1-Mavzu: Landshaft komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana07.04.2024
Hajmi0.67 Mb.
#190229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Landshaft
Lju1H5yoGaf9xy3mwTWbijCJplxSSexcwsJkOiPm, 7sA-19 TJA -Elektronika (2), “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish 2023, 3-loboratoriya, Ustama 2- chi yo\'nalish olimpiada, 1-mustaqil xufyona, eldor Referat2, abu-ali-ibn-sino-va-uning-falsafiy-qarashlari, O\'zbekiston suv omborlarining xalq xo\'jaligida ahamiyati, MOHINUR-BIOFIZIKA, Kompyuterlarni ishga tushiruvchi sistemaviy dasturlar, UltraISO dasturi va uning imkoniyatlari, Malumot, 34.AYLANA UZUNLIGI VA DOIRA YUZI, ABDUSHUKUROVA SHOHIDA ONA TILI


1-Mavzu: Landshaft komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir 
Komponent - lotincha so`zdan olingan bo`lib tarkibiy qism degan ma`noni 
anglatadi. Landshaft ham barcha katta-kichik geotizimlar singari agregat holati 
nisbatan bir xil bo`lgan moddiy qismlar- komponentlardan tashkil topgandir. 
Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina 
erkin talqin qilingan. Ba`zan landshaft komponentlariga qum qoratuproq, muz, 
yashil 6arglar, suv yuzasi kabilarni ham kiritishadi. Ba`zan esa inson tomonidan 
bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, yashil maydonlar ham landshaft 
komponentlari deb hisoblanadi. 
Masalan, D. L.Ardmand (1975) agregat tarkibi bir xil bo`lgan qismlarni hayot 
bor yoki yo`qligini hisobga olgan holda, landshaftning komponentlari deb 
hisoblaydi. U tabiiy komponentlarga turli gazlar suyuqliklar, tog` jinslari, tuproq. 
o`simlik, qor va muz, hatto texnik inshoatlarni ham kiritadi. Uning fikricha iqlim va 
relyef komponent emas, balki komponentning xususiyatidir. 
F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog` jinslari, yer os-ti va usti 
suvlari, tuproq. o`simlik va hayvonot dunyosini kiritadi. 
Shunga o`xshash ta`rifni biz "Oxrana landshaftov" (1982) nomli izoxli lug`atda 
ham ko`ramiz. Unda landshaftning komponentiga geografik qobiqning litosfera, 
gidrosfera, atmosfera va biosferalarning landshaft chegarasidagi qismlari kiradi deb 
ko`rsatilgan. 
Landshaft komponentlari bir-biri bilan o`zaro aloqada bo`lib, birining o`zgarishi 
qolganlarining ham o`zgarishiga olib keladi. Lug`at mualliflari komponenlarni ikkiga: 
tabiiy va antrpoogen komponentlarga bo`lishgan. 
Birinchisiga tog` jinslari, havo yer osti va usti suvlari, tuproq. o`simlik, hayvonot 
dunyosini kiritsalar, ikkinchisiga turli inshootlar, qishloq xo`jalik maydonlari 
kabilarni kiritadilar. 


Landshaftshunos olim N.A.Solnsev ikkinchi landshaft tashkil topishi va 
rivojlanishida turli komponentlar turlicha o`rin tutadi deydi. Ularning ba`zilari kuchli 
bo`lsa, ba`zilari kuchsiz hisoblanadi, N.L.Solnsev landshaft-ning komponentlarini 
kuchlisidan kuchsiziga tomon quyidagi tartibda joy-lashtirgan: tog` jinslari – 
atmosfera - suvlar - o`simlik - hayvonot dunyosi. Uningcha landshaftning geologik 
tuzilishi, tog` jinslarining litologik tar-kibi, relyef, iqlim, tuproq kabilar landshaftning 
komponentlari hisoblan-maydi. 
Shunday qilib, yuqorida kelgirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagi-cha xulosa 
chiqarish mumkin. Landshaftning komponentlari deb, uning tarkibiy qismlari: tog` 
jinslari, havo, suvlar, o`simlik va hayvonot dunyosi kabilarga aytiladi. Iqlim, relyef, 
tuproq esa, komponent emas. Ulardan birinchisi havoning, ikkinchisi tog` 
jinslarining xususiyatlaridir. Uchinchisi esa tog` jinslarining havo, suv va organik 
hayot ta`sirida o`zgarishidan yuzaga kelgan hosiladir. 
Landshaftning tashkil topish va rivojlanishida sanab o`tilgan komponentlarning 
qaysi biri yetakchi, qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyatga ega degan savolning javobi 
ham mulohazalidir. Tabiiy geograflar orasida birlamchi va ikkilamchi, yetakchi yoki 
yetakchi bo`lmagan, kuchli yoki kuchsiz komponentlarni aniqlashga urinish bor. 
Masalan. N.L.Solnsev (1960) tuzgan komponentlar tizimida geomatik 
komponentlar kuchli yoki relyef, suv, havo kabi komponentlar, biotik komponentlar 
(o`simlik va hayvonlar) ikkinchi darajali yoki kuchsiz hisoblanadi. Tabiiy geografik 
mujassamalarning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etadigan omillarning o`zaro 
teng emasligi haqidagi fikrni dastlab biz L.L.Grmyurskiyning (1946) ishida 
uchratamiz. U tabiiy geografik omillarning eng kuchlisini "harakatlantiruv-chi 
kuchlar" deb ataydi. Uning fikricha, harakatlanuvchi kuchlar tabiiy geog-rafik 
mujassamaning ko`lamiga bog`liq holda o`zgarib turadi.



Download 0.67 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Landshaft komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir

Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish