-bob. Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari




Download 23.93 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi23.93 Kb.
#46430
1   2   3
Bog'liq
12-maruza
10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
2-bob. Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash; keng jamoatchilikni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish; ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish; axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda
milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash; idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto,
audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
5. Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi; ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;
OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi; qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma
materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha
jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;
OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining veb-sayti tashkil etilishini va uni
zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va
videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.

  1. Xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

3-bob. Xizmatning huquqlari va javobgarligi

  1. Xizmat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa
tadbirlarida qatnashish; qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan
belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish; rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi nomidan vakillik qilish; o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.
8. Xizmat: o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi.


Download 23.93 Kb.
1   2   3




Download 23.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari

Download 23.93 Kb.