• XULOSA
  • Resurslardan




    Download 238,4 Kb.
    bet7/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi238,4 Kb.
    #246266
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Asanova Manzura kurs ishi matni (2)

    Vegenerning materiklar nazariyasida yer osti suvlarini xarakati

    Suvning paydo bo‗lishi suv qobig‗ining (gidrosferaning) vujudga kelishi va yerning paydo bo‗lishi, uning geologik rivojlanishi bilan uzviy bog‗liqdir. Yerning paydo bo‗lishi haqida tadqiqotlar olib borayotgan olimlar shuni ta‘kidlaydilarki, gaz va changlardan iborat sayyorasimon bulutlar sayyoralarning paydo bo‗lishida asosiy man‘ba bo‗lgan. Ba‘zi olimlar (V.Goldshimidt, G.Djeffris, V.G.Fesenkov va boshqalar) bunday katta sayyorasimon bulutlar o‗ta qizigan deyishsa boshqalari (V.I.Vernadskiy, O.Yu.Shmid, R.Rubi, A.P.Vinogradov va boshqalar) bulutlar sovuq holda bo‗lgan deyishadi. Yerning dastlabki olovli-suyuq holatda ekanligi


    to‗g‗risidagi g‗oyani talqin qilgan olimlar shuni ta‘kidlashadiki yer birlamchi zich holda bo‗lib, suv bug‗lari bilan to‗yingan atmosferaga ega bo‗lgan va bug‗lar pastki kritik haroratgacha sovuganda okeanlardagi suvning anchagina qismi hosil bo‗lgan. Uzoq davom etgan yerning geologik rivojlanish tarixi jarayonida okeanlardagi suvning hajmini ko‗payishi vulqonlar faoliyati bilan bog‗liq holda ro‗y bergan.
    Yer qobig‗i va suv qobig‗ining paydo bo‗lishi 1 mlrd yil davom etgan. A.P.Vinogradov yerning issiq eritmadan hosil bo‗lgan degan nariyaga qarshi chiqqan. Agar issiq magma holidagi turgan yer og‗ir atmosfera bilan o‗rab olingan bo‗lsa, unda suv bug‗lari millionlab paskal bosim paydo qilgan bo‗lar edi degan. HCℓ, HF va ayniqsa SO2 kabi gazlar millionlab paskalli porsial bosim paydo qilgan bo‗lar edi. Bunday sharoitda erdagi tog‗ jinslar juda ko‗p miqdordagi suvni va boshqa uchuvchan gazlarni o‗ziga singdirib olib, mantiya jinslarida esa hozirdagidan ko‗proq suv bo‗lishi mumkin edi (effuziv tog‗ jinslarida odatda suv 1%dan ham kam). Buning natijasida hozirgi birlamchi atmosferada Ne, He, Ar, Kr, Xe, H2 kabi kosmik inert gazlarni ko‗p saqlashi lozim edi.Ammo, hozirgi atmosferada neytral og‗ir gazlar juda kam saqlangan. Qadimgi tog‗ jinslari va uning tuzilishida erning olovli suyuq holati haqida hech qanday izlar ham qolgan emas. Ko‗pgina olimlar (V.Sokolov 1966y., V.A.Saukov 1975; Meyson 1971; V.F.Derpgold 1971; A.I.Tugarinov 1973 va boshqalar) atmosfera va yerdagi suv qobig‗ining vujudga kelishi haqidagi A.P.Vinogradov 1959 yilda bildirgan fikrini tasdiqlaganlar.
    Shuningdek yerning suv qobig‗i to‗g‗risidagi boshqa nazariyalar ham mavjud. A.P.Vinogradov fikricha erning birlamchi tarkibi tosh yoki temir-tosh meteoritlarga o‗xshash bo‗lib, unda o‗rtacha 0,5-1 % suv mavjud bo‗lgan. Yerning dastlabki shakllanish bosqichida (4,7 mlrd yil oldin) yerning sovuq xoldagi massasi qizigan. Bunga asosiy sabab elementlarning adiabatik qisilishi va radiaktiv elementlarning parchalanishi natijasi hisoblanadi. Erning dastlabki rivojlanish
