II BOB GEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHIDAGI YANGI DAVR
Geologiya fanining rivojlanishidagi gipotezalar va ular orasida Vegener gipotezasining ahamiyati
Yer yuzasining o‗zgarib turishi haqidagi g‗oya Geraklit (mil. aw . 530 — 470) davridan to XIX asrning boshlariga qadar bahsli mavzu bo‗lib kelgan. Geraklit Yer yuzasi doimo o‗zgarishda deb hisoblagan. Aristotel toshqotgan dengiz organizmlarini ko‗rib „Biz yashab turgan hozirgi quruqlik qachonlardir dengiz tubi bo‗Igan, hozirgi dengiz tub lari esa quruqlik b o‗Igan. Bu jarayon takrorlanib kelgan, bundan s o‗ng ham shunday bo jib turadr degandi. Bu masalani 1912-yilda
A. Vegener „Materiklarning siljish t asarida ilmiy asoslab berdi.
Yer yuzasining umumiy tavsifi. Yer yuzasi bir xil tekis bo‘linmasdan materik va okeanlardan tashkil topgan. Materiklar botiqlar, pasttekisliklar, tekisliklar, qirlar, yassi togiar, baland tog‗lardan iborat bo‗lsa, okeanlarda cho‗kmalar, yer yoriqlari, suv osti tog1 lari mavjud. Yer sirtining ana shu tekis bo‗lmagan yuzasini bir nom bilan uning relyi deb ataladi. Yer yuzasi relyefi esa uning ichki va tashqi dinamik jarayonlarining o‗zaro ta‘siri va aloqasi natijasida vujudga kelgan. Yer sharining umumiy maydoni 510 mln. km2 bo‗lib, shundan 361 mln. km2 ini suvlar, 149 mln. km2 ini esa quruqliklar egallagan. Yer yuzasida suv va quruqliklaming taqsimlanishi va joylashishi uning hamma qismida bir xil emas. Shimoliy yarimsharda quruqlik ko‗p bo‗lsa, aksincha, Janubiy yarimsharda suvliklar maydoni katta. Shimoliy yarimshaming 39 foizini quruqlik, 61 foizini suv ishg‗ol qilsa, Janubiy yarim sharda quruqlik 19 foiz, suv esa 81 foiz.
Yoki Yer sharidagi quruqlik maydonini 100 foiz desak, uning 67,5 foizi Shimoliy, 32,5 foizi esa Janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqliklar Shimoliy yarim sharning o‗rtacha kengliklarida ko‗proq, Janubiy yarim sharning o 'rtacha kengliklarida esa kamroq maydonni egallagan. Yer sharidagi suvliklar okeanlardan iborat bo‗lib, tubi chuqurligiga qarab materik sayozligi, materik yonbag‗ri, okean
tubi, okean novi yoki qa‘ri deb 4 bosqichga bo‗linadi. Okeanning 0 — 200 m gacha chuqur bo‗lgan joylari materik sayozligi deyiladi.
Materik sayozligi materik chekkasining suv ostidagi davomi b o‗lib, Yer yuzasi maydonining 40 foizini tashkil qiladi. O keanlarning 200 — 2500 m chuqur bo‗lgan qiya qismi materik yonbag‗ri deyiladi va Yer shari maydonining 40 foizini ishg‗ol qiladi. O keanlarning 2500 — 6000 m chuqur bo‗lgan qismi okean tubi deyiladi va Yer shari maydonining 55 foizini ishg‗ol qiladi. O keanlarning 6000 m dan chuqur bo‗lgan qismi okean novi yoki qa‘ri deyilib, Yer yuzasining 1 foizini tashkil etadi. Yer sharidagi quruqlikning okeanlar orqali bir-biridan ajralgan bo‗lagi materiklar deyiladi. Materiklar haqidagi m a‘lumotlar 3- jadvalda berilgan.
