• 2.Strategiyalar
  • Balik skeleti” grafik organayzeri
  • 4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari. Reja




    Download 22,98 Kb.
    bet3/5
    Sana27.01.2024
    Hajmi22,98 Kb.
    #146964
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish -fayllar.org

    Interfaol ta`lim metodlari
    Bugungi kunda interfaol ta`limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo`llanilmoqda:
    1.Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O`quv keyslari”), “Blits-so`rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va b.
    2.Strategiyalar: “Aqliy xujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va xk.
    3.Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b.
    Interfaol ta`lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Ayni o`rinda bir guruh, interfaol ta`lim metodlari va ularni ta`lim amaliyotida qo`llash tartibi to`g`risida so`z yuritiladi.
    “Aqliy xujum” strategiyasi talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o`z tasavvurlari, g`oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko`nikma, malakalarni hosil qilishga rag`batlantiradi. U yordamida tashkil etilgan mashg`ulotlarda ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal (o`ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. Strategiya mavzu doirasida ma`lum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Talabalarning o`zlarini erkin xis etishlariga sharoit yaratib berish, g`oyalarni yozish borish uchun yozuv taxtasi yoki qog`ozlarni tayyorlab qo`yish. Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash. Mashg`ulot jarayonida amal qilinadigan shartlarni belgilash. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish, qog`ozlar g`oya (yoki fikr)lar bilan to`lgandan so`ng yozuv taxtasiga osib quyish.
    Talabaning boshqalar bildirgan fikrlarni yodda saqlashi, ularga tayanib yangi fikrlarni bildirishi va ular asosida muayyan xulosalarga kelishiga erishish. (bildirilayotgan har qanday g`oya baholanmaydi). Talabalar tomonidan mustaqil fikr yuritilishi, shaxsiy fikrlarning ilgari surilishi uchun qulay muhit yaratish.Ilgari surilgan g`oyalarni yanada boyitish asosida talabalarni quvvatlash.Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya)lar ustidan kulish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo`l qo`ymaslik.Yangi g`oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to`g`ri yechimini e`lon qilishga shoshilmaslik.Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
    Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag`batlantirilib boriladi, bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi; fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug`ilishiga olib keladi.
    Har bir talaba o`zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ular­ni o`zgartirishi mumkin; avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o`zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
    Mashg`ulotda talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildiriladigan fikrlarni baholashga yo`l qo`yilmaydi (zero, fikrlar baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarni himoya qilishga qaratadi, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi; metodni qo`llashdan ko`zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo`yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutib, ularni baholab borishdan voz kechishdir)
    Balik skeleti” grafik organayzeri (GO) talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo`llashda talabalarda mantiqiy fikr­lash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma`lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko`nikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish qo`yidagicha amalga oshiriladi:
    -o`qituvchi o`quvchi (talaba)larni GOni qo`llash sharti bilan tanishtiradi;
    -o`quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi;
    -guruhlar topshiriqlarni bajaradi;
    -guruhlar o`z yechimlarini jamoaga taqdim etadi;
    -jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi.

    Download 22,98 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 22,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari. Reja

    Download 22,98 Kb.