O'zbek tili to'G'risidagi huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mohiyati mavzusida matn yaratish




Download 18.55 Kb.
Sana18.12.2023
Hajmi18.55 Kb.
#122480
Bog'liq
O\'ZBEK TILI TO\'G\'RISIDAGI HUQUQIY-ME\'YORIY
1 dars ishlanma, YO‘L POYI VA ASOS QURILISHLARIDA SIFATNI NAZORAT QILISH, IJIRSET Paper1, Развитие интеллектуальных способностей учащихся на уроках русского, 7878, Diqqat-WPS Office, ICT TG G9 NT R7 lw, Texnologiyalari, Davlat tilida ish yuritish hujjatlari 2, fitrat to\'g\'irlangani oxirgi versiya3, Parmanova jumagulning, blanka, лекции по КС для ТО, E.Ramanberganov

"O'ZBEK TILI TO'G'RISIDAGI HUQUQIY-ME'YORIY HUJJATLARNING MOHIYATI MAVZUSIDA MATN YARATISH

Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʼyilgan dastlabki dadil qadam edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq Prezidentimiz tomonidan oʼzbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qoʼyilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz – oʼzbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Аgar oʼshanda til toʼgʼrisida qonun qabul qilinmaganda edi, oʼzbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan boʼlarmidi?!. Аynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʼzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʼldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz xalqimizda oʼzgacha bir faxr hissini uygʼotib yuksaklik marralariga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.
“Davlat tili toʼgʼrisida”gi qonun boshqa millat va elatlarining tillariga nisbatan ham hurmat va eʼtiborda boʼlishga, bagʼrikenglik tamoyillariga daʼvat etadi: “Oʼzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning oʼz ona tilini qoʼllashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”.
Inson oʼz ona tiliga qanday munosabatda boʼlsa, boshqa tillarga ham shunday munosabatda boʼlishga chaqiradi.
Millatning maʼnaviy boyligi tildir. U nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati , urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Аynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq oʼz tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Davlat tili deganda biz, avvalo, mamlakatning siyosiy hayotida muhim rol o‘ynaydigan, sof va mukammal tilni tushunishimiz kerak. Mamlakatimizda esa bunday maqomga ega bo‘lgan til bu o‘zbek tilidir. Yurtboshimiz tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan tizimli va tartibli loyihalarning amalga oshirilayotganligi, tilimizga bo‘lgan e’tiborning oshishiga sabab bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning amaliy isboti sifatida “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi PF-5850-son farmon, Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorlarni olsak bo‘ladi. Davlat tilining millat hayotidagi o‘rni beqiyos. Sababi qo‘llash yuzasidan ayrim xatoliklar yuzaga kelmoqda. Buning yaqqol “namunasi” sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumanida Tamshush suv inshootlaridan foydalanish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarorining 1-qismida “ …suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari uchun 3 ta suv tindirgich hovuzlar barpo qilinganligi hamda vaqtincha 9,0 km yo‘l qurilganligi…” mazkur qonun hujjat matnida “…vaqtincha 9,0 km yo‘l qurilganligi” emas balki “…vaqtincha foydalanish uchun 9,0 km yo‘l qurilganligi” deganimizda matn mazmuni yanada aniqroq va tushunarliroq bo‘lgan bo‘lar edi. Mazkur qonun hujjatining yana bir bandida sifatlashga doir xatolikni ko‘rishimiz mumkin. “…Direksiya faoliyati suv iste’molchilariga suv еtkazib berish va ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlaridan tushgan mablag‘lar, Jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarga depozitga qo‘yishdan olinadigan daromadlar,…” Bu еrda “bo‘sh mablag‘lar” so‘z birikmasining o‘rnida “muayyan maqsadga yo‘naltirilmagan mablag‘lar” deganimizda yuqoridagi xatolikning oldi olingan bo‘lar edi. Shular qatorida normativ-huquqiy hujjatlarda yuzaga kelayotgan orfografik xatoliklardan bir nechtasini ko‘rib o‘tamiz. Aynan shu normativ-huquqiy hujjatning 2-qism 4- bandida ham yana bir xatolikni ko‘rishimiz mumkin. Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring ( bu so‘z xato yozilgan aslida injenerlik kompaniyasi deyilishi kerak) kompaniyasi “O‘zsuvqurilish” AJ bilan birgalikda obyektni ishga tushirish dalolatnomasiga asosan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruxsatnoma olinishini ta’minlasin. Shunga o‘xshash yana bir xatolikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarorida ham ko‘rishimiz mumkin yuqoridagi qarorda bir necha marotaba qo‘llanilgan ,,xo‘jalik” so‘zi har qaysi o‘rinda turli ko‘rinishlarda (“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qaroriga…) (aslida xo‘jalik) qo‘llanilgan bo‘lib, bu tahririyat xodimlarining qo‘pol xatoligi deb qaraladi. Shu o‘rinda aynan mana shu normativ-huquqiy hujjatning 4-qism d bandida yana bir xatolikni kuzatishimiz mumkin. “ …d) еr to‘g‘risidagi qonunchilik va ijara shartnomasi talablari bajarilmaganda, jumladan ijaraga berilgan еr uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, talabgor tomonidan ochiq elektron tanlov orqali erning ijara huquqini yutib olish uchun olingan qo‘shimcha majburiyatlar bajarilmaganda, erga bo‘lgan huquq Yer kodeksi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan bekor qilinishi haqida dehqon ho‘jaliklari a’zolari orasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin….”. Mazkur matnda esa biz “yer” so‘zining “er” ko‘rinishida yozilganligini imloviy xatolik sifatida olishimiz mumkin. Bu esa yuqoridagi nizomning ayrim qismlariga amal qilinmayotganligidan dalolatdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Ipoteka kreditidan foydalanishdajamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy masalalar yuzasidan qonun, qaror, farmon va farmoyishlar mazkur tilda chiqariladi yoki qabul qilinadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat tili jamiyat a’zolari uchun tushunarli, aniq va ravon bo‘lishi lozim. Ammo bugungi kunda o‘zbek tilining normativ-huquqiy hujjatlardagi qo‘llanilish darajasi shunday talablarga javob bera oladimi? Aynan shu savolga javob tariqasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 662-son qaroriga muvofiq “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizomi qabul qilindi. Ushbu hujjatning qabul qilinishiga qaramasdan qonunchiligimizda hali hamon davlat tilini
Download 18.55 Kb.




Download 18.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbek tili to'G'risidagi huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mohiyati mavzusida matn yaratish

Download 18.55 Kb.