Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyoti. Janubi-sharqiy osiyo va janubiy osiyo mintaqasi reja kirish I bob




Download 93.5 Kb.
Sana13.04.2024
Hajmi93.5 Kb.
#193947
Bog'liq
Shaxa22222
Boysun tumanidagi 33, 3rC46kqrx9yvIa2pCTCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, 3rCTCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, TCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, TCzgYV7RiDXMXDf97VDJ, neva, Хонка тумани S.Sherova, 19-DMTT pasprti, Dilshad, Copy-малакавий амалиёт 2024, tarjima, Ariza, TARJIMAI HOL, 05, diyor aka somsa reklama

MAVZU:RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING IQTISODIYOTI. JANUBI-SHARQIY OSIYO VA JANUBIY OSIYO MINTAQASI
Reja
KIRISH
I BOB. JANUBI-SHARQIY OSIYO VA JANUBIY OSIYO MINTAQASIGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF
1.1. Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqaning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati
1.2. Mintaqa iqtisodiyotining tarixi va rivojlanishi
1.3. Mintaqa iqtisodiyotining asosiy tarmoqlar va resurslar
II BOB. JANUBI-SHARQIY OSIYO VA JANUBIY OSIYO MINTAQA TARAQQIYOTINING USTUVOR YO’NALISHLARI
2.1. Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasining savdo-iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy bozorlar va yirik savdo shartnomalari integratsiyasi
2.2. Mintaqaning investitsiyalar va moliya tizimi, mintaqaning moliya tizimi va moliya sektorining rivojlanishi
2.3. Mintaqaviy iqtisodiyotning imkoniyatlari va muammolari
XULOSA
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya, jami 11 davlat. Ularning ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, bozor mexanizmi ruli “qattiq siyosiy qo‘llar”da, ya’ni davlatning qo‘lida. Shu jihatdan olganda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlar negizida ham davlatning bosh islohotchilik siyosati yotibdi.

Tahlilimizni Malayziya davlatidan boshlaymiz. 1981-2003 yillarda Malayziyaning Bosh vaziri lavozimida ishlagan Maxatxir Muhammad qoloq agrar iqtisodiyotli mamlakatni “Osiyo yo‘lbarslari” darajasiga yetkazgan kuchli arbob edi. U g‘arbiy qadriyatlarga zid o‘laroq, “osiyocha qadriyatlar”ning tashviqotchisi, xalqaro qo‘shilmaslik harakatining rahbari bo‘ldi. “Kishilarning farovonligi hukumatning tashabbuskorligiga bog‘liq. Davlat tarafidan kichik biznesga yaratilgan yengilliklar tufayli Malayziyada mahalliy va xorijiy investorlar o‘zlarini qayta ishlash sanoatini barpo etishdi”, degan edi u.M.Muhammadning fikricha, davlat rahbari modernizasiyalashda yetakchi rolni o‘ynaydi, uning mamlakat taraqqiyotini belgilashdagi qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Lider bu ishga jon-jahdi bilan berilishi, milliy taraqqiyot yo‘lini hayotga tatbiq etishga shaxsan rahbarlik qilishi, boshqaruvda, siyosatda, moliya va savdo sohalarida yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Sobiq Bosh vazir Xitoy tajribasini yaxshi tahlil qiladi. “Mao ajoyib harbiy qo‘mondon edi. Biroq mamlakatni boshqarish urush olib borishdan farq qiladi. U olg‘a surgan kommunistik mafkura taraqqiyotga yo‘naltirilgan emas edi. Natija shu bo‘ldiki, Xitoy rivojlanishda ortda qola boshladi. Maoning vorisi Den Syaopin butunlay boshqa odam edi. U Xitoyni rivojlantirishga intilar, “hamonki, mushuk sichqonlarni ovlar ekan, uning qora yoki oqligi muhim emas”, deb hisoblar edi.Bizga ma’lumki, “Osiyo fenomeni”, jumladan, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ham diniy e’tiqod, milliy urf-odatlar va an’analar yetakchilik qiladi. Xorijlik ekspertlarning ta’kidicha, “davlat – jamiyat – inson” konstruksiyasida “osiyocha konsepsiya” G‘arb mamlakatlari tushunchasiga unchalik mos tushmaydi. Masalan, osiyoliklar “inson huquqlari - bu jamoaviylik”, deb biladi va jamiyat manfaatlari himoyasini ustun qo‘yadi. Jamoaviylik jadal iqtisodiy rivojlanishga erishish, jinoyatchilik va ishsizlikni past darajada ushlab turish imkonini beradi. Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining muvaffaqiyati tarixiy-madaniy, tarixiy-etnologik tajribasi, bilim, yozuv va an’analarni to‘liq saqlab qolganligi bilan belgilanadi. Qizig‘i shundaki, Osiyo davlatlari islohotlari ilk bosqichlarida iqtisodiy-ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda avtoritar boshqaruv kuchlilik qiladi.


