O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va




Download 327,15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.08.2024
Hajmi327,15 Kb.
#269927
Bog'liq
Microsoft Word - test savollari (2) (3)



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va 
tadbirkorlik oliy maktabi magistratura mutaxassisliklari fanlaridan kirish 
sinovlari
DASTURIDAN KO‘CHIRMA
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi “Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv 
kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-108-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash 
maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda Oliy maktab) 
zamonaviy ta’lim standartlari asosida MBA – global menejment, MBA – moliya, 
MBA – agrobiznes, MBA – kichik biznes va tadbirkorlik, 70411302 - Biznesni 
boshqarish (MBA-Raqamli iqtisodiyot) va Loyiha boshqaruvi (RM) magistratura 
mutaxassisliklari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor 
vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali boshqaruv kadrlarini 
tayyorlashni amalga oshirmoqda. 
Oliy maktab tinglovchiligiga qabul test sinovlari shaklida tashkil etilib, unga 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yirik uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari 
va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbar va mutaxassislari orasidan 
suhbat asosida saralash bosqichlaridan o‘tgan nomzodlar tavsiya etiladi. 
Test sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, yuqori kasbiy bilim va ilmiy 
yutuqlarga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual va rahbarlik qobiliyati, 
ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan nomzodlarni tanlash jarayonida raqobat 
muhitini yaratish va ta’minlashdan iborat. 
Dastur Oliy maktab tinglovchiligiga nomzodlarning zamonaviy boshqaruv 
tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilmalarini 
optimallashtirish, boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolatlar va vazifalarni 
taqsimlash, korxona va tashkilotlar boshqarish samaradorligini oshirish, 
ularda mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, rahbar faoliyatini oqilona 
tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondashuv tamoyillarini tatbiq etish, 
axborot va kommunikatsiyalardan samarali foydalanish, korxonada samarali 
boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi 
kompetensiyalarini baholashga yo‘naltirilgan. 
Dastur 
70411302 

Biznesni 
boshqarish 
(MBA 

global 
menejment), 70411302 - Biznesni boshqarish (MBA-agrobiznes), 70411302 - 
Biznesni boshqarish (MBA-kichik biznes va tadbirkorlik), 70411302 - Biznesni 
boshqarish (MBA-moliya), 70411302 - Biznesni boshqarish (MBA-Raqamli 
iqtisodiyot) va 70411202 - Loyiha boshqaruvi (Project Management) magistratura 
mutaxassisligiga tinglovchilikka o‘qishga qabul qilinayotgan nomzodlardan 
menejment fani bo‘yicha quyidagi bazaviy mavzular bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. 
ASOSIY QISM 


1-mavzu. Menejmentning nazariy asoslari
Boshqaruv va menejment. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. 
Savdo menejment. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi. Boshqaruv 
tizimining Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari. To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa. 
Teskari aloqa. Menejment tizimining tuzilishi. 
Menejmentga nisbatan yondashuvlar. Menejmentning ilmiy yondashuvlari 
va tamoyillari. Boshqaruv usullari. Ma’muriy yondashuv. Qayta ishlab chiqaruvchi 
yondashuv. Dinamik yondashuv. Integratsiyali yondashuv. Majmuaviy yondashuv. 
Marketingli yondashuv. Me’yoriy yondashuv. Axloqiy yondashuv. Jarayonli 
yondashuv. Tizimli yondashuv. Vaziyatli yondashuv. Vazifaviy yondashuv. 
Menejment tamoyillari. Mehnat taqsimoti tamoyili. Vakolatlar va 
javobgarlik tamoyili. Intizom tamoyili. Yakka hukmronlik tamoyili. Harakatlar 
birligi tamoyili. Shaxsiy manfaatlarni bo‘ysundirilishi tamoyili. Xodimlarni 
mukofotlash tamoyili. Markazlashtirish tamoyili. Qoyali zanjir tamoyili. Tartib 
tamoyili. Adolat tamoyili. Xodimlarning barqarorligi tamoyili. Tashabbus tamoyili. 
Korporativ rux tamoyili. 
Boshqaruv usullari. Boshqaruvning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning 
ma’muriy usullari. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari. 
2-mavzu. Menejment texnologiyasi
Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Rejalashtirish. Maqsadlar. 
Tashkil qilish. Motivatsiya. A. Maslou bo‘yicha ehtiyojlar iyerarxiyasi. 
Muvofiqlashtirish. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. Tashkilot va 
tashqi muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar. Ishlab chiqarish va Boshqaruv 
bosqichlari bo‘yicha bo‘linmalar ichidagi kommunikatsiyalar. 
Shaxslararo 
kommunikatsiyalar. 
Bo‘linmalar 
o‘rtasidagi 
kommunikatsiyalar. Norasmiy kommunikatsiyalar. Kommunikatsion jarayon. 
Kommunikatsion tarmoqlarning namunalari. 
Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish. Qarorni bajarilishi 
ustidan nazorat qilish, faoliyat va qarorga tuzatishlar kiritish. Qarorni bajarish 
bo‘yicha faoliyatni baholash. 
3-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi. Tashkilotning yashash davri. 
Tashkilotlarning ichki muhiti. Tashkilotlarning tashqi muhiti. Tashkilot ichki va 
tashqi muhitining omillari va o‘zgaruvchanligi. Tashkilotlar faoliyatini 
turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi. 
Mehnatning gorizontal bo‘linishi. Mehnatning vertikal taqsimlanishi. 
To‘g‘ri chiziqli tuzilma. Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi. To‘g‘ri chiziqli 
vazifaviy tuzilma. Boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli - shtabli tuzilmasi. Boshqaruvning 
matritsa tuzilmasi. Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy tuzilma. Mahsulotli tashkiliy 