Materiklarning rivojlanishi va joylashishi. Materiklar shimoldan janubga qarab cho‗zilgan, kenglik bo‗yicha ikki qator bo‗lib joylashgan hamda okeanlarga qarama-qarshi (antipod) o‗rnashgan. Agar siz globus yoki yarimsharlar xaritasiga nazar tashlasangiz, materiklarning shimoldan janubga cho‗zinchoq ekanini va shu yo‗nalish bo‗yicha torayib borishini, shimolda esa kengayib Shimoliy Muz okeanini o‗rab olganini ko‗rasiz. Antarktidani istisno qilganda, materiklar juft-juft bo‗lib joylashgan: Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika, Yevropa bilan Afrika, Osiyo bilan Avstraliya. H ar bir juft quruqlikni Yer po‗stining ,,singan― yoki ,,yorilgan― (cho‗kkan) mintaqasi ajratib turadi. Bu mintaqa o‗tgan joylarda esa orollar, dengizlar, qoNtiqlar ko‗p bo‗lib, ular faol seysmik rayonlar jum lasiga kiradi.
Karib dengizi, Meksika qo‗ltig‗i, O‗rta dengiz, Indoneziya oral lari ana sh unday mintaqalarda joylashgan. Materiklar kenglik bo yicha ikki qator joylashgan. Shimoliy qatorda Yevrosiyo va Shimoliy Amerika, Janubiy qatorda esa Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliya o‗rnashgan. Shimolda joylashgan materiklarning relyef shakllari murakkab, aksincha, janubiy qatordagi materiklarning relyefi esa nisbatan soddaroq. M ateriklarning joylashish sabablari fanda aniq va yetarli
dalillar bilan to‗liq isbotlanm asa-da, lekin ko'pchilik olim lar ularni bunday o‗rnashishini materiklarning vujudga kelishi bilan boglam oqdalar.
Materiklarning paydo bo‘lishi (vujudga kelishi). Materiklarning paydo bo‗lishi haqida bir necha gipotezalar mavjud. Ulardan eng muhimlari qisilish gipotezasi, Vegener gipotezasi va litosfera plitalar tektonikasi gipotezalaridir. Qisilish gipotezasiga ko‗ra Yer sharining ichki qismi sovigan sari qisilib boradi. Oqibatda yadro bilan Yer po‗sti orasida b o‗shliqlar vujudga keladi. Yer po‗sti og‗irlik kuchiga binoan cho‗kadi. C ho‗kkan joylarida suv to‗lib, okeanlar paydo bo‗lgan, ko‗tarilib qolgan yerlarida materiklar vujudga kelgan. Lekin O.Y. Shmidt gipotezasi qisilish gipotezasiga qarama-qarshidir. Chunki O.Y. Shmidt Yer shari aslida sovuq bo‘lgan, so‗ngra uning yadrosidagi radioaktiv moddalarning parchalanishi tufayli juda katta energiya vujudga kelib, jinslarni elastik holga keltirgan deb hisoblaydi.
Vegener gipotezasi materiklarning siljishi yoki surilishi gipotezasi ham deyiladi. Bu gipotezaga ko‗ra Yer po‗stining ustki qismini silikat va aluminiy kabi yengil jinslardan iborat Sial (sial) qavat qoplab olgan. Uning ostki qismi esa og‗irroq silikat va magniy Sima (sima) qavatidan iborat. Yer po‗stining nisbatan yengil Sial qavati og‗irroq qatlami (Sima) ustida ,,suzib― (siljib) yurgan. Dastlabki vaqtlarda butun Yer shari qatlamining ustki qismi yoppasiga suv bilan qoplangan edi. Bu davrda Yer yuzasida materiklar bo'lm agan. Yerning g‗arbdan sharqqa qarab aylanishi tufayli sial qatlam gorizontal ravishda asta-sekin ,,sirg‗ana― boshlagan. Markazdan qochish kuchi ta ‘sirida Yer po‗stida yoriqlar vujudga kelib, tobora kengaya borgan, oqibatda b a‘zi yerlarda (hozirgi Tinch okeani o‗rnida) Yer p o‗stining sim a qatlam i ochilib qolgan va okean chuqurlashgan.
jadval. Materiklar haqida umumiy ma‘lumotlar.
