Malayziya Reja




Download 16.56 Kb.
Sana10.03.2024
Hajmi16.56 Kb.
#169462
Bog'liq
Malayziya.nORBEK
Mavzu Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalar tayyorlash tex-fayllar.org, Python Лабораторная задания №4, 24-M. Yuldasheva M.U. Respublikada halokatlar., target, Test, Broker speech, Xorazm haqinda, test (3), CSS Notes For Professionals, Mavzu platformalararo dasturlash Dart dasturlash tilida massiv fayllar, Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish, Kurs ishi mavzulari YSBK 1-30, Документ Microsoft Word (2), invoice

Malayziya
Reja:

  1. Malayziya davlati haqida

  2. Malayziya davlati iqtisodiyoti


Malayziya yoki Malaysia (malaycha: Malaysia) (Persekutuan Tanah Malaysia) – Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Janubiy Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy Malayziya (Malayya) Malakka yarim orolning janubda, Sharqiy Malayziya Kalimantal o.ning shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti – Kuala-Lumpur shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.
Malayziya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi – 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi – 9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi – 17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini – sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.
Temir yoʻllari uzunligi 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uzunligi 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji – 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang, Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.
Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AQSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi – ringgit (Malayziya dollari).
Download 16.56 Kb.




Download 16.56 Kb.