tuzilma. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma. Iste’molchiga qaratilgan tashkiliy tuzilma. 
Boshqaruvning kombinatsiyalashtirilgan tuzilmasi. 
Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat. 
Qo‘shimcha mas’uliyatga ega jamiyat. Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati. Sho‘ba 
va bog‘liq jamiyatlar. Davlat unitar korxonalari. Notijorat tashkilotlar. Matlubot 
kooperativi. Kartel. Sindikat. Trest. Konsern. Konsorsium. Sanoat xoldinglari. 
Tadbirkorlar uyushmalari. Virtual korporatsiya. 
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar. Tarmoqli 
tashkilotlar. Tashkilotlarning yangi turlari. Tashkilotlarni strategik boshqarish. 
Strategik boshqaruv tuzilmasi. Strategik maqsadlarini belgilash. Strategiyani 
tanlash. Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish. Tashkiliy o‘zgarishlarni amalga 
oshirish modellari. Boshqaruv samaradorligi. 
4-mavzu. Zamonaviy menejer
Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. Korxona 
menejerlarining darajalari. Menejer va yetakchi. Yetakchining an’anaviy 
konsepsiyasi. Menejerning yetakchidan farqi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi. 
Yetakchilik xulqi konsepsiyalari. Vaziyatli yetakchilik konsepsiyasi. Tannenbaum-
Shmidt yetakchilik xulqi kontinuumi (uzliksizligi). 
Vaziyatli yetakchilik modellari (F.Fidler). Xersey va Blansharlarning 
vaziyatli yetakchilik modeli. Xauz va Mitchellarning “yo‘l-maqsad yetakchilik 
modeli. Vrum-Iyettona-Yagolarning qarorlar qabul qilishning vaziyatli modeli. 
Yetakchilarni yangi konsepsiyalari. Atributli (belgili) yetakchilik konsepsiyasi. 
Xarizmatik yetakchilik konsepsiyasi. Tubdan o‘zgartiruvchi yetakchi konsepsiyasi. 
Menejerning uslubi. Rahbarlik uslublarining mazmuni. Rahbarlikning 
demokratik uslubi. Ishga doir etika va etiket. Menejerning imiji. Imij tushunchasi. 
Ishbilarmonlik etikasi. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etiketining milliy 
xususiyatlari. 
5-mavzu. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish
Boshqaruv mehnatining ta’rifi, xususiyatlari va turlari. Evristik mehnat. 
Ma’muriy mehnat. Operator mehnati. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish. 
Rahbarni o‘zini o‘zi boshqarishi. 
Menejment tomonidan vaqtdan va o‘z imkoniyatlaridan ko‘proq 
foydalanish. Uning o‘zining sog‘ligini saqlash va mustahkamlash. Hayotni borishini 
ongli ravishda boshqarish. Ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni 
yengib o‘tish. 
O‘zini o‘zi boshqarishi doirasi. Maqsadlarni qo‘yish. Ishlash qobiliyatining 
o‘rtacha statistik o‘zgarishlari. Axborot bilan ishlash. Telefondagi so‘zlashishlar. 
Yozishmalarni ratsional olib borish. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil 
qilishning qurollari. 
6-mavzu. Tashkilot xodimlarini boshqarish


Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari. Mehnat jamoasi. Ta’sir 
o‘tkazish va hukmronlik. Majbur qilishga asoslangan hukmronlik. Mukofotlashga 
asoslangan hukmronlik. Ekspertli hukmronlik. Namuna yoki xarizma hukmronligi. 
Qonuniy hukmronlik. Resurslarga egalik qilishga asoslangan hukmronlik. 
Axborotlarni olish va ulardan foydalanishga asoslangan hukmronlik. 
Nizolarni boshqarish. Nizolarning turlari. Shaxslararo nizo. Shaxs va guruh 
o‘rtasidagi nizo. Guruhlararo nizo. Kartografiya usuli. Nizoning kartasi. Nizolarni 
hal qilishning tarkibiy usullari. Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullari. 
Xodimlarni boshqarish. Xodimlarni tanlash. Xodimlarni tanlashning ichki 
va tashqi manbalarini solishtirish. Menejerning ishbilarmonlik sifatlarini baholash. 
Martabani boshqarish. Xodimlardan foydalanish. 
7-mavzu. Korxona quvvatini boshqarish
Korxona quvvatini boshqarish texnologiyasining bosqichlari. Korxona 
quvvatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning 
bozordagi ulushini baholash. Korxona quvvatining raqobatbardoshligini baholash. 
Korxonaning iqtisodiy quvvati. Korxona quvvatining rezervlari va yo‘qotishlarini 
tahlil qilish. Korxona quvvatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategiya 
va taktikani tanlash. Tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona 
quvvatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish. 
Korxona quvvatining raqobatbardoshligi. Indikatorli usul. Matritsa usuli. 
Korxona quvvati qobiliyating kontur matritsasi. Korxona quvvati samaradorligi 
rezervlari. Korxona quvvati raqobatbardoshligining tuzilishi va dinamikasi. 
8-mavzu. Korxonada risklarni boshqarish
Risk va uning turlari. Tavakkalchilik turlari. Tavakkalchilik jarayoni: 
risk darajasi, xavflilik darajasi, ehtimollik darajasi, foyda yoki zarar darajasi. 
Sug‘urta bilan bog‘liq bo‘lmagan risk turlari: menejerlar xatosi, tijoratchilikdagi 
xavf. Inqiroz sharoitida korxonalarda risklarni boshqarish va oldini olish. 
9-mavzu. Boshqaruvda axborot va kommunikatsiya
Axborotlar tizimi. Kommunikatsiya. Korxonalarda ish yuritish hujjatlarini 
olib borish va tashkil qilish. Boshqaruvda axborot tizimining ahamiyati.
Axborot va 
uning boshqarishdagi roli. Boshqarish tizimidagi axborotning aloqalari: tashqi va 
ichki axborot. Axborotga nisbatan qo‘yiladigan talablar: ishonchlilik, tushunarli, bir 
ma’nolilik, tezkorlik, to‘liqlik, tejamlilik. Teskari aloqa. Axborot almashuv 
jarayonida teskari aloqa. Boshqaruvda raqamli texnologiyalarni qo‘llash. 
10-mavzu. Global menejment asoslari
Global menejment va global biznes tushunchalari. Mamlakatni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash sharoitida global 
menejmentning maqsadi va vazifalari. Global menejment xususiyatlari. Global 
biznesda boshqaruv qarorlari va unga ta’sir etuvchi omillar. Global menejmentda 
madaniyat omilining roli. Global biznesning tashkiliy-huquqiy shakllari.


