Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari




Download 13.57 Kb.
bet1/4
Sana24.02.2024
Hajmi13.57 Kb.
#161911
  1   2   3   4
Bog'liq
Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari-fayllar.org
Shaxs ma’na- viyatini rivojlanti- rish omillari va vositalari, BOZOROVA OZODA, SHAVKAT1, 3.Tabiiy ofatlardan ifloslanish, 10.1dis, 8-sinf informatika 8 uzb, 1404119125 50627, Aytmuratova Kamila menejment, 15-MA’RUZA, 1-Ma\'ruza (1), Kirish, 5 batanika 1,2,3,&[1], Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sif, FACULTY OF BUSINESS DEPARTMENT OF ACCOUN, 4-sinf O`qish savodxonlik 1-chorak @e baza ishreja

Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari




1-MA‟RUZA.
KIRISH. 
Kirish. “Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari” fanining maqsad 
va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi to„g„risida bilishlarni hamda to„liq 
tasavvurni shakllantirish. O„zbekistonda elektr energetikasining rivojlanish 
tarixi. Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi va neytrallarning ish 
rejimlari. 

Reja: 
1. “Stansiyalar va podstansiyalarning elektr qismi” fanining
maqsad va vazifalari.
2. Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi.
3. Elektr qo„rilmalarning neytral ish rejimlari.

Kalit so‘zlar: Elektr stansiya, podstansiya, nominal kuchlanish, neytral. 
Elektr energiyasining hozirgi zamondagi ahamiyatini baholash juda
mushkul; hayotimizni va har bir inson hayotini – ishlab chiqarishdami, biznesdami,
turmushdami elektrsiz tasavvur qilish mumkin emas.
XX asrda sodir bo„lgan ilmiy-texnika revolyusiyasining ikki muhim
yo„nalishini ko„rsatish mumkin.
Bu – odamning fizikaviy energiyasini boshqa energiya turlari (asosan elektr
energiyasi) bilan to„la almashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish yordamida
odamlarni andazalangan operatsiyalardan (fizikaviy va aqliy mehnatlardan) ozod
qilish. SHuning uchun, vatanimiz kompleks xo„jaligining barcha sohalaridagi
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot energetika va avtomatika bilan aniqlanadi.
Turkiston energetika ho„jaligini quvati 1914-yilga kelib 20 ming o.k. dan
ozgina oshgan bo„lib, 51 elektr stansyalardagi umumiy elektr motorlarni soni 500
tadan oshmas edi.
1917 yilgacha hozirgi O„zbekiston xududidagi elektr statsiyalarini quvvati 3
ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln. kVt.s. elektr energiyasi ishlab
chiqarilgan edi.
Turkiston o„lkasini elektirlashtirish rejasini tuzilshi qatta axamiyatga ega bo„ldi.
1923 yil Toshkent chekkasidagi Bo„zsuv kanalida gidro elektr stansiyasi (GES)
qurilishi boshlandi. 1926 yil O„zbekiston energetikasining birinchisi, o„sha vaqtda
O„rta Osieda eng kata bo„lgan 2 ming kVt quvvatli Bo„zsuv GESini birinchi
navbati ishga tushdi.
Respublikada quvvat o„sishini asosini O„zbekiston energetika tizimi tuzilgan
paytda (1934 y) CHirchiq-Bo„zsuv yo„nalshidagi 180 ming kVt quvvatli ketma-ket
qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi.
O„rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig„indisi 11,0 mln. kVt bo„lgan, 37
issiqlik va suv elektr stansiyalarini o„z ichiga olgan O„zbekiston energetika tizimi
asosini yirik elektr stansiyalari, shu jumlada Sirdaryo DRES (8,0 mln. kVt),
Toshkent (1,86 mln. kVt), YAngi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoyi DRESi (1,25
mln. kVt) tashkil etadi.



Ko„rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 300 ming kVt


bo„lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklar o„rnatilgan. Loyiha quvvati 3,2
mln. kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O„rta Osiyoda eng
katta bo„lgan Tolimarjon issiqlik DRES ni qurilishi davom etmoqda.
Suv energetikasi O„zbekiston Respublikasini energetika vazirligi
sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlari bilan belgilangan. Bulardan
O„rta-CHirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt
quvvatli CHorvoq GESi va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent GESi quvvatni
rostlash tartibida ishlaydi. Qolgan GES lar esa asosida suv okimi bo„lgan tartibda
ishlaydi.
Energetika respublika kompleks xo„jaligining asosiy sohasi hisoblanadi.
O„zbekistonda umumiy o„rnatilgan quvvati 11043 MVt bo„lgan 37 ta katta IES va
GES; shu jumladan, IES – 9644 MVt, GES – 1399 MVt Uzbekiston o„zini
energiya bilan butunlay ta‟minlaydi.
Bu elektr qorxonalar ishonchli va samarali ishlashi lozim! Buning uchun
yosh mutaxassisga quyidagilar zarur: Elektr stansiya va podstansiyalarni o„ta
samarali va ishonchli sxema va joylanishlarni to„g„ri tanlashni, ularda
ko„llaniladigan elekt jixozlarini, transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlash,
o„rnatish joyi va boshqarishni bilishi kerak.
Bu holatlarning boshqarish usullarini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari,
qiska tutashuv toklarini aniklash, kuchlanishni rostlash imkoniyatlarini bilishi,
elektr qurilmalarining rele himoyasi, nazorat va boshqarish avtomatikasini
tushunishi, elektr stansiya va podstansiyalarni ratsional variantini tanlash
masalalarini echa olishi kerak.



Download 13.57 Kb.
  1   2   3   4




Download 13.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari

Download 13.57 Kb.