|
Karyer yuklari nimalardan iborat va ularni tashish u-n tashish u-n qo’llaniladigan transport turlari to’g’risida tushuncha bering
|
bet | 6/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 164,33 Kb. | | #228967 |
Bog'liq Konchilik ishi savollarga javobKaryer yuklari nimalardan iborat va ularni tashish u-n tashish u-n qo’llaniladigan transport turlari to’g’risida tushuncha bering.
Karyer yuklarini tashish karyerlarda eng kо‘p energiya sarf bо‘ladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bо‘lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yо‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘ jinslar ag‘darmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.
Karyer yuklarini tashish uchun deyarli barcha transport turlari qо‘llaniladi, ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bо‘linadi: 1.Uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma pо‘lat arqon yо‘lli); 2.Siklli (temir yо‘l, avtomobil, skipli, yuk kо‘taruvchi qurilmalar, konveyer poyezdlari). Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bо‘lib,kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bо‘lgan komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli kо‘p chо‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma kо‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog‘ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qо‘llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Karyerdagi avtomobil yo’llaridan foydalanish sharoiti bo’yicha qanday turlarga bo’linadi.
Yо‘l qoplamasi betondan, asfaltobetondan, sementbetondan va shebenlardan iborat bо‘ladi. Yо‘l qoplamasi turi yо‘ldan foydalanish muddatini, harakat intensivligini, harakatlanuvchi sostav turi va maxalliy yо‘l qurilishi materiallarini hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yо‘llarda, katta harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bо‘lganda) sementbeton yoki asfaltobeton qoplamalari qо‘llaniladi. Kam harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallarning reysi 1000-1500 bо‘lganda) shebenli qoplama qо‘llaniladi. Vaqtinchalik yо‘llar qoyali muxitda joylashgan bо‘lsa qoplamaga ega bо‘lmaydi, yumshoq muhitda joylashgan bо‘lsa gruntli qoplamaga ega bо‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Karyer yuklari nimalardan iborat va ularni tashish u-n tashish u-n qo’llaniladigan transport turlari to’g’risida tushuncha bering
|