Mundarija:
Kirish:
1.Asosiy qism.
2.Cho’kindi jisnslarnig hosil bo’lishi.
3.Cho’kindi jinslarning strukturasi.
4.Cho’kindi jinslarning genetik ahamiyati.
Xulosa:
Adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Choʻkindi togʻ jinslari — moddaning suvda choʻkishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil boʻladigan togʻ jinslari. Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning toʻyinish konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi. Choʻkindi togʻ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: Yer poʻstini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad. cho'kindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi. Baʼzi Choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh, ko'mir, diatomit va boshqalar) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning oʻlchami, ularning shakli va o'zaro birikmalari Choʻkindi togʻ jinslari struktururasini belgilaydi (qarang Togʻ jinslari tuzilishi). Choʻkindi togʻ jinslari shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil kilib, Yer po'stida normal gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalar zarralarning o'zaro joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi togʻ jinslari tekisturasi deyiladi. Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan asta-sekin choʻkindi jinsga aylanadi (qarang Litogenez). Choʻkindi togʻ jinslarining tasnifi ularning tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqa Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Choʻkindi togʻ jinslari kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp boʻladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit, gilli slanetslar — 50 % ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45 % cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Choʻkindi togʻ jinslarining hosil boʻlishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda Choʻkindi togʻ jinslarining katta qatlamlari yigʻiladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam boʻladi. choʻkindi togʻ jinslari Yer poʻsti massasining 10 % ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75 % ni qoplaydi. Quruqlikdagi Choʻkindi togʻ jinslarining 75 % geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25 % platformalarga toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar (koʻmir, neft, tuzlar, temir, marganets va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar)ning 75 % choʻkindi togʻ jinslariga tugʻri keladi.
Asosiy qism
Cho‘kindi jinslar deb Yer po‘stining ustki qismida birlamchi jinslarning fizikaviy va kimyoviy nurashi, nurash mahsulotlarining ko'chirib yotqizilishi va turli organizmlaming qoldiqlaridan hosil bo‘lgan yotqiziqlarga aytiladi. Cho‘kindi jinslarni hosil qiluvchi cho‘kindilar turli geologik jarayonlar tufayli Yer yuzasida va suv havzalarida vujudga keladi. Bu jarayonlar birlamchi materiallarning mexanik parchalanishi va erishi hamda erigan moddalarning kimyoviy va organogen yo‘llar bilan cho'kmaga o'tishidan iboratdir. Ular cho‘kindi hosil boiish muhitining dinamikasi va tabiiy kimyoviy sharoitlari bilan belgilanadi. Cho‘kindi jinslarning hosil boiish jarayonini umumiy tarzda tub jinslarning yemirilishi, nurash po'stida moddalar mobilizatsiyasi, nurash mahsulotlarining cho‘kindi oqimlari yordamida tashilishi, ulaming yo‘1- yoiakay qisman cho‘kishi, cho‘kindi