• Tayanch iboralar
  • 4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari. Reja




    Download 22,98 Kb.
    bet1/5
    Sana27.01.2024
    Hajmi22,98 Kb.
    #146964
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish -fayllar.org


    4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari. Reja

    4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari.
    Reja:
    1.Interfaol ta`lim texnologiyalarining didaktik mohiyati
    2.Interfaol ta`lim metodlari
    3.Texnologiya darslarida interfaol ta`lim metodlaridan foydalanish tartibi.
    Tayanch iboralar: interfaol, interfaollik, interfaol ta`lim interfaol ta`limga xos belgilar, interfaol ta`lim tamoyillari, interfaol ta`lim texnologiyalari (TT), interfaol metodlar, strategiya, grafik organayzer.
    Interfaol ta`lim texnologiyalarining didaktik mohiyati
    Zamonaviy sharoitda ta`lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo`li-bu mashg`ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Interfaol metodlarning o`zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta`lim jarayonida interfaol metodlarning o`rinli, maqsadga muvofiq qo`llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyidagi ana shu kabi savollarga qisqacha javob topiladi.
    Interfaol ta`lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o`zaro, “act” - harakat qilmoq) - talabalarning bilim, ko`nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o`zlashtirish yo`lidagi o`zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta`limdir.
    Mohiyatiga ko`ra interfaollik talabalarning bilim, ko`nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o`zlashtirish yo`lida birgalikda, o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Mantiqiy nuqtai nazardan esa interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub`ektlarning suhbat (dialog), o`zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
    Interfaol ta`lim o`qitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – o`qituvchi, talaba va talabalar guruhi o`rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg`in baxs-munozalar, o`zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o`quv materiallarini o`zlashtirishda talabalarning o`zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, o`qituvchi - talaba - talabalar guruhi”ning o`zaro bir-birlarini xurmat qilishlari, tushunishlari va qo`llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo`lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.
    Interfaol TT mohiyatiga ko`ra suhbatning “talaba - axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki o`qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko`nikma, malakalarning o`zlashtirilishini anglatadi.
    O`qituvchi interfaol ta`lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o`z-o`zini nazorat, o`z-o`zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-muloxazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo`ladi. Eng muhimi, interfaol TTni qo`llash orqali o`qituvchi talabalarning aniq ta`limiy maqsadga erishish yo`lida o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo`naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo`lga kiritadi.
    O`quv jarayonining interfaol TTga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, xatto “bolalar uyini” kabi taassurot uyg`otadi. Biroq, bunda o`qituvchining ma`lum darajada quyidagi omillarga ega bo`lishi talab qilinadi:
    -Ish tajribasi
    -Metodik malaka
    -Tayanch pedagogik-psixologik bilimlar
    -Tashkilotchilik qobiliyati
    -Talaba va talabalar guruhining o`zaro hamkorlikka erisha olishi.
    -Ta`lim jarayonida demokratik g`oyalarning ustuvor o`rin tutishi.
    -Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, o`rinli, maqsadga muvofiq va o`zaro moslikda qo`llashga erishish.

    Download 22,98 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 22,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari. Reja

    Download 22,98 Kb.