Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja




Download 58.67 Kb.
bet1/14
Sana14.11.2023
Hajmi58.67 Kb.
#98196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja
Документ Microsoft Office Word (3), 1-mustaqil ish ingliz tili, муомала маданияти

QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI


Reja:
Kirish
1. Qurilishni davlatning moddiy-texnika bazasini jadallashtirishga bo’lgan ta'siri, qurilishning roli.
2. Qurilish materiallarining tasnifi va asosiy xossalari.
3. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ilmiy texnik-taraqqiyot va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar, qurilish materiallari uchun davlat standartlari va texnik shartlari.
4. Qurilish ishlarini tashkil etish, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslash.
5. Qurilish jarayoni va ishlari hakida tushunchalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Kapital qurilish va kapital qo’yilma tushunchalari bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq tushunchalardir. Kapital qurilish – asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning shakllaridan biri. Kapital qo’yilmalar kapital qurilishni amalga oshirishning moliyaviy manbasi hisoblanadi.
Mohiyat jihatidan yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta qurollantirish va amaldagi ob’ektlarni modernizatsiya qilish yo’li bilan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini barpo etish jarayoni kapital qurilishni anglatadi. Uning yordamida jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlar yangilanadi. Kapital qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (ob’ektni loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo’lgan jarayonni) qamrab oladi. Uning asosiy hal qiluvchi bosqichi qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda qurilayotgan ob’ektning ishga tushirilishini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu bosqich moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i bo’lgan «qurilish industriyasi» bilan amalga oshiriladi.
«Kapital qurilish» tushunchasi adabiyotlarda va amaliyotda ikki xil tarzda talqin qilinadi:
– moddiy ishlab chiqarishning tarmog’i sifatida;
– ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida.
Tarmoq sifatida kapital qurilish quyidagi asosiy belgilari bo’yicha xarakterlanadi: aniq maqsadga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish; texnologik jarayonlarning umumiyligi; malakali mutaxassislarning mavjudligi.
Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarishi asosida korxonalar bino va inshootlarini barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: qurilishni amalga oshirish uchun uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va boshqalar.
Tabiatda juda ko’p tarqalgan sog’ tuproq keramik (sopol) buyumlar ishlab chiqarishda birdan-bir xomashyo hisoblanadi. Tuproq suv bilan aralashtirilganda u oson qoliplanuvchan" plastik loyga aylanadi. Keyin uni qoliplab yuqori haroratda pishiriladi va turli qurilish buyumlari, ro’zg’or anjomlari hamda me'morchilik buyumlari ishlanadi. Gil pishirilganda undan qattiq va pishiq sun'iy tosh material hosil bo’ladi, bunday material suvda bo’kmaydi. Sopol materiallarning hajmiy massasi ishlatilgan xomashyo va tayyorlash texnologiyasiga qarab 300 dan 2300 kg/m3 gacha, siqilishga mustahkamlik chegarasi — 5000 kg/sm2 gacha hamda suv shimishi 0% dan 70% gacha bo’lishi mumkin.
Keramik materiallarni ikki guruhga: suv Shimishi 5% gacha bo’lan zich keramik materiallarga va suv shimishi 5% dan oshiq bo’lgan g’ovakli keramik materiallarga bo’lish mumkin.
Qurilish keramikasining asosiy xillaridan oddiy g’isht, ko’p teshikli g’isht, ichi g’ovak g’isht, cherepitsa, koshin plitalar — lentali pressda plastik usulda quyib tayyorlanadi. Maxsus qoliplardan quyilib chiqqan massa avtomat yordamida alohida buyumlar tarzida qirqiladi.
Yuqorida keltirilgan keramik material va buyumlardan tashqari, issiqlikni kam o’tkazuvchi, ko’pik-diamot, keramzit, o’tga chidamli, kanalizatsiya va drenaj keramik buyumlari ham keng qo’llaniladi. Sopol buyumlari ishlab chiqarish eramizdan 2—3 ming yil avval O’rta Osiyo, xususan, Uzbekiston territoriyasida keng qo’llanilganligi ma'lum. Qadimgi o’zbek kulolchilik san'atining qay darajada rivojlanganligiga Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklarini qurishda ishlatilgan me'morchilik, dekorativ va pardozbop qoplama sopol buyumlar misol bo’la oladi.

Download 58.67 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 58.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja

Download 58.67 Kb.