• Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi
  • Iqtisodiy xavfsizlik




    Download 140.2 Kb.
    bet1/4
    Sana15.03.2024
    Hajmi140.2 Kb.
    #173340
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Мустақил иш
    GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA, Uch fazali transformatorlar, 13-ma\'ruza. (3), Strategiyа va raqobatchilik ustunligi reja, 3oylik, 2-laboratoriya ishi TTAT, 4, onlayn kurslar, Reja Reklama tarixi-fayllar.org, Texnologik jihozlar ekspluatatsiyasi, Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich, 1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha, Mavzu Resurslarni taqsimlash Vaqt davomiyligi va qazib olish n, MA’ruza №2. Elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqari-fayllar.org


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


    SIRTQI FAKULTET

    Mustaqil ish

    MAVZU: “IQTISODIY XAVFSIZLIK


    Bajardi: SI-75/22 guruh talabasi

    Ergashev Otabek


    TOSHKENT-2024
    Reja

    1. Kirish

    2. Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va
      maqsadi.


    3. Xavfsizlik” va “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining
      mohiyati.


    4. Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari.

    5. Xulosa



    Kirish
    Mustaqillikning eng muhim sharti real sharoitlarga muvofiq keladigan darajadagi milliy xavfsizlikni ta'minlashdir.
    O‘zbekiston keng miqyosli islohotlar amalga oshirilayotgan
    yillar ichida barcha sohalarda, jumladan, milliy xavfsizlikni ta'minlash
    ishida ham katta va ijobiy amaliy tajriba to‘pladi. Xalqlar birligi,
    ijtimoiy va milliy totuvlik, iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligining
    oshib borishi jahon tan olgan «O‘zbek modeli»ning
    muvaffakiyatlaridir.
    Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» haqida bundan 30 yil oldin, dastlab 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li»
    asarida so‘z yuritildi. Yurtboshimizning boqiy asarida o‘zbek
    modelining mohiyati hamda tamoyillari berildi.
    Iqtisodiy rivojlanish modeli (fran. modele o‘lchov, andoza,
    namuna) iqtisodiyotni tashkil etish va rivojlantirish strategiyasi,
    maqsadlari, umumiy maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan
    nazariy qarashlar majmuidir.
    O‘zbekiston siyosatining bosh yo‘nalishi bevosita xavfsizlikka qaratilgan bo‘lib, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini mustahkamlashdan iboratdir.
    Xavf-xatarlar orasida iqtisodiy sabablar birlamchidir. Chunki
    bozor iqtisodiyoti rivojlangani sari unga dastlab xos bo‘lgan tarqoqlik,
    stixiyalik, alohidalashuv, o‘z manfaatini ustun qo‘yish kabilar
    cheklanadi.
    Xavf-xatarni ijtimoiy beqarorlik ham hosil qiladi. Ijtimoiy
    munosabatlardagi keskinlik, ishsizlik va qonunga itoat etmaslik kabi
    hodisalar iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin.
    O‘zbekistonning yaqin muddat va uzoq muddatga mo‘ljallangan
    strategiyasi avvalo milliy iqtisodiyot ko‘lamini kengaytirish va
    sur'atlarini oshirish maqsadini ko‘zlaydi. Ushbu strategiya iqtisodiy
    xavfsizlikning birlamchi asosi bo‘lgan ishlab chiqarishning tarkibiy
    yangilanish yo‘llarini belgilab beradi.
    Bularning barchasi makroiqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda
    yetakchi kuch hisoblanadi. Ma'lumki, milliy, jumladan, iqtisodiy va
    ijtimoiy xavfsizlik masalalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari
    uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.
    Mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda ishlab
    chiqarishning texnologik darajasini innovatsiya asosida oshirib borish,
    mehnat unumdorligini iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga
    aylantirishga eng muhim vazifa sifatida belgilandi.
    Ijtimoiy xavfsizlik davlatning o‘z fuqarolari oldidagi
    majburiyatlarini ijro etish qobiliyati hamdir.
    «Ijtimoiy xavfsizlik» jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun
    shart-sharoit yaratadigan ijtimoiy institutlarning barqaror faoliyat
    ko‘rsatishidir.

