Termik (olovli) burg‘ilash




Download 164,33 Kb.
bet8/8
Sana13.05.2024
Hajmi164,33 Kb.
#228967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Konchilik ishi savollarga javob

Temir yо‘l kurilishi sxemasi. 1 – yer katlami, 2 – ballast, 3 – shpal, 4 – koleya eni, 5 – relss, 6 – podkladka.
Temir yо‘llar ish bajarish turiga qarab vaqtinchalik va doimiy yо‘llarga bо‘linadi. Vaqtinchalik yо‘llar karyer ishchi maydonchalaridagi va ag‘larmalardagi yо‘llar, doimiy yо‘llarga esa transheyadagi yо‘llar, transport bermalardagi yо‘llar va karyer yuzasidagi yо‘llar kiradi. Vaqtinchalik yо‘l ish fronti surilishi bilan karyerda va ag‘darmalarda vaqti–vaqti bilan surilib turadi. Temir yо‘l quyi va yuqorigi qurilmalardan iborat. Quyi qurilma – suv chiqaruvchi va sun’iy inshoatlarlardan iborat yer qoplamasidan iborat.
Temir yо‘lning yuqori qurilmasi – ballast, shpal va mustahkamlangan relslardan iborat. Ballast – yer qoplamasiga harakatlanuvchi sostavning bosimini bir xilda taqsimlanishi uchun xizmat qiladi. Ballast uchun 20-79 mm kattalikdagi sheben qо‘llaniladi. Ayrim hollarda galka va graviy ham qо‘llaniladi. Ballast qatlami qalinligi vaqtinchalik yо‘llar uchun 15-20 sm ni, doimiy yо‘llar uchun 25-40 sm ni tashkil etadi. Ballast sarfi 600-1200 m3 dan iborat. Shpallar – ularga relslarni mustahkamlash va bosimni harakatlanuvchi sostavdan ballastga uzatish uchun xizmat qiladi. Yog‘och, temirbeton va metall shpallar qо‘llaniladi. Shpalning standart bо‘yicha о‘lchami 270 sm ni tashkil etadi. Shpallarni xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida antiseptik bilan tо‘yintiriladi. Relslar – harakatlanuvchi sostavning g‘ildiragini yо‘nalishi va bosimni shpalga uzatish uchun xizmat qiladi. Relsning standart bо‘yicha uzunligi 12,5-25 m bо‘ladi.
Karyerlarda temir yо‘llarning uzunligi bir necha о‘nlab kilometrgacha, ba’zan yuzlab kilometrgacha yetadi.Temir yо‘l uzunligi bо‘yicha uchastkalarga bо‘linadi va peregonlarni ajratuvchi punktlar bо‘linmalar deyiladi. Ularga stansiyalar, razyezdlar va postlar kiradi. Stansiyalar poyezdlarni joylashtirishga, sostav tо‘plashga, texnik xizmati, tekshirish va bir yо‘llik joylarda poyezdni kutish uchun xizmat qiladi. Razyezdlar bir yо‘llik joylarda faqat oldindan kelayotgan poyezdni kutishga xizmat qiladi (asosan yuk poyezdni kutishi kerak). Stansiya va razyezdlar maxsus yо‘l tarmoqlariga ega bо‘lib, yuk aylanmasi va ayrim kerakli maqsadlarga mо‘ljallangan. Postlar yо‘l tarmoqlanishiga ega emas. Ular poyezdni tо‘xtatishga mо‘ljallangan bо‘lib, agarda keyingi peregongacha yо‘lda poyezd bо‘lsa postda kutiladi. Karyerdagi yо‘l tarmoqlanishi karyer yо‘lini temir yо‘llar vazirligiga, ombor yо‘llariga, karyer montaj maydonchasiga, harakatdagi sostavni ta’mirlash deposiga va boshqalarga ulangan bо‘ladi.
Download 164,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 164,33 Kb.