    tarixida radiaktiv parchalanishdan hosil bo‗lgan energiya hozirgidan 8-9 marta ko‗p bo‗lgan. 2. Yerning qizishi natijasida uning qobig‗ida bir tomonlama yo‗naltirilgan qobiqlarga bo‗linish, erish (suyulish) jarayoni ro‗y bergan. A.V.Vinogradov tajribada mintaqaviy erish jarayonini amalga oshirgan. Yer hech qachon to‗liq erimagan, chunki yerning mantiyasini erish va gazsizlanish jarayoni bir xilda bo‗lmagan va yerning ustki qismiga engil va tez eriydigan moddalar chiqqan (suv va erigan gazlar tarkibida bo‗lgan bazaltli magmalar chiqqan). Bu jarayonni bir xilda bo‗lmaganligini sababi, yerning umumiy tektonik xususiyatlariga bog‗liq holda ro‗y bergan.
    Yer qobig‗idagi engil uchuvchan moddalarning taqsimlanishiga asoslanib A.P.Vinogradov shunday xulosaga keldiki faqat mantiya engil uchuvchan komponentlarni yer yuziga etarli miqdorda etkazib bergan. Na litosferaning cho‗kindi jinslari, na yerning qobig‗i umuman suvning asosiy man‘basi bo‗lgan chunki litosferaning massasi 2,4•1025g ga teng. Uzoq o‗tmishda yerning rivojlanish tarixida va uning ustki qismida uncha ko‗p bo‗lmagan suyuq suv bo‗lgan. So‗ngra hajmi katta bo‗lmagan suv havzalari kengayib borib, hozirgi o‗lchamlari va chegaralari hosil bo‗lgan. Tuz massasi hosil bo‗lishini A.P.Vinogradov 3 bosqichga bo‗lgan: biosfera bo‗lmagan (quyi arxey) birlamchi; biosfera paydo bo‗layotgan davr (arxeyning oxiri, paleozoy) va zamonaviy okean (poleozoydan hozirgi kungacha). Gidrosfera va atmosferaning hosil bo‗lishi mantiya mahsulotining suyulishi va gazsizlanishi natijasidir. Qadimgi okeanning tuz massalari paydo bo‗lishiga vulqonlarning gazsizlangan nordon modalarini va suvni ta‘siri asosiy sabab bo‗lgan. Okeandagi tuzlarning anion qismi vulqonlarning gazsizlanishidan, kation qismi esa tog‗ jinslarining nurashi va yemirilishidan hosil bo‗lgan.
    Ushbu aytilgan nazariyani tushunishda shuni e‘tiborga olish kerakki, hozirgi zamon okean tublarida (Atlantik, Tinch) faoliyati tugagan vulqonlarning ko‗p konuslari saqlanib qolganligi dalil hisoblanadi. Birlamchi atmosferaga
    (tarkibida kislorod bo‗lmagan davrida) quyidagi moddalar kira boshlagan: H2O, CH4, NH3, CO2, CO, S, H2S, H3BO3, HCl, HBr, HF (ehtimol shuningdek Se, Te, As). Yerning boshlang‗ich davrida uning suv qobig‗idagi suvlari nordon bo‗lgan, chunki bug‗larning kondensatsiya jarayonida suv bug‗lari va gazlarga HCl, HF va boshqalar birga qo‗shilib kelgan. Suvning vulqonlar orqali olib chiqilishi jarayonida H2O bilan birga proporsional ravishda nordon tutunlar ham chiqib turgan.