Materiklar
|
Maydoni.
mln. km2
|
Dengiz
|
sathidan
|
balandliklari, m
|
orollarsiz
|
Orollar
bilan
|
o'rtacha
|
eng baland joyi
|
eng past joyi
|
Yevrosiyo
|
53,44
|
56,19
|
+ 840
|
+8848
Jomolungma (Everest cho'qqisi)
|
405 O‗lik dengiz yuzasi
|
Afrika
|
29,22
|
30,32
|
+ 650
|
+5895 Kilimanjaro
vulkan konusi
|
153 Assal ko‗li
yuzasi
|
Shimoliy
Amerika
|
20,36
|
24,25
|
+ 720
|
+ 6193 M ak-Kinli
cho‗qqisi
|
86 Ajal vodiysi
|
Janubiy
Amerika
|
18,13
|
18,28
|
+ 580
|
+ 6960 Akonkagua
cho'qqisi
|
42
SalinosChikas
|
Avstraliya
|
7,56
|
8,89
|
+ 215
|
+2230 Kossyushko
cho‗qqisi
|
16 Eyr ko‗li
yuzasi
|
Antarktida
|
12,40
|
13,08
|
+ 410 muzsiz
va +2040 muzli
|
+5140 Vinson
massivi
|
2555 Bentli
botig‗i
|
Aksincha, Yer po‗stining sial qatlamida yerning burmalanishi takrorlanavergan va bundan 22:5 mln. yil burun hozirgi Eski Dunyo o‗rnida yaxlit Pangeya degan quruqlik vujudga kelgan. So‗ngra bu yaxlit quruqlik yorilib, parchalanib va siljib hozirgi m ateriklarni hosil qilgan. Materiklarning surilishi hozir ham davom etmoqda. Chunonchi, Grenlandiya har yili Yevropadan 20 sm, Arabiston yarim oroli — Afrikadan 3 sm uzoqlashib borm oqda. Pangeya quruqligi bundan 180 mln yil ilgari ikkita m aterikka — Lavraziya va G ondvana deb atalgan
superkontinentga bo‗lingan. So‗ngra Lavraziyadan Shim oliy yarim shardagi Shimoliy Am erika, G renlandiya, Yevrosiyo ajralib chiqqan. Gondvana materigidan esa Janubiy yarimshardagi Janubiy Amerika, Afrika, Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib chiqqan. Oqibat-natijada suv havzalari materiklar orqali alohida okeanlar sifatida shakllangan va hozirgi okeanlar vujudga kelgan.
Amerikalik olimlar materiklarni bir-biriga tutashib, jipslashganligini elektron hisoblash m ashinasida tekshirib ko‗rdilar. Olingan ma‘lumotlarga ko‗ra materiklar umumiy qirg‗oq chizig‗ining 93 foizi birbiriga to‗g‗ri kelib, jipslashib tutashgan. Ayniqsa, Afrika bilan Janubiy Amerika, Antarktida bilan Afrika qirg‗oqlari yaxshi tutashgan. A.Vegener nazariyasini yanada rivojlantirish negizida hozirda materiklarning paydo bo‗lishi haqida yangi gipoteza ,,litosfera plitalar tektonikasi" yoki „plitalar tektonikasi" yaratildi. Bu gipotezaga ko‗ra litosfera bir necha plitalardan — Yevrosiyo, Afrika, Xitoy, G‗arbiy Atlantika (Shimoliy va Janubiy Amerika), Antarktida va Tinch okean plitalaridan iborat bo‗lib, ular vulkonlar va yer qim irlashlar zonasi hisoblangan, yoriqlar orqali ajralib turadi.
