• Asosiy fondlar
  • Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida asosiy fondlarlarning tarkibi va tuzilishi




    Download 38.42 Kb.
    bet1/2
    Sana29.11.2023
    Hajmi38.42 Kb.
    #107961
      1   2
    Bog'liq
    Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sif
    Shaxs ma’na- viyatini rivojlanti- rish omillari va vositalari, BOZOROVA OZODA, SHAVKAT1, 3.Tabiiy ofatlardan ifloslanish, 10.1dis, 8-sinf informatika 8 uzb, 1404119125 50627, Aytmuratova Kamila menejment, 15-MA’RUZA, 1-Ma\'ruza (1), Kirish, 5 batanika 1,2,3,&[1], FACULTY OF BUSINESS DEPARTMENT OF ACCOUN, 4-sinf O`qish savodxonlik 1-chorak @e baza ishreja


    MAVZU: ASOSIY FONDLAR QURILISHNING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS ASOSI SIFATIDA
    REJA:

    1. ASOSIY FONDLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

    2. ASOSIY FONDLAR QURILISHNING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS ASOSI SIFATIDA

    3. ASOSIY FONDLARLARNING TARKIBI VA TUZILISHI

    Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo‘yilgan pul bo‘lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan o‘rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat bo‘ladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo‘lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga ko‘ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog‘lar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda ko‘rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo‘jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko‘rsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha ko‘rinishlarini turlar bo‘yicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga o‘tadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini ko‘rsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqxo‘jaligi barcha tarmoqlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993 yilda 19218,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.Ahmadjon O‘lmasov.

    Download 38.42 Kb.
      1   2




    Download 38.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida asosiy fondlarlarning tarkibi va tuzilishi

    Download 38.42 Kb.