Xo‘sh, “Osiyo qadriyatlari” nimalardan iborat? Uning G‘arb qadriyatlaridan farqi nimada? Uzoq yillik tahlilimizga ko‘ra, quyidagi omillar ustunlik qiladi: jamiyat va davlat huquqlari inson huquqidan ustuvorlik qiladi, oila mustahkam bo‘lishini xohlashadi, hukumat jamiyatga axloqiy qoidalarni joriy etishga imkon beradi, barcha sohada erkinlik tantana qilishi “g‘oya”si yoqmaydi, ota-onalar farzandlariga qattiqqo‘l bo‘lishadi, kapitalizmning talabi, shart-sharoitiga tez moslashadi, hukumatdan ijtimoiy yordamni kutmaydi, ta’limni yuksak qadrlaydi.
Jumladan, O‘zbekistonda ham oila, jamiyat manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Xususan, koronavirus kasalligini birgalikda yengishda, tabiiy ofatlarni bartaraf etishda butun xalqimiz yurtboshimiz atrofida bir jonu bir tan bo‘lib harakat qiladi.Umuman olganda, 1990 yillardan boshlab jahon miqyosida iqtisodiy sakrashni amalga oshirib, G‘arb mamlakatlarini lol qoldirgan rivojlanish ildizida, albatta, davlatning bosh islohotchilik g‘oyasi yotadi, deyish mumkin.
Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur taraqqiyot modelining samaradorligi sabablari: birinchidan, davlat iqtisodiyot sohalariga doimo rahnamolik qilishi; ikkinchidan, ustuvor tarmoqlarga yuksak texnika, texnologiyalarni qo‘llash uchun imtiyozli kredit, soliq preferensiyalari berilishi; uchinchidan, mintaqadagi hukumatlar importga to‘siq qo‘yilib, proteksionizmni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Ochig‘i, Yevropa va Osiyo davlatlarining rivojlanish yo‘llarida ozgina farq mavjud. G‘arbda makro-daraja (moliya, pul tizimi, tashqi savdo), Sharq davlatlarida mikro-daraja (narxlar va korxonalarni isloh qilish, nodavlat sektorini qo‘llash, kichik biznesni rivojlantirish) mexanizmiga ko‘proq tayanishadi.
O‘zbekiston milliy taraqqiyot yo‘lining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda yuqorida tilga olingan davlatlarning boy tajribasi juda asqotadi, deb hisoblaymiz. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiy yutuqlari tag-zaminida milliy ruhiyat va ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilishi yotadi. Masalan, Malayziya hukumati qoshidagi Milliy komitetga yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning halokatli ta’siridan himoya etish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklatilgan. “Yapon ruhiyati va g‘arb texnologiyasi” shiori tarixda o‘zini oqlab, yaponlarni peshqadam davlatlar qatoriga qo‘shdi. Singapurda pora olishdan bosh tortgan chinovniklarga mukofotlar tarqatiladi.
