|
Tayyorladi: Ixtiyor Hamroyev Qabul qildi: Alisher Safarov
|
Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 214,59 Kb. | | #144344 |
Bog'liq hamroyev ixtiyor Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Hamroyev Ixtiyorning Audit fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Tayyorladi: Ixtiyor Hamroyev
Qabul qildi: Alisher Safarov
Mavzu: Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
1.Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida
2. Auditorlik tashkilotining huquqlari.
3. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari va javobgarligi.
Qonunchilk palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma’qullangan. Qonun 9-bob , 55- moddafan tashkil topgan.
4-bob. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqishni amalga oshirishga haqli.
28-modda Auditorlik tashkilotining huquqlari
Oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashishga haqli. Auditorlik tashkiloti qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega .
|
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil tarzda belgilashga;
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilingan auditorlik tashkiloti tanlovlarida ishtirok etishga, shuningdek tanlov shartlari bilan tanishib chiqish va o‘z takliflarini taqdim etishga;
|
Auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishni rad etishga;
|
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etish uchun boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etishga;
|
Auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga turdosh xizmatlar ko‘rsatishga, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish, taftish komissiyasi (taftishchi) vazifalarini bajarish bundan mustasno.
29- modda auditorlik faoliyatining majburiyatlari.
Auditorlik tashkiloti:
Ushbu qonun, auditorlik faoliyatining standartlari va Professional buxgalterning odob-axloqi kodeksi talablariga rioya etishi va auditorlik tashkilotining zimmasida qonunʼchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Har yili 20-yanvarga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
|
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
|
Shtatida asosiy ish joyi auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar auditor mavjud bo‘lishini ta’minlashi;
|
auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi;
|
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
|
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida mustaqillikni ta’minlashi;
|
Auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o‘rnatishi va unga rioya etishi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishga monelik qilmasligi majburiyatlari bor.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risidagi noto‘g‘ri yakunni o‘z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Auditor qachon javobgar hisoblanadi?
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun auditorlik tashkiloti rahbari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ma’lumotlari Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tashkilot tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
|
| |