    Uglerodning barcha yuqorida keltirilgan birikmalari asosiy manbasi bazalt va boshqa jinslarda ko‗p tarqalgani grafit hisoblanadi.O‗sha, ilk davrlarda atmosferada kislorod ham yo‗q edi, faqat uning oz miqdori atmosferaning yuqori qatlamlarida mavjud bo‗lib, u ham suv bug‗larining quyoshning ultrabinafsha nurlari ta‘sirida parchalanib toza kislorod hamda vodorodga ajralgan. O‗sha vaqtda okean suvida kaliydan ko‗ra natriy ko‗proq bo‗lib, CaCO3 moddasiga to‗yingan bo‗lgan. Atmosfera va okeandagi yirik o‗zgarishlar katarxey va arxey eralari chegarasida bo‗lgan (3,5·109 yil ilgari). Atmosferadagi bu o‗zgarishlarga sabab, tog‗ jinslarda karbonatli organik moddalar, biogenetik karbonatlar, oksidlangan temir moddasi, qadimiy cho‗kindi jinslarda oddiy organik qoldiqlar (2,0-2,7·109 yil ilgari). Atmosferaning yer yuzasidagi va okeandagi o‗zgarishlarning mohiyati qayta tiklanish va oksidlanish sharoitlarini doimiy almashinib turishidan iborat. Kislorod paydo bo‗lishining asosiy yagona manbai H2O va CO2 larning atmosferaning yuqori qismidagi fotoximik reaksiyalar natijasidir. Kislorodning yer atmosferasida ilk davrdagi miqdori hozirgi zamon bilan solishtirganda 0,1% bo‗lgan, azotning tarkibi esa juda kam bo‗lgan. Uglerod esa H2O, CO2,CO ko‗rinishda edi.
    Kislorod atmosferada juda kam bo‗lganligi sababli u faqat oksidlashga ko‗p ketar edi. Shu sababli azon ekrani shakllanmas edi. Shu sharoitda yer etarli ravishda quyoshning kosmik va ultrafiolet radiatsiyasiga duchor bo‗lar edi. CH4, NH3, CO2, H2O, H2, H2S va boshqa aralashmalar, ulkan okean yuzasida turli xil
    murakkab uglevodorodning oddiy birikmalarini hosil qilar edi. Ushbu birikmalar yig‗indisi natijasida suvning ma‘lum chuqurligida oddiy organizmlar rivojlanishiga sharoit paydo bo‗lgan. Kontinentlarda hali hayot bo‗lmagan, bunga asosiy sabab azon qatlamining o‗sha kezlarda yo‗qligidir. A.P.Vinogradov fikricha, okean suvlarida murakkab organik birikmalarning keyinroq oddiy organizmlar paydo bo‗lishi, okean suvlari tarkibida va bo‗layotgan jarayonlarda keskin o‗zgarishga sabab bo‗ladi. Organik moddalarning paydo bo‗lishi geologik jarayonni o‗zgartiradi, suv tubida cho‗kindilar va tuzlar massasining hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi.
    Organik moddalarning paydo bo‗lishi, so‗ngra anaerob-hayoti va arxeyda okean suvlari tarkibida va reaksiyalarda katta o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. Bu H2O da oddiy organizmlar hayoti boshlanganligi va erkin kislarodning paydo bo‗lishidan dalolat beradi. Natijada atmosferada muvozanat o‗zgaradi va yangi oksidlangan biosfera va hozirgi azot-kislorodli atmosfera paydo bo‗la boshladi. Mantiya mahsulotlarini gazsizlanishi: NH3, CH4, SO, S va boshqalar oksidlanadi. NH3 oksidlanganligi tufayli erkin azot paydo bo‗ldi. Atmosferada fotosintetik kislorodning 3O2 + 4NH3 → 2N2 + 6H2O to‗planishi azon ekranining paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi, bu esa yerda hayotning rivojlanishiga olib keladi. Sayyorada katta havo qobig‗ining paydo bo‗lishi natijasida organik birikmalarning murakkab radiogen va fotosintez jarayonini to‗xtatilishiga olib keldi. CO, CH4 va boshqa birikmalarni oksidlanishi natijasida CO2 atmosferada va okean suvlarida ko‗paydi.
    3O2 + 2CH4 → 2CO2 + 4H2O

