• Ca5(PO4)3F+H2O=Ca5(PO4)3(OH)+HF So’ngra, gidroksi apatitning tarqalishiga olib keladi: 2Ca5(PO4)3(OH)=2Ca3(PO4)2+4CaO•P2O5+H2O
  • Etiboringiz uchun rahmat.
  • Mavzu: Ozuqali fosfatlar ishlab chiqarish Reja: Ozuqa kalsiy fosfatlar. Presipitat ishlab chiqarish




    Download 0,96 Mb.
    Sana21.12.2023
    Hajmi0,96 Mb.
    #125688
    Bog'liq
    Ismailova Sevara M.b.k.t.-WPS Office


    Mavzu: Ozuqali fosfatlar ishlab chiqarish
    Reja:
    1. Ozuqa kalsiy fosfatlar.
    2. Presipitat ishlab chiqarish.
    3.Mono-kalsiyfosfat.
    Termik fosfatlar.
    Ozuqali kalsiy fosfatlar.
    Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan ko'pchilik birikmalar, masalan, kalsiy, natriy, ammoniy fosfatlar chorvachilikda keng tatbiq qilinadi. Ular ayrim mineral tuzlar bilan birga hayvon va qushlarning yemaklariga qo’shilib beriladi. Tabiiy ozuqali moddalar tarkibida fosfor miqdori kam bo'lganda, bunday fosfatlı ozuqali qo'shimcha hayvonlarning ko'payishini oshiradi — qoramollar yaxshi o'sadi va semiradi, go'shtning sifati yaxshilanadi, sutdagi moy miqdori ortadi.
    Ozuqali fosfatlar o'g'itli fosfatlardan faqatgina ulardagi foydali komponentlar miqdorining ortiqligi bilan, hayvonlar uchun zararli bo'lgan qo'shimchalar — ftor, mish'yak, og’ir metallar birikmalarining miqdorining shegaralanganlıgi bilan farqlanadi. Odatda o'g'it sifatida foydalaniladigan tuzlardagi ftordan tashqari, bu qo'shimchalarning miqdori, ozuqali preparatlar uchun belgilangan me'yor chegarasidan oshmasligi zurur. Fosfatli xomashyo tarkibidagi ftorning miqdori bo'lsa belgilangan meyoridan bir qancha katta bo'ladi, shuning uchun u, ozuqali fosfat vazifasini bajara olmaydi.
    Ozuqali fosfatlar maxsus turda tayyorlanadi, bunda ularning olinish usullari tabiiy fosfatlar yoki ularning ishlov berish mahsulotlarini ftorsizlandirishga, shu jumladan, termik fosfor kislota yoki ftorsızlandırılgan ekstraksiyali fosfor kislota sarflanishiga asoslangan. Hayvonlar ozuqali fosfatlarni oson o'zlashtirishi (singdirishi) uchun o'g'ilar suvlarda eriydigan bo'lishi yoki kuchsiz kislotalarda erishi zarur, ular 0, 4% li xlorid kislotada eriydigan bo'lsa, yaroqli demakdir. Barcha turdagi ozuqali fosfatlar o'g'it sifatida ham ishlatilishi mumkin.
    Mamlakatimizda mineral ozuqali narsa sifatida ko'p miqdordagi kal'siy fosfatlari — ftorsızlandırılgan fosfat (trikal'siyfosfat), ozuqali monokal'siyfosfat, ozuqali dikal'siyfosfat (presipitat), suyak uni, shu jumladan mono- va dinatriyfosfatlar, mono- va diammoniyfosfatlar va karbamid fosfatı ishlatiladi. Odatda, bir sutkada mayda hayvonlarga (qo’y, echki v. h.), 10-20 g, buzoqlarga 50-100 g va qoramollarga 100 - 200 g karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar beriladi. 1 t karbamid fosfati yoki unga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar — sigirlardan olinadigan sut miqdorini 8-10 t ga, go'shtni 5-6 t ga qadar oshirib, 2,5 t oqsilning o'rnini bosadi. Hayvonlar ozuqali zotlariga ayirim birikmalardan juda oz miqdori qo’shib berilganda ham yuqori effekt beradi. Aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar shunday birikmalar safiga kiradi.
    Ftorsizlangan fosfatlar. Ftorsızlangan fosfatlar, ftorning HF + SiF4 tarzidagi (tarkibida HF ko'p bo'lgan) aralashmasin gazli fazaga sarfi bilan birgalikda olib boriladigan tabiiyiy fosfatlarni termik ishlov berish orqali olinadi. Termik tarqalishda fosfatlar suv bug'i ishtirokida qiyosan tez va to’liq ftorsızlanadı. 1400-1550 °C da apatitni gidrotermik ishlov berish, dastlab, kristall panjaradagi ftorning gidroksid guruhi bilan almashuviga:
    Ca5(PO4)3F+H2O=Ca5(PO4)3(OH)+HF
    So’ngra, gidroksi apatitning tarqalishiga olib keladi:
    2Ca5(PO4)3(OH)=2Ca3(PO4)2+4CaO•P2O5+H2O
    Ozuqali modda sifatida monokal'siyfosfat gu’yus qaytaruvchi hayvonlar uchun yuqori sifatli ozuqali narsa demakdir; shuning bilan birga u kislotali reaktsiyaga ega bo'lganligi uchun siloslı ozuqali moddalarning konservantları hisoblanadi. Uni yetarli darajada toza fosfor kislotalari — termik fosfor kislotasi yoki avvaldan zararli qo'shimchalardan tozalangan ekstraksiyalı fosfor kislotasini opatit kontsentratı yoki bug bilan neytrallash orqali olinadi. Ekstraksiyali fosfor kislotasini ftorsizlantirish soda yordamida amalga oshiriladi.
    Maydalangan tabiiy fosfat, soda va returlar granullangan aralashmasini 1100 - 1200 °C da aylanuvchi pechlarda kuydirilib, sovitilib va maydalanib — termofosfatlar, shu jumladan maydalangan tabiiy fosfat, ohaktoshi va kvarsitler aralashmasini marten yoki shaxtali pechlarda 1400-1450 °C da kuydirib (qotıshma holiga o'tkazib), granullab, tez sovitılıb, qurıtılıb va maydalab — fosfatli qotıshmalar olinadi. Termofosfat va fosfatlı qotıshma tarkibida boshlang'ich xomashyo tarkibiga yarasha holda o'simliklar o'zlashadigan 20 dan 42% ga qadar P2O5 bo'ladi. Bunda umumiy P2O5 ning 90-98% i o'zlashadigan P2O5 miqdoriga to'g'ri keladi va u, asosan, tuprog'i kislotali yerlarga solinadi.
    Presipitat ohakning (ohaktoshi ) fosfor kislotasi bilan ta'sirlashish unumidir. Sitratli eruvchan dikal'siyfosfatdan CaHPO4*2H2O iborat fosforli o'g'it presipitat deyiladi. «Presipitat» so’zi nemis tilida Ргаzipiterung — chóktirish degan ma’noni ifoda etadi. Texnik presipitat har xil darajada boshqa tuzlar: temir va alyuminiy fosfatlari, gips, kal'siy ftoridlari va karbonatlari va boshqa qo'shilgan parchalar bilan ifloslangan bo'ladi. Texnik presipitat tarkibidagi P2O5 sitratli miqdori 40% ga qadar yetadi. Ozuqali presipitatda (dikal'siyfosfat) 0,4% li HCl da eruvchi – P2O5 43-47% ga qadar yetadi.
    E'tiboringiz uchun rahmat.
    Download 0,96 Mb.




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ozuqali fosfatlar ishlab chiqarish Reja: Ozuqa kalsiy fosfatlar. Presipitat ishlab chiqarish

    Download 0,96 Mb.