    Hozirgi jahon iqtisodiyot ilmida va mamlakatlar iqtisodiy


    siyosatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolariga jiddiy
    e’tibor berilishi ushbu mavzuning dolzarbligidan darak beradi.
    Hozirgi dunyoda tartib- qoidalar o‘zgarib borayotgan sharoitda
    geosiyosiy ta’sir doiralarini «qayta taqsimlash»ga urinishlar
    kuzatilmoqda, bu esa xalqaro huquq universal prinsiplarining
    buzilishiga va jahonda strategik mavhumlikning kuchayishiga sabab
    bo‘lmoqda. Globallashuvning muqarrarlik xususiyati, uning bir
    tomondan, davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun qulay
    imkoniyatlar ochib berishi, boshqa tomondan esa, iqtisodiy, oziqovqat, energetika, ekologiya, axborot, gumanitar xavfsizlik sohalarida
    to‘g‘ridan- to‘g‘ri va potensial xavf tug‘dirmoqda. Bu jarayonlar
    dunyo mamlakatlarining bir-biriga bog‘liqligining ortib borishi, global
    iqtisodiyotda inqirozli vaziyatlarning yuzaga kelishi, xalqaro moliya
    tizimining qayta shakllanishi, iqtisodiy taraqqiyot markazi Osiyo
    Tinch okeani mintaqasi tomon siljishi, turli xil yo‘nalishdagi
    integratsion va dezintegratsion jarayonlarning chuqurlashuvi, strategik
    resurslar uchun kurashning kuchayishi, shuningdek, dunyoning turli
    mintaqalari rivojidagi nomutanosiblikning oshishi bilan izohlanadi.
    Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston o‘zining muhim geosiyosiy
    joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining ulkan zaxiralariga
    egaligi bilan doimiy e’tibor obyektiga hamda jahondagi yirik
    davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga
    aylanmoqda.

    Iqtisodiy xavfsizlikning ilmiy muammolar qatoridan asosiy o‘rin
    olishi unga ta’sir etuvchi omillarning kuchayishidan kelib chiqadi.
    Bular jumlasiga, birinchi navbatda, globallashuv jarayonlarining
    kengayishi va chuqurlashib borishi kiradi. Umumbashariy
    globallashuv hamda ochiq iqtisodiyot milliy iqtisodiyotni jahon
    iqtisodiyotiga qattiq bog‘lab qo‘ydi, unga jahon xo‘jaligidagi
    o‘zgarishlar ta’sirini kuchaytirmoqda. Bu iqtisodi kuchli bo‘lmagan
    mamlakatlarda chetga qaramlik tahlikasini yuzaga keltiradi. Iqtisodi
    kuchli va zaif mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutlarning saqlanishi va
    ayrim hollarda kuchayishiga olib keladiki, natijada globallashuv
    qarshi harakatlarni yuzaga chiqara boshlaydi. Globallashuv terrorizm,
    diniy ekstremizm va odam savdosiga xalqaro tus berganligiuchun ham
    iqtisodiy tahlikani yuzaga keltiradi.

    Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi



    Milliy iqtisodiyotimizni turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat
    hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, shu
    jumladan korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan
    masalalarni o‘rganish va ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab
    chiqish, chora – tadbirlar samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy,
    moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat
    kasb etadi.
    Iqtisodiy tizimdagi har qanday o‘zgarishlar turli xavf-xatar va
    tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun
    ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo‘ladigan turli
    tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Bunday sharoitda
    “Iqtisodiy xavfsizlik” fanini o‘rganishning ahamiyati yanada oshadi.
    “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti – bir tomondan iqtisodiy
    tizimning obyektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan
    kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan,
    davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil
    etiladigan institutlarni.
    Iqtisodiy xavfsizlik” fanining obyekti – mamlakat iqtisodiyoti
    va unda amalga oshadigan jarayonlar. Iqtisodiy xavfsizlik
    o‘rganadigan obyektlarga quyidagilar kiradi: tabiiy boyliklar; inson
    resurslari, mehnatga layoqatli aholi; ishlab chiqarish fondlari;
    ko‘chmas mulk; moliyaviy resurslar; xo‘jalik tizimlari; mintaqalar;
    oila; inson.
    “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsadi – davlat, jamiyat va
    shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan holda mamlakat
    iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
    nazariy va amaliy bilimlar berish.
    “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining vazifalari:
    - milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;
    - iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari
    va yo‘llarini ko‘rsatib berish;



    Download 140.2 Kb.
      1   2   3   4




    Download 140.2 Kb.