Shunday yoriqlardan biri Atlantika okeani markazidagi O‗rta suv osti tizmasiga to‗g‗ri keladi. Ma‘lumki, Yer po‗stining okean tipi materik tipiga nisbatan yosh (100 — 150 mln yil) bo‗lib, ancha yupqa. Plitalar tektonikasi gipotezasiga ko‗ra yosh okean tipli Yer po‗sti plitalar orasidagi yoriq zonalar (Atlantika okeanidagi O‗rta okean tizmasi) bo‗ylab astenosfera (yuqori mantiya) dan chiqayotgan moddalar negizida yangilanib, kengayib turadi. Bu jarayonlar astenosferadagi moddalarning konvektiv harakatlari natijasida sodirbo‗lib, ular ta‘sirida keksa (qadimiy) kontinental jinsli plita va materiklar siljib (surilib) Yer po‗sti tagiga — astenosferaga cho‗kadi. Mantiya moddalarning cho‗kayotgan qismlariga Yer po‗stining siqilayotgan maydonlari (tektonik va vulkanli harakatlar maxjud bo‗lgan, seysmik hududlari) to‗g‗ri keladi. Aksincha, yoriq zonalar orqali
astenosferadan yuqoriga ko‗tarilayotgan moddalar hisobiga plitalar kengayib (to‗ldirilib) turiladi. Plitalarning siljish tezligi (kosmik yo‗ldoshlar yordamida olingan ma‘lumotlarga ko‗ra) uncha katta emas: Tinch okean plitasi shimol, shimoli-g‗arbga qarab yiliga 5 sm tezlikda siljimoqda. Boshqa plitalarning siljish tezligi ham Tinch okean plitasi siljish tezligiga yaqin. Sayyoramiz plitalari (palaxsalari) va quruqlikning siljib, bir-biridan uzoqlashishi so‗nggi bir million yil davom ida quyidagicha bo‗lgan:
Grenlandiya oroli Yevropadan 17— 22 km uzoqlashgan, Shimoliy Amerika bilan Yevropaning teskari tomonlarga qilgan siljishi (harakati) oqibatida ular orasidagi Atlantika okeani 25 — 75 km kengaygan. Afrika bilan Janubiy Amerika bir-biridan 40 km, Afrika Antarktidadan 16 km, Avstraliya esa Antarktidadan 70 — 75 km uzoqlashgan. Materiklarni siljishi borasida Beruniy
,,Geodeziya― , ,,Hindiston― asarlarida A. Vegenerdan 890 yil aw al bashorat qilib, quyidagi fikrni aytgan: „ Ehtimol sharsimon Yerning qismlarga bo‘linib, asosiy quruqlikdan ajralishining sababi ular orasidagi chuqur botiqlar paydo bofganligi, bu botiqlarga okean suvlari kirib kelganligidir.
Shunday qilib, plitalar tektonikasi nazariyasiga ko‗ra plita va materiklarning vujudga kelishi va ulaming ―halokati―, ya‘ni astenosferaga siljib cho‗kib, qaytib ketishi Yerning butun geologik rivojlanish tarixi jarayonida yuz bergan. Bu jarayonni vujudga keltiruvchi asosiy manba, mantiyadagi jismlaming konvektiv harakatidir. Bunda litosferaning spreding zonasida Yer po‗sti yangilansa, aksincha, subduksiya zonasida Yer po‗sti astenosferaga siljib, cho‗kib (yutilib), so‗ngra erib ketadi. Yer yuzasini o‗zgartiruvchi asosiy kuchlar. Yer yuzasi relyefining shakllanishida unga ichki va tashqi dinamik jarayonlarning ahamiyati katta. Yerning ichki energiyasi ta‘sirida vujudga keladigan tektonik harakatlar bilan bog‗liq bo‗lgan tog‗ hosil bo‗lishi, vulkanlami otilishi, zilzilalami sodir bo‗lishi kabilar Yerning ichki dinamik jarayoni yoki ichki kuchlar, yoki endogen kuchlar deya yuritiladi. Aksincha, relyefning shakllanishiga ta‘sir etuvchi
— atmosfera, gidrosfera va shu kabi omillarni bir nom bilan Yerning tashqi dinamik jarayonlari yoki tashqi kuchlar, yoki ekzogen kuchlar deb yuritiladi.
