• NAMUNAVIY NIZOM
  • 12-Mavzu. O‘zbekistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari Reja




    Download 23.93 Kb.
    bet1/3
    Sana24.03.2023
    Hajmi23.93 Kb.
    #46430
      1   2   3
    Bog'liq
    12-maruza
    10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word

    12-Mavzu. O‘zbekistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari
    Reja:

    1. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi

    2. Axborot xizmatining huquqiy asoslari

    3. Axborot xizmatining qonuniy asoslari
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 250-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etilgan
    Markazning asosiy vazifalari:

    • "Elektron hukumat" tizimi axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;

    • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq "Elektron hukumat" tizimini joriy etish doirasida axborotlashtirish ob’ektlarini attestatsiyadan o‘tkazish;

    • davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siѐsatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;

    • axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, "Elektron hukumat" tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik еchimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

    • "Elektron hukumat" tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    • telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

    • Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘laѐtgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

    • qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz ѐxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

    Tashkilotda axborot xizmatini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uning huquqiy asoslari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot xizmatining huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari tashkil etadi.
    Aytish joizki, mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda tashkilotlarda axborot xizmatlarini tashkil etishda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgandi. Qarorda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning, oshkora fuqarolik jamiyati qurishning muhim yo‘nalishi hisoblanishi qayd etilgan holda, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari (keyingi o‘rinlarida idoralar deb yuritiladi) tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlari tashkil etilsin” deb belgilangan.
    Aytish joizki, o‘tgan yillar mobaynida mazkur qarorda belgilangan qator vazifalar ijrosi ta’minlandi. Chunonchi, barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va boshqa idoralarda axborot xizmatlari tashkil etildi va ular faoliyati yo‘lga qo‘yildi, internet tarmog‘ida vebresurslari tashkil etildi. Shu tariqa bugungi kunga qadar axborot xizmatlari muayyan vazifalarni amalga oshirib kelayotir. Biror huquqiy asosga ega bo‘lmasdan bunday muhim vazifalarni amalga oshirish mushkul edi, albatta.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-sonli qarori sohani yanada takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
    Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta’minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o‘tishini ta’minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash zarur. Bu davlat va xo‘jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta’minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot jihatidan ochiqligini yanada oshirish, jamoatchilikka amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning maqsadlari, vazifalari, borishi hamda natijalari, mamlakatning global axborot jamiyatiga uyg‘un integratsiyalashuvi haqida o‘z vaqtida, xolisona va to‘laqonli axborotni tezkorlik bilan еtkazish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida quyidagi huquqiy normalar hamda vazifalar belgilangan:

    1. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidabelgilangan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlari va usullarini joriy etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini ta’minlashga qaratilgan normalari ijrosini so‘zsiz va sifatli ta’minlash barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eng ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin.

    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari ushbu vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.

    1. Belgilab qo‘yilsinki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi o‘rinlarda axborot xizmati deb yuritiladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi hamda shu organ rahbariga bevosita bo‘ysunadigan alohida mustaqil bo‘linma hisoblanadi.

    Quyidagilar axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
    davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish; ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish; axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish; axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot tusidagi materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (kino, foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash; idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
    3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Shuningdek qarorda, axborot xizmatlari kadrlarining malakasini oshirish va Xizmatlarni jurnalist kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish va boshqa sohalardagi yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish; axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashning boshqa zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy etish vazifalari ham belgilangan.
    Har bir tashkilotning Nizomi uning huquqlari, vazifalari, burchlarini kafolatlovchi asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Axborot xizmati aslida tashkilot markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblansa-da u ham alohida Nizomiga ega bo‘ladi.
    Axborot xizmati xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 125-son qarorigailova tarzida berilgan quydagi hujjatga ham alohida e’tibor qaratishlari zarur:
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risida

    NAMUNAVIY NIZOM

    1-bob. Umumiy qoidalar


    1. Axborot xizmati (matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar xizmati)

    (keyingi o‘rinlarda Xizmat deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita uning rahbariga bo‘ysunadi.

    1. Xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunigava O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

    2. Xizmat o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.


    Download 23.93 Kb.
      1   2   3




    Download 23.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-Mavzu. O‘zbekistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari Reja

    Download 23.93 Kb.