KIRISH
Yuqori malakali geograf mutaxassislami tayyorlashda umumgeografik qonuniyatlarni bilishning ahamiyati katta. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlaming yildan-yilga keskinlashib borishi insonning tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishini, shuningdek, tabiatdan hamda uning resurslaridan oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlami chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqozo etadi.
Asosiy e‘tibor insoniyatni tabiiy resurslar bilan ta‘minlashga qaratildi. Bu esa, o‗z navbatida, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish, ro‗y berayotgan geoekologik muammolami chuqur o‗rganishni taqozo etadi. Geografiya fanining o‗rganish obyekti geotizimlar va ularning tarkibiy qismi boigan komponentlari bir-biri bilan chambarchas bog‗liqligi sababli mazkur muammolami o‗rganishda va ulaming yechimini topishda geografiya fanining o‗mi beqiyosdir. Ma‘lumki, geografiya yunoncha so‗z bo‗Iib, geo ―Yer‖ graphien
―yozaman‖, ―tasvirlayman‖ degan ma‘nolami bildiradi.
Geograflar Yeming tabiatini, uning aholisi va xo‗jaligini hamda umumiy doirada Yeming turli qismlaridagi tabiiy va antropogen jarayonlar orasidagi o‗zaro aloqadorlikni, shuningdek Yeming qandayligi, uning iqlimi va landshaftlari antropogen ta‘sir natijasida o‗zgarishini tadqiq etadi. Geografiya geografik obyektlar, jarayon va hodisalar haqidagi ma‗lumotlami to‗pIash, ularni tasvirlash va tavsiflash bilangina emas, balki ko‗pgina muammolarga yechim topish bilan shug‗ullanadi. Shunday qilib, geografiya tabiat va jamiyat munosabatlarining geografik jihatlarini o‗rganuvchi keng qamrovli fan bo‗lib, uning vazifasi fan va texnikaning rivojlanishi bilan o‗zgarib bordi. Geografiya dastlab, asosan tasvirlash vazifasini bajargan. Uning bu vazifasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha davom etdi. XVIII-XIX asrlarga keiib, ya‘ni Yer yuzi kashf etilib va tasvirlab bo‗linganidan so‗ng, geografiya tahlil qilish va tushuntirish vazifasini bajardi. Geograflar to‗plangan ma‘lumotlami tahlil qildilar, dastlabki gipotezalar va nazariyalami yaratdilar.
|