    Bu esa (erta paleozoyda) biokarbonat va karbonat muvozanatini hosil qildi va okeanni barqaror bo‗lishiga olib keldi. Taxminan paleozoyning boshlarida S, H2S, SO2 ning sulfatgacha oksidlanishi, okean suv eritmasi tarkibini o‗zgartirdi, natijada okeandagi suvning asosan xlorid sulfatli bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Quruqlikda hayot paydo bo‗lishi bilan nurash jarayoni o‗zgardi. CO2 kislotasi


    ta‘siri ostida, nurash jarayoni faollashdi va biosfera yer sharining dinamik qobig‗iga aylandi. O‗simliklarning fotosintezi natijasida atmosferadagi kislorod hozirgi davrda 2000-3000 yilda CO2 esa 350-500 yilda, okeandagi barcha suvlar fotosintez, o‗simliklar bilan bir necha milion yilda yangilanmoqda. Yerda hayotning paydo bo‗lishi, zamonaviy atmosferaning paydo bo‗lishi, yer qobig‗ining nisbatan barqaror platformali va geosinklinal mintaqalarga ajralishi bundan 3,0-2,5 mlrd yillar oldin chuchuk suvning paydo bo‗lishiga va yer sharida katta suv aylanma harakatiga sabab bo‗ldi.
    Shunday qilib ko‗p tadqiqotchilarning fikricha, yerdagi suv qobiq faqat mantiya moddalarining gazsizlanishi natijasida paydo bo‗lgan. Yerning dastlabki rivojlanishi jarayonida suv qobiq suvning tarkibi va miqdori (hajmi) bo‗yicha murakkab evolyusiya bosqichlaridan o‗tgan. Hozirgi okeanda suv tarkibining o‗zgarmaganligi poleozoyning dastlabki davrlaridan beri deb hisoblanadi. Yer sharidagi suvning katta aylanma harakatining boshlanishida okeanlardagi sho‗r suvlarni va yer osti suvlarning hosil bo‗lishida atmosferadagi chuchuk suvlar (bug‗ ko‗rinishidagi suvlar) ishtirok etadi va ahamiyati katta. Qit‘alarning geologik rivojlanishi jarayonida ularning tarkibi keskin o‗zgaradi, buning sababi tog‗ jinslari bilan suvni, gazlarni, organik qoldiqlarni va tirik organizmlarning turli harorat va bosimlarda o‗zoro ta‘siridir. Keyingi vaqtlarda yerning suv qobig‗ini hosil bo‗lishi haqidagi fikrlarga tabiiy suvlarning izotop tarkibi haqidagi ma‘lumotlar ham jalb qilinmoqda.
    Okean suvlarining tog‗ jinslarini va boshqa tabiiy man‘balarning izotop tarkibini umumlashtirgan holda tahlil qilgan V.I.Ferronskiy ―sovuq‖ dan boshlanganligini va yerdagi suvlar gazsizlangan mantiya hisobiga hosil bo‗lganligi haqidagi nazariyaga qarshi chiqdi. U erning suv qobig‗i paydo bo‗lishi haqida o‗z nazariyasini yaratdi. Butun dunyo olimlari hozirgi kungacha suvning va suv qobig‗ini paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi masala bo‗yicha bir xil echimga kelisha olmadilar. Yer osti suvlarining hosil bo‗lishi to‗g‗risida I.A.Fedoseev asarlarida
    mukammal ma‘lumotlar bayon etilgan. Qadimgi faylasuf va naturalistlar atmosfera hajmi suv bug‗lari, havo okean suvlari haqida xatto taxminiy tushunchalarga ega emas edilar. Ammo ular tabiat hodisalarini, shuningdek yer osti suvlarining paydo bo‗lishini tushuntirishga birlamchi urinishlarni qilganlar.
    V.I. Vernadskiyning qadimga faylasuflarning fikrlari hamda ko‗p ming yillik adabiyotlardan olingan tushunchalarini hozirgi zamon olimlari davom ettitishiyaptilar. Qadimgi faylasuflar va naturistlar tomonidan yer osti suvlarining paydo bo‗lishi haqida turli nazariyalar bo‗lib, ularni zamonaviy talqinda quyidagicha ifodalash mumkin:

    1. infiltratsion




    1. kondensatsion




    1. sedimentatsion




    1. yuvenil.

    Infiltratsiya nazariyasi yer osti suvlarining paydo bo‗lishi haqidagi eng birinchi nazariyalardan bo‗lib, uni birinchi marta M.V.Pollio eramizdan avvalgi 1 asrda bayon etgan. XVII-XVIII asrlarda bu g‗oyani qo‗llab - quvvatlaganlar va olimlar P.Perro, E.Marriottom, E.Galleem, A.Vallisnieri, M.V.Lomonosov va boshqalar.Bu nazariyaning mohiyati yer osti suvlari atmosfera yog‗inlarini yer bag‗riga shimilibsingishi hisobiga hosil bo‗ladi. Suvning turli kimyoviy tarkibi tog‗ jinslarining ishqorlanishi va erishi natijasi deb tushuntiriladi Hozirgi zamonda infiltratsiya nazariyasi chuchuk va mineral suvlarining hosil bo‗lganligi haqidagi eng to‗g‗ri g‗oyalardan deb hisoblanadi.


