|
Skarabey” strategiyasi (“Qo`ngiz”)
|
bet | 5/5 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 22,98 Kb. | | #146964 |
Bog'liq 4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish -fayllar.orgSkarabey” strategiyasi (“Qo`ngiz”) talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini, xotirani, shuningdek, muayyan muammoni hal qilishda o`z fikrini ochiq, erkin ifodalash malakasini rivojlanishiga xizmat qiladi. Talaba strategiyani qo`llash jarayonida bilimlarining sifati, darajasini xolis baholash, o`rganilayotgan mavzu haqidagi tasavvuri ko`lamini aniqlash imkoniyatini qo`lga kiritadi. Strategiya, shuningdek, turli g`oyalarni ochiq, erkin, mantiqan ifodalash, ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlashda ham samarali sanaladi. Uning yordamida talabalarda qo`yidagi sifatlarni shakllantirish, rivojlantirishga erishish mumkin: mustaqil ishlash; muloqatga erkin kirisha olish; xushfe`llik, o`zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatining samarali bo`lishiga qiziqish; o`z-o`zini baholash.
Strategiyadan darsning muayyan bosqichlarida turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
“Qarorlar shajarasi” strategiyasi (“Qaror qabul qilish texnologiyasi”) muayyan fan asoslariga oid bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, muammo yuzasidan bildirilayotgan bir nechta xulosa orasidan eng maqbul, hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondoshuvdir. U avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qarorlarni yana bir bora tahlil qilish, uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Ta`limda strategiyani qo`llash o`rganilayotgan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish) uchun talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variantni tahlil qilish, maqbul va nomaqbul jihatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Shunday qilib, interfaol ta`lim texnologiyalari ta`lim sifatini yaxshilash,
samaradorligini oshirish, o`qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, jamoa o`rtasida o`zaro hamkorlikni qaror toptirish, g`oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta`lim oluvchi (o`quvchi, talaba)ning ichki imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo`lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega. Interfaol ta`limning eng muhim tarkibiy elementi bo`lgan interfaol metodlar o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim maqsadlarni amalga oshirishda ma`lum darajada samaradorlikka erishishni ta`minlaydi. Eng muhimi o`qituvchilar interfaol metodlarni tanlashda o`rganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo`lgan masalaga e`tibor qaratishlari lozim.
Qolaversa, interfaol metodlarni qo`llashda talabalarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o`qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo`lishni taqozo etadi.
Nazorat savollar:
1.Interfaol ta`lim qanday didaktik imkoniyatlarga ega?
2.Interfaol ta`lim qanday tamoyillarga asoslanadi?
3.Interfaol ta`lim qanday shakllarda tashkil etiladi?
4.Interfaol ta`lim texnologiyalari sifatida nimalar e`tirof etiladi?
5.“Aqliy xujum” strategiyasi nimaga xizmat qiladi?
6.“Baliq skeleti” GO qanday didaktik imkoniyatga ega?
7.“Venn diagrammasi” qanday maqsadga xizmat qiladi?
8.“Klaster” tushunchasi qanday ma`noni anglatadi?
Asosiy adabiyotlar:
1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.
2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU. 2007-yil.
3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar. O‘quv-metodik qo’llanma. T.: Navro‘z. 2013-yil.
http://fayllar.org
|
| |