• Avtomobil va konveyer transporti kombinatsiyasi esa
  • Karyer avtotransportining harakatlanuvchi sostavining konstruktiv tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi va ularni izohlang.
  • Kombinataiyalashgan transport




    Download 164,33 Kb.
    bet4/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi164,33 Kb.
    #228967
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Konchilik ishi savollarga javob

    Kombinataiyalashgan transport.

    Kombinatsiyalashgan transport – unda bir xil yuklarni ketm-ket ravishda turli kо‘rinishdagi, о‘zi uchun qulay sharoitda ishlay oladigan transportlar qо‘llaniladi. Avtomobil va temir yо‘l transporti kombinatsiyasi keng qо‘llanilmoqda. Bunda kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklovchi punktgacha tashilib keltiriladi, keyin esa temir yо‘l transporti yordamida yer yuzasiga va ag‘darmalarga chiqariladi. Ushbu kombinatsiya chuqurligi 120 - 150 metrgacha bо‘lgan karyerlarda quyi pog‘onalarda qо‘llaniladi. Avtomobil va konveyer transporti kombinatsiyasi esa
    Karyerlarda yer sirtidan 120-150 metr pastda joylashgan eng chuqur gorizontlarda qо‘llaniladi. Bunda kon massasi yuqoriga eng qisqa masofalar orqali chiqariladi.
    Baland tog‘li hududlarda joylashgan karyerlarda, kon massasini 200-800 metr balandlikdan tushirish qiyin va xavfli bо‘lganda, shuningdek katta sarf xarajat talab etilganda, avtomobil trasnportini ruda tushirgich yoki osma kanatli yо‘llar bilan kombinatsiyalashgan holda qо‘llaniladi.

    1. Karyer avtotransportining harakatlanuvchi sostavining konstruktiv tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi va ularni izohlang.

    Karyer avtotransportining harakatlanuvchi sostavining konstruktiv tuzilishiga kо‘ra ikki guruxga bо‘linadi:
    1.Avtosamosvallar. 2.Yarimpritseplar. Avtosamosvallar bu – ramada joylashgan kuzovdan iborat mashinadir. Yarimpritseplarning avtosamosvallarga qaraganda afzalliklari – bu katta yuk kо‘tarish quvvati, yoqilg‘i va ekspluatatsion xarajatlarining kamligidir. Karyer avtosamosvallarining asosiy parametrlari – yuk kо‘tarish quvvati, dvigatel quvvati, kuzov hajmi, g‘ildirak formulasi va burilishning minimal radiusidir. G‘ildirak formulasi – bu avtosamosval g‘ildiragi sonining sifrlarda ifodalanishidir. M-n: 4x2. 1 sifr – g‘ildiraklarning umumiy sonini bildiradi. 2 sifr – yetaklovchi g‘ildiraklar soni.




    1. Download 164,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 164,33 Kb.