    Kondensatsiya nazariyasi. Eramizdan avvalgi IV asrda qadimgi Rim faylasufi Aristotel fikricha yerdagi hamma suvlarning manbai atmosferadagi namlik bo‗lsada daryolarning suvga to‗yinishi quyidagi ikki omildan iborat: birinchidan tog‗larda yog‗adigan yomg‗ir, qor suvlaridan, ikkinchidan asosan
    erdagi sovuq bo‗shliqlar, g‗ovaklarda paydo bo‗ladigan atmosfera bug‗larni kondensatsiyalanishi natijasi bo‗lmish tomchilardan hosil bo‗lgan. Shunday qilib Aristotel kondensatsiya nazariyasini asoschisi hisoblanadi. Folger fikricha kondensatsiya jarayoni quyidagicha o‗tadi. Suv bug‗lari ko‗p bo‗lgan atmosfera havosi tog‗ jinslarining bo‗shliq, darzlariga va g‗ovaklariga singadi va sovuq holdagi tog‗ jinslari bo‗shliq, darz va g‗ovaklari devorlarida suv tomchilariga aylanadi.
    Buni hattoki yoz faslida ertalabki shabnam (shudring) ko‗rinishidagi yer yuzini namlanganligidan ham bilish mumkin. Rus olimi A.F.Lebedov o‗tkazgan tadqiqotlari va kuzatuvlari (1907-1919 yillar) asosida tog‗ jinslarida suv bug‗larini kondensatsiyalanishini isbot qildi. Lebedevning xulosalari Folgerning nazariyasidan farqi shuki, Lebedev bug‗ni suvga aylanish nazariyasini to‗g‗ri tahlil qilgan. Havodagi suv bug‗larining bu harakati harorat oshgani sari ko‗payadi. Qish vaqtlarida yerning yuqori qatlami pastki qatlamiga nisbatan past haroratga ega bo‗ladi. Natijada yer qatlamida namlik ko‗payadi, chunki suv bug‗lari qishda pastdan yuqoriga ko‗tariladi. Lebedev shuni ta‘kidladiki, qish vaqtida yer qatlami qo‗shimcha oziqlanadi, bunga sabab suv bug‗lari 66-80 mmga yuqoriga tomon harakat qiladi va ko‗tariladi. Yozning issiq kunlarida suv bug‗lari yuqoridan pastga harakatlanadi, chunki yer qatlami yozda quyosh energiyasini ko‗proq oladi va qattaiq isiydi. O‗rta Qoraqum cho‗llarida, masalan, iyul oyida yerning yuzi ba‘zan 700 gacha qiziydi.
    Yuqorida qayd etilganidek, ko‗p tadqiqotlar va izlanishlar, kuzatuv ishlari natijasida shu narsa isbotlandiki, yer osti suvlari asosan havo yog‗inlarining shimilibsingishi oqibatida hosil bo‗lgan deb hisoblash mumkin. Havo yog‗inlari kam tushadigan hududlarda yer osti suvlarining ta‘minlanishida kondensatsiya asosiy omil hisoblanadi. Gidrogeologik stansiyada K.D.Tkachenko kondensatsiya namligi jarayonini chuqur o‗rgandi va atmosferadagi havodan hosil bo‗lgan suv bug‗lari hamda yer qatlamidagi bug‗ hosil bo‗lgan kondensatsiyalarning alohida
    qayd etdi. Turli sharoitlarda ushbu stansiyada o‗tkazilgan tadqiqotlar natijasida may oyidan oktyabr oyigacha kondensatsiya 13,56 mm ni tashkil etganligi aniqlandi. Bu kondensatsiya erning yuqori qatlamiga 10 sm kirib boradi va yer namligiga aytarli ta‘sir etmaydi. Keyingi yillarda ko‗p tadqiqotchilar kondensatsiya nazariyasini infiltratsiya bilan birgalikda uzviy bog‗lab o‗rganishdi, chunki ikkala turdagi nazariyalar atmosfera bug‗lari bilan bog‗liq.
    Sedimentatsiya nazariyasi infiltratsiya nazariyasi singari uzoq o‗tmishda yuzaga kelgan, chunki faylasuflar okean, dengiz va yer osti suvlarining o‗zoro bog‗liqligini tushuntirishga harakat qilganlar. Infiltratsiya nazariyasi yuqori minerallashgan suvlar, hamda chuqurlikda joylashgan cho‗kindi tog‗ jinslari qatlamlaridagi sho‗r va o‗rta sho‗r yer osti suvlarini kelib chiqishini tushuntirib bera olmagan. Dastlabki taxminlarda yer qatlamidagi tog‗ jinslari tarkibidagi yuqori minerallashgan suvlar qadimgi dengiz qoldiq (relikt) suvlari bo‗lib, ular dengiz xavzasidagi suvlardan paydo bo‗lgan cho‗kindi tog‗ jinslarida majud bo‗lib va o‗z xossasini hozirgi kungacha saqlab qolgan deb hisoblangan. Shuning uchun yer osti suvlarining kelib chiqishini relikt ya‘ni qadimgi zamondan saqlanib qolishgan deb hisoblashgan. Sho‗r suvlarning kelib chiqishi haqidagi bu tushuncha geologiya tarixiga va gidrogeologiya hamda gidroximik faktlarga qarama qarshidir. Geolog va gidrogeologlar orasida qadimiy dengiz va cho‗kindi tog‗ jinslari tarkibida sho‗r suvlar paydo bo‗lishi haqida turli faktlar mavjud.
