• Innovatsiya
  • 24-mavzu: Innovatsiya va innovatsion menejment




    Download 22.19 Kb.
    bet1/2
    Sana08.04.2024
    Hajmi22.19 Kb.
    #191947
      1   2
    Bog'liq
    24-mavzu menejment
    Bahovuddin Naqshband va uning ma\'naviy merosi Bobojonov Oybek, tarjima qilish kerak, Qozog’iston respublikasining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va, Guava -, Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiyaning tejash muammolari, Sim va kabellarning ko\'ndalang kesim yuzasini ruxsat etilgan у3, 963, MUNDARIJA, 1-4, O\'G\'IL BOLALAR KO’YLAGI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, MAKTAB YOSHIDAGI QIZLAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, Korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim (ipslusive edu

    24-mavzu: Innovatsiya va innovatsion menejment
    1.Innovatsiyalarning asosiy mazmuni va mohiyati
    2.Innovatsion menejmentning asosiy tamoyillari
    3. Innovatsiyaviy menejmentining nazariy-ntetodologik asoslari
    4. Innovatsiyaviy strategiyani ishlab chiqish va tanlashning mohiyati
    Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ulaming iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillandan biri hisoblanadi. lnnovatsiyaviy faoliyat, ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri hisoblangan holda u foydalaniladigan mahsulotlaming sifat o ‘zgarishlari, faoliyat vositalari va uslublarini yangilash y o ii bilan amalga oshiriladi Ammo sifat o'zganshlari faqatgina fundamental bilimlar asosida mumkin bo'lib, ular texnik bosqichdan ishlab chiqarish sohasiga o'tgan holda, unda progressiv o'zgarishlami keltirib chiqaradi Ushbu sohadagi tadqiqotlaming ko'rsatishicha sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyaviy faoliyat mahsulotlarini sotish hisobiga milliy daromadning 20%gacha o'sishi ta’minlanishi mumkin Innovatsiyaviy menejment - O'zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo'lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy4exmk yutuqlami ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi.
    Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni bo'lib, unda innovatsiyaviy mahsulot amaliy qo'llanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Mamlakatlar raqobatdoshligini baholashning ko'rsatishicha, korxonalar nvojlanishining asosiy strategiyasi bo'lib, quyidagi tamoyillarga asoslangan boshqaruv siyosatini amalga oshirish xizmat qiladi: -tabiiy va iqlim resurslardan oqilona foydalanish; -jamg'arilgan boyliklardan o 'z o'm ida foydalanish; - investitsiyalarni faol jalb qilish; - innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash. Shu munosabat bilan, innovatsiyaviy menejmentning tashkilot samarali rivojlanishi varaqobat ustunliklarini shakllantirish omili sifatidagi roli yanada oshadi Innovatsiyaviy menejmentning eng muhim amaliy vazifalaridan biri - innovatsiyaviy jarayonlami boshqarishning samarali tizimini shakllantirishdir va u quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi - innovatsiyaviy menejmentning tegishli nazariy bazasini ishlab chiqish; - innovatsiyaviy menejment sohasida mavjud muammolarni yechish uslublarini asoslash; - innovatsiyaviy jarayonlar samaradorligini bahoiash uslubiyoti va ularga ta’sir ko'rsatish vositalarini ishlab chiqish. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitlarida, innovatsiyaviy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarida turli xil resurslami optimallashtirish, innovatsiyaviy jarayoniami majmuaviy boshqarish va innovatsiyaviy nvojlanishning samarasiz variantini tanlash tavakkalchiligini pasaytirish uchun xaridorlarning o'zgaruvchan innovatsiyaviy ehtiyojlarini hisobga olish lozim boMadi Bunda innovatsiyalar va ularni boshqarish korxona rivojlanishining asosi va uzoq muddatli muvaffaqiyatining kafolati hisoblanadi. Innovatsiyaviy menejmentning asosiy qoida va kategoriyalarini o‘rganish uchun «innovatsiya» tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini toMiq anglab etishimiz lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya (ingl. innovation) - potensial llmiy-texnik taraqqiyotni (ITT) yangi mahsulot va texnologiyalar ko‘rinishida real taraqqiyotga aylanishi, deb ta’riflanadi.
