|
Termik (olovli) burg‘ilash
|
bet | 1/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 164,33 Kb. | | #228967 |
Bog'liq Konchilik ishi savollarga javob
Termik (olovli) burg‘ilash.
Javob: СБУ rusumli olovli burg‘ilash stanoklari bilan skvajinalar burg‘ilashda jinslarni skvajina kavjoyida buzilishi (maydalanishi) kon jinslarida juda yuqori haroratga ega bo‘lgan gaz oqimi (струйаси) ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanish hisobiga sodir bo‘ladi. Olovli burg‘ilash stanoklari bilan skvajina burg‘ilash quyidagi texnologik jarayonlardan iborat: gorelkani o‘t oldirish (yoqish), skvajina burg‘ilash, skvajina tub qismini kengaytirish (ko‘proq PM zaryadi joylashtirish uchun), skvajinani tozalash. Olovli burg‘ilashda kerosin yoki dizel yoqilg‘isidan, oksidlovchi modda sifatida kislorod yoki siqiq havodan foydalaniladi. Olovli burg‘ilash stanoklarining qo'llanish doirasi chegaralangan bo‘lib, hozirgi vaqtda burg‘ilanayotgan skvajinalarning atigi 4 % olovli burg'ilashga to‘g‘ri keladi.
Zarbli – aylanma burg‘ilash.
Zarb aylanma burg‘ilash. Bu usulda asosan havo bosimida zarba berib burg’ilovchi qurilmalar hamda burg’ilash perforatorlari qo’llaniladi. Bunday burg’ilash usuli to’xtovsiz aylanib turuvchi o’qi atrofida burg’i shtangasi tog’ jinslariga zarba berib tog’ massasini yemiradi. Zarb aylanma burg’ilash usulida ishlatiladigan uskunalar diametri 85 mm 100-105 mm 155-160 mm va 160-200 mm bo’ladi. Buzuvchi tig’lar soni uch qirrali ko’rinishi va ko’p tig’li bo’ladi. Buzuvchi tig’larning joylanishi bir pog’onali, ikki pog’onali va ko’p pog’onali bo’ladi.
Aylanma burg‘ilash.
Aylanma burg‘ilash - diametri 50 mm va uzunligi 5 metrgacha tog’ jinsining mustahkamligi f - 7 gacha bo’lganda shpurlar aylanma burg’ilanadi. Aylanma burg’ilash asosan ko’mir, slanes va tuz konlarida qo’llaniladi.
Skvajinalarni burg‘ilash texnologiyasi.
Burg'ilashda qo'llaniladigan texnik va texnologik jarayonlarning takomillashganligiga, tabiiy sharoitlariga, burg'ilash brigadasi ishchi xodimlarining malaka va intizomiga bog'liq. Odatda, bunday ko'rsatkichlar yangi texnika yoki yangi burg'ilash texnologiyasining samaradorligini baholashda foydalaniladi. Burg'ilashning texnika va texnologiyasini takomillashtirishning 218 birdan bir y o ‘li burg'ilash operatsiyalarining yangi usullarini o'zlashtirish va ishchi xodimlarning malakasini oshirishdan iborat.
Burg‘ilash tezligi nimalarga bog‘liq.
Tog' jinsi va minerallarning qattiqlik xossalari burg'ilash jarayonlariga har xil ta ’sir qiladi. Masalan, tog' jinsi 22 qattiqligi qancha kam bo'lsa, burg'ilash tezligi shuncha oshadi, kern chiqish darajasi pasayadi, aksincha tog' jins qattiqligi yuqori bo'lsa burg'ilash tezligi kamayadi, kern chiqishi esa osha boradi.
Portlatish ishlari nimalarni ta’minlashi zarur.
* Portlatish ishlarini tog’ yon bag’rida olib borilganda havfli hudud radiusi qiymati tog’lik pastki tomoniga qarab kamida 300 m qilib olinishi lozim.
** Xavfli hudud radiusi zaboykali portlash uchun ko’rsatilgan.
*** Portlatish ishlari loyihasiga, odamlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha alohida choralardan iborat bo’lgan bo’lim kiritilishi lozim.
**** Skvajinalarni torpedalash va perforatsiyalashda apparat skvajinaga 50 m dan chuqurroqqa tushirilganda xavfsiz hudud radiusi 10 m gacha qisqartirilishi mumkin. Dengiz burg’ilash uskunalari uchun xavfli hudud radiusi loyihada aniqlanadi.
Mexanik yumshatgichning samaradorligi nimaga bog‘liq.
|
| |