|
Mikroiqtisodiyot – Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ta’lim ishi
|
bet | 1/21 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 3,87 Mb. | | #118073 |
Bog'liq Mavzu
Farg’ona davlat universitet
Iqtisodiyot fakulteti
Mintaqaviy iqtisodiyot yonalishi
22-138 guruh talabasi
Xolmurodov Farruxbeknin Mikroiqtisodiyot – Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ta’lim ishi.
Mavzu №1.
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yo‘llari.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” deb ataluvchi o’z taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Davlatimiz miqyosida har yili amalga oshirilayotgan islohotlar va ishlarning tub mohiyati, maqsad-muddaosini aynan yurtimiz obodligi, hayotimiz farovonligi tashkil etadi. Ana shunday yurtimizni obod, hayotimizni farovon qiluvchi sohalardan biri, bugungi kunda kichik biznesdir. Chunki kichik biznesning iqtisodiyotimiz rivojidagi hissasi beqiyosdir. Fikrimiz dalili sifatida Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish maqsadga muvofiq:
“Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bu sohani rivojlantirmasdan, unga tegishli rag’bat va ko’mak bermasdan, imtiyoz yaratmasdan turib biz iqtisodiyotimizni kelajagini ta’minlay olmaymiz.”1
Haqiqatan ham bugungi kunda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, ichki bozorni milliy mahsulot bilan ta’minlash borasida, bozor o’zgarishlariga tez moslashuvchan soha kichik biznesning o’rni muhimdir. Mulkdorlarning o’rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko’paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi faol
harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, kichik biznes iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim o’rin tutgani sababli, mamlakatlarning iqtisodiyotida muhim o’rin egallaydi. Shu sababli kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish Respublikamizni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvarda o’tkazilgan yig’ilishida belgilab berilgan 2012-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi hamda yuqori iqtisodiy o’sish ta’minlandi. 2012-yilda O’zbekistonda 96,6 trln. so’mlik YaIM ishlab chiqarilib, uning real o’sishi 2011-yilga nisbatan 8,2 % ni tashkil qildi. Iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari:
· Iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartish va diversifikatsiya qilish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilayotganligi;
· Faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayat jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish borasida faol investitsiya siyosatining yuritilayotgani;
· Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi;
· Real sektor korxonalarini qo’llab quvvatlash maqsadida iqtisodiyotda soliq yukuni pasaytirish va boshqa qator imtiyozlarning joriy etilayotganligi;
· Moliya-bank tizimiga berilayotgan e’tibor va uning natijasida sohaning barqaror rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda.
2012-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2011-yilga nisbatan 7,7 % ga oshdi va 50,7 trln. so’mni tashkil etdi. Sanoatda yuqori o’sish sur’atlari kuzatilib, oziq-ovqat sanoati 6,5 %, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 12,4 %, qurilish materiallari 11 %, yengil sanoat 12 %ga o’sgan. Mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog’liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning respublikamiz iqtisodiyotidagi tutgan o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. 2012-yil kichik biznes sub’ektlariga tegishli ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalar soni 23,3 mingtaga o’sib, 2013-yil 1-yanvar holatiga 219,4 mingtaga (fermer xo’jaliklarini hisobga olmagan holda) yetdi. Kichik biznesning YaIM dagi ulushi 54,6 % ni tashkil etdi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatning strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.
Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag’ talab etmaydigan xo’jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida ise’mol bozorini shakllantirishva uni to’ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi.
Bugungi kunda bu soha nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishda balki, aholi bandligini va daromadlarini oshirishda ham salmoqli o’ringa ega. Keying yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari sonining yil sayin ortishi sohaning samarali rivojlanayotganidan dalolat beradi. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlarini hajmini o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida, eng avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlariyetarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Xususan 2010-yilda kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to’lovi 8 % dan 7 % ga pasaytirilgan bo’lsa, 2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 % dan 6 % ga kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so’m mablag’ni ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnika joriy etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi.
Statistik ma’lumotlar ko’rsatishicha, bugungi kunda respublikamizda jami band bo’lganlarning 20 % i davlat, 80 % i nodavlat, shuningdek, 74 % i xususiy sohada mehnat qilmoqda. Ushbu statistik raqamlar tahlili davlat korxonalarida ishlovchilarning soni qisqarib, xususiy sohada bandlikning ortishi yuz berayotganligini ko’rsatadi. Bu esa Respublikamiz hukumati tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
|
| |