Yaqinda matbuotda chop etilgan Singapurda Li Kuan Yu iqtisodiy modernizasiyasiga doir o‘zbek olimining ajoyib maqolasida bu haqida e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. Yaponiyada davlat sektori xodimlarining vijdonliligi baholab borilishi mexanizmi ham o‘rganishga loyiq hodisa. Yana aytadigan bo‘lsak, “Konfusiycha kapitalizm”, “Suxartocha siyosat, Maxatxira (ruxu nigara) g‘oyalari mazmun-mohiyati, Malayziyaga xos bo‘lgan “intellektual miya hujumi” – insonning ichki quvvatini ochib beradigan tadqiqotlar ham navbat kutib yotibdi.

1.2
Janubi-sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km.kv bo‘lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisida joylashgan davlat bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqa olmaydi.


Davlatlarning 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Malayziya va Myanma davlatlari federativ davlatlar hisoblanadi.
Hind va Tinch okeanlari oralig‘ida joylashganligi; mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya – Xitoy va Hindiston ta’sirining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo‘llari ustida joylashganligi mintaqa geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho‘zilgan qalay-volfram belbog‘i o‘tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Surma zaxiralari bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada birinchi, jahonda esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko‘mir (Vyetnam, Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma, Vyetnam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filippin, Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi.Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining tabiiy ko‘payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, diniy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam mintaqaning aholi soni ko‘p bo‘lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-sharqiy Osiyo hududida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi. Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar, yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega. Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchilar oldingi o‘rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan.
Ayrim davlatlarda katoliklarning salmog‘i katta (Filippin, Sharqiy Timor). Subregionda o‘rtacha zichlik 1 km.kv.ga 140 kishini tashkil etadi. Kichik hududli davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori (masalan, Singapurda o‘rtacha zichlik 1 km.kv. ga 8000 kishidan oshadi).
Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda bu ko‘rsatkich yuqori (Singapurda 100%), qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida katta salmoqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy Timor 30% atrofida). Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng yirik shaharlari bo‘lib hisoblanadi.
Mintaqa davlatlari tarixiy rivojlanishida Xitoy va Hindistonning ta’siri katta bo‘lsada, ushbu davlatlarning aksariyat qismi o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilashda yapon modeliga murojaat qilishgan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan davlatlar (so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan rivojlanayotgan davlatlar guruhi) soni ortib bormoqda. Bundan tashqari, bu yerda Bruney kabi neft eksport qiluvchi davlat, Sharqiy Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada rivojlangan davlatlar ham mavjudSubregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida), yoqilg‘i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli metallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.), mashinasozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ustun soha bo‘lib, sholi asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli ziravorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o‘rin xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hisoblanadi.

1.3
Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar borM Ayniqsa, qalayi, volfram kabi


rangli metallarning yirik konlari bor. Shuningdek, rux, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko‘mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topilmoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy.Janubi-sharqiy Osiyoning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi.
Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat.
