• 1. Innovatsiya iqtisodiyoti fanini o’rganish zarurati
  • 1-Mavzu Innovatsiya iqtisodiyoti faning predmeti, maqsadi vazifalari Reja




    Download 203,72 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana14.01.2024
    Hajmi203,72 Kb.
    #137176
    Bog'liq
    1-nazariy



    1-Mavzu Innovatsiya iqtisodiyoti faning predmeti, maqsadi vazifalari
    Reja 
    1. Innovatsiya iqtisodiyoti fanini o ̳rganish zarurati. 
    2. Innovatsiya iqtisodiyoti fanining predmeti va maqsadi.
    3. Fanning vazifalari va mohiyati.
    4. Innovatsiya iqtisodiyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
    5. Innovatsiyaon g ̳oyalar va intellektual salohiyat.
    6. Innovatsion boshqarishning mexanizmlari. 
    1. Innovatsiya iqtisodiyoti fanini o’rganish zarurati. Jamiyat va iqtisodiyot 
    taraqqiyotining rivojlanishi hamda fan va texnologiyalarni yutuqlarini real xayotga 
    joriy etilishi bilan bog ̳liqdir. Innovatsiyalarning yaratilishi va amal qilishini 
    ta‘minlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor qonunlari asosida rivojlanishini 
    talab etadi. Bu esa hozirgi kundagi iqtisodiy fanlar hamda davlat siyosatining 
    ustuvor vazifalaridan bo ̳lib kelmoqda. Talabalarda innovatsiya iqtisodiyoti
    innovatsion infratuzilmalar va tizimli- iqtisodiy munosabatlar to ̳g ̳risida amaliy 
    tajribalarni shakllantirish kursning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. ―Innovatsiya 
    iqtisodiyoti‖ kursi orqali olingan bilimlar bo ̳lg ̳usi iqtisodchi- mutaxassislarga 
    iqtisodiyotdagi nazariy va amaliy masalalarni to ̳g ̳ri hal etish bilan barga 
    iqtisodiyotdagi innovatsiyalarning o ̳rni va ularni tashkil etish bo ̳yicha ma‘lum bir 
    ko ̳nikmalarni hosil etishda hamda mazmun-mohiyatini o ̳rganishda yordam beradi. 
    2. Innovatsiya iqtisodiyoti fanining predmeti va maqsadi. Fanni o„qitishdan 
    maqsad — innnovatsiya tushunchasi va turlari, iqtisodiy faoliyat va ishlab 
    chiqarish, iqtisodiy mexanizm va tizimlar samaradorligini oshirish muammolari, 
    respublika iqtisodiyoti infratuzilmasini chuqurroq o ̳rganib kelgusida mustaqil 
    mehnat faoliyatida amaliy professional bilimni shakillantirishga yo ̳naltirishdir. 
    Innovatsion infratuzilmani ishlab chiqarish sohasi uchun bevosita sharoit yaratib 
    beradigan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining 
    rivojlanib borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo ̳yicha 
    faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi. Iqtisodiy mexanizm 


