Sinf: 8 Fan: Informatika va axborot texnologiyalari




Download 3.6 Mb.
bet3/4
Sana07.09.2023
Hajmi3.6 Mb.
#80598
1   2   3   4
Bog'liq
1 dars ishlanma
YO‘L POYI VA ASOS QURILISHLARIDA SIFATNI NAZORAT QILISH, IJIRSET Paper1, Развитие интеллектуальных способностей учащихся на уроках русского, 7878, Diqqat-WPS Office, O\'ZBEK TILI TO\'G\'RISIDAGI HUQUQIY-ME\'YORIY, ICT TG G9 NT R7 lw, Texnologiyalari, Davlat tilida ish yuritish hujjatlari 2, fitrat to\'g\'irlangani oxirgi versiya3, Parmanova jumagulning, blanka, лекции по КС для ТО, E.Ramanberganov
3
4
5
1
2

Sana:
Sinf: 6


Fan: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: KOLONTITUL, HAVOLA VA SAHIFA TARTIB RAQAMINI O‘RNATISH Darsning maqsadi: O’rganaman-O’rgataman
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga kompyuter va klaviatura haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: Ona Vatanga Muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: Informatika faniga qiziqtirish.
Dars turi: Ma’ruza bahs-munozara
Dars jihozi: Darslik, doska, kompyuter, klaviatura , sichqoncha, proyektor
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

a) Salomlashish
b) Navbatchi axboroti

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Savollarga javob ber
1. Ariza, tarjimayi hol, bildirishnoma kabi hujjatlar qaysi hollarda kerak bo‘ladi?
2. Ariza yozish tartibini tushuntiring.
3. Tarjimayi hol yozishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
4. Rezyume yozish uchun tayyor shablonlarni yuklab olishda foydalanish mumkin bo‘lgan vebsaytlarga
misol keltiring.
5. Hujjatlarda qachon ro‘yxatlardan foydalanish samarali hisoblanadi?
6. Raqamli va markerli ro‘yxatlarning farqi nimada?
7. Hujjatlarda ro‘yxat hosil qilish qoidalari haqida qanday ma’lumotga egasiz?
III. Yangi mavzu bayoni
Hujjat yaratish davomida har bir sahifaga matndagi asosiy ma’lumotdan tashqari hujjatga tegishli qo‘shimcha ma’lumot kiritish zaruriyati tug‘iladi. Masalan, kitob bo‘limi va boblari nomi. Vazifani bajarish jarayonida kolontitul buyrug‘idan foydalanish mumkin. Kolontitul (fr. colonne – ustun va lot. titulus – yozuv, sarlavha) – sahifaning yuqori yoki quyi qismida joylashgan hamda sarlavha, muallif ismi, hujjat nomi va bobi kabi boshqa kerakli qo‘shimcha
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumot. Bosma nashrning barcha sahifalarida joylashtirilgan sarlavha sahifalari, rasmlar bilan to‘ldirilgan qismlar bundan mustasno.
Ustki kolontitul – sahifaning yuqori qismidagi bo‘lim.
Pastki kolontitul – sahifaning quyi qismidagi bo‘lim.
Ma’lumot sahifaning ustki qismiga “Верхний колонтитул”, pastki qismiga esa “Нижний колонтитул” buyrug‘i yordamida qo‘shiladi. Bunday holat hujjat haqida qo‘shimcha kerakli ma’lumotlarni eslab qolish uchun qulaylik yaratadi.
Hujjat ixtiyoriy sahifasining yuqori yoki quyi qismiga kolontitul qo‘shilganda, hujjatning har bir sahifasida ushbu ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Hujjat fayl nomi va muallif ismini hujjatning har bir sahifasida aks ettirish uchun “Верхний
колонтитул”dan foydalaniladi. Hujjatning yaratish sanasi yoki sahifa raqami kabi ma’lumotlarni “Нижний колонтитул”ga joylashtirish tavsiya etiladi. “Верхний колонтитул”ni joylashtirish tartibi:
1. “Вставка” menyusidan “Верхний колонтитул” buyrug‘i tanlanadi (1).
2. Natijada ekranda “Верхний колонтитул” sozlamalarining vertikal menyusi paydo bo‘ladi (2).
3. Vertikal menyudan “Пустой” nomli ko‘rinish tanlanadi (3).


Yuqoridagi amallar ketma-ketligi tanlanganda, sahifaning yuqori qismi nuqtali chiziq bilan ajratiladi hamda kerakli ma’lumotni kiritish uchun “Введите текст” yozuvi paydo bo‘ladi.



Hujjatning ustki kolontitul qismiga ikki xil usulda ma’lumot qo‘shish mumkin:
a) [Введите текст] yozuvi o‘rniga klaviatura yordamida yoki nusxalab olingan matn kiritiladi;
b) hujjat haqidagi maxsus ma’lumotlarni quyida keltirilgan amallar tartibida qo‘shishingiz mumkin.