Global korporatsiyalarda strategik rejalashtirish. Ko‘pmillatli 
kompaniyalar (KMK) strategiyasini shakllantirishning shart-sharoitlari. M. 
Porterning Global raqobat nazariyasining asosiy qoidalari. Global biznesda 
integratsiyalashgan tuzilmalar: ko‘pmillatli va transmilliy kompaniyalar. Global 
strategik Alyanslar (XSA). Global strategik Alyanslar shakllari. Ko‘pmillatli 
kompaniyalar shakllari. 
11-mavzu. Moliyaviy boshqaruv asoslari
Moliya so‘zining mazmuni, mohiyati va zarurligi. Moliyaning turlari. 
Moliyaning funksiyalari. Davlat byudjeti. Davlat byudjetining xarajatlar qismi. 
Davlat byudjetining daromadlari qismi. Davlat byudjetining profitsiti. Davlat 
byudjetining defitsiti. Davlat byudjetining defitsitini qoplash manbalari. Bevosita 
soliqlar. Bilvosita soliqlar. Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlari. 
Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari. Byudjetdan tashqari pul 
jamg‘armalarining zarurligi. Davlat krediti. Subsidiya. Dotatsiya va subvensiya. 
Inflyatsiya. 
12-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari
Kichik biznes va tadbirkorlik turlari. Kichik biznesni tashkiliy-huquqiy 
tuzilishi. Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish. Kichik biznes va 
tadbirkorlikni boshqarishdagi xavf-xatarlar, kichik biznes va tadbirkorlikda 
marketing strategiyalari. O‘zbekistondagi kichik biznes uchun eng yaxshi bozorlar. 
Tadbirkorlikda raqobatni baholash. Kichik biznesda mijozlar bilan munosabatlar. 
Tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar. Kichik biznes va 
tadbirkorlikda elektron tijorat, tadbirkorlikda zamonaviy texnologiyalarning roli. 
Kichik biznesni kengaytirish usullari. Kichik biznesda brendni yaratish va 
rivojlantirish. O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik biznes va tadbirkorlikning 
xususiyatlari. Texnologiya va IT sohasidagi kichik biznesning xususiyatlari. 
O‘zbekistonda kichik biznesni tashkil etish va uni boshqarishdagi talablar. Kichik 
biznesning yirik biznesdan farqi. 
13-mavzu. Agrobiznesni boshqarish asoslari
Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Mamlakat iqtisodiyotida agrar 
sohaning tutgan o‘rni. Yerning resurs sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Yer 
mulkchilik va xo‘jalik yuritish obyekti sifatida. Ijara munosabatlari. Ijara haqi. Yer 
rentasi tushunchasi. Yer rentasining turlari: differensial renta, absolyut renta, 
monopol renta, undiruvchi sanoat va qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta. Renta 
to‘lovi shakllari. O‘zbekistonda yerga yagona soliqni joriy etish amaliyoti. Yer narxi 
va uni belgilovchi omillar. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. 
Dehqon, fermer va shirkat xo‘jaliklari. O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga 
oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlari. 
14-mavzu. Raqamli boshqarish asoslari


Raqamli iqtisodiyot haqida tushuncha. Raqamli iqtisodiyotning paydo 
bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari. Raqamli iqtisodiyot vazifalari va 
maqsadlari.Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar. Raqamli 
biznesni yuritish asoslari. Raqamli iqtisodiyotning belgilari va xususiyatlari. 
Raqamli iqtisodiyotning qulayliklari. Korxonalar raqamli biznesning turli tarkibiy 
qismlari. Onlayn savdo, raqamli marketing, elektron tijorat, mijozlar bilan 
munosabatlarni boshqarish va ma’lumotlar tahlili. Raqamli texnologiyalar va 
strategiyalar. Ma’lumotlar tahlili. raqamli biznesni bosqarishda qarorlar qabul qilish. 
Raqamli O‘zbekiston -2030 strategiyasi. 
15-mavzu. Loyiha boshqaruvi asoslari
Loyiha haqida tushuncha. Loyiha boshqaruvi. Loyihaning maqsadi uning 
ahamiyati. “Loyiha manfaatdor tomonlari” tushunchasi. Loyihani ishlab chiqish va 
amalga oshirish bosqichlari. Loyihaviy ofis faoliyati, maqsadi va tashkiliy tuzilishi. 
Loyiha jamoasining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning vazifalari. Loyiha Nizomi. 
Loyihalar tashabbusidagi hujjatlar. Loyihaviy yo‘naltirilgan tashkilotlarning asosiy 
faoliyati. Loyiha doirasida manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik. 
Manfaatdor 
tomonlar 
o‘rtasida 
ustuvorliklarni 
belgilash. 
Loyihada 
"implementatsiya"si va "amalga oshirish" tushunchalari. Loyihalarning 
muvaffaqiyatsizligiga olib keluvchi omillar. 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
Asosiy adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14 sentyabrdagi 
«Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-306-son qarori, https://lex.uz/docs/6609110 . 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15 noyabrdagi 
«Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» 15.11.2023-yildagi PQ-366-son qarori, https://lex.uz/ru/docs/6663044. 
3.
Ricky W. Griffin. Fundamentals of management. 8 th Edition. 2015.-
510 p. 
4.
Yo‘ldoshev N.Q. Menejmentga kirish. Darslik. –T.: “Innovatsion 
rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2021 y. -392 b. 
5.
Vixanskiy, O. S. Menedjment: uchebnik / O. S. Vixanskiy, A. I. 
Naumov. – 6-ye izd., pererab. i dop. – Moskva: Magistr Infra-M, 2019. – 656 s. 
6.
Guskov, Yu. V. Osnovы menedjmenta: uchebnik / Yu. V. Guskov. — 
Moskva: INFRA-M, 2019. — 263 s. 
7.
Ambar G., Chandana G. Public Finance. – India, 2014. – 368 p. 
8.
R.Alimov, U.Otajonov, A.Ishnazarov, I.Xabibullayev, M.Saidova. 
“Yekonometrika asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Ro‘yxatga olish raqami 237 - 471. 
T.2021-y 31-may. 