    Ko‗pgina tadqiqotchilar (N.I.Andrusov, V.I.Vernadskiy, A.D.Arxangelskiy, N.K.Ignatovich, A.N.Buneev, G.N.Kamenskiy, K.I.Makov, A.M.Ovchinnikov va boshqalar) tabiiy sharoitlarda katta chuqurliklarda yuqori bosim va haroratda o‗zgargan dengiz sharoitiga oid sho‗r suv borligini qayd etishgan. Ularning fikricha tabiiy holatlarda dengiz kelib chiqishiga oid suvlar bo‗lib, ular dengiz havzasida singenetik tarzda, ya‘ni cho‗kindi tog‗ jinslari bilan bir vaqtda sho‗r yer osti suvlarining erning chuqur qatlamlarida paydo bo‗lishi mumkinligi haqidagi olimlarning ushbu fikrlari tarixiy – geologik yo‗nalishga ilk
    qadam qo‗yildi deyish mumkin. Yuvenil nazariyasi. Yuvenil yoshroq degan ma‘noni anglatadi. Bunday nom bilan magmadan ajralib chiqqan va yer yuzida paydo bo‗lmasdan suvning umumiy aylanishda qatnashmagan suvga aytiladi. Yuqorida aytilganidek, yerning va suv qobig‗ining paydo bo‗lishi mantiyaning gazsizlanish jarayoni natijasida bo‗lgan. Demak, A.P.Vinogradov nazariyasiga binoan, yerdagi barcha suvlarni yuvinel deb atash mumkin. Bunday fikrni faqat hozirgi zamonda, ya‘ni barcha isbotlar etarli bo‗lgan deb aytish mumkin. Ammo hozirgi vaqtda ham bu masala to‗liq echim deb bo‗lmaydi.
    XVI asrda Agrikola nomli olimning fikriga ko‗ra pastdan, katta chuqurliklardan kelayotgan suv bug‗lari yer qobig‗ida to‗planishi va suvga aylanishi mumkin degan fikrni o‗rtaga tashladi. Bu g‗oyani o‗sha paytda hech kim qo‗llamadi va rivojlantirilmadi. 1902 yilda Avstriyalik geolog E.Zyuss yer osti suvlarining kelib chiqishini yuvenil nazariyasini ishlab chiqdi. Uning so‗ngi fikrlari bo‗yicha mineral suvlarning kelib chiqishi (asosan issiq va gazli) magmadan bug‗ ajralib chiqishi natijasida sovuq qatlamlarda kondensatsiyalanib, chuqur tektonik yoriqlardan ko‗tariladi va yuqoriga mineral manbaa bo‗lib chiqadi. Tadqiqotchilar N.N.Slavyanov, A.M.Ovchinnikov, S.I.Paboko va boshqalar termal (yuqori haroratli) suvlarni mukammal o‗rganib, chuqur yer osti suvlarining yuvinel paydo bo‗lishini tasdiqlashmadi. Ularning fikricha chuqurlikdagi termal va mineral suvlar yer qobig‗ining yuqori zonasida joylashgan suvlar bilan uzviy bog‗langan va atmosfera yoki dengiz bilan bog‗liq hosil bo‗lishiga ega. Hozirgi zamonda ko‗p tadqiqotchilar magma o‗choqlari bilan bog‗liq yuvenil suvlar paydo bo‗lganligini rad etishmaydi.
    Ammo bu suvlarning miqdori – hajmi hamda ulushi yer osti suvlarining hajmida – miqdoridan ancha kam. F.P.Savarenskiy yer osti suvlarining paydo bo‗lishi haqida boshqa fikrni aytgan. Ma‘lumki ko‗pgina minerallar va tog‗ jinslari o‗z tarkibiga gidrat, kristall panjarasidagi suvga ega. Tog‗ jinslari va minerallar (ularda kimyoviy bog‗langan suvlar bor) fizik, kimyoviy muvozanat shart –
    sharoitlarida ma‘lum miqdorda suv ajratishi mumkin. Demak, tog‗ jinslari va minerallar tektonik o‗zgarishlarda (burmalanish, qisilish va boshqa sharoitlarda) o‗zidan suv ajratadi. Qarama qarshi jarayonda, ya‘ni tog‗ jinslari erning yuqori qatlamiga ko‗tarilganda masalan mineral birikmalarini yuqoriga er osti suvlari bilan ko‗tarilganda kimyoviy bog‗langan suvlari mavjud yangi minerallar hosil bo‗ladi. Demak, yer tubida yer osti suvlari bog‗langan suvga aylanishi va kerakli sharoitlarda tomchili suyuqlik bo‗lib, suvning yer sharidagi umumiy aylanishida ishtirok etishi mumkin.
    Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o‗qitilishi jarayonida umumiy geografik tushunchalarni o‗quvchilarga yetkazish zarur ekan, eng avvalo, har bir mavzu yuzasidan xususiy geografik tushunchalar tanlab olinadi. Mazkur tanlab olingan xususiy geografik tushunchalar, umumiy geografik tushunchalarning o‗quvchilar ongida shakllanishiga zamin bo‗ladi. Xususiy geografik tushunchalarni tanlab olishda o‗qitish jarayonlarini hisobga olgan holda, turli tabiat hodisalari, aholining hayoti, mahalliy aholining madaniyati, urf-odatlari, turmush sharoitlarini tasvirlaydigan adabiyot, manbalardan foydalanishni taqozo