• Web-texnologiya klassifikasiyasi
  • Ishni bajarish tartibi: Topshiriq: Vizitka saytlar haqida ma’lumot berish Amaliy qism
  • 1-Amaliy topshiriq Mavzu: Veb texnologiyaga kirish. Veb-sahifa, veb-sayt (veb ilova) veb-server Ishdan maqsad




    Download 264.69 Kb.
    Sana12.11.2023
    Hajmi264.69 Kb.
    #97536
    Bog'liq
    1-amaliy topshiriq egov
    DGDGDGD, 12354, 3, 3-amaliy topshiriq egov, НАМУНА кафолат хати, Azizbek ITI, Reja Xaara bazislarida spektral analiz-fayllar.org, “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI, 5, Oddiy shaklga kirish, model, тема 1 узб

    1-Amaliy topshiriq
    Mavzu: Veb texnologiyaga kirish. Veb-sahifa, veb-sayt (veb ilova) veb-server

    Ishdan maqsad: Internet tarmog‘idagi vebsaytlarning turlarini hamda ularning vazifalarini o‘rganishdan iborat.
    Nazariy qism:

    Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server. 


    Web-sahifa – o‘zining unikal adresiga ega bo‘lgan va maxsus ko‘rish dasturi 
    yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animasiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
    Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. 
    Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, 
    umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
    Veb-server – tarmoqqa ulangan kompyuterdagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga (foydalanuvchiga) taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi.
    Veb-server – foydalanuvchidan kelayotgan so‘rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo‘natadigan dasturdir. Foydalanuvchi so‘rovlarni veb brauzer, mobil telefon vositasida http/https protokoli orqali yuboradi.
    Veb-server ma’lumotlar bazasi va multimediali ma’lumotlarni bir-biriga moslashtiradi. Veb-serverda veb-sayt (veb-sahifalari), ma’lumotlar bazasi saqlanadi.
    Domen – bu sayt manzili hisoblanib, foydalanuvchi brauzeri orqali veb-sayt(veb-ilova)ga murojaat qiluvchi belgilar jamlanmasi hisoblanadi.
    Domen manzili bir qancha darajadan tashkil topadi. Xalqaro kelishuvga binoan, har bir mamlakatga saytning ma’lum bir davlatga tegishliligini aniqlovchi birinchi darajali domen nomi berilgan: .uz, .ru, .by, .uk, .fr, .kz, .com va boshqalar.
    Xosting - ma’lumotlarni qayta ishlash markazida o‘rnatilgan kompyuter (server)da ajratilgan joy hisoblanadi. 
    Aynan mana shu kompyuter (server) da saytingizning barcha ma’lumotlari saqlanadi. 
    Foydalanuvchi tomonidan so‘rov mana shu kompyuterga jo‘natiladi va qayta ishlangan holda foydalanuvchiga jo‘natiladi.

    Web-texnologiya klassifikasiyasi

    1-rasm. Web-texnologiya sinfsifikatsiyasi

    Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML.


    Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o‘rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.
    Maxsus til mavjud bo‘lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko‘rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga "ma’lumotlarni joylashtirish" va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar) ta’minlashdan iborat.
    Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni ko‘rish uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalaniladi.
    WWW (Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) – bu kliyent-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
    Ishni bajarish tartibi:
    Topshiriq: Vizitka saytlar haqida ma’lumot berish


    Amaliy qism
    Landing pagelar Google, Ijtimoiy tarmoqlardan linklardan o’tiladiga sahifa, yani bu sahifaning faqat bitta maqsadi bor bu esa CTA(call to action) yani servis yoki mahsulotni tezda 1ta button orqali boshlash.



    Download 264.69 Kb.




    Download 264.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy topshiriq Mavzu: Veb texnologiyaga kirish. Veb-sahifa, veb-sayt (veb ilova) veb-server Ishdan maqsad

    Download 264.69 Kb.