Mintaqada aholi tabiiy o‘sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) o‘smoqda. Aholining o‘sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 20– 22 kishidan to‘g‘ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich, aksincha past, 5–10 kishini tashkil qiladi.Aholi mintaqa bo‘ylab notekis joylashgan. O‘rtacha har 1 km2 maydonga 140 kishi to‘g‘ri kelgani holda, bu ko‘rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o‘rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda aholining o‘rtacha zichligi 1 km2maydonga 50–80 kishini tashkil qiladi.Urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko‘rsatkich Singapurda 100% ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%) davlatlariga xos. O‘rtacha urbanizatsiyalashgan ko‘rsatkichlar Filippin (49,6%) va Indoneziya (44,6%)ga xos. Eng past ko‘rsatkichlar Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi.Janubi-sharqiy Osiyo o‘tgan asrning 70-yillarigacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi.Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so‘ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo‘shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko‘zga tashlanmoqda.Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo‘jaligida rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg‘or bo‘lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi.Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7%isanoatga, 24,7% i qishloq xo‘jaligiga va 34,6% i xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Chetdan keltiriladigan metall asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan.Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan agrosanoat tarmoqlari muhim o‘rin egallaydi. Tabiiy sharoiti har yili 2–3 martagacha turli ekinlarni ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o‘sib borayotgan millionlab aholini zaruriy oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug‘ullaniladi.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko‘plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vyetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O‘simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi.Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o‘ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo‘l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko‘proq xalqaro aloqalarda muhim o‘rin tutadi.Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo‘lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda.Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo‘yicha Singapur (45,0%), Malayziya (17,3%), Tailand (14,7%)va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chqarildi.Mintaqa mamlakatlarini bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo‘lish mumkin. Bular: 1M Malakka mamlakatlari – Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20% i, aholisining 16% ini o‘zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi. Ular og‘ir sanoat tarmoqlari (elektr energiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko‘pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o‘rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud.2. Orollar mamlakatlari – Indoneziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig‘idagi minglab kattakichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan.3. Hindi-Xitoy mamlakatlari – Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi.
Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagini o‘z ichiga oladi. Bu regionda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin va Sharqiy Timor joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lgan bu mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini, asosan, 1945–1984-yillar orasida qo‘lga kiritdilar.Hududi SKT mln. km2 bo‘lib, uning yarmidan ko‘pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo‘lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan.Iqtisodiy-geografik o‘rni, asosan, ancha qulay. Mintaqa IGO‘ ning qulayligi, avvalo, Yevropadan Tinch okeani havzasi mamlakatlariga olib boradigan serqatnov savdo yo‘li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan boshqa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo‘yida yoki orollarda joylashgandir.
Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol o‘ynamoqda.
Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar borM Ayniqsa, qalayi, volfram kabi
rangli metallarning yirik konlari bor. Shuningdek, rux, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko‘mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topilmoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy.Janubi-sharqiy Osiyoning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi.
Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat.
Mintaqada aholi tabiiy o‘sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) o‘smoqda. Aholining o‘sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 20– 22 kishidan to‘g‘ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich, aksincha past, 5–10 kishini tashkil qiladi.Aholi mintaqa bo‘ylab notekis joylashgan. O‘rtacha har 1 km2 maydonga 140 kishi to‘g‘ri kelgani holda, bu ko‘rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o‘rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda aholining o‘rtacha zichligi 1 km2maydonga 50–80 kishini tashkil qiladi.Urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko‘rsatkich Singapurda 100% ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%) davlatlariga xos. O‘rtacha urbanizatsiyalashgan ko‘rsatkichlar Filippin (49,6%) va Indoneziya (44,6%)ga xos. Eng past ko‘rsatkichlar Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi.Janubi-sharqiy Osiyo o‘tgan asrning 70-yillarigacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi.Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so‘ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo‘shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko‘zga tashlanmoqda.Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo‘jaligida rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg‘or bo‘lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi.Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7%isanoatga, 24,7% i qishloq xo‘jaligiga va 34,6% i xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Chetdan keltiriladigan metall asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan.Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan agrosanoat tarmoqlari muhim o‘rin egallaydi. Tabiiy sharoiti har yili 2–3 martagacha turli ekinlarni ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o‘sib borayotgan millionlab aholini zaruriy oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug‘ullaniladi.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko‘plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vyetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O‘simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi.Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o‘ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo‘l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko‘proq xalqaro aloqalarda muhim o‘rin tutadi.Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo‘lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda.Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo‘yicha Singapur (45,0%), Malayziya (17,3%), Tailand (14,7%)va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chqarildi.Mintaqa mamlakatlarini bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo‘lish mumkin. Bular: 1M Malakka mamlakatlari – Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20% i, aholisining 16% ini o‘zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi. Ular og‘ir sanoat tarmoqlari (elektr energiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko‘pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o‘rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud.2. Orollar mamlakatlari – Indoneziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig‘idagi minglab kattakichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan.3. Hindi-Xitoy mamlakatlari – Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi.