    23.2.Innovatsion menejmentning asosiy tamoyillari Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalami tizimli taqdim etish uslubiyoti xalqaro standartlarga asoslangan, va ularga muvofiq innovatsiya deganda, bozorga kirib kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliyotda qoMlanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki ijtimoiy xizmatlarga boMgan yangicha yondashuv ko'rinishidagi innovatsiyaviy faoliyat natijasi tushuniladi. Innovatsiyaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, V Mitcherlix, Y.Shumpeter ishlariga to ‘g‘ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y Shumpeter katta hissa qo'shgan Y.Shumpeter kon’yunktura siljishlari manbalarmi tahlil qilish natijasida, ishlab chiqarish va bozor rivojlanishidagi о1 zganshIarningyangi omillarini ajratdi va ularga quyidagilami kiritdi:2 - yangi xususiyatlarga ega mahsulotni ishlab chiqarish, - yangi ilmiy kashfiyot yoki tijoratlashtirish usuliga asoslangan ishlab chiqarishning yangi uslubini joriy etish; - sanoatning mazkur tarmogM taqdim etilmagan, yangi savdo bozorlarini o'zlashtirish; - xomashyo yangi manbasidan foydalanish, - ishlab chiqarishni tegishli tarzda qayta tashkil etilishini amalga oshirish, masalan, monopollikni ta’minlash. Keyinchalik, 1930-yillarda Y.Shumpeter tomonidan innovatsiya tushunchasi kiritildi, va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, yetkazish jarayonlarida yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xarakterdagi qarorlami qoMlash oqibatida mumkin boMgan o ‘zgarishlami bildirar edi Injiovatsiyaning ushbu ta’rifi va Y.Shumpeteming ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to‘g'risidagi konsepsiyasi innovatsiyalar nazariyasiga boMgan lkkita eng tarqalgan yondashuvdan birining asosinj tashkil etadi. Birinchi yondashuv - yangi omiliar to‘g ‘risidagi tushunchaga asoslangan, ikkinchisi - yangi mahsulot va yoki texnologiyaga asoslangan «Innovatsiya» tushunchasini tushunishga boMgan ikkinchi yondashuv ishlab chiqarishda muayyan turdagi texnika, texnologiya va boshqa yangi mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ammo ushbu yondashuv etarlicha keng tarqalgan, chunki uning asosida yotgan innovatsiyalami ilmiy-texnik nuqtai nazardan ajratish tamoyili, innovatsiyalaming jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati va maqsadlarini £iks ettiradi. Bunda «innovatsiya» tushunchasi ham jarayon, ham natija sifatida tushuniladi.
    23.3. Innovatsiyaviy menejmentining nazariy-ntetodologik asoslari Innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini ta'minlash zaruriyatini hisobga olgan holda, bir qator Rossiyalik jqtisodchilar (M.Ionov, A.Kulagin, V.Loginov), innovatsiyani «xarajatlar tejalishini yoki bunday tejash uchun sharoit yaratilishini ta’minlovchi yangi mahsulot yoki xizmat, ishlab chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi yangilik» sifatida qarashadi. Shunday qilib, innovatsiyaviy faoliyatni boshqaruv obyekti sifatidagi kengaytirilgan ta’rifi quyidagi jihatlami aks ettirishi lozim: - fan va texnikaning rivojlanishi, obyektiv iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar asosida jamiyat ehtiyojlarini o‘sishi natijasida, ishlab chiqarishning doimiy takomillashuvini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteriga ega jarayon lar, - ishlab chiqarishning yangi sifatiga ega boMish imkonini beruvchi yangi mahsulotlami yaratish, tijoratlashtirish va ekspluatatsiya qilish uchun etarli boMgan ishlab chiqarishning innovatsiyaviy salohiyatidan foydalanishning yuqori darajasini ta’minlovchi hatti-harakatlar Innovatsiyaviy faoliyat bilan yaqindan bog'liq boMgan yana bir kategoriya - innovatsiyaviy salohiyat, innovatsiyalarni amalga oshirish uchun moMjallangan kadr, moddiy-texnik, axborot va moliyaviy resurslaming yig'indisini belgilaydi. Har qanday iqtisodiy obyektning innovatsiyaviy salohiyati uning faoliyati xususiyatlari va miqyosiga bogMiq boMadi, rivojlanish darajasi esa korxonaning real innovatsiyaviy imkoniyatlarini tavsiflaydi. Innovatsiyaviy salohiyatni saqlash, samarali foydalanish va qayta ishlab chiqarish uchun tegishli xo'jalik mexanizmi shakllangan bo'lishi lozim Innovatsiyaga ham dinamik, ham statik jihatlar xos. Statik jihatdan innovatsiya - ilmiy-ishlab chiqarish siklining (IIS) pirovard natijasi sifatida qaraladi, va ushbu natijalar ham o'z muammolariga ega bo'ladi. «Innovatsiya» va «innovatsiyaviy jarayon» atamalari o'zaro yaqin bo'lsada, ammo ular bir xil emas. Innovatsiyaviy jarayon innovatsiyalarni yaratish, o'zlashtirish vatarqatish bilan bog'liqdir. Innovatsiyani yaratuvchilar (novatorlar) mahsulotning hayotiy sikli va iqtisodiy samaradorlik kabi