havzalarida batamom cho‘kmaga o'tishi va keyinchalik cho‘kindi jinslarga aylanishi sifatida tasavvur qilish mumkin. Cho'kindi jinsiar davr o'tishi bilan yuqori harorat va bosim ta’sirida qayta o'zgaradi. Shunday qilib, cho‘kindi jinslarning hosil boiishi va qayta o'zgarishi bir qator uzluksiz bosqichlarda amalga oshadi. Bu bosqichlarda turli termodinamik va fizik-kimyoviy sharoitlar tufayli tog‘ jinslarining tuzilishi va mineral tarkibi o‘zgarib boradi. Cho‘kindi jinsiar hosil bo‘lishi va qayta o‘zgarishi jihatidan quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. Birinchi - gipergenez bosqichi boiib, unda jinslarning nurashi tufayli birlamchi mahsulotlar hosil boiadi. Ikkinchi - sedimentogenez bosqichi. Bunda birlamchi materiallar turli omillar yordamida ko'chirib yotqiziladi. Uchinchi - diagenez bosqichi. Bu jarayonda cho'kindilar cho‘kindi jinslarga aylanadi. To‘rtinchi - katagenez bosqichi. Bu bosqichda cho'kindi jinslarning mineral tarkibi va qisman strukturasi o‘zgaradi. Beshinchi - metagenez bosqichi. Bunda cho'kindi jinslarning strukturaviy-mineral tarkibi o‘zgarishi kuzatiladi. Keyinchalik bu cho‘kindi jinslar Yer po‘stining katta chuqurliklariga tushib, yuqori harorat va bosim ta’sirida metamorfik jinslarga aylanadi yoki Yer yuzasida ochilib, nurab ketadi. Gipergenez bosqichi cho‘kindi jinslar hosil bo‘lishidagi birinchi - tayyorgarlik bosqichidir. Unda birlamchi cho‘kmdi mahsulotlar vujudga keladi. Cho'kindi hosil boiish muhiti ko‘p omilli bo‘lib, unda hududnmg iqlimi, relefí va geotektonik rejimi muhim ahamiyatga ega. Ulardan birining o'zgarishi cho‘kindi hosil boiish jarayoni xususiyatlarini keskin o'zgartirishi mumkin. Demak, turli iqlim, relef va geotektonik rejimda nurash jarayoni turlicha kechadi.Gipergenez zonasida silikatlarning o‘zgarish jarayonlari juda keng rivojlangan. Silikatlarning orasida dala shpatiari va slyudalar ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular
Cho’kindi tog’ jinslari 3 turli bo’ladi
1.Siniq jinslar
2.Ximik
3.Organik
Cho’kindi jinslar mexanik, ximik va organik yemirilish natijasida yuzaga keladi. Yer po’stining katta qismi 95% magmatic jinslardan iborat. Chokindi jinslar ikkilamchi jinslar deb yuritilib magmatic jinslar yemirilishidn vujudga keladi.
Yer po‘stining 50% ni, cho‘kindi jinslaming 30% ga yaqinini tashkil etadi. Ishqorli muhitda dala shpatiari va slyudalar gidroslyudaga, ba’zan xloritlarga va montmorillonitga aylanadi. Shunday qilib, cho‘kindi jinslardagi dala shpatiari va slyudalarning nurashi natijasida quyidagi minerallar: seritsit, kaolinit, xloritlar, m ontm orillonit, karbonatlar, epidot guruhidagi m inerallar, opal, xalsedon, kvars, alyuminiy gidrooksidlari hosil bo‘ladiNurash qobig‘ida hosil boigan nurash mahsulotlarining ancha qismi o‘z joyidan turli omillar yordamida ko‘chiriladi va saralanib yotqiziladi. Nurash mahsulotlarining cho‘kindi to‘planuvchi havzalarga ko‘chirilishi va yotqizilishi jarayoniarida ularga vulqon materiallari va organizmlaming hayotiy faoliyati mahsulotlari qo‘shiladi. N urash m ahsulotlarining cho‘kmaga o ‘tishi nurash qobig‘idan tashqariga ko‘chirilishdan boshlanadi va cho‘kish bilan nihoyasiga yetadi. Demak, ko‘chirilish va cho‘kish cho‘kindi hosil boiish jarayonining (sedimentogenezning) ikki ketma-ketlikdagi bosqichlaridir.
Cho’kindi tog’ jinslarining strukturasi.