2.1
1967 yilda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni


muvofiqlashtirish maqsadida tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo
rivojlanayotgan mamlakatlari mintaqaviy integratsion guruhi o’zining 40
yillik faoliyati davomida iqtisodiy rivojlanishi, diniy e’tiqodlari, etnik
xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanuvchi mamlakatlar o’rtasida
kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar oxirida
AQSh, YeI va Yaponiyadan so’ng dunyoda tovar aylanishi bo’yicha
to’rtinchi o’rinni egalladi. ASEAN mamlakatlari murakkab va ilmtalab
mahsulotlarni ishlab chiqarishni tobora rivojlantirmoqda.
ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi
rivojlanishiga ko’maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan
mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda
namoyon bo’ladi. Bunday belgi bilan chiqariladigan mahsulotlarda
ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentlar ulushi 40 % dan
kam bo’lmasligi kerak. Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan
yapon industriyasi bilan bog’langan sanoat tuzilmalarini o’z sheriklari sifatida shakllantirish maqsadida o’zining osiyo filiallari va mahalliy yetkazib beruvchilar ishlab chiqarishini mintaqaviy ko’lamda muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol qilib, “TOYOTA”
firmasi avtomobillarini ASEANning to’rtta mamlakatida ishlab
chiqarilishini keltirish mumkin.Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI
asr boshida ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi
korxonalarga yuz foizlik xorijiy mulkchilikka ruxsat etish, erkin
investitsiyalar hududini (xorijiy kompaniyalar huquqlari mahalliy
sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil qilish, valuta
chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida
ko’pchilik mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo’ljallanmoqda.Vietnam 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinda turarkan. China Daily statistik
malumotlariga ko'ra Vietnam, 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinni egallagan.
O'sha statistik ma'lumotlarga ko'ra 2015-yilning o'zida Vetnamda tug'ilgan chaqaloqlarning 56% i nikohsiz tug'ilgan
farzandlar edi. Bunga sabab ayollarning erkaklar tomonidan aldanishi va tashlab ketilishi ekan. Ulari qishloqlarida bir
umrlik sharmandalik va badarg'a kutib turar edi. Ilgari ular bu vaziyatdan faqat bola oldirish yo'li bilan chiqib ketishgan.
Ammo 2018-yilga kelib nikoh agentligi tomonidan aqlga sig'maydigan xizmat, ijaraga beriladigan erlar xizmati taqdim etildi.
Shundan so'ng esa Vietnamda bola oldirish va o'zini o'zi o'ldirish statistikasi keskin pasayib ketgan.
Janubiy-Sarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi( ASEAN /ˈɑːsi.ɑːn/ AH-see-ahn, /ˈɑːzi.ɑːn/ AH-zee-ahn) – Ushbu jamlanma Osiyo qitʻasinig janubiy-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi. Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga etgan va tashkilot ichida endi Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda.
Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hudud Yer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va Yer aholisining 8,8%-iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan. Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi.1961-yil Malayziya, Fillipin va Tayland mamlakatlari oʻrtasida imzolangan alyans keyinchalik Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi nomini olgan (JShOMA). Lekin bu jamlanma rasmiy ravishda besh davlat Indoneziya, Malayziya, Tayland, Singapur va Fillipin kabi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bangkokda Tayland Tashqi ishlar vazirligi departamentida uchrashuv tashkil etilgan va ushbu (JShOMA) tashkiloti yaratilishi haqidagi deklaratsiya qabul qilingan. Deklaratsiya keyinchalik jahon hamjamiyatida Bangkok Deklaratsiyasi nomini olgan. Tashkilotning asoschilari sifatida besh mamlakat Tashqi Ishlar vazirlari eʻtirof etiladi, bular: Indoneziyadan Adam Malik, Fillipindan Narciso Ramos, Malayziyadan Abdul Razak, Singapurdan S. Rajaratnam va Tayland vakili Thanat Khomanlardir. 1960-yillarda roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan. 1984 1-yanvarida Bruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng 1984-yilning 8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilib Bruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan.1995-yilning 28-iyulida Vyetnam yettinchi aʻzo sifatida va keyinchalik ikki yildan soʻng 1997-yilning 23-iyulida Laos hamda Myanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan. Kambodja Laos va Myanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib 1999-yilning 30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan.