qiladi. Masalan, materiklarning geografik o‗rni, chegaralari, qirg‗oqlarning qiyofasi mavzusida quyidagi tartibda dars jarayonida yangi tushunchalar singdirib boriladi: Ushbu mavzu yuzasidan o‗quvchilarda quyidagi geografik tushunchalar shakllanishi kerak: - har bir materikning ekvator chizig‗iga va bosh meridianga nisbatan joylashganligi; - har bir materikning geografik koordinatalari, chekka nuqtalari orasidagi masofalar; -materiklarni o‗rab turgan okean, dengizlar va ularning nomlari, chuqurligi, sho‗rligi, materik tabiatiga ta‟siri; - materiklar qirg‗oqlarining qiyofasi, egri - bugriligi, orol va yarim orollari, ularning nomlari va
    h.k. Materiklarning geografik o‗rni, chegaralari, qirg‗oqlarining qiyofasi haqidagi tushunchalar shakllanishida karta ustida mashq qilish, ―Kartada sayohat‖ o‗tkazish, hisoblash, o‗lchash, kartadan ob‟yektlarni topish ishlarini bajarish yaxshi natija beradi. Shuningdek, o‗qituvchi tomonidan tayyorlangan qo‗shimcha ma‟lumotlar,
    jadvallar ham bu masalani oydinlashtirishda o‗z xissasini qo‗shadi. Materiklarning relefi mavzusi yuzasidan o‗quvchilarning oladigan geografik tushunchalari quyidagilardan iborat bo‗lishi maqsadga muvofiq: Birinchidan u yoki bu materikning yer usti qanday relef shakllariga ega ekanligi haqidagi tushunchalarga ega bo‗lishlari kerak. Masalan; Afrikaning relefida - yassi tog‗liklar va tog‗liklar; Ikkinchidan u yoki bu materikda qaysi rel‟ef shakllari asosiy o‗rinda turishi haqidagi tushunchalarga ega bo‗lishi kerak. Masalan; Janubiy Amerika materigida asosiy re‘lef shakllari - tog‗liklar; Uchunchidan u yoki bu materikda re‘lef shakllarining hususiyatlari haqidagi tushunchalarga ega bo‗lishlari kerak va h.k. Janubiy Amerikaning paydo bo‗lishiga ko‗ra yer yuzining barqaror uchastkalarga bo‗linishi, har bir uchastkalarga kiruvchi hududlar, har bir hududda sodir bo‗ladigan hodisalar va ularning sabablari hamda xarakterli tog‗lar va yassi tog‗liklar haqidagi tushunchalar beriladi.
    Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi, axborotlar asri sharoitida ilm bilan shug‘ullanish ommaviy kasbga aylanib bormoqda, bu esa ilmiy xulosani tasavvur etishning standart shaklini topishni, buning uchun tadqiqotchilar mehnatini ma‗lum tartibga solishni talab qiladi. Agar ilgari metodologiya tushunchasi ilmiy bilish faoliyatining falsafiy asoslari haqidagi tasavvurlarni o‗z ichiga olgan bo‗lsa, endilikda ilmning ko‗p tarmoqli rivojlangan maxsus sohasini anglatadi, umuman bilish nazariyasidan metodologiya bilish vositalariga jiddiy e‗tibor berishi bilan farq qiladi. Shunday ekan, tabiiy geografik ko‗p tarmoqli fan sifatida geografik komplekslarning tarqalish, rivojlanish va o‗zgarishi haqidagi fan bo‗lgani uchun uning tadqiqot usullari ham bir nechta, bilish-tadqiqot vositalari-predmeti hisoblangan tabiiy kompleks va komponentlari ham xilma-xil, ularni o‗rganishga yondashuv ham yagona emas. V.K.Juchkova (1977), D.Xanveli, M.Nyuson (1977) K.K.Markov va boshqalar (1978) V.K.Juchkova, E.M.Raxovskaya (1982) va boshqalar tasnifi ham bahslidir. Tabiiy geografik tadqiqot metodlarini tasniflash masalalari bilan deyarli barcha atoqli olimlar shug‘ullanganlar. K.I.Gerenchuk,
    V.S.Preorajenskiy, D.P.Armand kabi XX asrning atoqli olimlari tadqiqot metodlarini tasniflaganlar. XX asrning atoqli rus geograf olimi F.N.Milkov tadqiqot metodlarini umumiy, fanlararo va geografiyaning o‗z metodlariga bo‗lib o‗rganish kerak deydi. Bu tadqiqotchilar o‗rganilayotgan ob‗ektning-hududiy kompleksning egallagan maydoni, tadqiqotning maqsadi-qanday maqsadda o‗rganilayotganligi kabi geografiya ilmining o‗ziga xosligi, boshqalarga o‗xshash va farq qiladigan tomonlarini yetakchi mezon (kriteriy) deb tasniflaydilar. Ammo geografik voqelik va ob‗ektni o‗rganish uchun bevosita dalada daliliy ma‘lumotlar to‗plash, tadqiqot olib borishi uchu qanday bosqichlarni amalda qo‗llash kabi jihatlar bo‗lishi zarurligini ko‗pchilik tasnifchilar e‗tirof etadilar.

