Xix asr oxiri XX asr boshlarida buyuk britaniyaning tashqi va ichki siyosati




Download 48.04 Kb.
bet1/6
Sana08.04.2024
Hajmi48.04 Kb.
#191063
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BUYUK BRITANIYA1
Geografiya to\'garak 5 6 sinf 68 soat 2021 2022 yil uchun, 9-fizika-test (1), Mehnat muhofazaa fanini o\'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati, 10 11ga aralash, 12, Mustaqil ish (2), Ethical issue, MY FAMILY, Ochiq-dars-bayonnomasi-4, 660, futboll.tayyor, Azamat , 123, Документ Microsoft Word (2), Kasb-hunar-ish-reja-1-kurs

XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA BUYUK BRITANIYANING TASHQI VA ICHKI SIYOSATI
Reja
1. XX- asr oxiri XX-asr boshlarida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. 1898-1914 yillarda Konservatorlar va Liberallar partiyasining ahvoli.
3. XX-asr oxiri XX- asr boshlarida Angliya mustamlakalarida milliy ozodlik harakatining boshlanishi va oqibatlari .
4. 1898 -1914 yillarda Angliyaning tashqi siyosati .
KIRISH
XIX - asrning oxiri XX - asrning boshlarida ham Angliya jahondagi eng qudratli va eng boy davlatlarning biri edi. Angliya hali ham jahon savdosida birinchi o`rinni egallab turardi, jahon tovar almashinuvining anchagina qismi uning hissasiga to`g’ri kelar edi.
Okeanlardagi kemalarning deyarli yarmi Britaniya imperiyasi bayrog’i ostida suzardi. Angliya burjuaziyasi jahon savdosiga qarzlar berib, bundan juda katta foyda olardi.
Shu sababli London jahonning moliyaviy markazi bo`lib hisoblanar edi. Angliyaning funt sterlingi ham jahon savdosidagi hisob-kitob uchun ishlatiladigan pul bo`lib xizmat qilib turdi. Yer yuzining hamma joyida Angliya banklarining juda ko`p shaxobchalari faoliyat ko`rsatar edi.
Angliya sanoati XX -asrning dastlabki o`n besh yilida XIX- asrning keyingi o`n yilidagiga qaraganda tezroq sur`atlar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlarida, jumladan, ximiya va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish juda tez o’sdi. Eski tarmoqlarda ham ishlab chiqarish rivojlanaveradi. CHunonchi, 13 yil mobaynida (1900-1913 yillar) cho`yan yeritish 14,5% ko`mir kazib chiqarish esa hatto 30% o`sdi.
Biroq jahon raqobatida eng muhim ko`rsatgichlar bo`yicha Angliya o`zining raqiblaridan ayniqsa,
AQSH va Germaniyadan keyinda qolayotgan edi. Jahon miqyosida ko`mir qazib chiqarish bo`yicha Angliyaning hissasi 1900 yildan 1913 yilgacha o`tgan davr ichida 29,7% dan 21,8% ga tushib qoldi. Jahon miqyosida cho`yan ishlab chiqarish sohasida esa 22,1% dan 13,2% ga, paxta iste`molida esa 28,5% dan 23,2% ga tushib qoldi.
Bu qoloqlikning eng muhim sabablaridan biri shu ediki,Angliyaning raqiblari, xususan industriyalashtirish yo`liga Angliyaga qaraganda keyinroq kirishgan AQSH va Germaniya o`z sanoatida eng yangi mashinalari va ishlab chiqarishning eng ilg’or texnologiyasini joriy qilish imkoniyatiga ega bo`lganligi bo`lsa, Angliyada esa sanoati eski texnikalar asosida ishlashi edi. eski texnikani yangisi bilan almashtirmoq uchun ko`p miqdorda yangi kapital sarflash kerak edi, biroq ingliz burjuaziyasi o`zining kapitallarini boshqa mamlakatlarga ko`p miqdorda chiqarishni afzalroq deb bildi, chunki shu tufayli u eng ko`p foyda olmoqda edi.
Chet mamlakatlarga kapital chiqarish miqdori jihatidan Angliya birinchi o`ringa chiqib oldi, 1910 yilda ingliz burjuaziyasining chet ellardagi kapitali qariyb 3,7 milliard funt sterlingga yetdi, vaholanki Fransiyaning chet ellardagi kapitali 10 milliarddan, Germaniyaniki esa 1 milliarddan oshmas edi. Chet ellarga chiqarilayotgan kapital ingliz burjuaziyasiga juda katta daromadlar keltirib turdi.


Download 48.04 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 48.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xix asr oxiri XX asr boshlarida buyuk britaniyaning tashqi va ichki siyosati

Download 48.04 Kb.