1990-yillarda kelajakdagi birlashish tufayli jamlanmada kengayish kuzatilgan. 1990-yilda Malayziya vakillari Sharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyakabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikda AQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelarini Osiya hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan. Lekin bu reja AQSh va Yaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan. Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib 1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan.
1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan. 1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan.
Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan. 1995-yilning 15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy –Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv 1997-yilning 28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv 2001-yilning 21-iyunida Fillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan.
2.1 Bugungi kunda Xalqaro moliya bozorida xalqaro investitsiyalar
ilnluda muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Xalqaro investitsiyalar
ilvojlangan davlatlar moliya bozorlarida ham katta o‘ringa ega
In .oblanadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro investitsiyalar
hn/ori xususida to‘xtalib o ’tamiz I o‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - global iqtisodiy Inii'l’.ratsiyadagi asosiy komponentlardan biri hisoblanib, boshqa iniinilakatlarda faoliyat yuritadigan investorlaming xorijiy iniioyalaridir. Bunday mamlakatga jalb qilish biznesni boshqarish,
Irsnologiyani yangilash, tadbirkorlik va ishbilarmonlik mahoratidagi
I ¡imchiliklami bartaraf etish imkonini berishi mumkin. Global
Id' i>'ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya (FDI)larning quyidagi turlari bor:
V Yashil hududga sarmoya (Greenfield Investment) - bu xalqaro
li>‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning bir turi bo‘lib, investorlar
lomonidan xorijiy mamlakatlaming bo‘sh maydonlariga dastlabki
hosqichdan to‘liq jarayonlar (yangi binolardan tortib ishlab
< hiqarishgacha)ga yo‘naltiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
hisoblanadi.> Birlashish va qo‘shib olish amaliyoti (M&As) - ikki hududdagi
koinpaniyalaming yuqori malaka va resurslarga ega bo‘lish, globallashuv, diversifikatsiyalash, boshqaruv samaradorligini oshirish, yangi bozorlar va xaridorlarga ega bo‘lish maqsadida yanada yirikroq kompaniya tuzilish orqali amalga oshiriladigan xalqaro investitsiya shakllaridir.> Qo‘shma korxona shaklida (Joint Venture) - ikki yoki undan ortiq tomon o‘zaro resurslarini bir maqsadga erishish uchun qo‘shilishi shaklidagi biznes tuzilmasidir. Ushbu maqsad yangi investitsion loyiha yoki boshqa har qanday biznes faoliyati shakli boiishi mumkin.> Gorizontal investitsiyalar (horizontal investment) - investorlaming xorijiy mamlakatlaming xuddi o‘ziga o ‘xshash tarmoqlariga y o ‘ naltiradigan investitsiyalaridir.> Vertikal investitsiyalar (vertical investment) - investorlaming o‘zi ta’minotchi yoki yetkazib beruvchi hisoblanadigan kompaniyalarga investitsiyalari hisoblanadi.Xalqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (FDI) oqimlari 23 foizga kamayib $ 1,43 trillionni tashkil etdi. Bu Dunyo bo‘yicha yalpi
ichki mahsulot va xalqaro savdoning jadal o‘sishi bilan keskin farq
qiladi. Xalqaro darajada birlashish va qo‘shib olish (M&As) operatsiyalarining hajmi 2016-yilda 887 mlrd. dollardan 2017-yilda 694
