6-mavzu. Savod o‘rgatish davrida nutqga o‘rgatish




Download 0.79 Mb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#39406
  1   2   3
Bog'liq
6-mavzu
10-mavzu, 5, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word

6-mavzu. SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA NUTQGA O‘RGATISH

Bolalarning tasavvur dunyosi shu qadar keng boʻladiki, u yerda butun borliq koinot jilvalanib turadi. Biz bilib bilmasdan shu kengliklarga daxl qilib qoʻyamiz. Ularga oʻzimizning mavjud dunyoqarashimizni singdirishga urinamiz. Aslida bilishimiz kerakki, biz ularga hech narsani oʻrgata olmaymiz. Bizning eng muhim vazifamiz shu boʻlishi kerakki, ularga oʻzlarini oʻzlari rivojlantirishlari uchun imkoniyat qilib berishimiz, uni tabiatan mavjud bo’lgan qobiliyatlarini yuksaltirishga yo’naltirishimiz kerak.


Buyuk rus yozuvchisi va metodisti Lev Tolstoy “Bolalarni oʻqitishni bas qiling” deganda, aslida, ularning oʻzlari ustida ishlashlari uchun imkoniyat qilib berishlik, ularning oʻzlarini oʻz ustlarida ishlashga oʻrgatishni nazarda tutgan edi. Bugun ta’lim tizmidagi hayotiy kompetensiyaviylikning ham mohiyati bolalarni jonsiz dars jihozlaridan koʻra hayotiy faoliyatga olib chiqishni, dars jarayonini hayot bilan bogʻlashni pirovard maqsad qilib qoʻyadi.
Ta’kidlaganimiz kabi harflarni bolaga zoʻraki tiqishtirishdan koʻra, shu harflarni obrazlarda tavsiya etish, ularni qiziqarli koʻrinishda oʻrgatish qiziqqon bolajonlar uchun yana-da maroqli va quvnoqroq boʻladi. Ta’lim va tarbiya jarayoni shunday tashkil etilganda, bolalarga bilim berishning hojati ham qolmaydi. Ularning oʻzlari bilimni sizdan tortib olishadi. Faqat buni qanday tashkil qilish ma’qul ekanligini bila olsangiz bas.
Bundan tashqari savod oʻrgatish jarayonida har bir harf haqida ertak aytib berishlik bolalarni harfga nisbatan qiziqishini yanada orttiradi. Siz majburlamasangiz-da kechasi bilan bola shu harf haqida oʻylab chiqadi. Shu harfning boshidan oʻtgan sarguzashtlari, qilgan qahramonliklari haqida xayol suradi. Axir oʻqituvchining asl maqsadi ham shu emasmi. Maqsadga olib boradigan turli yoʻl va usullar turganda oʻrinsiz va eski metodlardan foydalanishga hojat yoʻq.
Bolalarning ichki dunyosi goʻyo shudgorlanib qoʻyilgan poyonsiz dalalarga oʻxshaydi. U yerga nima eksangiz, shu narsa unib chiqadi. Shuning uchun keling, bu dalalarni bogʻ-boʻstonlarga aylantirishni xohlar ekanmiz, bu bogʻlardan barcha bahramand boʻlishiga imkoniyat yaratishimiz lozim.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish bu bosqichning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, nutq har qanday aqliy faoliyat va muloqotning asosi hamdir. O‘quvchilarning taqqoslash, tasniflash, tahlillash, mustaqil va mantiqli mulohaza yuritish, tizimlash hamda umumlashtirish, xulosalar chiqarish singari aqliy faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikmalari nutq orqali shakllanadi. Ayni vaqtda, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatida ham namoyon bo‘ladi. O‘quvchining aqliy rivojlanganlik darajasi og‘zaki va yozma nutqidagi mantiqiy tiniqlik, qarashlarning dalillanganligi va obrazliligida ham ko‘rinadi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi, ya’ni matn yaratishdagi muvaffaqiyatlari boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishdagi imkoniyatini ham oshiradi. Bundan tashqari, o‘qish ko‘nikmalarining to‘laqonli shakllanishini va imlo savodxonligi ortishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqni o‘stirish o‘qish va imlo savodxonligi, to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘zlashtirish jarayonining shakllaridan biridir. So‘zdan ibora, jumla va bog‘lanishli matn yaratishda to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish qoidalari ustida ishlash, bexato va savodli yozish, asosan, boshlang‘ich sinflar ona tili darslarining vazifasi hisoblanadi. Ona tili ta’limi Milliy dastur asosiy bandlarining nomi (o’qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so’zlash, yozish va grammatik svodxonlik) ham nutq o‘stirishning boshlang‘ich ta’lim amaliyotida qanchalar ahamiyatli va zarur ekanini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich ta’lim amaliyoti ham nutq o‘stirish ishlariga bevosida daxldordir.