9.
Degtyareva, 
N.A.Ekonometricheskiye 
modeli 
analiza 

prognozirovaniya: monografiya / N.A. Degtyareva. – Chelyabinsk: Sitsero, 2017. – 
170 b. 
10.
Xo‘djamuratova G.Y., Azlarova M.M. Menejment. Marketing. Darslik. 
-T: Iqtisodiyot, 2019. -358 b. 
11.
Yo‘ldoshev N.Q., Nabokov V.I. Menejment nazariyasi. Darslik. –
T:.TDIU, 2013.- 433 b. 
12.
Yo‘ldoshev N.Q., Zaxidov G.E. Menejment. Darslik. -T: “O‘zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2018 y. -392 b. 
13.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” 
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 
2020- yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni.
14.
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston 
respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qarori.
15.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi 
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qarori.
16.
O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi 
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qarori. 
17.
Suyunov D.X., Elmirzayev. S.E.: Korporativ boshqaruv, 2021. 356 бет. 
18.
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot 
asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b. 
19.
Suyunov D.X.: Kenjabayev. A.T.: Ro’ziyev. A.O.: Elektron tijorat. 
Дарслик. 2023,
20.
Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital 
Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA
21.
Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. 
Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. 
Том 18, – 2017. – №7. – С. 1127-1130 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.
ChevallierJ., Goutte S., Guerreiro D., Saglio S., Sanhaji B. 
International Financial Markets. – London: Routledge, 2019. - 438 p. 
2.
Мороз, О.А. Управление проектами в ProjectLibre / О.А. Мороз. - 
Рн/Д: Феникс, 2018. - 384 c
3.
Малое инновационное предпринимательство: Кейсы Российских 
компаний / Д.С. Андреюк и др. Под. ред. Д.С. Медовникова. – М.: МАКС 
Пресс, 2013. – 196 с. 
4.
David Boddy. Management An Introduction. Sixth Edition. 2014. y. 670 
p. 


5.
Ward А. 
Finance: Theory and Practice. - Chartered Accountants Ireland; 
2nd Revised edition, 2020. – 910 р. 
6.
Кендалл И., Роллинз К. Современные методы управления 
портфелями проектов и офис управления проектами: Пер. с анг. - М.: 
ПМСОФТ, 2004 - 338 с. 
7.
Иванов П.В. Управление проектами: Учебное пособие / П.В. Иванов. 
- Рн/Д: Феникс, 2018. - 102 c. 
8.
Финансы. Учебник. Под ред. проф. Н.Ю. Исаковой.- Екатеринбург:
Изд-во Урал. ун-та, 2019. — 336 с. 
Axborot manbaalari:
1.
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali. 
2.
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi. 
3.
www.tradingeconomics.com – iqtisodiy ko‘rsatkichlar. 
4.
https://pm.center 
5.
http://pmprofy.ru
6.
http://spmrk.kz 
7.
http://pmexpert.uz 

Download 327,15 Kb.




Download 327,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va

Download 327,15 Kb.
Pdf ko'rish