Yer yuzasi relyefini shakllantiruvchi bu ikki (endogen va ekzogen) kuch bir-biriga qarama-qarshi bo‗lsada, lekin ular doimo aloqada bo‗ladi. Chunki Yeming endogen kuch ta‘sirida gorizontal holda yotgan jinslar burm alanib, tog‗ tizim larini, botiqlarni, yer yoriqlarini hosil qilsa, aksincha, ekzogen kuchlar ta‘sirida o‗sha tog‘ tizimlari yemiriladi, yassilanadi, tekislanadi, nuragan jinslar esa botiqlarga olib kelib yotqiziladi.
Oqibatda baland tog‗lar o‘rmida yassi tog‗lar, botiqlar o‘rnida tekisliklar vujudga keladi. Agar Yerning ichki dinam ik jarayoni bo‘lmaganda edi, u taqdirda tashqi kuchlar ta‘sirida Yer yuzasi yemirilib (nurab), oqibatda sayyoramiz yuzasi yassilanib qolgan bo‗lar edi. Yer yuzasini o‗zgartuvchi ichki kuchlar — Yeming ichki qismidagi o‗ta qizigan, suyuq, plastik holdagi modda — magmaning yuqoriga ko‘tarilishi natijasida kuchli bosim va energiya vujudga kelib, Yer po‘stida har xil harakatlarni keltirib chiqaradi. Bu harakatlar tektonik harakatlar, magmatik metomorfizm ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Yer yuzi relyefining o‗zgarishida eng muhim vazifani tektonik jarayonlar bajaradi. Tektonik harakatlar natijasida gorizontal holda yotgan jinslar burmalanib, tog‘iar hosil bo‗ladi, yer yoriqlari vujudga keladi, ba‘zi joylar cho‗kadi, oqibat-natijada relyefning turli shakllari — tog‗lar, tekisliklar, botiqlar vujudga keladi. Tektonik jarayon o‗z ichiga uchta harakatni:
Yer po‗stining burmali harakatini, Yer po‗stining tebranma harakatini va Yer po‗stining uzilma (yorilma) harakatlarini oladi. Yer po‗stining burm ali harakati tufayli Yerning ichki qism ida vujudga kelgan g‗oyat zo‘r kuchga ega bo‘lgan bosim ta‘sirida gorizontal holda yotgan jinslar egilib, bukilib, burm alanadi va tog‗ tizmalari, ular orasida esa botiqlar vujudga keladi. Yer yuzidagi asosiy tog‗lar — Himolay, Hindikush, Pom ir, Tyanshan, Kavkaz, Alp, And kabi tog‘liar burmali tektonik jarayon ta‘sirida vujudga kelgan. Yer yuzasi relyefining
shakllanishida Yer po‗stining tebranma harakati ham ishtirok etadi. Yer po‘stining tebranma harakati (yiliga 10 mm atrofida) deganda asrlar davomida uning ma‘lum qismining ko‗tarilishi yoki pasayishini tushunamiz. Yerning tebranma harakati musbat bo‘lsa, suv chekinib, dengiz qayirlari vujudga keladi, aksincha, manfiy bo‘lsa, unda dengiz qirg‗og‗i pasayib, suv bosadi: Finlyandiya qirg‗oqlaridan tebranm a harakat tufayli dengiz suvi chekinib, so‗nggi 100 yilda 700 km 2 yer quruqlikka aylangan bo‘lsa , XVII asrda orol hisoblangan Kanin hozir yarim orol holiga kelgan.