Tog‘ jinslarining teksturasi deb u lar tarkibidagi stru k tu ra hosil qiluvchi donachalarning o ‘zaro m a ’lum tartib d a joylashishiga va qatlam yuzalarida turli kuchlar ta ’sirida hosil bo'lgan notekisliklarga aytiladi. Teksturalar tog1 jinslarining hosil boiishidagi tabiiy geografik m uhit bilan uzviy b o g iiq b o iib , ularni m ukam m al o ‘rganish va tahlil qilish m uhim n a z ariy va am aliy a h a m iy a tg a ega. Bu b o rad a g i tadqiqotlar quyidagi m asalalarni yechishga qaratilgan bo ‘ladi: 1) cho‘- kindi hosil b o iish sharoitlari va om illarini o ‘rganish; 2) qatlam larning ostki yoki ustki yuzalarini aniqlash orqali stratigrafik ketm a-ketlikni tiklash; 3) paleooqim lar tizim ini h aritalash ; 4) oqim rejim i xususiyatlarini va 5) ch o ‘kindi to ‘plangandan keyingi kimyoviy o ‘zgarishlarni baholash. T ek stu ralar kelib chiqishiga q a ra b 4 guruhga: 1) dinam ik, 2) deformatsion, 3) biogen va 4) kimyoviy teksturalarga boiinadi. Dinamik teksturalar cho'kindi hosil bo‘lish jarayonidagi suv va havo o q im larin in g h a ra k a t fao liy ati tu fa y li v ujudga kelad i. B unda cho'kindilarning qatlamlanishi alohida xususiyatlarga ega. Qatlamlanish. Moddiy tarkibi va strukturasi bo'yicha bir jinsli, ostki va ustki tomonlaridan taxminan parallel chegaralar bilan ajralib turuvchi geologik tanaga qatlam deyiladi. Bir-biriga muvofiq yotuvchi qatlam lar tizimi qatlamlanishni tashkil etadi. Qatlam lanish jarayonida m ustaqil qatlam larning vujudga kelishi cho‘kindi hosil b o iish jarayonining m a’lum vaqtga uzilishi yoki keskin o‘zgarishi tufayli sodir bo iad i. Masalan, daryolaming suv havzalariga quyilish joylarida oqim tezligining keskin susayishi oqim keltirgan materiallarnmg cho‘km aga o ‘tib, o ‘zanni to ‘sib qo ‘yishga olib keladi. Natijada o‘zan yo o‘ng tomonga, yoki chap tomonga siljiydi. O'zanning oldingi o ‘m ida cho'kindi hosil boiishi to‘xtaydi. M a’lum vaqt o ‘tgandan so‘ng o‘zan o'zining eski joyiga qaytishi mumkin. Bu vaqt ichida oldin yotqizilgan cho‘kindilar birm uncha qotib ulguradi. U larning ustiga keyingi yotqizilgan ch o ‘k indilar oldingilaridan m oddiy tarkibi va strukturasi bilan farq qilmasligi mum kin. Ammo ular aniq ajratish yuzalari bilan chegaralangan boladi. B unda oqim ning tezligi va keltirayotgan materiallarning tarkibi o'zgarm agan boiadi. C ho‘kindi hosil b o iis h sharoitlarining keskin o'zgarishi m oddiy tarkibi, struktura va tekstura xususiyatlari turlicha b o ig an qatlamlarning shakllanishiga olib keladi. Qatlam lar bir-biridan moddiy tarkibi, strukturasi va teksturasidan tashqari qalinliklari bilan ham farq qiladi. Qatlam lar qalinligining turlicha boiishi cho'kindi hosil b o iish muhitining davomiyligiga, oqim zichligiga va cho'kindi hosil b o iish tezligiga bogiiq. Boshqa barcha bir xil sharoitlarda cho‘kindi hosil b o iish jarayonining o ‘zarmasdan uzoq vaqt davom etishi qalin qatlam larning, tez o ‘zgarishi esa yupqa qatlam larning shakllanishiga olib keladi. Oqimning zichligi va cho‘kindi hosil boiish tezligi ham shunday sam ara beradi. Oqim ning tezligi bunda asosiy aham iyatga ega emas. Oqimning tezligi qatlam larning strukturasiga (mayda yoki yirik donaligiga) bevosita ta ’sir etadi.