    bir necha unsurlarning yaxlitligidan tashkil topadi. Unga iqtisodiy stimullar 
    (rag ̳bat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste‘molni tashkil 
    etish, iqtisodiy faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va 
    xo ̳jalik aloqalarini o ̳rnatish usullari kiradi. Iqtisodiy mexanizmning etakchi 
    bo ̳g ̳ini iqtisodiy stimullar hisoblanadi.Innovatsiya iqtisodiyoti faning predmeti, 
    maqsadi vazifalari.
    3. Fanning vazifalari va mohiyati. Innovatsiya iqtisodiyoti fanining vazifasi – 
    bozor ishtirokchilari va unda asosiy o ̳rinni egallovchi infratuzilmalar rivojlanishi, 
    qonuniyatlari va ularning harakatlari modellarini optimallashtirishdir. Firma yoki 
    korxonaning marketing izlanishlarida yoki uning iqtisodiy strategiyasini 
    belgilashda va amalga oshirishda turli modellardan foydalanish iste‘molchilarning 
    o ̳zgarishlarga bo ̳lgan munosabatlarini bashorat qilishga yoki raqobatchilarning 
    aks ta‘sirlari, xatti-harakatlarini ma‘lum ehtimollik darajasi bilan aniqlashga imkon 
    beradi. Innovatsiya iqtisodiyoti fanini mukammal o ̳rganishning afzalligi yana shu 
    bilan izohlanadiki, to ̳g ̳ri qaror qabul qilishda insonlar doimo kerakli va ishonchli 
    nazariy bilimga va ma‘lumotga ega bo ̳lishizarur. Agar ular o ̳z bilimlariga ega 
    bo ̳lmasa tajriba va xatolaridan kelib chiqqan, holdao ̳ziga qimmatga tushgan 
    usulni qo ̳llashi mumkin yoki boshqalarning tajribasi, xatolarini o ̳rganishi 
    mumkin, lekin, innovatsiya iqtisodiyotidan olgan bilimlariga murojaat qilsa 
    ularning ishi ancha engillashadi, belgilagan strategiyasi va rejasi aniq 
    bo ̳ladi.Innovatsiya iqtisodiyoti faning predmeti, maqsadi vazifalari.
    4. Innovatsiya iqtisodiyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Innovatsiya 
    iqtisodiyoti makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, Innovatsion iqtisodiyot, bozor 
    iqtisodiyoti asoslari, bozor infratuzilmasi nazariyasi, makro va mikroiqtisodiyot, 
    chet mamlakatlar bozori nazariyasi kabi fanlar bilan o ̳zaro bog ̳langan.
    5. Innovatsiyaon g„oyalar va intellektual salohiyat. Joriy yilning 1-3 mart kunlari 
    poytaxtimizdagi «O ̳zekspomarkaz» ko ̳rgazmalar binosida III Innovatsion 
    g ̳oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi bo ̳lib o ̳tdi. 
    O ̳zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan 


    va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo ̳mitasi hamda Tashqi 
    iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur 
    ko ̳rgazmada O ̳zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o ̳rta maxsus ta‘lim, 
    Sog ̳liqni saqlash, Qishloq va suv xo ̳jaligi vazirliklari hamda boshqa idoralar 
    tasarrufidagi 120 dan ortiq ilmiy-tadqiqot, oliy ta‘lim, tajribakonstruktorlik 
    tashkilotlari, kichik innovatsiya korxonalari, shuningdek, ixtirochilar o ̳zlarining 
    600 dan ortiq texnologiyalari, ishlanmalari hamda g ̳oyalari bilan ishtirok etdilar. 
    O ̳zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi PQ-916-sonli «Innovatsion 
    loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag ̳batlantirish 
    borasidagi qo ̳shimcha chora-tadbirlar to ̳g ̳risida»gi Qaroriga muvofiq 
    o ̳tkazilayotgan mazkur yarmarkaning bosh maqsadi – ilmiy hajmdor, yuqori 
    texnologik ishlab chiqarishning o ̳sishi, shu jumladan, kichik innovatsion 
    tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
    respublikaning ilmiy salohiyatidan mamlakatning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini 
    rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda samarali foydalanish, 
    korxonalarning investitsiya va innovatsiya faolligini rag ̳batlantirish, innovatsiya 
    faoliyatini kengaytirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko ̳maklashishdan 
    iborat. Ta‘kidlash joizki, o ̳tgan 2015 va 2016 yillar mobaynida yarmarkalar 
    doirasida jami 1000 dan ortiq shartnoma imzolangan bo ̳lib, bugungi kunda ulardan 
    320 tasi muvaffaqiyatli yakunlangan, 120 tasi bo ̳yicha esa faol ishlar olib 
    borilmoqda. Tahlillarning ko ̳rsatishicha, shartnomalar bajarilishi natijasida 16 
    nomdagi mahalliy dorivor vositalarning ishlab chiqarilishi tashkil etilgan, 14 ta 
    korxonada yangi turdagi (dekstrin, kraxmal, gaz analizatorlari, gelioqurilmalar, 
    elektrotexnika vositalari) ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlab 
    yuborilgan, 14 ta korxonada yangi axborot texnologiyalari, 24 ta korxonada yangi 
    texnologiyalar joriy etilgan va mavjudlari takomillashtirilgan, 35 dan ortiq 
    tashkilotlarga ilmiy xizmatlar ko ̳rsatilgan. Amaldagi shartnomalarning 
    moliyalashtirilishi bo ̳yicha tarmoq grafiklari tuzilgan bo ̳lib, ularning ijrosi har 
    chorakda monitoring qilib boriladi. Ushbu fan iqtisodiy o ̳sish masalalariga 
    bevosita bog ̳liqdir. Hududiy infratuzilma va ularning tarkibiy tuzilishlari, bozor 


