• Tayanch iboralar
  • 1.1 Issiqlik taminoti tizimlari
  • 1-Mavzu. Issiqlik ta'minoti va issiqlik tizimining asosiy elementlari Reja




    Download 8.24 Kb.
    bet1/2
    Sana16.03.2024
    Hajmi8.24 Kb.
    #174484
      1   2
    Bog'liq
    1-Mavzu. Issiqlik ta\'minoti va issiqlik tizimining asosiy elemen-fayllar.org
    REFERAT.O\'rta Osiyo allomalarining ekologik merosi., 10-11 1-mustaqil ish

    1-Mavzu. Issiqlik ta'minoti va issiqlik tizimining asosiy elementlari Reja

    1-Mavzu. Issiqlik ta'minoti va issiqlik tizimining asosiy elementlari


    Reja:
    1.1 Issiqlik ta'minoti tizimlari
    1.2 Issiqlik ta'minoti tizimlari issiqlik tashuvchilari
    1.3 Issiqlik ta'minoti isitish va ventilyatsiya tizimlarini loyihalash.


    Tayanch iboralar: (Issiqlik ta'minoti va issiqlik tizimining asosiy elementlari): issiqlik manbalari, issiqlik tarmoqlari, abonent kirishlari va mahalliy issiqlik istemolchilari tizimlari yopiq, yarim yopiq va ochiq tizimlar. Suvli va bug’li issiqlik ta'minoti tizimlari.


    1.1 Issiqlik ta'minoti tizimlari
    Xalqimiz farovon yashashini ta'minlash yo'llaridan biri ularning yashash sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir. Xalqimiz farovon yashashi uchun davlatimiz tomonidan xar bir xonadon uy joy bilan ta'minlanishi kerakligi o'qtirib o'tildi. Shu bilan birga ularni bir joydan turib issiqlik bilan taminlash masalasiga ham alohida e'tibor berilmoqda. Issiqlik bilan ta'minlash deganda bino va inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta'minlash tushuniladi.
    Issiqlik bilan ta'minlash tizimlari xalq xo'jaligini rivojlanti-rishining kattta bir bo'lagini tashkil etadi. Buni anglab yetish uchun xalq xo'jaligida qazib olinadigan va ishlab chiqiladigan yoqilg'ining issiqlik ta'minotiga 25 foizi sarflanishini aytishning o'zi kifoya qiladi. Hozirgi yoqilg'i tanqis zamonda undan unumli foydalanish davlat mikyosidagi vazifalardan biri hisoblanadi.
    Markaziy issiqlik bilan ta'minlash yirik tuman qozonxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Yirik tuman qozonxonalarining FIK mayda qozonlar FIK dan ancha yuqori. Issiqlik elektr markazlari yordamida issiqlik bilan ta'minlash tizimlari, issiqlik bilan ta'minlash tizimlari ning oliy formasini tashkil etadi. U yoqilg'i sarflanishini 20-25 foizga qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari markaziy issiqlik bilan ta'minlash katta sotsial ahamiyatga ega, u ishlab chiqarish mehnat unumdorli-gini oshirish imkonini beradi, mehnat sharoitini yaxshilaydi, odamlarning yashash sharoitini yaxshilaydi. Markaziy issiqlik bilan ta'minlash tizimlari, mayda isitish tizimlarini yo'qotish imkonini beradi. Chunki bunday mayda uskunalar atrof muhitni iflos chiqindilar bilan zaharlaydi. Shunday qilib markaziy isitish tizimlari atrof-muxitni muhofaza qilishda ham katta rol o'ynaydi. Hozirgi vaqtda, fan va texnikaning yadro energiyasidan foydalanishdagi yutuqlari yangi yo'lni ochib berdi. Hozirgi vaqtda atom ener-giyasida ishlaydigan issiqlik elektr manbaalari va atom energiyasida ishlaydigan qozonxonalar ishlab turibdi. Yadro energiyasidan foydalanish qimmatli xom ashyo, organik yoqilg'ilarni tejamli ishlatish imkonini bermoqda.
    Markaziy issiqlik ta'minoti tizimlari quyidagi asosiy elementlardan iborat: issiqlik manbaai, issiqlik tarmoqlari va istemolchilar. Istemolchilarga - isitish, ventilyatsiya va issiq suv bilan ta'minlash tizimlari kiradi.
    Markaziy issiqlik ta'minoti tizimlarida issiqlik manbaai sifatida ikki turdagi issiqlik manbaalari ishlatiladi: issiqlik elektr markazi (IEM) va rayon qozonxonasi (RQ). IEM bir vaqtning o'zida ham elektr, ham issiqlik energiyasi ishlab chiqaradi. Bu o'z vaqtida yoqilg'ini tejash imkonini beradi. IEM da ishchi jism (suv bug'i), birlamchi energiyasi turbina valini aylantirishga ya'ni, elektr energiyasini hosil qilishga ishlatiladi. Ma'lum miqdorda ishlagan bug' esa isitkichlardan o'tib issiqlik bilan ta'minlash tizimiga o'z isiqligini beradi. Rayon qozonxonalarida esa faqat issiqlik energiyasi olinadi va elektr energiyasini olish uchun maxsus kondensatsion elektr stantsiyalari quriladi. Bunday alohida, alohida energiyalar olish ancha qo'shimcha yoqilg' i sarf qilinishini talab qiladi.
    Shuni unutmaslik kerakki, IEM uchun sarflanadigan maxsus qurilmalarning umumiy qiymati alohida kondensatsiya elektr stantsiyalarida (KES) va RQ sarflanadigan qurilma qiymatidan ancha qimmat turadi. Shuning uchun IEM larini issiqlik miqdorini katta talab qiladigan yirik rayonlarga qurish maqsadga muvofiqdir.

    Download 8.24 Kb.
      1   2




    Download 8.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu. Issiqlik ta'minoti va issiqlik tizimining asosiy elementlari Reja

    Download 8.24 Kb.