Aksincha, Niderlandiya hududini pasayishi tufayli uning 40 foiz qismi dengiz sathidan pastda joylashgan. Shu sababli dengizni suv bosib ketmasligi uchun u yerlarga 1600 km uzunlikda dam ba qurilgan. Yer po‗stining uzilmali harakati ham kuchli bosim ta‘sirida sodir b o lib , yer yoriqlarini vujudga keltiradi. O‗sha yoriqlarda yer o‗pirilib tushadi. Oqibatda uzilma hosil bo‘ladi. O‗sha o‗pirilgan joy yonidagi yer esa avvalgi holatini saqlab qoladi, uni gorst deb ataladi. Ular palaxsali toglarga tipik misoldir. Ba‘zan Yer yuzasining uzilib tushgan qismi ko‗tarilgan ikki joy orasida boladi, bunday chuqurlik graben deb ataladi. Ba‘zan o‗sha ch o‗kkan grabenda suv to‘lib, ko'llar hosil b‘o‘ladi: Baykal, Issiqko‗1, Zaysan ko‘llari. Yuqorida qayd qilingan tektonik jarayonlar ta‘sirida Yer po‗stining ko‗tarilgan qismi uzoq geologik davrlarda pasayishi, aksincha, cho‗kkan yerlar esa qayta kolarilishi oqibatida Yer yuzasining materik qismida asosiy geologik strukturalar — geosinklinal va platformalar shakllangan. Geosinklinal — Yer po‗stining tektonik jihatdan harakatchan va o‗zgaruvchan qismi bo‘lib, baland tog‘lar, chuqur botiqlar, yer yoriqlari mavjud. Bunday hududlarda yosh burmali baland tog‘lar, vulkan o‗choqlari, zilzila (seysmik) markazlari joylashgan.
Geosinklinal hududlari uzoq vaqt davom etgan geologik davrlarda turli omillar (ekzogen kuchlar) ta‘sirida yemirilib, yassilanib, pasayib boradi, ustini esa cho‗kindi jinslar qoplab oladi va oqibatda platformaga aylanadi. Platforma geosinklinal o‗rnida tektonik harakatning zaiflashishi natijasida uzoq geologik
davrlarda uning yassilanib qolishi tufayli vujudga keladi. Natijada platforma zamini qadimgi burmalangan kristalli jinslardan tashkil topgan bolib, uning ustini gorizontal yotgan cho‗kindi jinslar qoplab olgan. Shu sababli platforma relyefi Rossiya, G‗arbiy Sibir, Turon kabi deyarli yassi tekisliklardan iborat. Yer po‗stining bunday o‗zgarib turishi turli geologik davrlarda sodir bo‘lgan tektonik jarayonlar, ya‘ni tog‗ hosil bo‘llishi bosqichlari ta‘sirida yuz bergan. Yer yuzasi relyefining shakllanishida zilzilalar ham ishtirok etadi. Zilzilalar geosinklinal hududlarida Yer po‗sti qatlam ining yorilib, uzilgan joylarida ro‗y beradi.
Yer sharida o‗rta hisobda har yili 1000000 m arta zilzila bo‘lib turadi, shundan 10 foizini kishilar sezadi, qolgan 90 foizi zilzilani yozib oladigan maxsus asbob seysmograf yordamida qayd qilinadi. Zilzilalar asosiy Tinch okeanni o‗rab olgan halqa va Yevrosiyoning janubiy qismidan olgan Alp-Kavkaz-Pomir-Himolay toglari mintaqasida bo‘lib turadi. Yer sharida sodir bo‘ladigan zilzilaning 90 foizi shu joylarda ro‗y beradi. Chunki bu hududlarda Yer po‗sti qatlamlari yosh, yer yoriqlari, uzilmalari mavjud bolib, ular siljib turadi, oqibatda zilzila ro‗y beradi. Bunday joylarni faol seysmik hududlar deb ataladi. A ksincha, qattiq jinslardan tashkil topgan qadim gi platform alarda (Rossiya tekisligi, Kanada, G‗arbiy Sibir) yer juda kam va kuchsiz qimirlaydi yoki um um an, qimirlamaydi. Bunday joylarni sust seysmik hududlar deb ataladi. Yer p o‗sti ichida silkinish ro‗y bergan joy zilzila o‗chog‗i yoki giposentr deyiladi. Uning ustida zarba eng kuchli b olgan joy episentr deb ataladi. Zilzila o‗chog‗i chuqurda bo‘lsa , uning kuchi shuncha katta hududlarga tarqaladi. Seysmik tolqinlar ikki xil — gorizontal va vertikal tolqinlar boladi.
