|
uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma pо‘lat arqon yо‘lli);
2
|
bet | 3/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 164,33 Kb. | | #228967 |
Bog'liq Konchilik ishi savollarga javob1.uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma pо‘lat arqon yо‘lli);
2.siklli (temir yо‘l, avtomobil, skipli, yuk kо‘taruvchiqurilmalar, konveyer poyezdlari).
Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash.
Hozirgi vaqtda karyerda tog‘ jinslarini tashishda kombinatsiyalangan tizim qo‘llanilmoqda. Pastki qatlamlardan - tog‘ jinslari avtotransport orqali yuqoriga olib chiqilib temir yo‘l transportiga qayta ortiladi, ustki qatlamda - temir yo‘l transporti bilan tashiladi. Ruda temir yo‘l dumkarlari orqali 8 km uzoqlikda bo‘lgan boyitish fabrikasiga yetkazib beriladi. Qoplama jinslari temir yo‘l transportida ag‘darmaga olib chiqib tashlanadi.
Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish.
Karyer avtomobil transportining ishi karyerdan qoplama jinslarni, foydali qazilmasi kam rudalarni ag‘darmaga, foydali qazilmalarni omborga yoki boyitish fabrikasi bunkeriga karyer avtoyо‘llarida tashishga xizmat qiladi. Avtotransportni zaboyda yuklashga kuyish usullari kuyidagilardan iborat.
Kon massasini temir yo’l transporti bilan tashish.
Temir yо‘l transporti har qanday ob-havo sharoitida о‘zining ishonchliligi, yuqori unumdorligi va ishlatishda foydaliligi sababli karyerlarda tarqalgan transport turidir. Uning asosiy kо‘rsatkichi yuk aylanmasi bо‘lib tonna yoki kub metrdagi yuk miqdorini vaqt birligi ichida tashilishiga aytiladi. Karyer yuk aylanmasi keraksiz jinslarni, foydali qazilma va materiallar yuk aylanmasi yig‘indisidan iborat. Temir yо‘l tarnsporti tashish masofasi 4 km va undan yuqori, yillik yuk aylanish hajmi esa 25 mln.t va undan yuqori bо‘lgan karyerlarda keng qо‘llaniladi. Temir yо‘l transportining vositasi rels yо‘llari va harakatganuvchi sostavlardan iboratdir.
Kon massasini konveyer transporti bilan tashish.
Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer metall formalardan tuzilgan bо‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karyerlardi yumshoq, maydalangan (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qо‘llanilmoqda. Ularning ish prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari tо‘ldirilib baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qо‘shimcha tortish a’zolari, pо‘lat arqon, zanjir, telejkalar qо‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi idish vazifasini о‘taydi.
|
| |