mezonlardan keng foydalanishadt. Demak, innovatsiyani innovatsiyaviy jarayonni hisobga olgan holda ko'rib chiqish lozim Innovatsiya uchun har uchchala xususiyat ham. ilmiy-texnik yangilik, ishlab chiqarishda qo'llanilishi, tijorat nuqtai nazaridan amalga oshirilishi, bir xilda muhim. Ulardan bittasining yo'qligi innovatsiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ilmiy-texnik mnovatsiyalar: a) yangilikka ega bo'lishi; b) bozor ehtiyojmi qondirishi; v) ishlab chiqaruvchiga foyda olib kelishi lozim. Innovatsiyaviy jarayonni uchta mantiqiy shaldga ajralish mumkin: oddiy korxona ichidagi (natural), oddiy korxonalar aro (tovar) va kengaytirilgan. Oddiy IJ innovatsiyani yaratish va undan foydalanish bitta korxona ichida bo'lishini nazarda tutadi, bunda innovatsiya bevosita tovar shaklini olmaydi. Oddiy korxonalararo innovatsiyaviy jarayonda innovatsiya oldi-sotdi predmeti bo'lib xizmat qiladi Innovatsiyaviy jarayonning bunday shakli, innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarish funksiyasini uni iste’mol qilish funksiyasidan ajratadi. Va nihoyat, kengaytirilgan innovatsiyaviy jarayon innovatsiyaviy mahsulotni ishlab chiqaruvchilar kundan kunga ko'payishida namoyon bo'ladi, va bu, o'zaro raqobat oqibatida ishlab chiqarilayotgan, mahsulotning iste’mol xususiyatlari takomillashuviga olib kelishi tabiiy. Innovatsiyaviy jarayon tovar jarayonga aylanib borishi bilan uning ikkita organik fazasi ajratiladi: a) yaratish va tarqatish; b) innovatsiya diffuziyasi. Birinchisi, asosan, ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlarining ketma-ket bosqichlarini, tajribaviy ishlab chiqarish va savdoni tashkil etishni, tijorat ishlab chiqarishini tashkil etishni o 'z ichiga oladi Ikkinchi fazada jamiyat uohun foydali samara innovatsiya ishlab chiqaruvchilari, hamda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o'rtasida qayta taqsimlanadi Innovatsiya diffuziyasi — bu shunday jarayonki, uning vositasi yordamida innovatsiya, vaqt mobaynida, ijtimoiy tizim a ’zolari o'rtasida kommunikatsion kanallar orqali uzatiladi Innovatsiyalar sifatida tegishli xo'jalik yurituvchi subyekt uchun yangi bo'lgan g'oyalar, predmetlar, texnologiyalar va h.k xizmat qilishi mumkin Boshqacha qilib aytganda diffliziya — bir marta o'zlashtirilgan va foydalanilgan innovatsiyani yangi sharoit yoki joylarda tarqatishdir. Muayyan korxonaning innovatsiyaviy faoliyatidagi ustuvorliklari birinchi navbatda u faoliyat yuritayotgan ichki va tashqi muhit sharoitlariga bog'liq bo'ladi: - iste’molchilaming talablari va xohishi; - innovatsiyalami amalga oshirish imkoniyatlari, - moddiy-moliyaviy resurslar, ishlab chiqarish va eksperimental bazaning mavjudligi, - mavjud ishlanmalar va h.k Hozirgi kunda innovatsiyalarni amalga oshirishni rag'batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat sharoitidagi potensial daromad miqdori xizmat qilishi mumkin Innovatsiyaviy o'zgarishlar omillari o'rtasida: uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Shunday qilib, ichki va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning asosiy maqsadlarini belgilaydi. Innovatsiyaviy rivojlanish omillari zamonaviy bosqichdagi iqtisodiy o'sishning asosini tashkil etgan holda, ishlab chiqarish sohasining ko'pgina xususiyatlarini ham belgilaydi. Odatda, omillar yig'indisini ta’sir xarakteriga bog'liq holda quyidagilarga ajratishadi: - iqtisodiy; - texnik-texnologik; ■ ■1": - tashkiliy; - ijtimoiy; - huquqiy;
    - ekologik Paydo bo'lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo'lishi mumkin. Ichki omillar: - ishlab chiqarish bazasi rivojlanishining moddiy-texnik bazasi; - tashkilot ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maqsadi; - boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi; - boshqaruv uslubi va uslubiyoti; - ishlab chiqarishning yangilik darajasi; - turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi; - xodimlarni rag'batlantirish tizimi; - xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi; - tashkiliy madaniyat va boshqalar. Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: - bozor tuzilmalari; - soliq tizimi; - qonuniy-huquqiy tizim; - moliya-kredit tizimi; - umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar; - tarixiy va milliy omillar.

    Download 22.19 Kb.
      1   2




    Download 22.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    24-mavzu: Innovatsiya va innovatsion menejment

    Download 22.19 Kb.