Vertikal tolqinlar yer ustidagi buyumlami go‗yoki ostidan urgandek irg ltib yuboradi. Aksincha, gorizontal tolqinlar esa narsalarni go‗yoki beshik tebratgandek tebratadi. Zilzilalar kelib chiqishiga ko‗ra tektonik, vulkanik, tog‘ qulashlari va sun‘iy zilzilalarga bolinadi. Eng dahshatlisi tektonik va vulkanik zilzilalardir. 2004- yil dekabr oyida Indoneziyada b o lg an va 150000 dan ortiq kishilar halok b
olgan zilzila tektonik zilziladir. Zilzilaning kuchi har xil bolib , uning kuchi 12 balli shkala bilan olchanadi. Bunda eng kuchsiz zilzila 1 ball, eng kuchlisi 12 ball deb qabul qilingan. Yer yuzasi relyefining shakllanishiga ta‘sir etuvchi yana bir endogen kuch bu vulkanlardir. Yeming ichki qismidagi erigan jismlar (magma) ham da turli xil gazlarni yoriqlar orqali yer betiga otilib chiqishiga vulkanlar deyiladi.
Vulkan so‗zi O‗rta dengizda joylashgan Vulkano oroli nom idan olingan. Vulkanlar ko‗pincha konus shaklida bo‘ladi. Chunki vulkan otilgandan so‗ng uning og‗zi tevaragida vulkan ichidan chiqqan qattiq va erigan suyuq jinslar konus shaklida qotib to‗planadi. O‗sha vulkan konusining tepasidagi chuqur qismini krater deyiladi. O‗sha kraterdan erigan qaynoq jismlar — lavalar otilib chiqib, atrofga to‗planaveradi, oqibat-natijada vulkanik tog‗lar, vulkanik cho‗qqilar hosil bo‗ladi: Kavkazdagi Elbrus, Kazbek, Ararat; Kamchatka yarimorolidagi Klyuchi Sopkasi; Gavay orolidagi Mauna-Loa; Afrikadagi Kilim anjaro, Italiyadagi Etna va boshqa tog‗ ch o‗qqilari. Dunyo okeanlarining yosh suv osti toglari va yer yoriqlari mavjud b o‗lgan qism larida ham vulkanlar otilib, lavalarning to‗planishi oqibatida orollar hosil boiadi. Bunga Tinch okeanidagi Gavayi, M arshal orollari yaqqol misoldir (26- rasmga qarang). Yer sharida 1000 ga yaqin otilib turadigan harakatdagi vulkan mavjud, so‗ngan vulkanlar esa undan bir necha marta ko‗p. To‗xtovsiz yoki ahyon-ahyonda otilib turadigan vulkanlar so‗nmagan (harakatdagi), tarixiy davrlar m obaynida otilm agan vulkanlar esa so‗ngan (o‗chgan) vulkanlar deb yuritiladi. Lekin soitg an vulkanlar m aiu m vaqtdan so‗ng otilishi ham m umkin.
Yer sharidagi so‗nm agan (harakatdagi) vulkanlar ham zilzilalar singari, Yer po‗stining harakatchan va yer yoriqlari sodir bolgan joylarda uchraydi. Buning sababi shundaki, Yerning ichki qismidagi o‗ta qizigan eritm adan iborat magma kuchli bosim tazyiqi ostida yer yoriqlari orqali otilib, yer betiga chiqadi. Shu sababli Yer sharidagi harakatdagi vulkanlarning 80 foizi yosh, yoriqlari ko‗p, tez-
tez zilzila bo‗lib turadigan Tinch okeani halqasida to‗plangan. Yer yuzasini o‗zgartiruvchi tashqi kuchlar yoki ekzogen jarayonlar. Ekzogen jarayon Yer yuzasida sodir b o‗lib, o‗z ichiga iqlim unsurlari (harorat, shamol, yog‗in), yer usti va yer osti suvlari, muzliklar, okean va dengiz suvlari harakatlarini hamda tirik organizm faoliyatini oladi.
Harorat, suv, o‗simlik va m ikroorganizm lar ta ‘sirida Yer yuzasidagi tog‗ jinslarining yemirilib, uvalanishi hamda kimyoviy tarkibining o‗zgarish jarayonini nurash deb yuritiladi. Nurash jarayoni o‗z xususiyatiga ko‗ra fizik, kimyoviy va organik turga b o‗linadi. Fizik nurash — asosan, haroratning o‗zgarib turishi oqibatida vujudga keladi. Haroratning kecha-kunduzda o‗zgarib turishi natijasida tog‗jinslari uvalanib, yemiriladi. Chunki kunduzi haroratning yuqoriligi tufayli tog‗jinslari qisman bo‗lsa-da, kengayadi, aksincha, kechqurun sovuqdan torayadi, natijada (jinslarning tarkibi, rangi har xil boiganligidan) turli xil yoriqlar vujudga keladi. Bu yoriqlar astasekin kengayib, tog‗ jinslari uvalanib, yemirilaveradi. Shu tufayli tog‗larning quyoshga qaragan yonbag‗rida fizik nurash (shimoliy yonbag‗riga nisbatan) kuchli bo‗lib, qurumlar ko‗p tarqalgan. Haroratning ta‘siri tufayli tog‗ jinslarining uvalanib, yemirilishi cho‘llarda ham mavjud. Chunki ch o‗llarda (Qizilqumda) kunduzi havo isib (soyada + 50°, oftobda + 70, + 80° gacha), kechasi esa soviydi (tuproq harorati yozda + 10°C ga tushib qoladi), oqibatda jinslar yemirilib, shamol ta‘sirida birjoydan ikkinchi joyga ko‗chadi. Fizik nurashda haroratdan tashqari suv ham ishtirok etadi. Suv yoriqlarga kirib m uzlab, hajmi 11 marotaba kengayib, jinslarni yemirilishiga sabab bo‗ladi. Bunday fizik nurash turini sovuqdan nurash deyiladi. Sovuqdan nurash, ayniqsa, qutbiy hududlarda keng tarqalgan.
Fizik nurashda jinslar m aydalanadi, b o‗laklanadi va b irjoydan boshqa joylarga ko‗chadi, lekin ulaming kimyoviy tarkibi o‗zgarmaydi. Kimyoviy nurashning asosiy omillari suv, kislorod va karbonat angidrid hisoblanib, ulam ing ta ‘sirida tog‗ jinslari m aydalanadi va hatto m inerologik tarkibi ham o‗zgaradi.
Chunki suv erituvchanlik xususiyatiga ega. Masalan, kislorod va suv ta ‘sirida ba‘zi jinslar o‗z xususiyatini obzgartirishi mumkin. Chunonchi, pirit limonitga, angidrid gipsga aylanadi. Ba‘zi jinslar, xususan, ohak, gips, tuz suvda tez erib, har xil karst bo‗shliqlarini, g‗orlarni hosil qilishi m um kin. Organik nurash tufayli tog‗ jinslari yemiriladi, yangi jinslar vujudga keladi. Tog‗jinslari, ayniqsa, mikroorganizmlar (bakteriya, zamburug‗lar, viruslar, kemiruvchilar va boshq.)ning ishi tufayli ko‗proq yemiriladi.
Organik moddalarning parchalanishidan kislotalar, efirlar, azot birikm alari, nitrat kislotasi vujudga keladi. Ular, o‗z navbatida, tog‗ jinslariga ta‘sir etib, ularning tarkibini o‗zgartirib, nurashiga sabab bo‘ladi. Mikroorganizmlar va o‗simliklar ba‘zi jinslarni, xususan, torfni hosil bo‗lishida ishtirok etadi. Tog‗ jinslarining nurashida tuproqda yashovchi yum ronqoziq, kalamush, qo‗shoyoq, sichqon va boshqa jonivorlar ham ishtirok etadi. So‗nggi vaqtlarda tog‗ jinslarining parchalanishida kishilarning xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlar (shaxta, karyer, kanal, to‗g‗on, suv om borlari)ning ta‘siri ham kuchayib borm oqda. Shamolning ishi. Shamol tog‗ jinslarini yem iradi, uchiradi va m a‘lum joyga olib borib yotqizadi. Shamol ta‘sirida vujudga kelgan yum shoq jinslar yo‘l yotqiziqlar, sham olning faoliyati esa yo‘l jarayon deb yuritiladi.
|