Ustki kolontitulga hujjat haqidagi maxsus ma’lumotlarni qo‘shish tartibi:– menyular tasmasi (“Лента”)dagi “Работа c колонтитулами” – “Конструктор” (1) menyusidan


“Сведения о документе” (2) buyrug‘i tanlanadi; – ustki kolontitulga qo‘shish imkoniyati mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ochiladi; – kolontitulga qo‘shmoqchi bo‘lgan ixtiyoriy ma’lumot tanlanadi. Masalan, hujjat muallifining ismi
paydo bo‘lishi uchun “Автор” bandi tanlanadi (3).






Hujjatning pastki kolontituliga


ma’lumotlarni qo‘shish ham ustki
kolontitulga ma’lumot qo‘shish kabi amalga
oshiriladi. Bu jarayonni kompyuterda
mustaqil ravishda bajarish tavsiya etiladi.

Havola (ingl.footnote, rus.сноска) – hujjatning
oxirgi sahifasi yoki ma’lumot keltirilgan
sahifaning pastki kolontituliga joylashtirilgan
matn.
Kegl – shriftning vertikal o‘lchami. U
punktlarda o‘lchanadi.

Hujjat sahifasini raqamlash tartibi:


1) “Вставка” (1) menyusidan “Номер страницы” (2) buyrug‘i tanlanadi;
2) ochiluvchi ro‘yxatdan “Внизу страницы” buyrug‘i tanlanadi (3);
3) so‘ngra raqamlar pastki kolontitulning qaysi qismiga joylashtirilishi ko‘rsatilgan shablon tanlanadi,
bunda sahifalar avtomatik ravishda raqamlanadi (4).
4. Kolontitulga kiritilgan ma’lumotlar tahrir etilganidan so‘ng, menyular tasmasidan “Закрыть окно
колонтитулов” buyrug‘i tanlanadi.
Hujjatga havola joylashtirish
Havola – bu ixtiyoriy mavzuda referat yoki biror ilmiy hujjat tayyorlash jarayonida foydalaniladigan
asosiy parametrlardan biridir. Havolaning vazifasi hujjatdagi atamalarni aniqlashtirish, ma’lumot
manbalarini ko‘rsatishdan iborat.
Havolalarni joylashtirishni MS Word matn protsessorida avtomatik ravishda amalga oshirish
mumkin. Bunda havolalar sahifaning pastki kolontitul qismiga joylashtiriladi. Ular, odatda, asosiy
matndan kichik keglda kiritiladi.
Havolalar ikki turga bo‘linadi:
• sodda havola – izohlanadigan matn joylashgan sahifaning pastki kolontitulida joylashadi
(Alt+Ctrl+F);
• yakuniy havola – izoh matnli hujjatning oxirgi sahifasi pastki kolontitul qismida joylashadi
(Alt+Ctrl+D).
MS Word matn protsessori “Ссылки” menyusida “Сноски” paneli mavjud bo‘lib, u havola
sozlamalari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Unda quyidagi amallar bajariladi:

1 punkt = 1 : 72 dyuym;


1 dyuym = 2 cm 54 mm.

Sahifa ko‘rinishini sozlash – varaqning ko‘rinishini o‘zgartirish. Bunga varaq oriyentatsiyasini o‘zgartirishni misol keltirish mumkin.
Oriyentatsiya – sahifaning ko‘rinishi.
Varaq chegarasi – hujjat sahifasining to‘rttala chegarasidagi bo‘sh maydon.


MS Word matn protsessori “Ссылки” menyusida “Сноски” paneli mavjud bo‘lib, u havola sozlamalari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Unda quyidagi amallar bajariladi:


1) kursor havola qo‘yilishi zarur bo‘lgan matn oxiriga qo‘yiladi;
2) “Cсылки” (1) menyusidan “Вставить сноску” (2) buyrug‘ini tanlash orqali hujjatga havola
joylashtiriladi. Bunda sahifaning pastki kolontitul qismida gorizontal chegara chizig‘i hamda havola
raqami paydo bo‘ladi;
3) “Вставить концевую сноску” buyrug‘i yordamida yakuniy havola joylashtiriladi (3);
4) “Сноски” dialog oynasidan foydalanib, havolaning hujjatdagi joylashishi va uni raqamlash formati
boshqariladi. “Формат” qismida havolalarni raqamlash usullari o‘zgartiriladi. Havolalarni nafaqat
arab raqamlari, balki turli belgilar bilan belgilash ham mumkin (4);
5) “Начать с” maydonida hujjatda havola nechanchi raqamdan boshlanishi ko‘rsatiladi (5);
6) havolani o‘chirish uchun matn oxiridagi havola belgisi tanlanadi va “Delete” tugmachasi bosiladi.
Sahifa ko‘rinishini sozlash. Varaqda matnning joylashish parametrlarini sozlash yangi hujjatni
yaratish jarayonining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Hujjat rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lishi
uchun sahifa ko‘rinishini sozlash amallaridan foydalaniladi.
Sahifa ko‘rinishini o‘zgartirish:
1) “Макет” → “Ориентация” buyrug‘i yordamida sahifa ko‘rinishi o‘zgartiriladi (1, 2);
2) sahifa ko‘rinishi albom (Альбомная) yoki kitob varag‘i (Книжная) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (3).

Download 3.6 Mb.
1   2   3   4




Download 3.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf: 8 Fan: Informatika va axborot texnologiyalari

Download 3.6 Mb.