizatsion sarflarni ko’payishi hisobiga avtomobillarni muddatidan oldin Ekspluatatsiyadan olish natijasida ham bunday holatlarga tushib qolishi mumkin. SHuning uchun avtomobillarni xizmat muddatini meyorlashtirish xalq xojaligi ahamiyatiga ega. Bu muddatlarga asosan avtomobil saroyini doimiy yoshartirib borish lozim.
Saqlanuvchanlik- bu avtomobillarni saqlash, tashish va undan keyingi Ekspluatatsiya qilish vaqtida Ekspluatatsion-texnik koprsatkichlarini saqlash xossasidir. Saqlanuvchanlik avtomobillarni saqlash va konservatsiyalashni hamda ruxsat etilgan masofani (tashish vaqti oraligi, avtomobilni tamirlashsiz undan keyingi Ekspluatatsiya qilishga sozligi) maqsadga muvofiqligi bilan aniqlanadi.
Saqlanuvchanlikni koprsatkichi saqlanuvchanlikni ortacha muddati bolishi mumkin. Avtomobillarni saqlanuvchanligi uni tayyorlashdagi sifati, avtomobillar elementlaridagi eskirish jarayonini jadal otishi va tashqi omillarga (harorat va havo namligi quyosh radiatsiyasi va hokazolar) bogliq. Saqlanuvchanlikka saqlash jarayonida konservatsiyalash va texnik xizmat koprsatish sifati katta tasir koprsatadi.

Tamirbo’lik-bu avtomobil konstruktsiyasini tejamli texnologik jarayonlarni qollash bilan hamma turdagi TXK va T ishlarini bajarishga mosligi xossasidir. Avtomobillarni tamirbo’ligi konstruktorlik-ishlab chiqarish va Ekspluatatsion omillar bilan aniqlanadi. Konstrutorlik-ishlab chiqarish omillari avtomobil konstruktsiyasi xossasini aniqlaydi. Ular avtomobillarni yaratishda hisobga olinadi. Ekspluatatsion omillar konstruktsiya xossasi namoyon etiladigan muhitni aniqlaydi, bunda ular avtomobilni yaratishda va Ekspluatatsiya qilishda hisobga olinadi.


Konstruktorlik-ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi: nazoratbo’lik, yengil yetishishlik, yengil almashuvchanlik, ozaro almashuvchanlik, agregat va tizimlarni unifikatsiyasi TXK va nazorat-diagnostika jihozlari va boshqa vositalarni ishlata olinishi.
Ekspluatatsion omillar-bu TXK va tamirlash ishlarini bajarish shaklini tashkil etish, ishlab chiqarish texnik negizini holati, TXK va tamirlash ishlarini bajruvchilarini malakasi, ehtiyot qismlar va materiallarga bolgan talabni tola qondirish texnik hujjatlarni tolaligi va sifatliligi va boshqalar.
Nazoratbo’lik-texnik diagnostikalashni turli vositalari va uslublari bilan avtomobil, agregat va tizimlarni texnik holati diagnostik parametrlarini nazorat qilish omilidir. Ular avtomobillarga TXK va tamirlashni yangi samaraliroq uslublarini amaliyotga joriy qilishga asosiy tasir koprsatadi. Nazoratbo’lik avtomobilni ishonchliligini taminlash va xavfsiz harakatlanish talablari bilan aniqlanadi.
TXK va T obektiga yengil yetishuvchanlik-bu avtomobillarga TXK va T ga sarfini kamaytirishni bosh omilidir. Bu omil avtomobillarga TXK va tamirlash sharoitini hamda eng kam qoshimcha ish hajmi bilan yoki usiz profilaktika va tamirlash boyicha maqsadli operatsiyalarni bajarish uchun obektni mosligi (bo’ligi) bilan aniqlanadi.
Engil almashuvchanlik-bu buyumni eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan almashtirishga mosligidir. yengil almashuvchanlik bilan yengil yetishuvchanlikni bir-biriga almashtirib bolmaydi, chunki avtomobilda shunday buyumlar borki, Ekspluatatsiya davrida ularga yetishish oson, lekin almashtirish qiyin. yengil almashuvchanlik asosan Ekspluatatsiya jarayonida almashtiradigan buyumlarni qotirilganlik uslublari, bolinuvchilar konstruktsiyasi almashtiriladigan elementlarni massasi va gabarit olchovlari bilan aniqlanadi.
Komplektlovchi buyumlarni (detallarni) ozaro almashuvchanligi-bu bir nomlanishdagi ko’pgina buyumlardan (detallardan) tanlamasdan birortasini olib va tayyorlanmasdan avtomobilga ornatishdir. Moslashtirish operatsiyalar hajmiga qarab ozaro almashuvchanlik darajasi ornatiladi. Ozaro almashuvchanlik darajasi qancha yuqori bolsa, moslashtirish ishlari hajmi shuncha kam boladi.
TXK va tamirlashda mehnat, material sarfini va avtomobillarni turib qolishini kamaytirishda ozaro almashuvchanlik katta ahamiyatga ega.
TXK vositalari va nazorat-diagnostika jihozlarini qollanuvchanligi-bu mavjud vositalarni yangi modeldagi avtomobillarga xizmat koprsatish va tamirlashda qollash imkoniyatidir. Bu omil ishchi joyini va bajaruvchilarni ishni bajarishga qulayligini tashkil qilish, TXK va tamirlash muddati va narxiga tasir koprsatadi.
Avtomobil agregatlari va tizimlarini unifikatsiyasi-bu avtomobil saroyini tamirbo’lik va Ekspluatatsiya samaradorligini oshirishni asosiy omilidir. CHunki bu TXK va ta`mirlashni ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, avtokorxona omborxonasidagi ehtiyot qismlar nomenklaturasini kamaytiradi va nazorat-diagnostika jihozlari turlari sonini qisqartiradi.


Manba:Kompy.info
Download 154,21 Kb.




Download 154,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Transport vositalarini texnik holati va ishlash qobilyati ularni Ekspluatatsiya jarayonida ozgarishi

Download 154,21 Kb.