|
Temir yo’l qurilishi sxemasi
|
bet | 5/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 164,33 Kb. | | #228967 |
Bog'liq Konchilik ishi savollarga javobTemir yo’l qurilishi sxemasi.
Temir yо‘l kurilishi sxemasi. 1 – yer katlami, 2 – ballast, 3 – shpal, 4 – koleya eni, 5 – relss, 6 – podkladka.
Temir yо‘llar ish bajarish turiga qarab vaqtinchalik va doimiy yо‘llarga bо‘linadi. Vaqtinchalik yо‘llar karyer ishchi maydonchalaridagi va ag‘larmalardagi yо‘llar, doimiy yо‘llarga esa transheyadagi yо‘llar, transport bermalardagi yо‘llar va karyer yuzasidagi yо‘llar kiradi. Vaqtinchalik yо‘l ish fronti surilishi bilan karyerda va ag‘darmalarda vaqti–vaqti bilan surilib turadi. Temir yо‘l quyi va yuqorigi qurilmalardan iborat. Quyi qurilma – suv chiqaruvchi va sun’iy inshoatlarlardan iborat yer qoplamasidan iborat.
Temir yо‘lning yuqori qurilmasi – ballast, shpal va mustahkamlangan relslardan iborat. Ballast – yer qoplamasiga harakatlanuvchi sostavning bosimini bir xilda taqsimlanishi uchun xizmat qiladi. Ballast uchun 20-79 mm kattalikdagi sheben qо‘llaniladi. Ayrim hollarda galka va graviy ham qо‘llaniladi. Ballast qatlami qalinligi vaqtinchalik yо‘llar uchun 15-20 sm ni, doimiy yо‘llar uchun 25-40 sm ni tashkil etadi. Ballast sarfi 600-1200 m3 dan iborat. Shpallar – ularga relslarni mustahkamlash va bosimni harakatlanuvchi sostavdan ballastga uzatish uchun xizmat qiladi. Yog‘och, temirbeton va metall shpallar qо‘llaniladi. Shpalning standart bо‘yicha о‘lchami 270 sm ni tashkil etadi. Shpallarni xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida antiseptik bilan tо‘yintiriladi. Relslar – harakatlanuvchi sostavning g‘ildiragini yо‘nalishi va bosimni shpalga uzatish uchun xizmat qiladi. Relsning standart bо‘yicha uzunligi 12,5-25 m bо‘ladi.
Karyerlarda harakatlanuvchi sostav vagon va lokomotivlardan iboratdir. Foydali qazilmalarni tashish uchun yuk kо‘tarish quvati 60-90 t bо‘lgan gandola tipidagi vagonlar va yuk kо‘tarish quvvati 60 t bо‘lgan xopper tipidagi vagonlar keng qо‘llaniladi. Qoplovchi tog‘ jinslarini tashish uchun vagon dumpkarlar qо‘laniladi.
|
| |