Sinf: 8 Fan: Informatika va axborot texnologiyalari




Download 3.6 Mb.
bet1/4
Sana07.09.2023
Hajmi3.6 Mb.
#80598
  1   2   3   4
Bog'liq
1 dars ishlanma
YO‘L POYI VA ASOS QURILISHLARIDA SIFATNI NAZORAT QILISH, IJIRSET Paper1, Развитие интеллектуальных способностей учащихся на уроках русского, 7878, Diqqat-WPS Office, O\'ZBEK TILI TO\'G\'RISIDAGI HUQUQIY-ME\'YORIY, ICT TG G9 NT R7 lw, Texnologiyalari, Davlat tilida ish yuritish hujjatlari 2, fitrat to\'g\'irlangani oxirgi versiya3, Parmanova jumagulning, blanka, лекции по КС для ТО, E.Ramanberganov

Sana:
Sinf: 8
Fan: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: SMMni Internet tarmog’ida harakatlantirish
Darsning maqsadi: O’rganaman-O’rgataman
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga kompyuter va internet haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: Ona Vatanga Muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: Informatika faniga qiziqtirish.
Dars turi: Ma’ruza bahs-munozara
Dars jihozi: Darslik, doska, kompyuter, proyektor
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

a) Salomlashish
b) Navbatchi axboroti

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash

a)Begonasini top!

  • Facebook,

  • Telegram

  • Youtube

  • Kompyuter

  • Sichqoncha

  • Instagram

b) Tezkor savol-javob:
1. Instagram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tishda Facebook akkauntidan foydalanish mumkinmi?
2. Instagram tarmog‘ida brendni tanitish mumkinmi?
3. Instagram tarmog‘ining Facebook, Telegram, Youtubedan farqli jihatlari nimada?

  1. Yangi mavzu bayoni

Internet tarmoqlarida ijtimoiy media marketingni harakatlantirish deganda, mualliflik
materiallarini tayyorlash, reklama xabarlarini joylashtirish, mijozlar bilan muloqot olib borish,
raqobatchilar bilan samimiy munosabat o‘rnatish kabilar tushuniladi.
SMM mutaxassisi —internet tarmog‘ida ijtimoiy media marketingni yurituvchi shaxs.
Internet tizimlarida ijtimoiy media marketingni harakatlantirish uchun quyidagilar amalga
oshiriladi:
• turli media muhitlarda blog, guruh, kanal va sahifalar ochish, ularni loyiha haqidagi
ma’lumotlar bilan to‘ldirish va tanitish;
• blog, guruh, kanal va sahifalarni doimiy ravishda yuritib borish;
• blog, guruh, kanal va sahifalarda mahsulot yoki xizmatlar yuzasidan beriladigan savollarga
javob berish;
• turli munozara va muhokamalarda ishtirok etish;
• mahsulot yoki xizmat yuzasidan bildirilayotgan ijobiy va salbiy fikrlarni kuzatib borish;
• mahsulot yoki xizmat bilan bog‘liq internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash.
SMMNI INTERNET TARMOG‘IDA HARAKATLANTIRISH BOSQICHLARI
1. Maqsadni aniqlash.
Tadqiqot loyihalari, biznes muammolarni hal etish uchun kerakli barcha masalalar
ro‘yxati tuziladi va umumiy maqsad aniqlab olinadi.
2. Maqsadli auditoriyani aniqlash.
Maqsadli auditoriya — Sizning mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan
foydalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar. Maqsadli auditoriya platforma
tanlash uchun zamin yaratadi.
3. Ijtimoiy media marketing uchun platformani tanlash.
Facebook — muloqot, munozara va nashrlar joylashtirish uchun platforma.
YouTube — turli jarayonlarning videoyozuvlari joylashgan eng yirik videorolik sayti.
Telegram — rasm va turli tipdagi fayllarni almashish imkonini beruvchi hamda
so‘rovnomalar o‘tkazish mumkin bo‘lgan platforma.
Instagram — suhbat va tadbirlardan olingan lavhalardan iborat fotoblog.
4. Raqobatchilarni o‘rganish.
Ijtimoiy tarmoqlarda raqobatchilaringiz bormi? Agar bo‘lsa, uning/ularning
mijozlarini o‘rganing: ular qancha, kimlar, sizning auditoriyangizga to‘g‘ri keladimiyo‘
qmi va h. k. Raqobatchilaringiz tarmoqlarga qanday xabarlar (reklama,
axborot, kompaniya yangiliklari, boshqa guruhlarning xabarlari, reklama aksiyalari,
chegirmalar va h. k.)ni joylashtirishmoqda? Mijozlar soni qancha, xabarlarga
qanday izohlar qoldirilmoqda, qaysi xabarlar ma’qul kelmoqda, e’tirozlar bilan
ishlash tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan, administrator savollarga javob berayaptimi
kabi savollarga javob bo‘luvchi jarayonlarni aniqlang hamda tahlil qiling.
Raqobatchilaringiz tarkibini tahlil qilar ekansiz, auditoriyangiz nimalarni ma’qul
ko‘rishini aniqlab olishingiz, savol va xabarlarga zudlik bilan javob berishingiz,
shuningdek, o‘z guruhingiz uchun qiziqarli g‘oyalarni o‘ylab topishingiz mumkin.
5. Qiziqarli takliflar.
Raqobatchilaringiz g‘oyasidan farqli, noyob g‘oya o‘ylab toping. Mijozlar nima
uchun sizning sahifangizni yoqtirishini, ular kimligi va ularga nimalarni taklif qila
olishingiz mumkinligini aniqlaganingizdan so‘ng guruh yaratib, uni ma’lumotlar
bilan to‘ldirishingiz mumkin.
SMM mutaxassisi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1) ijtimoiy tarmoqlarda brendni yaratish uchun maqsadli strategiya ishlab chiqish va uni amalga
oshirish;
2) qiziqarli matn va vizual kontentlarni yaratish. Ijtimoiy tarmoqlarda asosan vizual kontentlar
mijozlarni ko‘proq jalb etishini e’tiborga olgan holda, rasm va videolarni olishga professional
darajada yondashish;
3) reklama, mijozlar bilan muloqot olib borish, ularning ehtiyojlarini tushunish, sun’iy foydalanuvchilardan
soqit qilish; salbiy va keraksiz sharhlarni o‘chirish, e’tirozlarni o‘rganib chiqish;
4) ijtimoiy tarmoq platformalari, ulardagi auditoriya, texnologiyalar, qoidalar va tarmoq ishini
avtomatlashtirish vositalarini bilish hamda ulardan samarali foydalanish;
5) ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tahlil qilish, reklama xabarlari samaradorligini hamda
boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish.
V.Mustahkamlash:
Rasmdagi platformalar haqida ma’lumot bering.