mlrd. dollargacha kamaydi, ya’ni 22 foizga pasayishi kuzatildi. 2016-
yilda to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirgan yirik
bir martalik bitimlami va korporativ tuzilmalarni chegirib tashlash ham
2017- yilgi pasayishni saqlab qoldi. Yangi loyihalardagi investitsiyalar
14 foizga kamaygan Rivojlanayotgan davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy invesiii lyular oqimlari 2016-yilda 10 foizga pasayishi kuzatilib, 646 milliard
ImIIiiiiiî tashkil etgan. Afrika davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy him lilsiyalar oqimlari 2016-yildan boshlab 21 foizga kamayib, 59 Hiillmnl dollami tashkil etdi. Bu pasayish yirik tovarlar eksportchilariga i|"iiilili;an. Rivojlanayotgan Osiyo davlatlariga investitsiyalar oqimlari i l ' milliard dollami tashkil etdi. Mintaqa dunyodagi eng yirik t u i i iclan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokchisi sifatida o ‘z o ‘mini *><|iinoqda. Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlariga to‘g ‘ridanln i ri xorijiy investitsiyalarning ulushi 8 foizga oshib, 151 milliard■ l"llnmi tashkil etdi. Bu olti yil ichida birinchi marta ko‘tarildi. 0 ‘tish h|i i.sodiyotidagi mamlakatlarda to‘g ‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar< h 1111ii sustlashdi. Bu mamlakatlarga investitsiya oqimlari 17 foizga nmiiyib, 26 milliard dollargacha kamaydi. Rivojlangan mamlakatlarga luVridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimlari 37 foizga, 712 milliard dollargacha keskin qisqardi.Dunyo bo‘yicha xorijiy investitsiyalar harakati 2015-2016-yillar nlingan davrlar bo‘yicha mos ravishda 1774 va 1746 mlrd. dollami lushkil etgan. 2014- yilga nisbatan ushbu yillarda 34% va 32% o ‘sish Kuvtatilgan. Biroq, 2018-yilda 11% tushish tendensiyasi kuzatilgan (1188 mlrd. dollar). Rivojlangan davlatlarda kuzatilgan tendensiya dunyo ho'yicha tendensiyaga mos ravishda o‘zgargan. Butun dunyoda amalga osliirilgan investitsiyalarning 55-60%ga yaqin qismini aynan rivojlangan dnvlatlar ulushini tashkil etadi.Ularga dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rta darajada, 3 foizga, 23 mlrd. dollargacha oshdi. Rivojlangan mamlakatlarga to ‘g ‘ridan-to‘g'ri xorijiy investitsiyalar oqimlari 2017-yilda 37 foizga, 2018-yilda 128% foizga, mos ravishda 749 mlrd va 451 mlrd. dollargacha keskin kamayib ketdi.So ‘nggi yillarda ko ‘plab mamlakatlar keskin pozitsiyalarga egaliolda investitsiya siyosatini amalga oshirmoqdalar. Dunyo
mamlakatlarida 2017-2018-yillarda asosan milliy xavfsizlik va mulkchilikka, tabiiy resurslarga oid xavfsizlikni hisobga olgan holda investitsiya siyosatini amalga oshirish xarakteridagi investitsiya pozitsiyasini saqladilar. Dunyo mamlakatlarida strategik ahamiyat kasb etuvchi obyektlar va texnologiyalarga chet el investitsiyalarining yo‘naltirilishiga nisbatan agressev tekshiruvlar kuchaytirilgan holda amalga oshirilmoqda. Bir nechta davlatlar sarmoyalami tekshirish protseduralarini jadallashtirmoqdalar. So‘nggi yillarda Xalqaro Investitsiya shartnomalarini tuzish minimum darajada tushib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich yangi xalqaro investitsion bitimlaming (IIA) soni 2017-2018-yillarda hamda 1983-yildan buyon eng past darajaga yetgan
Download 93.5 Kb.




Download 93.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyoti. Janubi-sharqiy osiyo va janubiy osiyo mintaqasi reja kirish I bob

Download 93.5 Kb.