F. N. Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog` jinslari, yer os-ti va usti suvlari, tuproq o`simlik va hayvonot dunyosini kiritadi




Download 45 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi45 Kb.
#100646
Bog'liq
11 seminar


Tuproqlarning ifloslanishi va atrof- muhitga tasiri

R e j a:
1. Komponent to`g`risida tushuncha


2. Landshaft komponentlari
3. Landshaft hosil qiluvchi omillar
4. Fatsiya va urochishe haqida tushuncha

Komponent - lotincha so`zdan olingan bo`lib tarkibiy qism degan ma`noni anglatadi. Landshaft ham barcha katta-kichik geotizimlar singari agregat holati nisbatan bir xil bo`lgan moddiy qismlar- komponentlardan tashkil topgandir.


Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina erkin talqin qilingan. Ba`zan landshaft komponentlariga qum qoratuproq, muz, yashil 6arglar, suv yuzasi kabilarni ham kiritishadi. Ba`zan esa inson tomonidan bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, yashil maydonlar ham landshaft komponentlari deb hisoblanadi.
Masalan, D. L.Ardmand (1975) agregat tarkibi bir xil bo`lgan qismlarni hayot bor yoki yo`qligini hisobga olgan holda, landshaftning komponentlari deb hisoblaydi. U tabiiy komponentlarga turli gazlar suyuqliklar, tog` jinslari, tuproq. o`simlik, qor va muz, hatto texnik inshoatlarni ham kiritadi. Uning fikricha iqlim va relyef komponent emas, balki komponentning xususiyatidir.
F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog` jinslari, yer os-ti va usti suvlari, tuproq. o`simlik va hayvonot dunyosini kiritadi.
Shunga o`xshash ta`rifni biz "Oxrana landshaftov" (1982) nomli izoxli lug`atda ham ko`ramiz. Unda landshaftning komponentiga geografik qobiqning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning landshaft chegarasidagi qismlari kiradi deb ko`rsatilgan.
Landshaft komponentlari bir-biri bilan o`zaro aloqada bo`lib, birining o`zgarishi qolganlarining ham o`zgarishiga olib keladi. Lug`at mualliflari komponenlarni ikkiga: tabiiy va antrpoogen komponentlarga bo`lishgan.
Birinchisiga tog` jinslari, havo yer osti va usti suvlari, tuproq. o`simlik, hayvonot dunyosini kiritsalar, ikkinchisiga turli inshootlar, qishloq xo`jalik maydonlari kabilarni kiritadilar.
Landshaftshunos olim N.A.Solnsev ikkinchi landshaft tashkil topishi va rivojlanishida turli komponentlar turlicha o`rin tutadi deydi. Ularning ba`zilari kuchli bo`lsa, ba`zilari kuchsiz hisoblanadi, N.L.Solnsev landshaft-ning komponentlarini kuchlisidan kuchsiziga tomon quyidagi tartibda joy-lashtirgan: tog` jinslari – atmosfera - suvlar - o`simlik - hayvonot dunyosi. Uningcha landshaftning geologik tuzilishi, tog` jinslarining litologik tar-kibi, relyef, iqlim, tuproq kabilar landshaftning komponentlari hisoblan-maydi.
Shunday qilib, yuqorida kelgirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagi-cha xulosa chiqarish mumkin. Landshaftning komponentlari deb, uning tarkibiy qismlari: tog` jinslari, havo, suvlar, o`simlik va hayvonot dunyosi kabilarga aytiladi. Iqlim, relyef, tuproq esa, komponent emas. Ulardan birinchisi havoning, ikkinchisi tog` jinslarining xususiyatlaridir. Uchinchisi esa tog` jinslarining havo, suv va organik hayot ta`sirida o`zgarishidan yuzaga kelgan hosiladir.