Nutq ichki fikr va qarashlarni ifodalash ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish, ya’ni so‘zlarni qoldirmay, ma’lum izchillikda, bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va talaffuz qilish so‘ngra uni yozma shaklda ifodalash demakdir. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda ularga nazariy ma’lumotlar berish ham maqsadga muvofiq. Ya’ni bilim va ko‘nikmalar anglangandagina yaxshi o‘zlashtirilishi, nutq faoliyatida kutilgan samarani berishi mumkin.
O‘quvchilar boshlang‘ich ta’limning dastlabki bosqichidan boshlab har xil mashqlarni bajarish asnosida mavzu bo‘yicha gapirish, asosiy masalani ochish, fikrini to‘g‘ri ifodalash va bog‘lanishli nutq nima ekani bilan tanishib boradilar. O‘quvchilarga qayta hikoya, tahlil, tavsif va muhokama nima ekanini anglashga ko‘maklashiladi. Ularda predmetni tasniflash bilan biror surat yoki kuzatishlarini tasniflash orasidagi tafovutni farqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zi ko‘rgan-bilganlari va kuzatganlarini tasniflash bilan surat va kuzatishlari haqida hikoya qilish bir-biridan nimasi bilan farqlanishini, batafsil yoki tanlab hikoya qilish nima ekani, didaktik tahlil, og‘zaki va yozma inshoning farqi, bayon va insho nima ekanini o‘quvchilar boshlang‘ich sinflar davridan farqlab borishlari kerak. Bularning barchasini kichik o‘quvchilar amalda bajarish asnosida o‘zlashtirib boradilar.
Savod o‘rgatish darslarida tashkil etilgan suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari samaradorligi nafaqat savolning to‘g‘ri qo‘yilishi, balki o‘qituvchining har xil xarakterdagi javoblar orasida o‘zini yo‘qotmay suhbatni boshqara bilishiga ham bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan suhbatlarda o‘qituvchi-o‘quvchilar fikr va qarashlari bilan hisoblashadigan teng huquqli suhbatdoshlarga aylanadilar. O‘qituvchi o‘quvchi javoblaridagi silliqlikni birinchi o‘ringa ko‘tarmasligi kerak. O‘qituvchining o‘quvchi javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to‘ldirib borishi ham noto‘g‘ri. Albatta, o‘quvchining xulosasi o‘qituvchining fikridek to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham ta’lim amaliyoti uchun olimnikidan qadrliroq, o‘qituvchinikidan qimmatliroqdir. Chunki o‘quvchi hech kimni – muallifni ham, muallimni ham takrorlayotgani yo‘q. Bu o‘quvchining o‘z mustaqil fikri, o‘z xulosasi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchining fikr ifodalashida mantiq, madaniyat va bilimni ta’minlash, boshqalarning fikriga munosabatda aytganlari uchun javob bera olish hissini tarbiyalashdan iboratdir.
Boshlang‘ich ta’limga olib kirilayotgan zamonaviy suhbatlar – bu ovoz chiqarib mulohaza yuritish, bir savol atorfida birgalikda o‘ylash, ovoz chiqarib his etishdir. O‘quvchilar hamisha ham tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq ifodalayvermaydilar. Asl tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni hamisha ham so‘zga ko‘chirib bo‘lmaydi. Tortishuvlar uchun vaziyat yaratish suhbat jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning muhim shartlaridan biridir.
“Alifbe” darsligining bosh sahifalarida berilgan rasmlar yuzasidan ham qiziqarli suhbat tashkil etish mumkin.
1.Kimlarning uyida poliz ekinlari ekiladi?
2.Bodring qanday yetishtiriladi.
3.Karam qanday o‘sishini kuzatganmisiz?
4.Pomidorning pishganligini qanday aniqlaymiz?
Bolalar o‘qituvchining savollariga bilganlarcha javob qaytarishadi. Qolgan o‘quvchilar ham navbat bilan o‘z mulohazalarini aytishlari mumkin. Fikr bildirayotgan o‘quvchi o‘z nutqida o‘rganishi lozim tovushlarni amalda qo‘llayotganligini o‘qituvchi tushuna olishi kerak.
Jonli suhbatlarda ishtirok etgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘z fikrlarini muhokama qiladi, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyorlanadi. U fikrning aniq va muayyan maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Suhbat jarayonida o‘quvchida o‘z fikrini aytish, uning to‘g‘riligiga hamsuhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug‘iladi. O‘quvchini o‘z fikrini isbotlash uchun dalillar topa bilish, misollar keltirish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltirish, uni e’tiroz bildirishga, qarshi fikrlar ayta olishga odatlantira borish suhbat metodining talablaridan biridir. Bu metod kichik o‘quvchilarni hamsuhbatni eshitish, munozarada ishtirok etishga o‘rgatadi, o‘z bilimini chuqurlashtirishga ehtiyoj paydo qiladi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi.
To‘g‘ri tashkil etilgan suhbatlar xotirani, kuzatuvchanlikni, tasavvur va hissiyotni faollashtirishga sharoit yaratadi. Oqilona tashkil etilgan suhbatlar davomida har bir o‘quvchining individual jihati namoyon bo‘ladi. Dars jarayonida tashkil etilgan bunday suhbatlarda bitta masala bo‘yicha bir nechta o‘quvchi, ba’zan butun sinf fikr aytishi mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchi barcha o‘quvchilarning faoliyatini kuzatib boradi, suhbatni maqsad sari yo‘naltiradi, bu bilan o‘quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich ta’limini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishda qo‘llaniladigan suhbat metodining asosiy talablaridan biri – savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‘lishi. Kichik o‘quvchiga bir xil narsa bilan uzoq shug‘ullanish o‘ta salbiy ta’sir qiladi. Suhbat uchun savollar tayyorlayotganda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan jihatlar yetakchilik qilishini, sinfdagi barcha o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasini nazardan qochirmasligi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, suhbat uchun tuzilgan savollar o‘quvchi ruhiy faoliyatining xilma-xilligini ham ta’minlashi kerak. O‘quvchining savolga javob berish uchun o‘ylanishi, eslashi, tasavvur qilishi, izlanishi unda shaxslik sifatlari shakllanishida juda foydalidir. Suhbat uchun tuzilgan savollar orasida o‘zaro kuchli mantiqiy aloqa bo‘lishi kerak. Savol ko‘magida asardan o‘quvchi tomonidan kashf qilingan mantiq bilan asar muallifi fikrlari murakkab yaxlitlikni tashkil etishiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich ta’limda tashkil etilgan suhbatlar davomida kichik o‘quvchi asar haqidagi dalillarni aniq bilgandagina o‘z qarashlarini aytishi mumkin. Lekin ko‘pincha, bunday vaziyatlarda bilimning, dalilning o‘zi kamlik qiladi. O‘quvchi asarni o‘qituvchisi ko‘magida mustaqil tahlil qila bilishi, xulosalar chiqara olishi kerak bo‘ladi. Mavzu yuzasidan izlanishga undaydigan savol-topshiriqlar ham shunga qaratilishi lozim. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy hazratlari: “Yaxshi savol yarim bilimdir”,- deb bejiz aytmagan.
Quyi sinflar ta’limida tashkil etiladigan suhbatlarda bilim berish ustuvorlik qilmaydi. Balki kichik o‘quvchilarda olingan bilimlar, o‘zlashtirilgan fazilatlarni mustahkamlash, munosabat bildirish, tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash, uni asoslash, o‘z fikrida tura bilish xususiyatlari tarbiyalanadi. O‘qituvchidan birinchi savoldan keyin o‘quvchilar kayfiyatini ilg‘ab olish, savol tushunarli bo‘lganini his qilgan holda suhbatni yangi-yangi yo‘nalishlarga burish talab qilinadi. Suhbat metodi asosida tashkil qilingan darsning ichki tartibi shu tariqa yaratiladi.



Download 0.79 Mb.
  1   2   3




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu. Savod o‘rgatish davrida nutqga o‘rgatish

Download 0.79 Mb.