|
2-mavzu: Beton to‘ldiruvchilarning turlari, tavsifi sinflanishi
|
Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 5,69 Kb. | | #115406 |
Bog'liq 2-mavzu Beton to‘ldiruvchilarning turlari, tavsifi sinflanishi-fayllar.org
2-mavzu: Beton to‘ldiruvchilarning turlari, tavsifi sinflanishi
2-mavzu: Beton to‘ldiruvchilarning turlari, tavsifi sinflanishi.
Betonning asosiy bog‘lovchi aktiv qismi bu - sement. Bog‘lovchi suv bilan aralashib xamir hosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o‘tishi va betonga aylanish xususiyatiga ega. To‘ldiruvchi nima uchun kerak?
1. To‘ldiruvchilar betonning 80% gacha hajmini tashkil qiladi, sement va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton tarkibida yuqori baholi va defitsit material hisoblanadi.
2. Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo‘liqadi. Uning cho‘kishi-2 mm/m ga yetadi. Cho‘kish deformatsiyalarining notekis bo‘lishi ichki zo‘riqishlar va yorilishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko‘zga ko‘rinmaydi, lekin ular sement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To‘ldiruvchi betonda qattiq karkas hosil qiladi, u esa cho‘kish deformatsiyalarini qabul qilib, cho‘kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, sement toshiga nisbatan).
3. Yuqori mustaxkamlikdagi to‘ldiruvchilardan iborat qattiq karkas mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yani konstruksiyaning yuk ta’siridagi deformatsiyasini kamaytiradi).
4. Yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar betonning zichligini va issiqlik o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to‘siq konstruksiyalar va issiqlik izolyatsiyalari uchun ishlatiladi.
5. Alohida og‘ir va gidrat to‘ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi(atom elektrostansiyalarida).
Yuqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to‘ldiruvchilarni ishlatish joylarini belgilaydi, qaysiki bular betonning juda katta tarkibiy qismidir, ularning xususiyatlari va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi.
To‘ldiruvchilar umumiy klassifikatsiyasi
Beton uchun dona o‘lchamlari ko‘ndalang bo‘yicha bir necha santimetrdan mingdan bir qismigacha bo‘lgan to‘ldiruvchilar ishlatiladi.
To‘ldiruvchilarning eng yirik o‘lchami turlicha bo‘lishi mumkin, biroq istalgan to‘ldiruvchi bir o‘lchamdagi donalardan iborat bo‘lishi mumkin; donalari bo‘yicha fraksiyalashga to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibi deb aytiladi. Mustahkamligi past bo‘lgan betonlar ishlab chiqarishda ko‘p hollarda konlardan olingan turli o‘lchamlarga ega bo‘lgan, ya’ni eng kattadan eng kichik o‘lchamgacha bo‘lgan to‘ldiruvchilar ishlatiladi. Bunday to‘ldiruvchilarga karer fraksialangan to‘ldiruvchilari deb ataladi.
Sifatli betonlar olishda ko‘pincha ikki tipdagi to‘ldiruvchilar ishlatiladi: mayda to‘ldiruvchilar (qum) donalari yirikliki 0,476 sm dan kichik va yirik to‘ldiruvchilar (shag‘al, chaqiq tosh) donalari yirikliki 0,476 sm dan katta BS EN 12620:2002. AQSh da mayda va yirik to‘ldiruvchilarni ajratish uchun elak №4 ishlatiladi, uning o‘lchami 0.476 sm dan 0,0013 sm ga kichik bo‘ladi. Berilgan ajratish keyingi mayda va yirik to‘ldiruvchilar orasidagi farqni ko‘rish uchun kerak bo‘ladi.
Asosan, qumning eng kichik o‘lchami 0,07 mm va undan kichikni tashkil etadi. O‘lchamlari 0,002-0,06 mm gacha bo‘lgan donalar changni tashkil etadi, undan ham kichik o‘lchamdagi materialga gil deb ataladi. Suglinok bu yumshoq tog‘ jinsi bo‘lib, taxminan bir xil miqdordagi qum, il va gildan tashkil topadi.
Dastlab to‘ldiruvchilarning barcha donalari tog‘ jinslari asosida, alohida bo‘laklar va donalar shaklida yoki shamol ta’sirida tabiiy holatda, hamda maydalash orqali sun’iy ravishda olingan BS812: 103.1: 1985 (2000) i BS812: 103.2 (2000).
Shu sababli ham to‘ldiruvchilarning xususiyatlari to‘liq u olingan tog‘ jinsining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan kimyoviy-mineralogik tarkibi, petrografik xarakteristikasi, solishtirma og‘irligi, qattiqligi, mustahkamligi, fizik-kimyoviy chidamligi, g‘ovakligi, rangi va boshqalar.
Boshqa tarafdan to‘ldiruvchilarning bir qancha xususiyatlari ishlatiladigan tog‘ jinslarining xususiyatlari bilan aniqlanmaydi, faqat to‘ldiruvchining donalari shakli va dona o‘lchamlari, yuzasi teksturasi, absorbsion (suvshimuvchanligi) xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bu barcha xususiyatlar yangi quyilgan va qotgan betonning sifatiga keskin ta’sir etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, to‘ldiruvchilarning xususiyatlari bevosita tadqiqot ishlari orqali aniqlanadi, yaxshi to‘ldiruvchini xususiyatlarini aniqlash qiyinlik tug‘diradi, natijada betonning ma’lum sharoitda ekspluatatsiyasida uning xususiyatlariga keskin ta’sir ko‘rsatadi. To‘ldiruvchi xususiyatlarini bevosita betonda o‘rganish zarur bo‘lib, ba’zan to‘ldiruvchining xususiyatlari talab darajasida bo‘lmasa ham beton tarkibida yaxshi rol o‘ynaydi. Masalan, tog‘ jinsi asosida olingan namunalar sovuqqa chidamlilik bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba salbiy natijalarni beradi, biroq to‘ldiruvchi beton tarkibida bo‘lganda bu holat kuzatilmaydi, ayniqsa to‘ldiruvchi beton toshida to‘liq bekilgan bo‘lsa va kichik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, bu namoyon bo‘ladi.
Biroq to‘ldiruvchining bitta yaxshi xususiyati orqali sifatli beton tayyorlab bo‘lmaydi. Shunday qilib to‘ldiruvchilarni xususiyatlarini tadqiq etish orqali uni betonda qo‘llash mumkin yoki yo‘qligi aniqlanadi.
O‘zRST 669-96 “Noruda qurilish ashyolari. Sanoat chiqindilaridan olinadigan zich chaqiq tosh va qum.
http://fayllar.org
|
| |