Landshaftning tashkil topish va rivojlanishida sanab o`tilgan komponentlarning qaysi biri yetakchi, qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyatga ega degan savolning javobi ham mulohazalidir. Tabiiy geograflar orasida birlamchi va ikkilamchi, yetakchi yoki yetakchi bo`lmagan, kuchli yoki kuchsiz komponentlarni aniqlashga urinish bor. Masalan. N.L.Solnsev (1960) tuzgan komponentlar tizimida geomatik komponentlar kuchli yoki relyef, suv, havo kabi komponentlar, biotik komponentlar (o`simlik va hayvonlar) ikkinchi darajali yoki kuchsiz hisoblanadi. Tabiiy geografik mujassamalarning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etadigan omillarning o`zaro teng emasligi haqidagi fikrni dastlab biz L.L.Grmyurskiyning (1946) ishida uchratamiz. U tabiiy geografik omillarning eng kuchlisini "harakatlantiruv-chi kuchlar" deb ataydi. Uning fikricha, harakatlanuvchi kuchlar tabiiy geog-rafik mujassamaning ko`lamiga bog`liq holda o`zgarib turadi.
Geografik mintaqalarda iqlim hodisalari harakatlantiruvchi, materiklarda geomorfologik, sektorlarda yana iqlim, zona va kichik zonalarda yana geomorfologik va nihoyat landshaftlarda gidrologik, aerogeomorfologik va fitogeografik hodisalar harakatlantiruvchi kuchlar hisoblanadi. Bunga qo`shimcha qilib A.A. Grigoryev aytadiki, har bir alohida holatda qaysi bir komponent eng kuchli o`zgarishni boshidan kechirayotgan bo`lsa, o`sha komponent harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Bu fikrlarni xato deb bilgan D.L.Armand (1975), komponentlarning yetakchi va yetakchi emasligi haqida so`z yuritar ekan, komponentlarni omillar bilan chalkashtirib yuboradi. Uning fikricha har qanday komponent va uning xususiyati boshqa komponentlarga tasir ko`rsata olsa, u landshaft tashkil qiluvchi omil hisoblanadi. Qaysi bir omil boshqa komponentlarga kuchli ta`sir ko`rsata olsa-yu va ularning tasirida o`zi kamrok o`zgarsa, uni yetakchi omil deb atash mumkin. V.B.Sochava (1974) ham geotizimlarning energetika va dinamikasini belgilab beruvchi eng harakatchan va tez o`zgaruvchan komponentlari issiqlik, namlik va biota kabilarni "kritik komponenglar" deb ataydi". Tabiiy geografik sharoitga bog`liq holda turli xil komponentlar kritik komponentlarga aylanishi mumkin. Bulardan biota komponenti kritik komponent bo`libgina qolmasdan, balki geotizimni barqarorlashtirib turadigan omil hamdir.
Ushbu masalada A.A.Krauklis (1979) bildirgan fikrlar ham e`tiborga loyiqdir. Uning yozishicha geotizimlarning mavjudligida va rivojlanishida uning tarkibiy qismlarining barchasining ahamiyati kattadir. Qaysi kompo-nent yetakchi va qaysi komponent yetakchi emasligini aiiqlashdan ko`ra geotizim-larning o`z holatini saqlashda qaysi komponent qay tarzda ishtirok etishini aniqlash ahamiyatliroqdir. A. A. Krauklisning o`zi esa komponentlarni geo-tizimda bajaradigan o`ziga xos vazifasiga qarab uch guruhga bo`ladi:
1) Sust komponentlar (tog` jinslari va relyef), ular geotizimlarning "o`zagi" hisoblanadi.
