|
Texnologiya darslarida interfaol ta`lim metodlaridan foydalanish tartibi
|
bet | 4/5 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 22,98 Kb. | | #146964 |
Bog'liq 4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish -fayllar.orgTexnologiya darslarida interfaol ta`lim metodlaridan foydalanish tartibi.
“Bilaman, bilishni xoxlayman, bilib oldim” (BBB)
GO talabalarga muayyan mavzular bo`yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo`llashda talabalar guruh, yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg`ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi. Guruhlar faoliyati quyidagi ko`rinishda tashkil etilishi mumkin:
Har bir guruh umumiy sxema asosida o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi; mashg`ulot yakunida loyiha bandlari bo`yicha guruhlarning munosabatlari umumlashtiriladi.
GOdan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi:
-Talabalarning o`rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
-Talabalarning mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan extiyojlari o`rganiladi.
-Talabalar mavzuga oid ma`lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.
Bosqichlar bo`yicha amalga oshirilgan harakatlarning tafsiloti qo`yidagicha:
Talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi;talabalarning yangi mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajasi o`rganiladi;talabalar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;talabalarning yangi mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan extiyojlari o`rganiladi;
o`qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma`lumotlardan talabalarni xabardor qiladi; talabalar tomonidan o`zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
mashg`ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.
“Blits-surov” metodi (ing. “blits” - tezkor, bir zumda) berilgan savollarga qisqa, aniq va lo`nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta`lim muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, o`qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg`ulot turi, o`rganilayotgan mavzuning murakkabligi, talabalarning qamrab olinishiga ko`ra belgilanadi.
Mashg`ulotlarda metodni qo`llash qo`yidagicha kechadi:
O`qituvchi o`rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqib, o`quvchilar e`tiboriga xavola qiladi.Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda lo`nda,aniq javob beradi.Guruh (juftlik)da ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi (uning guruhdoshlari javobni to`ldiradi, (biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim). Metodni qo`llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g`oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og`zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
“Venn diagrammasi” GO talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondoshuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o`zlashtirish (sintezlash) ko`nikmalarini hosil qilishga yo`naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo`yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o`zaro teng to`rt bo`lakka ajratiladi va har bir bo`lakka quyidagi sxema chiziladi:
GO talabalar tomonidan o`zlashtirilgan o`zaro yaqin nazariy bilim, ma`lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo`lim yoki boblar bo`yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Uni qo`llash bosqichlari quyidagilardan iborat:Talabalar to`rt guruhga bo`linadi.Yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi. Har bir guruhga o`zlashtirilayotgan mavzu (bo`lim, bob) yuzasidan aloxida topshiriqlar beriladi.Topshiriqlar bajarilgach, guruh a`zolari orasidan liderlar tanlanadi. Liderlar guruh a`zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to`ldiradi. GOni qo`llash jarayonida har bir guruh muayyan mavzuga oid topshiriqlarni bajaradi.
“Debat” metodi (fr. “debattere”, “debats” - “baxslashmoq”) texnologiyasi yig`ilish, majlis yoki mashg`ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan ishtirokchilar o`rtasida o`zaro baxs uyushtirish, ularning o`zaro fikr almashishlarini ta`minlashga xizmat qiladi. O`quv mashg`ulotlarida debat qo`yidagi tartibda uyushtiriladi:
O`rganilayotgan mavzu yuzasidan baxs yuritilishi zarur bo`lgan muammo tanlanadi. Baxslashish uchun ikki nafar talaba (guruh yoki juftlik)larning e`tiborlariga tanlangan muammo xavola muammo yuzasidan aloxida talaba, guruh yoki juftliklar tomonidan bildiriladigan fikrlar tahlil qilinadi. Ekspertlarning fikrlari tinglanadi. Debatda bildirilgan fikrlar yuzasidan xulosa chiqariladi. Debat yakunlanadi.
“Mantiliy chalkash zanjir” strategiyasi tushunchalar, bildirilgan fikrlar o`rtasida bog`liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jixatdan ketma-ketlikda to`g`ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o`qituvchi mavzuni yorituvchi ma`lumotlarni to`g`ri va noto`g`ri tartibda bayon etadi. Talabalarning vazifasi mantiliy jihatdan noto`g`ri ifodalangan ma`lumotlarni to`g`ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to`g`ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat.Mashg`ulotda strategiyani qo`llash qo`yidagi tartibda amalgaoshiriladi:
Izoh: o`qituvchi mustaqil ishlashini ta`minlash uchun har bir talabaga mazmunini biroz o`zgartirgan holda alohida topshiriq berishi mumkin.
“Nilufar guli” texnologiyasi didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bo`lib, nilufar guli ko`rinishiga ega. Asos, unga birikkan to`qqizta “gulbarg” (kvadrat, turtburchak yoki aylanalar)larni o`z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.
“Swot-tahlil” strategiyasi muammoning asosiy turt jixatini yoritishga xizmat qiladi. Talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o`rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi.U yordamida muammoning qo`yidagi to`rt jihati tahlil qilinadi:
Kuchli (ustun) jihatlari (hal etilayotgan muammoning afzalliklarini yoritish)
Kuchsiz (zaif) jihatlari (maqsadga erishish yo`lida tashkil etilayotgan harakatlarga ichki omillarining ta`sirini o`rganish). Imkoniyatlarni chamalash (belgilangan vazifalarni hal etishning eng maqbul yo`llarini izlash).Tahdidni o`rganish (maqsadga erishish yo`lida tashkil etilayotgan harakatlarga tashqi omillarining ta`siri aniqlash)
Izoh: strategiyani qo`llash muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda o`qituvchi strategiyaning asosiy mohiyati yoki biror bosqichini talabalarning bilimi darajasiga moslab, unga tushunarli so`zlar bilan ifodalashi (o`zgartirishi) mumkin. O`qituvchi tomonidan talabalarga strategiyaning mohiyati, afzalliklari haqida yetarlicha ma`lumot berilishi ular tomonidan hal etiladigan muammo mohiyatining to`la tushunilishini ta`minlash va kutilgan natijaga erishishga yordam beradi.
“Sinkveyn” strategiyasi. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O`qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba va talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qo`llash samarali ekanligi aytiladi. Bu o`rinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib o`tish maqsadga muvofiqdir. Sinkveyn (fr. “besh qator” ma`nosini anglatadi) ma`lumotlarni sintezlash (alohida ma`lumotlar asosida yaxlit g`oyalarni shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she`r bo`lib, u asosida o`rganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma`lumotlar to`planadi; har bir o`quvchi (talaba) ushbu ma`lumotlar yig`indisi (qofiyasiz she`r)ni o`z so`zlari bilan turli variant yoki nuqtai nazarlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega.
Sinkveyn tuzish - murakkab g`oya, sezgi va hissiyotlarni bir necha so`z orqali yaqqol, yorqin ifodalash malakasi bo`lib, bu jarayon mavzuni puxtaroq o`zlashtirish, ma`lumotlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo`lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
|
| |