Qatlam larning ustki yuzasidagi dinam ik teksturalar asosan ryab belgilaridan iborat bo‘ladi. Qumtosh, alevroht va ba’zan ohaktosh qatlamlari oichami, shakli va joylashishi bo‘yicha turh-tuman boigan o‘rkachlar va chuqurchalar sistemasidan tarkib topgan toiqinli yuzalarga ega boiishi m um kin. Bunday tekstura belgilari yum shoq cho'kindilar yuzasida zarralarning sham ol, to 'lq in va oqim lar harak ati natijasida notekis taqsimlanishi tufayli vujudga keladi va ryab belgilari deb yuritiladiRyab belgilari kelib chiqishi bo‘yicha to iq in , oqim va eol ryablariga b oiinadi. To'lqin ryablari o'rkachlarining simmetrik tuzilganligi va o ‘zaro bir xil masofada joylashganligi bilan aniqlanadi. Ular suv havzalarining sohil sayozliklarida urinma to iq in lar faoliyati tufayli vujudga keladi (24-rasm). R yablarning to iq in uzunligi suv h arak ati tezligiga to ‘g ‘ri proportsional b o iad i. Eksperim entlar natijasida to iq in uzunligi donalar oicham i oshishi bilan yiriklashishi aniqlangan. Ryab belgilari toiqinlanish yo'nalishining o ‘zgarishiga juda turg‘un boisa-da, oson transformatsiyalanadi. Toiqinlanish yo‘nalishi o‘zgarishi va oqimlarning ta ’siri natijasida ikki yo‘nalishda m oijallangan ryablar ustma-ust tushib poligonal ryablar vujudga keladi. Bunday teksturalar asosan alevrolitlar va slaneslar ustida yotuvchi qum tosh va b a’zan ohaktosh qatlam larining ostki yuzasida uchrashi mumkin. Bu teksturalarning k o ‘pchiligi hali qotib ulgurm agan gilli yotqiziqlar yuzasida oqim harakati tufayli vujudga keladigan chuqurlik va notekisliklaming aks tasviridan iboratdir. Ular oqim uyurmalari hosil qilgan yuvilish notekisliklari, begona jismlaming sudralish jo ‘yaklari va chiziqlari, ularning dumalash izlari va ryab belgilarining aks tasvirlaridan iboratdirBunday ichki teksturalar morfologiyasi va kelib chiqishi bo‘yicha juda xilma-xildir. U lar to ‘rt guruhga: gorizontal, toiqinsim on, qiyshiq va gradatsion qat-qatliklarga ajratiladi. Bu teksturalar terrigen jinslardagi struktura hosil qiluvchi donalam ing oicham i, moddiy tarkibi, shaklining o ‘zgarishi, m oijallanishi va joylashish tartibi bo'yicha ifodalanadiBiogen teksturalar har xil m avjudotlaming hayotiy faoliyati natijasida vujudga keladi. Bunday teksturalar ularning izlari, yotish joylari boiishi m um kin. B a’zi m ollyuskalar dengiz qirg‘og‘i va tub to g ‘ jinslarini, ularning siniq boiaklarini va chig'anoqlam i parmalab iz qoldiradi. Biogen teksturalar quruqlik va dengiz yotqiziqlarida ko‘plab uchraydi. T errig en ale v ro litla r va q u m la r ix n o fo silliy alar deb ataluvchi organizmlarning hayotiy faoliyat izlariga ega b oiadi. Chunki bunday izlar k o 'rinarli b o iish i uchun ular o ‘zaro strukturaviy kontrastlikka egadir. Organizmlarning hayotiy faoliyat izlarining qatlamlaming ustki yuzasida, ichida va ostki yuzasida kuzatish mumkinBiogen teksturalar b o ‘yicha organizm lar yashagan m uhit ko‘rsatkichlarini: havza gidrodinamik rejimini, chuqurligini, sho‘rligini, gaz rejimini, grunt xarakterini va boshqalami tiklash mumkin. Kimyoviy teksturalar gil yotqiziqlari yuzasida har xil shakldagi muz yoki boshqa mineral birikmalar kristallarining saqlanib qolgan izlaridan iborat bo‘lib, ular yotqiziqlar hosil boiish sharoitini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Tog1 jinslaridagi teksturalarni sinchiklab o‘rganish va ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara bilish olib borilayotgan geologik tekshirish ishlarining muvaffaqiyatli o‘tishi garovidir.
