-bob. Xizmat faoliyatini tashkil etish




Download 23.93 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi23.93 Kb.
#46430
1   2   3
Bog'liq
12-maruza
10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word

4-bob. Xizmat faoliyatini tashkil etish


  1. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.

  2. Xizmat faoliyati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.

  3. Xizmatga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi.

  4. Xizmat rahbari bevosita davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbariga bo‘ysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi.

  5. Xizmat rahbari:

Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shartsharoitlar yaratadi.

  1. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

  2. Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi1.

Shu asosda respublikamizdagi barcha tashkilotlarning axborot xizmati Nizomi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Demak, axborot xizmati shu Nizom asosida faoliyat ko‘rsatishi uning huquqiy asoslari qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Axborot xizmati qaysi idora yoki tashkilotga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar u asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi.
Modomiki, tashkilotning axborot xizmati axborot to‘plash va tarqatish bilan ham shug‘ullanar ekan, demak, O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni ham uning huquqiy asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur qonunning 6-moddasi “Axborotning ochiqligi va oshkoraligi” deb nomlanib, unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart, deb belgilab qo‘yilgan. Qonunning “Axborot erkinligi kafolatlari” deb nomlangan 8moddasida esa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar, deb belgilangan.
Xo‘sh, bu vazifalarni kim va qanday yo‘sinda amalga oshiradi? Jahon tajribasiga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda tashkilotlar tomonidan asosiy axborotlar aynan axborot xizmati tomonidan tarqatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Axborot xizmati avvalo jurnalistlar kabi axborot to‘plashi, qayta ishlashi (ommabop janrda yozishi yoki teleko‘rsatuv, radioeshittirish tayyorlashi) talab etiladi. So‘ng, o‘sha axborotini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi mumkin. Demak, bu o‘ta mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishida axborot xizmati uchun o‘sha qonun g‘oyat muhim asosdir.
Axborot xizmat xizmati xodimi axborot to‘plash va tarqatish borasida jurnalistlar kabi faoliyat ko‘rsatar ekan, O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni ham uning huquqiy asoslaridan hisoblanadi. U ham jurnalistning majburiyatlarini bilishi va unga amal qilishi zarur. Qonunning 6-moddasi
“Jurnalistning majburiyatlari” deb nomlanib, unda bajarishi shart bo‘lgan majburiyatlar ham belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist:
qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
talablariga rioya etishi; o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi; aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilishi; shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Jurnalist o‘z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.
Jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart.
Bu talablarning barchasi doimo axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot xizmati xodimlari uchun ham birdek taalluqlidir.
Axborot xizmatlarining huquqiy asoslarini belgilovchi navbatdagi qonun – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘lganini alohida qayd etish lozim. Qonunning 10moddasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati” (2014 yil 5 may) deb nomlanadi. Unda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajaruvchi, shuningdek ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmasi yoxud ushbu vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatidir, deb belgilab qo‘yilgan.
Ushbu moddaga binoan Axborot xizmati ommaviy tadbirlarni tashkil etish, axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va hokazolarni) tarqatish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytida ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilab borish yo‘li bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish choratadbirlarini ko‘radi. Axborot xizmati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatishning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa usullaridan ham foydalanishi mumkin. Qonunda axborot xizmatining faoliyatini tashkil etish tartibi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanishi ham qayd etilgan.
Aytish joizki, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning nomlanishidan ham ko‘rish mumkinki, qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun ham sodda va tushunarli tilda yozilganligi bilan barcha uchun birdek tushunarlidir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilgan. Yangi Qonun ushbu normani to‘la-to‘kis amalga oshirishni ta’minlaydi.
Mazkur qonun aholining davlat tuzilmalari faoliyati haqida axborot olishida, ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirishda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarimizni yaxshilashda va albatta, aholi farovonligini yuksaltirishda katta imkoniyatlarni ochadi.
Bu huquqiy hujjat fuqarolar xabardorligini ta’minlashning turli usullari nazarda tutilishi bilan ham biz uchun muhim ahamiyatga ega. Bu davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning mohiyati va ahamiyatini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishi haqidagi axborotlarni har bir hudud, har bir mahalla aholisiga еtkazish imkonini beradi. Ma’lumki, bizning vazifalarimizdan biri – bandlikni ta’minlashga ko‘maklashishdir. Bugun bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlar respublika tashkilotlaridan totib viloyatlar hokimliklari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘sha idora va tashkilotlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda katta o‘rin tutadi.
Ochiqlik va davlat organlari rasmiy manbalari axborotlarining to‘la-to‘kis mavjud bo‘lishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan tortib barcha-barchani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratishini izohlashga hojat bo‘lmasa kerak.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari alohida o‘rin tutadi. Chunki aynan ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy
hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Demak, ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yana bir muhim qadam bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalari sohasida yurtimizda mustahkam qonunchilik asosi shakllantirilgan bo‘lib, u izchil takomillashtirib borilmoqda, jurnalistlik faoliyatining erkinligi va kafolatlari ta’minlanmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta’minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bunday yangilik faoliyatimizda uchrab turadigan axborot olishdagi ba’zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga davlat organlari faoliyatiga oid axborotlarni to‘siqsiz olishning mustahkam kafolati zarur. Bu borada mazkur qonunning asosiy prinsiplari – axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, oshkoralik, shaffoflik, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonunda mamlakatimizda oxirgi yillarda shakllangan jamoatchilikni davlat organlari faoliyati haqida boxabar qilish mexanizmlari belgilab qo‘yilgan. Ular orasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovga javoblar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etishiga oid tartiblar muhim ahamiyatga egadir.
Download 23.93 Kb.
1   2   3




Download 23.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Xizmat faoliyatini tashkil etish

Download 23.93 Kb.