    XULOSA


    XIX asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya ichki qismlarining aniq regionlariga tabiiy resurslarning zahiralarini qidirish, aniqlash, foydalanish usullarini aniqlash uchun kompleks va tarmoq ekspeditsiyalar tashkil etildi. Shulardan biri XX asr 20-30 yillarida O‗rta Osiyo tabiiy resurslaridan foydalanish maqsadini ko‗zlagan Tojik-Pomir ekspeditsiyasi edi. Sobiq Sovet tuzimi iqtisodiyotni oyoqqa turg‘azish uchun turli sohalarning yirik olimlarini jalb etgan bu ekspeditsiya O‗rta Osiyodan tabiiy resurslarga boy regionning tabiatini ilmiy o‗rganish, bu yerdagi yer-suv, mineral resurslardan foydalanishda katta ahamiyatga ega bo‗ldi. XX asrning 30-50 yillarida geofizik, geokimyoviy, rayonlashtirish, aerofotosyomka metodlaridan foydalanish geografiyada ustivor tadqiqot metodlari edi. Chunki aniq joylarning tabiiy resurslari zahirasini aniqlash, yo‗l va boshqa sotsial-iqtisodiy ob‗ektlarni barpo etish uchun yirik masshtabli xaritalarga meteorologik, gidrologik tadqiqotlar olib borib tabiiy sharoitni bilish dolzarb masala edi.


    Geografik tushunchalarni jumladan materiklardagi yosh va keksa tog„lar haqidagi tushuncha berar ekanmiz, bu ikkala tipdagi tog„larning paydo bo„lishi bir xil davrda emasligi tufayli bu tog„lar tashqi kuchlar: harorat, shamol, suvning ta‟siri tufayli o„zgarib ketganligi yani tabiatdagi dialektik qonuniyatlar tog„larni hosil bo„lishida qanday ishlashi mumkin ekanligini o„quvchilar tasavvurida shakllantirib boriladi. Shuningdek, yosh baland tog„larga tashqi kuchlardan tashqari ichki kuchlarning ham ta‟siri kuchli ekanligi bo„yicha tushunchalar berishda tashqi va ichki omillarga e‟tibor qaratilishi lozimligi uqtiriladi. XX asrning 60-80 yillarida umumilmiy metodlar bilan fanlararo metodlardan foydalanib, geografiyaning nazariy va amaliy vazifalarini hal etish kosmik rasmlar orqali tadqiqotlar olib borish, landshaftlar indikatsiyasi, matematik modellashtirish, geoinformatsion sistemalar metodlaridan foydalanish geografik tadqiqotlarda yetakchilik qila boshladi.

    Download 238,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 238,4 Kb.