2) Harakatchan komponentlar (asosan havo va suvlar) geotizimlarning ichki qismlarini bir-biri bilan va tashqi muhit, jumladan qo`shni geotizimlar bilan bog`lovchi komponentlar hisoblanadi. U o`zidan katta bo`lgan boshqa geotizimlarga nisbatan tashqi kuchlar ta`siriga beriluvchan va tez o`zgaruvchan bo`ladi. Buning sababi shundaki, fatsiya doirasida uning komponentlari orasidagi aloqadorlik va bog`liqlik boshqa geotizimlardagidan ko`ra murtroq, tez shikastlanuvchan tashqi omillar ta`sirida chidamsizroq ekanligidadir. Shuning uchun ham insonning xo`jalikdagi faoliyatini geotizimlarga ta`siri va uning o`ziga xos oqibatlari dastavval fatsiyalar miqyosida ro`y beradi. Jumladan bunday o`zgarishlar fatsiyalarning eng harakatchan, tez o`zgarishga moyilroq bo`lgan biotik komponentlarida ko`zga tashlanadi va keyinchalik ularning boshqa xususiyatlari, mikroiqlimi, namlanishi, issiqlik tartibi kabilarni o`zgarishiga olib keladi. Geologik-geomorfologik shart-sharoitlari esa ko`pincha o`zgarmay qoladi. Shu sababli fatsiyalarga bo`ladigan inson tasiri ko`rsatilsa, o`zgargan fatsiyalar yana o`zining avvalgi holatiga qaytishiga harakat qiladi.
Fatsiyalar odatda yirik miqyosdagi landshaft xaritalaridagina aks ettirilishi mumkin. Ammo landshaftlarning morfologik tuzulishini qaysi miqyosda o`rganilishidan qat`iy nazar, bari bir fatsiyalarni tadqiq qilishga alohida e`tibor berilishi kerak. Chunki har qanday landshaftning paydo bo`lishi, yashashi va rivojlanishida fatsiyalarning va ularda ro`y beradigan modda va energiya almashinishini bilishning ahamiyati katta.
Fatsiyalar tabiatan son jihatidan juda ko`p bo`lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida hamda mukammal tadqiq qilishning iloji bo`lmaydi, natijada ularni tasnif qilish zaruriyati tug`iladi.
Ellyuvial fatsiyalar asosan relyefning do`ng joylariga, atmosferadan ko`tarilib turgan suv ayirg`ich yerlarga to`g`ri keladi. Bunday fatsiyalarda tuproq hosil bo`lish jarayoni, o`simliklar hayoti, moddaning fatsiyaga kirib kelishi asosan atmosfera orqali bo`lib, yer osti suvlarining ishtirokisiz o`tadi. Mod-daning fatsiyadan chiqib ketishi esa atmosferadan tushgan yog`in-sochinning transpiratsiyasi, infiltratsiyasi va oqim hosil qilishi orqali bo`ladi. Nati-jada bunday fatsiyalarda moddaning kirib kelishiga nisbatan chiqib ketishi ko`proq bo`ladi, ya`ni modda almashinishida nisbiy balans yuzaga keladi.
Superakval fatsiyalar asosan yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan pastqam yerlarda hosil bo`ladi. Bunday fatsiyalarda moddaning kirib kelishi faqat atmosfera orqaligina emas, balki yer osti suvlari orqali hamda tevarak atrofdagi relyefi balandroq joylardagi fatsiyalardan ham oqar suvlar orqali kirib kelishi mumkin.
Shuning uchun superakval fatsiyalarda moddaning chiqib ketishidan kirib - kelishi va to`planish jarayoni ustun keladi. Subakval fatsiyalar asosan relyefning pastqam joylarida suv to`planib qolishi natijasida hosil bo`lgan, katta-kichik suv havzalarining ostida hosil bo`ladi. Bunday fatsiyalarda ham moddaning kelishi ketishidan ustun bo`ladi. Subakval fatsiyalarda o`simlik va hayvonlarning alohida o`ziga xos yashash shakllari kuzatiladi. Suv havzalarida tevarak atrofdagi baland joylardan yuvilib kelgan kimyoviy unsurlar ichida eng harakatchanlarining ustunligi kuzatiladi.
B.B. Polinov tomonidan ishlab chiqilgan bu tasnifning ko`rinishi turli landshaftlar sharoitida ishlatilishi mumkin bo`lgan umumiy ko`rinishdagidek bo`lib, har bir o`ziga xos mahalliy sharoitda oraliq fatsiya turlari bilan to`ldirilishi va aniqlashtirilishi mumkin. Masalan, M.A.Glazovskaya (1964) yonbag`irlarning yuqori qismida transelyuvial yonbag`irlarning quyi qismida elyuvial-akqumulyatsiya, pastkam, ammo yer osti suvlari chuqur bo`lgan joylarda akqumlyativ-elyuvial fatsiyalarni ajratish hamda superakval fatsiyalarni transsuperakval fatsiyalarga, subakval fatsiyalarni esa akval va transakval fatsiyalarga ajratishni taklif etadi.
Landshaftlarning morfologik qismlari ichida eng asosiylaridan biri urochishedir. Urochishe bir mezorelyefda joylashgan tabiiy hududiy mujassama bo`lib, genetik va dinamik jihatidan uzviy bog`liq bo`lgan fatsiyalar tizimidan iboratdir. Landshaftlarning alohida urochshelariga bo`linishida uning litogen asosi relyef hamda tog` jinslarining ekologik tuzilishi asosiy ahamiyatga egadir.
Urochishelar landshaftda egallagan maydoni va tarqalishiga qarab asosiy (yoki xuqumron) hamda ikkinchi darajali urochishelarga bo`linadi. Asosiy urochishelar landshaftlarning morfologik tarkibsini belgalab berishi bilan birga keng ko`lamda tarqalganligi bilan ikkinchi darajali urochishelar esa tarqalish ko`lami kamligi bilan tavsiflanadi.
Urochishelar o`zini ichki tuzilishiga qarab oddiy va murakkab bo`lishi mumkin. Oddiy urochishelar mezorelyefning har bir qismi faqat bitta fatsiya bilan band bo`ladi. Murakkab urochishelar tarkibida esa mezorelyefning bir qismida fatsiya qismi yoki urochishechalar (podurochishe) joylashgan bo`ladi.
Urochishecha oraliq birlik bo`lib, asosan mezorelyefning bir qismida joylashgan fatsiyalar to`yimli moddalar, namlik va issiqlik taqsimlanishidagi jarayonlarning umumiyligi bilan bir-biriga bog`liqdir. Masalan, urochishechalar bir urochishening ichida turli ekopozitsiyaga ega bo`lgan hollarda ajratilishi mumkin.
Urochishelar ham fatsiyalar yoki landshaftlar kabi yer yuzida keng tarqalganligi sababli ularni ham ma`lum guruhlarga yoki sinflarga birlashtirish, ya`ni tasnif qilishga to`g`ri keladi. Urochishelarning dastlabki tasnifini Y.M.Seselchuk (1963) bajargan. To`rt pog`onalik bu tasnif tur-kichik tur-xil-kichik xil ko`rinishida bo`lib, eng katta birlik sifatida urochishe turi ajratilishi kerakligini uqtiradi.
Urochishe turlari mezorelyef shakllariiing kelib chiqishi, dinamikasi hamda biokimyoviy va mexanik rivojlanishi yo`nalishidagi o`xshashliklar asosida ajratiladi.
Urochishelarning keyingi tasnif birligi xildir. Xillar asosan urochi-shelarni tashkil qiluvchi tub fatsiyalarning tuproq-o`simlik qoplamidagi o`x-shashliklarga asosan aniqlanadi. Kichik xillar esa urochishelardagi tuproq-o`simlik qoplamining shakllanishidagi azonal (zonal bo`lmagan) omillar o`xshashliklar asosida aniqlanadi.
Urochishelar tasnifining yanada mukammalrok ko`rinishdagisini A.A.Vidina (1973) tavsiya etgan. U o`rta rus balandligining g`arbiy yonbag`ridan oqib tushadigan ikki daryo (Vitebeti va Nugra) havzalarida joylashgan 950 ta urochishe va urochishechalarni aniqlab xaritaga tushirgan va tasnif qilgan. U bajargan urochishelar tasnifi 8 ta jadval ko`rinishida bo`lib, ularda urochi-shelar va urochishechalar eng avval morfogenetik jihatdan tutgan o`rniga ko`ra 5 ta katta guruhga, keyin geomorfologik belgilar asosiga 48 ta variantga va tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning xususiyatlari asosida yana 50 ta vari-antga bo`lib tashlangan. Mazkur tasnif urochishe va urochishechalarning asosiy xususiyatlarini belgilab beradigan 4 ta geologik, geomorfologik gidrologik va tuproq, ayrim hollardagina geobotanik omillar hisobiga olingan.
A.G.Isachenko (1965) fikricha urochishelarni tasnif qilayotgan vaqtda ularning zonal va provinsial xususiyatlari hisobga olinishi va har bir tur yoki xilga mos bo`lgan fatsiyalar majmuasiga e`tibor berish kerak bo`ladi.
Umuman olganda urochishelar tasnifi xuddi fatsiyalar tasnifi kabi puxta va har tomonlama mukammal ishlab chiqilmagan. Buning asosiy sababi landshaftlarning morfologik qismlarini xaritaga tushirish tajribasi ham kam ekanligidadir.
Landshaftlarning morfologik qismlari ichida eng kattasi joy (mestnost) deb ataladi. Joy deganda ma`lum landshaft uchun xos bo`lgan urochishelar yig`indisining alohida varianti tushuniladi.
Geografik adabiyotda "joy turi" degan atama ham tez-tez uchrab turadi (F.N.Milkov, 1956). Joy turi landshaftlarning morfologik qismi hisob-lanmaydi, ammo u ham xo`jalikda foydalanishi nuqtai-nazaridan qaraganda nisbatan bir xil bo`lgan yirik tabiiy hududiy mujassama va urochishelarning majmuidan iboratdir.
Shunday qilib, landshaft o`zidan kichik bo`lgan mujassamalardan, ya`ni morfologik qismlardan tashkil topgan murakkab tabiiy hududiy mujassamadir. Landshaftning har bir morfologik qismi ham o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan mujassama deb qaralishi bilan birga, ular ayrim o`xshash belgilarga asoslangan holda tasnif qilinishi mumkin, ya`ni tipologik birlik sifatida qaralishi mumkin.
Landshaftning morfologik qismlari orasidagi aloqadorlik tavsifi landshaftning gorizontal yoki morfologik tuzilishi deyiladi. Landshaftning morfologik tuzilishi uni boshqa toifadagi tabiiy hududiy mujassamalardan ajratib olishda ishonchli belgi bo`lib xizmat qiladi va landshaftlarni chegaralab olishda aniq mezon bo`la oladi.
Har qanday landshaftning morfologik tuzilishini tarixiy shakllangan tizim deb qarash kerak bo`ladi. Shuning uchun landshaftning morfologik tuzilishini o`rganish uchun genetik qoidaga asoslanish lozim. Bunda har bir tabiiy hududiy birlik tarixan shakllangan deb karalishi va uning rivojlanishi qonuniyatlari ham aniqlanishi kerak.
Shunday qilib, landshaftlar, boshqa har xil geotizimlar singari komponentlardan, ya`ni tarkibiy qismlardan tuzilgandir. Shu bilan birga o`zidan kichikroq bo`lgan geotizimlardan, ya`ni morfologik qismlar majmuidan iboratdir. Landshaftlar ochiq geotizim bo`lganligi uchun ular ma`lum muhitda shakllanadi va yashaydi, yon atrofdagi qo`shni landshaftlar bilan ham o`zaro aloqada bo`ladi, ya`ni har bir landshaft o`zidan katta bo`lgan geotizimning bir qismi hisoblanadi.


Adabiyotlar:

  1. www.ziyonet.uz

  2. Sviridov A. A. Koordinatsiya i funksionirovaniye struktur sistemi obespecheniya natsionalnoy bezopasnosti i geopolitiki Rossii. Ponyatiye o strukturnix i bezstrukturnix sposobax upravleniya. Natsionalnaya bezopasnost i geopolitika Rossii, 2002, 1-2 (30-31)-son, 2002 g.

  3. Kasimova N.A. Soyedinenniye Shtati Ameriki v regionalnix integratsionnix protsessax. Politiko-ekonomicheskiy aspekt.- T.:UMED, 2002,183-bet.

  4. Sviridov A. A. Geopolitika Rossii v voprosax voyennoy i pogranichnoy bezopasnosti Rossii, regionov, predpriyatiy i firm. Natsionalnaya bezopasnost i geopolitika Rossii, 2002, 1-2 (30-31)-son, 2002 .

Download 45 Kb.




Download 45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. N. Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog` jinslari, yer os-ti va usti suvlari, tuproq o`simlik va hayvonot dunyosini kiritadi

Download 45 Kb.