Resurslardan




Download 238,4 Kb.
bet3/9
Sana20.05.2024
Hajmi238,4 Kb.
#246266
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Asanova Manzura kurs ishi matni (2)

1.1. Vegener gipotezasi
Materik va okean yer po‗stlari bir-biridan tog‗ jinslarining turlari, qatlamlari, qalinligi va yoshiga ko‗ra farq qiladi. Bunday farqlami tushuntirish uchun bir qancha gipotezalar mavjud:

  1. Yerning kattalashayotgani, 1933-yil nemis olimi Otto Xilgenberg bu gipotezani olg‗a surgan.

  2. Vegeneming materiklaming gorizontal siljishi gipotezasi, 1912-yil.

  3. Yer po‗sti bilan mantiya oralig‗ida modda va energiyaning aylanma harakati gipotezasi. Dunyo xaritasi yoki globusga nazar tashlaydigan boisak, darhol Afrika va Janubiy Amerika bir-biriga o‗xshashligini sezamiz. Dastlab Y.Bixanov (1877) tomonidan aytilib, nemis geofizigi A.Vegener (1912) to‗liq ishlab chiqqan bu gipoteza materiklaming gorizontal siljishi gipotezasidir. Bu gipotezaga ko‗ra granit yer po‗sti yuqori paleozoyga qadar, ya‘ni bundan 200 mln yil oldin Pangeya materigi hosil bo‗lgan. Pangeya so‗zi yunoncha so‗z bo'Iib,

―qadimgi quruqlik‖ degan ma‘noni bildiradi. U materik Eski dunyo o‗mida bo‗lgan. Mezozoyda bu materik parchalangan va uning palaxsalari - materiklar siljiy (suza) boshlagan.
Birinchi palaxsa ajralib, g‗arbga siljib ketgan - bu Janubiy Amerika, so‗ngra Afrika, keyinroq Antarktida, Avstraliya va Shimoliy Amerika ajralib chiqqan. Materiklaming harakatIanishi gipotezasining keyinroq ishlab chiqilgan variantida qadimgi vaqtda ikkita ulkan materik - Lavraziya bilan Gondvana bo‗lgan deyiladi. Lavraziyadan Shimoliy Amerika (uning platformadan iborat qismini Lavrentiy qumqligi deb ataladi) va Yevrosiyo hosil bo‗lgan. Bundan 180 mln yil oldin Gondvanadan Janubiy Amerika, Afrika, Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib chiqqan. Shimoliy materiklar bilan janubiy materiklaming o'ziga xos xususiyatlariga ega ekanligiga Ular-ning ikkita kontinentdan vujudga kelganligi sabab qilib ko‗rsatiladi.


    1. rasm. Vegener gipotezasi.

Yer po‗sti va uning yuza qismidagi barcha o‗zgarishlarga sababchi boigan ikkita qudratli kuch bor. Ularga endogen va ekzogen kuchlar yoki jarayonlar deb nom berilgan. Birinchisining harakatga keltiruvchi manbai Yerning ichki energiyasi boisa, ikkinchisiniki tashqi energiya - Quyosh energiyasidir. Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega boisa, ekzogen kuchlar ―barbod etuvchi‖ vazifasini bajaradi. Masalan, endogen kuchlar Yer yuzasining barcha notekisliklarini bunyod etsa, ekzogen kuchlar ulami tekislab yuborish bilan band boiadi.
Ekzogen (yunoncha - exo - tashki, genos - kelib chiqish, paydo boiish) jarayonlar Yer yuzasida sodir boiadigan tabiiy hodisalar boiib, ulami harakatga keltiruvchi manba Quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan o‗zaro ta‘siri natijasida sodir boiadigan tabiiy hodisadir. Ekzogen jarayonlar asosan Yer po‗stining yuza
qismini o‗zgartiradi. Barcha ekzogen jarayonlar o‗z mohiyatiga ko‗ra tog‗ jinslarini yemiradi (nurash, eroziya, denudatsiya, abraziya, ekzoratsiya), yemirilgan jinslarni tashiydi (transportirovka) va to‗playdi (akkumulyatsiya).






    1. Download 238,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 238,4 Kb.