Cho'kindi jinslar turli tarkibga va genezisga ega b o ig an quyidagi kom ponentlardan iborat: - oziqlantirish manbai - yuvilish hududlaridan keltirilgan siniq boiakli (terrigen) allotigen komponentlar; - cho‘kindi yoki cho‘kindi jinsning hosil boiishi, o‘zgarishi va qayta o ‘zgarishi jarayonlarida vujudga keluvchi autigen komponentlar; - organik qoldiqlar; - vulkanogen materialîar, Allotigen komponentlar. B o iak li va gilli jinslarning asosiy qismini allotigen kom ponentlar tashkil etadi. U lar mexanik nurashi natijasida hosil b o ig an jins boiaklari, kristalli jinslarning dezintegratsiyasi tufayli ajralgan va turli termodinamik muhitlarda barqaror b o ig an kremnezyom minerallari, dala shpatlari, slyudalar va bir qancha og‘ir minerallardir. Tashilish masofasi yaqin b o isa, jins bo iak lari saralanib va dumaloqlanib ulgurmaydi va brekchiyalami hosil qiladi. Jins boiaklari va minerallaming allotigen xarakteri donalarning dum aloqlanganligi bilan aniqlanishi mumkin. Suv yoki havo muhitida mexanik ishqalangan donalar u yokibu d a ra ja d a d u m alo q lan g an boladi. D u m alo q lan ish d arajasi boiaklarning uchlari ozroq tekislanishidan sferik shaklgacha o ‘zgaradi. D um aloqlanish darajasini aniqlashda diam etri 0,05 mm dan katta donalar o ‘rganiladi. U ndan kichik oicham dagi donalar asosan muallaq holda tashiladi va am alda dumaloqlanmaydi. Dumaloqlanish darajasi barcha teng sharoitlarda m ayda donalardan yiriklariga qarab oshib boradi. Shu bois dum aloqlanish darajasi turli fatsiyalarda alohida o ‘rganiladi. Jins bo'laklari. Terrigen jinslarda jins b o iak lari: 1) gilli slaneslar, fîllitlar va kristallashgan slaneslar; 2) effuziv jinslar, shu jumladan vulkan shishalari; 3) krem niyli jin slar; 4) k a rb o n a tli jin slar kabi asosiy guruhlardan iborat. Jins b o iak la rin in g m iqdori do n alar o ich a m i, m aterial m anbai, yetilish darajasi va yoshi bilan b o g iiq . U larning moddiy tarkibi esa birlamchi manba, tabiiy-geografik sharoitlar, ko‘chirilish usuli va masofasi bilan xarakterlanadi. Gilli jinslarning boiaklari qadimiy jinslarda kuchli darajada o ‘zgarib ketadi. U lar siqilgan, deform asiyalangan va qattiq donalar ta ’sirida parchalangan b o iad i. Natijada boshqa kom ponentlar bilan aralashib, toidiruvchi massa - matriksga aylanib ketadi. Gilli jinslar ko‘chirilishi vaqtida qum, alevrit va gil zarralariga oson parchalanib ketadi. Demak, gilli jinslarning b o ‘laklari m o ilig i bo'yicha bu m aterial m anbaining yaqinligi to ‘g‘risida xulosa cliiqarish mumkin. K arbonatli jinslar b o ‘laklarining hajm i b o ‘yicha b a’zan terrigen jinslarda asosiy komponentni tashkil qilsa-da, kam uchraydi. Chunki ular nisbatan yum shoq jin slar b o ig a n lig i tufayli tez ishqalanadi, maydalanadi yoki erib ketadi. B a’zi terrigen jinslar tarkibida effuziv jinslarning b o ‘laklari, shu jumladan piroklastlar juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular qumtoshlaming asosiy yoki yagona komponenti b o ‘lishi mumkin. Bu cho‘kindi hosil bo iish hududida yoki unga yaqin joylarda kuchli vulkanizm faoliyati rivojlanganidan darak beradi. Kremniyli jinslar qattiqligi tufayli va turli termodinamik sharoitlarda barqaror boiganligi uchun oxirgi m ahsulotda ulam ing hissasi sezilarli darajada oshadi. Kremnezyom minerallari. K rem nezyom m in erallarin in g b itta modifikatsiyasi - past haroratli kvars cho‘kindi hosil bo iish sharoitida barqaror va terrigen jinslarning eng keng tarqalgan minerali hisoblanadi. Kremnezyomning boshqa polimorf turlari - tridimit va kristobalit kam uchraydi. Kvars birlam chi m agm atik va m etam orfik jinslarda k o ‘p uchraydi. U m ono- yoki polikristalli b o iis h i m um kin. M onokristalli kvars bitta kristalldan, polikristalli kvars esa kristallar agregatidan iborat boladiTerrigen jinslarda kaliyli dala shpatlarining (ortaklaz, mikroklin) natriyli va kalsiyli plagioklazlardan ko‘pligi ulam ing birlamchi otqindi va m etam orfik jin slard a k o ‘pligi h am d a gipergenez sh aro itlarid a barqarorligi bilan bogiiq boiishi mumkin. Gipergenez jarayonida kaliyli dala shpatlari yuqori barqarorlikka ega. Albitning barqarorligi undan pastroq va anortit ularga nisbatan beqarordir. Demak, dala shpatlarining terrigen jinslardagi m iqdori ularning birlamchi manbalarda mavjudligi, oziqlantirish hududlaridagi kimyoviy nurash xususiyatlari, ko‘chirilish jarayonida ishqalanish va erish hamda diagenez jarayonida erishi bilan bogiiqAutigen komponentlar.