    iqtisodiyoti sharoitida infratuzilma tizimining ahamiyati, hududiy iqtisodiyot va 
    uning rivojlanishiga infratuzilma tizimining ta‘siri bo ̳yicha amaliy va nazariy 
    tavsiyalar beradi. Seminar doirasida sanoat, qishloq xo ̳jaligi, farmatsevtika, 
    sog ̳liqni saqlash, axborot texnologiyalari, fan va ta‘lim yo ̳nalishlarini o ̳z ichiga 
    olgan ilmiy-amaliy anjumanlar o ̳tkazildi. Unda muvaffaqiyatli ishlar tahlil qilinib, 
    mavjud muammolar muhokamasiga asosiy e‘tibor qaratildi. SHu jumladan, yosh 
    olimlar va talabalarning 63 ta ishlanmalari hamda «Kelajak ovozi» Respublika 
    tanlovi g ̳oliblarining 18 ta ishlanmalari ilk bor yarmarka doirasidan o ̳rin oldi. 
    Jumladan, o ̳tkazilgan innovatsiya yarmarkasi ishlanmalar mualliflari va 
    investorlarning bevosita aloqalari mustahkamlanishiga va ilm-fan taraqqiyoti 
    rivojiga munosib hissa qo ̳shib, intellektual mulk bozori sifatida faoliyat 
    ko ̳rsatadigan maydon bo ̳lib xizmat qiladi. 
    6. Innovatsion boshqarishning mexanizmlari. Korxona iqtisodiyoti infratuzilmasini 
    samarali boshqarish natijasida O ̳zbekistonda aholining moddiy, ma‘naviy, ijtimoiy 
    ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalaydigan «turmush darajasi» yaxshilanib 
    boradi. Bunday tavsif ko ̳proq turmush darajasi statistikasini tavsiflaydi. SHu bilan 
    birga turmush darajasi ko ̳plab omillar yig ̳indisi ta‘sirida bo ̳lgan o ̳zgaruvchan 
    jarayondir. Bir tomondan turmush darajasi muntazam o ̳zgarib turadigan turli 
    ne‘matlarga ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni 
    qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, 
    ish haqi, mulkdan olinadigan daromad bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish 
    innovatsion infratuzilmasi tarkiban moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi tarmoq va 
    korxonalarga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste‘molchiga etkazishni tayyorlash, 
    saqlash, o ̳rash, qadoqlash yoki joylashtirish, tovar joylanadigan yoki o ̳raladigan 
    idishlar bilan ta‘minlash, tashish, ta‘mirlash hamda sotish kabi xizmatlar 
    ko ̳rsatuvchi, ularning to ̳xtovsiz va samarali faoliyat yuritishni ta‘minlovchi 
    tashkilot va korxonalar majmuini tashkil etadi. 

    Download 203,72 Kb.




    Download 203,72 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu Innovatsiya iqtisodiyoti faning predmeti, maqsadi vazifalari Reja

    Download 203,72 Kb.
    Pdf ko'rish