VI.Uyga vazifa berish
Darsga faol qatnashib savollarga javob bergan o’quvchilar baholanadi.
Mavzuni o’qib, savollarga javob izlash

Sana:
Sinf: 6


Fan: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: MATN PROTSESSORIDA HUJJATLAR BILAN ISHLASH
Darsning maqsadi: O’rganaman-O’rgataman
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga kompyuter va klaviatura haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: Ona Vatanga Muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: Informatika faniga qiziqtirish.
Dars turi: Ma’ruza bahs-munozara
Dars jihozi: Darslik, doska, kompyuter, klaviatura , sichqoncha, proyektor
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

a) Salomlashish
b) Navbatchi axboroti

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash

a) Quyida o‘yin ssenariysiga mos dastur blok-sxemasini chizing
Umumiy holda o‘yin ssenariysini quyida keltirilgan sxema orqali ifodalash mumkin:
Boshlash
Sichqoncha ko‘rsatkichi tomon o‘tish
To‘pga
tegdimi?
To‘p tomonga
qarash
10 qadam yurish To‘xtash
“To‘pga tegdi!”,
deyish
yo‘q ha
b) Vazifasini top!

III. Yangi mavzu bayoni


SmartArt obyekti hujjatga qo‘yilganidan keyin agar matn kiritish uchun joy ajratilmagan bo‘lsa,
matn chap tomonida joylashgan tanlanadi hamda matn kiritiladi.
Tanlangan SmartArt obyektidagi figuralarni o‘chirish yoki ularni qo‘shish orqali ular sonini
o‘zgartirish mumkin.
SmartArt obyektiga figura qo‘shish va o‘chirish tartibi
1. SmartArt obyekti hujjatga joylanganda avtomatik ravishda MS Word dasturining menyular
qatorida “Работа с рисунками SmartArt” bandi hosil bo‘ladi. “Работа с рисунками SmartArt”
“Конструктор” (1) menyusidagi “Добавить фигуру” (2) buyrug‘i tanlanadi.
2. Agar “Работа с рисунками SmartArt” yoki “Конструктор” menyulari tasmada paydo bo‘lmasa,
u hujjatda joylashgan SmartArt obyektini tanlash, ya’ni obyektga sichqoncha chap tugmachasini
ikki marta bosish orqali hosil qilinadi.
3. Quyida keltirilgan amallardan biri tanlanadi (3):
a) “Добавить фигуру после” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan keyin yangi figura qo‘shiladi;
b) “Добавить фигуру перед” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan oldin yangi figura qo‘shiladi.

SmartArt obyekti rangini o‘zgartirish:
1) SmartArt grafik obyekti tanlab olinadi;
2) “Работа с рисунками SmartArt”ning “Конструктор”
menyusidan “Изменить цвета” buyrug‘i tanlanadi (4). Bunda
bir necha ranglar to‘plami hosil bo‘ladi, ulardan istalgani
tanlab olinadi.
SmartArt stili – ikki va uch o‘lchamli turli effektlar
kombinatsiyasi bo‘lib, tanlangan obyektga professional, o‘ziga xos bezak berish uchun
foydalaniladigan ko‘rinish.

Download 3.6 Mb.
  1   2   3   4




Download 3.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf: 8 Fan: Informatika va axborot texnologiyalari

Download 3.6 Mb.