Cho‘kindilar va cho‘kindi jinslar tarkibida 200 dan ortiq autigen minerallar topilgan. Ulam ing orasida gil minerallari, karbonatlar, sulfatlar, sulfidlar va tuzlar keng tarqalgan. Bulardan tashqari, x loritlar, tem ir, m arganes, alyum iniy oksidlari va g idrooksidlari, kremnezyom minerallari va fosfatlar ham uchraydi. Autigen minerallar karbonatli, fosfatli va glinozyomli jinslarning k a m ro q qism ini, terrig en jin sla rn in g sem entini, evaporitlar va konkretsiyalarning deyarli butun hajmini tashkil etadi. Karbonatlar. Terrigen jinslarda karbonat m inerallari allotigen va autigen xususiyatlarga ega boiishi mumkin. Autigen kalsit va dolomit terrigen m inerallar tarkibidagi stru k tu ra hosil qiluvchi d o n alarn i sementlovchi m aterial sifatida g ‘ovaklarni to id irib turadi. Autigen dolomit oldin kristallangan kalsit o‘rnini egallashi mumkin. Aragonit sement sifatida qadimiy jinslarda uchramaydiVulkanogen m ateriallar. Cho‘kindi jinslarda m uayyan m iqdorda vulkanogen (piroklastik) m ateriallar boiishi mumkin. Piroklastik materiallar v u lk an shishasi b o ia k la rid a n va tu rli m in erallard anpirok senlar, amfibollar, kvars, k risto b a lit, d ala shpatlari, biotit, leytsit va bosh q alard an iborat boladi. A llotigen m inerallardan farqli o ia ro q , ular nurashga uchram agan, tashilish va yotqizilish jarayonlarida o‘zgarm agan bo‘ladi. Ba’zan piroklastik m ateriallar keng m aydonlarda turli qalinlikdagi m ustaqil qatlam lar liolida uchraydi va shu bois yaxshi korrelyatsion (taqqoslash) tayanch gorizontlari hisoblanadi. Yotqiziqlarda piroklastik m aterialar miqdori sezilarli darajad a bolsa, aralash tark ib li effuziv-cho‘kindi jinslar vujudga keladi.
Xulosa
Cho‘kindi tog’ jinslari o‘zining moddiy tarkibi, kelib chiqishi, foydali komponentlari yoki bashqa xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Ammo bu tasniflarning barchasi toialigicha talabga javob bermaydi. Shu bois ularni, barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi rypuhlarga: bo‘lakli, gilli, karbonatli, silitsitli, tuzli, allitli, temirli, marganesli jinslarga, fosforitlar, va kaustobiolitlarga boiish mumkin. Cho'kindi tog‘ jinslari turli tarkibdagi birlamchi tog‘ jinslarining nurashi va nurash m ateriallarining k o ‘chirib yotqizilishi ham da suv havzalarida eritmalardan tuzlarning cho‘kmaga o ‘tishi (kimyoviy) yoki hayvon va o'sim liklar qoldiqlarining to ‘planishidan (organogen yoki biogen) hosil boladi.
Adabiyotlar ro’yxati
Litologiya Chinniqulov
www.wikipediya.org
www.arxiv.uz
|